TIJORAT BANKLARIDA NAQD PULSIZ OPERATSIYALARI HISOBI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI.
Ushbu maqolada tijorat banklarida naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarini yuritish jarayoni, uning ahamiyati va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Naqd pulsiz operatsiyalar turli xil bank xizmatlari orqali amalga oshirilishi, jumladan, plastik kartalar, internet-bank, mobil ilovalar va elektron to‘lov tizimlari asosida yuritilishi mumkin. Shuningdek, maqolada naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarini takomillashtirish yo‘llari, jumladan, raqamlashtirish, xavfsizlikni kuchaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va mijozlar uchun qulay xizmatlarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bank tizimida avtomatlashtirilgan va raqamli hisob-kitob tizimlarini rivojlantirish iqtisodiyotni barqarorlashtirish va moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.