Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Psychological factors of the influence of the family
environment on the formation of social phobia in youth
Asolat NASRULLAYEVA
Scientific Research Institute “Family and Gender”
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
15 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
15 June 2024
The influence of the family on the formation of social phobia
and various aspects of interaction within the family are
reflected in the attitude of young people to family life. In
addition, the importance of parents in raising a child and their
role in this is determined. The formation of various personal
qualities of the child, including the role that defines the
characteristics of interpersonal relationships, becomes
important. The article analyzes the literature on the
psychological factors of the influence of the family environment
on the formation of social phobia in young people.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5/S-pp22-26
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
family,
values,
social phobia,
interpersonal relationships,
institution,
family environment.
Yoshlarda ijtimoiy fobiya shakllanishiga oilaviy muhit
ta’sirining psixologik omillari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
oila,
qadriyatlar,
turmush ijtimoiy fobiya,
shaxslararo munosabatlar,
ustanovka,
oilaviy muhit.
Ijtimoiy fobiya shakllanishiga oilaning ta’siri va oila ichidagi
oʻzaro munosabatlarning turli jihatlari yoshlarni oilaviy hayotga
boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladi. Bundan tashqari,
ota-onaning bola tarbiyasidagi ahamiyati va ularning bolaning
turli shaxsiy fazilatlarini shakllantirishdagi roli, shu jumladan
shaxslararo munosabatlarning xususiyatlarini belgilaydigan roli
ahamiyatga ega boʻladi. Maqolada yoshlarda ijtimoiy fobiya
shakllanishiga oilaviy muhit ta’sirining psixologik omillari
borasida adabiyotlar tahlili amalga oshiriladi.
1
PhD student, Scientific Research Institute “Family and Gender”
. E-mail: asolat.nasrullayeva@icloud.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
23
Психологические факторы влияния семейной среды
на формирование социальнофобии у молодежи
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
семья,
ценности,
социофобия,
межличностные
отношения,
институт,
семейная среда.
Влияние семьи на формирование социофобии и
различные аспекты взаимодействия внутри семьи
отражаются на отношении молодежи к семейной жизни.
Кроме того, определяется значение родителей в
воспитании ребенка и их роль в этом. важным становится
формирование различных личностных качеств ребенка, в
том
числе
роли,
определяющей
особенности
межличностных отношений. В статье анализируется
литература о психологических факторах влияния семейной
среды на формирование социофобии у молодежи.
KIRISH
Bolalik davrida ota-
onalarning bolaga boʻlgan munosabatlarining oʻziga xos
xususiyatlari, xususan, ota-
onalar tomonidan bolaga ma’lum bir fikrni yetkazish, bu uning
shaxsiyatini shakllantirish, rivojlanish uchun psixologik makonni yaratishi zarur. Qiyin
vaziyatlarda oʻzini tutish, hissiy kontektsni va tegishli hissiy munosabatni tan olish
ijtimoiy fobiya shakllanishiga hissa qoʻshishi yoki toʻsqinlik qilishi mumkin.
Juda kichik bolalar, koʻrsatmalar va taqiqlarni hali tushunmaydi, xavf borligini
sezmagani uchun ham hech narsadan tap tortmaydi. Doimiy ravishda qoʻrqitishni qurol
qilib olsak, biz bolalarimizni qoʻrqoq, ishonchsiz yoki emotsiyaga beriluvchan qilib
tarbiyalaymiz. Agar biz farzandimizda oʻziga ishonchi past inson paydo boʻlishini
istamasak, balansni ushlashni bilishimiz kerak. Ota-onalarimiz va oldingi
avlodlarimizdan meros boʻlib qolgan odat bu qoʻrqitish usulidir. Afsuski bu usul bolaning
psixikasiga va kelgusi hayotiga qanchalik zararli ekanligini koʻpchilik bilmaydi. Bolalar
bezorilik qilishi agressiyasi ortida ma’lum psixologik sabablar ham bor. Qoʻrqitishdan
oldin boladagi injiqlik sabablarini oʻrganish kerak.
MAVZUGA OID АDABIYOTLAR TAHLILI
Mashhur psixoanaliz asoschisi Z.
Freydning fikriga koʻra, qoʻrquv va fobiyalarning
paydo boʻlishining asosi, bolalik davrida olingan psixologik jarohatlardir. (Ego)
tomonidan psixologik himoya tufayli ongsiz impulslarni (Id) amalga oshira olmaslik
fobiyalarning paydo boʻlishiga olib keladi. Z.
Freyd fobiyalar qulay sharoitlarda yoʻqolishi
va yomonlashishi va rivojlanishi mumkinligini ta’kidlab oʻtgan. Psixoanalizning yana bir
vakili A.Adler fobiyalar bolalik davridagi pastlik kompleksi natijasida paydo boʻladi, deb
hisoblagan. U fobiyalarning paydo boʻlishida yetakchi rolni oila ichidagi munosabatlarga
yuklagan. Neofreydizm vakillari (K. Horni, H.S. Sallivan,) fobiyalarning sababi ona va bola
oʻrtasidagi notoʻg'ri munosabatda, xususan, onalik mehri va mehrining yoʻqligida deb
hisoblashgan.
Qoʻrquv yordamida biz bola e’tiborini ma’lum bir narsaga qaratishga harakat
qilamiz va bu bolaning psixik holatiga zararlimi yoki yoʻqmi oʻylab ham
koʻrmaymiz.Qoʻrquvlarning aksariyati ma’lum darajada yosh xususiyatlarga bog‘liq va
vaqtinchalik xususan, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ekologik, kosmik, yuqumli.
Qoʻrquv
bugungi kunda insonning mavjudligi bilan bir xil haqiqatga aylandi. Odamlar nimadan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
24
qoʻrqishadi? Albatta, har bir inson uchun qoʻrquvni boshdan kechirishning oʻziga xos
sabablari cheksiz xilma-
xil boʻlishi mumkin.
Qoʻrquv –
bizni xavfli signal bilan
ta’minlaydigan hissiyotdir. Bunda biz darhol oʻzimizni ehtiyot qilish rejimini yoqamiz.
Shu sabab hissiy intellekt normal rivojlanishi uchun tarbiya nuqtai nazaridan,
qoʻrquvni
butunlay istisno qilish kerak emas. Qoʻrquvni toʻg‘ri yoʻnaltirishni oʻrganish kerak.
Agar
ota-
ona bolani qoʻrqitsa, itoatkorlikka erishish kafolatlanadi. Ammo bola psixologiyasida
jarohat qoladi.
Har bir bola juda koʻp qoʻrquvni boshdan kechiradi, ularning aksariyati asossiz.
Ba’zi qoʻrquvlar vaqtinchalik, boshqalari instinktiv, asosan tug‘ma, masalan, qorong‘ilik,
balandlikdan qoʻrqish va hokazo. Ammo ota
-
onalar tomonidan qoʻrqitish jarayonida
paydo boʻladigan qoʻrquvning bir qancha toifasi mavjud. Ba’zi vaziyatlarda, gapirish
imkoni boʻlmaganda, juda tez harakat qilish kerak boʻladi. Bunda qoʻrquv yordam
beradigan yagona narsa deb oʻylaymiz. Misol uchun, agar bola mashina yoʻliga chiqsa,
xavfliligini ta’kidlab, bu qoʻrqinchli oqibatlarga olib kelishini aytish kerak.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
XX asrning birinchi yarmidagi mualliflarning asarlarida qoʻrquv hamda
fobiyalarning surunkali rivojlanish tendensiyasi mavjud boʻlib, ular simptomlarning
kuchayishi va asoratlari rivojlanishiga moyil boʻladi. Xavf tug‘
i
lganda paydo bo‘ladigan
qo‘rquv tabiiy va paydo bo‘lishi shart bo‘lgan his
-
tuyg‘u hisoblanadi. Inson hayoti uchun
xavf tug‘ilganda o‘zini saqlab qolish instinktining paydo bo‘lishi qo‘rquv hissiyoti orqali
amalga oshiriladi. Qo‘rquv kuchlarning to‘planishi va yo‘naltirilishiga sabab bo‘ladi.
Qo‘rquv natijasida miyaning fikrlash va qaror chiqarish tezligi ortadi. Diqqat jamlanadi,
muammoli vaziyatdan chiqish yo‘llari qidiriladi. Qo‘rquvning yo‘qligi xavfni baholay
olmaslikdir. Xavfni tasavvur qilishning yo‘qolishi, real paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan
xavfni his yetmaslik bo‘lib hisoblanadi
Qo‘rquv natijasida xavotir, titrash, kuchsizlik, nimjonlik va harakatsizlik kelib
chiqadi. Bu holat nerv faoliyati mutanosibligining buzilishlariga olib kelib, jazavaga
tushib qolish va harakat qila olmaslikni paydo qiladi. Vaziyatni to‘g‘ri baholay olmaslik
yechimsizlik, yengilish hissi kabi hissiyotlarga sabab bo‘lib, kurashishdan voz kechish
qaroriga sabab bo‘ladi. Jazavaga tushgan insonning holati atrofdagilarga yuqish
xususiyatiga egadir. To‘g‘ri fikrlay olmagan odam, jazavaga tushadi va hayotini saqlab
qolish hissi bilan harakatlanib “Joningni saqlab qol!” shiori ostida qaror chiqara
boshlaydi. Bu insonlar fikrlay olmaydilar aksincha, hayotini saqlab qolish instinkti
tomonidan boshqarilib, o‘z harakatlariga javob bera olmaydilar.. Vahimaga qarshi borish
qiyin vazifa bo‘lib, faqatgina juda kuchli irodasi bor insonlarning qo‘lidan keladi.
Bu insonlar nafaqat o‘z harakatlarini boshqara oladilar, balki qiyin vaziyatlarda
boshqalarni ham boshqarishga kuchi yetarli bo‘ladi.
Ijtimoiy qoʻrquvni oʻrgangan olimlarning fikriga koʻra, eng samarali yondashuv
kognitiv-xulq-
atvor yoʻnalishi boʻlib chiqdi (J.
Bek, J. Birj, J. Volpe, G.V. Zalevskiy, A. Rush,
A. Ellis, G. Emeri va boshqalar) shaxs tomonidan motivatsion-ehtiyoj keskinligi asosida
voqelikni toʻg‘ri tashkil etish ijtimoiy fobiyani oʻrganish uchun adekvat uslubiy asosni
shakllantirishga imkon beradi (E.Yu. Artemyeva, X. Brush, J. Kelly, V.F. Petrenko,
I. Rixberg, A.G.
Shmelev va boshqalar), degan fikrni bildirib oʻtganlar.
Shu bilan birga, ijtimoiy fobiya shakllanishiga oilaning ta’siri va oila ichidagi oʻzaro
munosabatlarning turli jihatlari amalda oʻrganilmagan.Bundan tashqari , ota
-onaning
bola tarbiyasidagi ahamiyati va ularning bolaning turli shaxsiy fazilatlarini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
25
shakllantirishdagi roli, shu jumladan shaxslararo munosabatlarning xususiyatlarini
belgilaydigan roli bir necha bor quyidagi olimlar tomonidan aytib oʻtilgan (L.S.
Vegotskiy,
K. Rojers, K. Horney, A.A. Leontiev, A.N. Leontiev, I.S.Kon,
B.G. Djilmatin, D. Vinnikot, D.B. Elkonin, A.Ya. Varga, A.G. Asmolov, J. Kagan, A. Fire,
S. Kneppi, K.
Grüner, P.
Muris, X. Merkelbax, S.X. Spens, V. Bronfenbrenner, M.I. Lisin).
Bu shuni koʻrsatadiki, bolalik davrida ota
-
onalarning bolaga boʻlgan munosabatlarining
oʻziga xos xususiyatlari, xususan, ota
-
onalar tomonidan bolaga ma’lum bir fikrni
yetkazish, bu uning shaxsiyatini shakllantirish, rivojlanish uchun psixologik makonni
yaratishi zarur. Qiyin vaziyatlarda oʻzini tutish, hissiy kontekstni va tegishli hissiy
munosabatni tan olish ijtimoiy fobiya shakllanishiga hissa qoʻshishi yoki toʻsqinlik qilishi
mumkin.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bola tarbiyasi va bola ongining rivojlanishi uzoq jarayon boʻlib, ota onalardan sabr
va qanoatni talab qiladi.
Qoʻrquvni tarbiyaviy vosita sifatida muntazam ravishda qoʻllash
bolaning kattalar bilan suhbatdan qochishi va jur’at yetishmasligiga olib keladi. Endi
oʻylab koʻring, nega hozirgi davrda muloqot, notiqlik kurslari va motivatorlarga ehtiyoj
koʻp? Bular bir paytdagi qoʻrquv bergan ruhiy jarohatning asorati.
Qoʻrquv oʻz ichiga psixologik travmadan tashqari, bola bir qator yashirin
kasallik komplekslarini oladi. Bu uning keyingi rivojlanishini sezilarli darajada
murakkablashtiradi. Hatto balog‘at yoshida ham oʻqish va ishdagi muvaffaqiyatiga ta’sir
qiladi. Qoʻshimcha tarzda atrofdagilarga ishonchsizlik hissi ortadi: birinchi navbatda ota
-
onalarga, keyin esa butun dunyoga. Qoʻrquv natijasida enurez duduqlanish yoki tirnoq
tishlash kabi reaksiyalar (kasalliklar) paydo boʻladi. Bular esa tabiiyki shunday “tarbiya”
metodlari natijasidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Краткий психологический словарь / Сост. Л.А. Карпенко; под общ. ред.
А.В. Петровского, М.Г. Ярошевского. М.: Политиздат, 1985. 431 с.
2.
Юнг К.Г. Сознание и бессознательное / Пер. с нем. В. Бакусева. 2
-
е изд.
М.: Академический Проект, 2009. 188 с.
3.
Шнейдер Л.Б. Семейная психология. М: Академический проект;
Екатеринбург: Деловая книга, 2006. 768 с.
4.
Шапиро Б.Ю. Половое воспитание, сексуальное образование и подготовка
к семейной жизни // Российская энциклопедия социальной работы. В 2
-
х т. / Под
ред. А.М. Панова, Е.И. Холостовой. М.: Институт социальной работы, 1997. Т. 2. 436 с.
5.
Ильин Е.П. Мотивация и мотивы. СПб.: Питер, 2002. 512 с.
6.
Юркевич Н.Г. Советская семья. Функции и условия стабильности. Мн.:
Изд
-
во БГУ, 1970. 208 с.
7.
Курбанова Д. Келинлар оилага мослашувининг этнопсихологик хусусиятлари.
Автореф.дис. ... психология фан. номзоди: 19.00.05. –
Тошкент, 2012. –
24 б.
8.
Самаров
Р.С.
Социальные
и
этнопсихологические
особенности
супружеских конфликтов в таджикской семьи. Автореф. дисс.канд. психол. наук. –
Ташкент, 1997 –
19 с.
9.
Ковалев С.В. Психология современной семьи. М.: Просвещение, 1988. 208 с.
10.
Эйдемиллер Э.Г., Юстицкис В.В. Психология и психотерапия семьи. СПб.:
Питер, 2008. 656 с.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
26
11.
Черняк Е.М. Социология семьи. М.: Дашков и Ко, 2004. 238 с.
12.
Вишневский Ю.Р. и др. Комплексная поддержка молодой семьи: Курс
лекций. В II ч. Ч. 1: Молодая семья: сущность и типы, проблемы, тенденции и
перспективы. Екатеринбург: УрФУ, 2011. 220 с.
13.
Ярыгина Н.Ю. Мотивационно
-
смысловая готовность к семейной жизни:
Дис. ... канд. псих. наук. М.: Психолог. ин
-
т Рос. акад. образования, 2007. 139 с.
14.
Камнева Н.А. Мотивация вступления в брак и ее влияние на конфликтные
ситуации будущей молодой семьи // Вестник ТГУ. 2009. Вып. 2 (70). С. 271
-276.
15.
Бушкова
-
Шиклина Э.В., Митягина Е.В., Шу
-
майлова С.В. Студенчество
Вятки: особенности ценностей и социальной активности: результаты
социологического исследования. Киров: Изд
-
во ВятГГУ, 2010. 99 с.
