Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Prevention and treatment of post-pregnant bleeding
Jasur RIZAEV
1
, Larisa AGABABYAN
2
, Anvar KAMALOV
3
Samarkand State Medical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2021
Received in revised form
20 June 2021
Accepted 25 July 2021
Available online
25 August 2021
The article discusses many methods for controlling
postpartum hemorrhage, determining the most effective
methods and indicators for maintaining anemia and organs in
the life and health of a woman, preventing postpartum
hemorrhage in maternity hospitals, and Recommendations for
the implementation of standard treatment protocols and
protocols. to transfer patients to a higher-level institution. In
addition, simulation training on postpartum haemorrhage will
be conducted as part of educational programs for medical staff at
all levels of care, the use of standard protocols for the prevention
and treatment of postpartum haemorrhage in medical
institutions. In all maternity wards, it is recommended to
conduct periodic simulation training in the management of PPH
as part of training programs designed for all conditions of health
care workers.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
postpartum hemorrhage,
uterine anatomy,
uterotonic agent,
waiting tactics.
Tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarning profilaktikasi va davosi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
tug‘ruqdan keyingi qon
ketish,
bachadon anotoniyasi,
uterotonik vosita,
kutish taktikasi.
Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi qon ketishini nazorat
qilishning ko‘plab usullari, ayollarning hayoti va sog‘lig‘ini
saqlashda kamqonlik va organlarini saqlab qolishning eng
samarali usul va ko‘rsatgichlarini aniqlash, tug‘ruq muassasa-
larida TKQK profilaktikasi va davosining standart bayonnoma-
larini hamda bemorlarning yuqoriroq darajadagi muassasaga
o‘tkazish bayonnomalarini tadbiq etishga oid tavsiyalar keltirib
o‘tilgan. Bundan tashqari tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha
darajalarida tibbiy xodimlar uchun ta’lim dasturlari doirasida
TKQK bo‘yicha simulyatsion treninglarni o‘tkazish, davolash
1
Doctor of medical Sciences, professor, rector of Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan.
2
Associate professor, Head of the Department of Obstetrics and Gynecology, Samarkand State Medical Institute,
Samarkand, Uzbekistan.
3
Assistant, Samarkand State Medical Institute, Samarkand, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
128
muassasalarida TKQKning profilaktikasi va davosi uchun
standart bayonnomalarini qo‘llash bo‘yicha fikr-mulohazalar
yuritilgan. Barcha tug‘ruq muassasalarida tibbiy xodimlarning
barcha shtatlari uchun mo‘ljallangan ta’lim dasturlari doirasida
TKQKni davolash bo‘yicha simulyatsion treninglarni davriy
ravishda o‘tkazish tavsiya etiladi.
Профилактика и лечение послебеременного кровотечения
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
послеродовое
кровотечение,
анатомия матки,
утеротонические средства,
выжидательная тактика.
В статье рассматриваются многие методы контроля
послеродового
кровотечения,
определение
наиболее
эффективных методов и показателей сохранения анемии и
органов в жизни и здоровье женщины, профилактика
послеродового
кровотечения
в
родильных
домах
и
рекомендации по внедрению стандартных протоколов
лечения и протоколов для перевода пациентов в учреждение
более высокого уровня. Кроме того, имитационные тренинги
по послеродовым кровотечениям будут проводиться в рамках
образовательных программ для медперсонала на всех уровнях
оказания медицинской помощи, применению стандартных
протоколов
профилактики
и
лечения
послеродового
кровотечения в медицинских учреждениях. Во всех родильных
отделениях
рекомендуется
проводить
периодические
симуляционные тренинги по лечению послеродового
кровотечения в рамках программ обучения, рассчитанных на
все состояния медицинских работников.
Tug‘ruqdan keyingi qon ketish (TKQK) tuqqan ayollarning og‘ir kasalliklari va davomli
nogironligining, shuningdek, odatda shok va poliorgan yetishmovchilikni o‘z ichiga olgan kuchliroq
ifodalangan qon yo‘qotishlar natijasida rivojlanuvchi boshqa qator og‘ir holatlarning bosh
sababchilaridan biridir. [5]. TKQK rivojlangan ko‘pgina ayollarda aniq klinik yoki anamnestik xavf
omillari yo‘qligiga qaramasdan, anamnezida oltita yoki undan ko‘p tug‘ruqlarning bo‘lishi va
haddan tashqari cho‘zilgan bachadon tug‘ruqdan keyingi davrda qon ketish xavfini oshiradi. TKQK
profilaktikasi va davosi doirasida yangi ilmiy dalillarning paydo bo‘lishi bo‘yicha BJSST tavsiyalarini
qayta ko‘rib chiqish hamda ularni davlatimiz sharoitlariga moslashtirish zarur.
Uterotoniklarning qo‘llanilishi tug‘ruqning uchinchi davrini faol olib borish doirasida asosiy
usul bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, oksitotsin kesarcha kesishda TKQKning profilaktikasi uchun
ham tavsiya etiladiganuterotonik vositadir.
Tug‘ruqdan keying qon ketish (TKQK) odatda tug‘ruqdan keyin 24 soat mobaynida kamida
500 ml qon yo‘qotilishi, og‘ir TKQK esa shu davr mobaynida kamida 1000 ml qon yo‘qotilishi
sifatida belgilanadi. TKQKdan taxminan 2% tuqqan ayollar aziyat chekishadi: u dunyo bo‘yicha jami
onalar o‘limining qariyb chorak qismini tashkil etibgina qolmasdan, balki ko‘pgina rivojlangan
mamlakatlarda onalar o‘limining asosiy sababchisi bo‘lib hisoblanadi. Bachadon atoniyasi
TKQKning eng ko‘p tarqalgansababi bo‘lib hisoblanadi, ammo tug‘ruq yo‘llarining jarohati (ya’ni
qin yoki bachadon bo‘ynining yirtilishi), bachadonning yorilishi, yo‘ldosh to‘qimasining qolibketishi
yoki qon ivuvchanligining buzilishi ham TKQKga olib kelishi mumkin.
TKQK organizmdagi mavjud bo‘lgan kamqonlik bilan asoratlanishi mumkin va bunday
hollarda qonning hattoki kam hajmda yo‘qolishi nomaqbul klinik oqibatlarga olib kelishi mumkin
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
129
[1-2]. XX-asrning ikkinchi yarmida tug‘ruqning uchinchi davripaytida olib borilgan muolajalar
majmuasiprofilaktikasining boshlanishi bo‘ldi. Bunday yondashuv “tug‘ruqning uchinchi davrini
faol olibborish” sifatida dovruq qozondi hamda dastavval quyidagi komponentlardan tarkib topdi:
tug‘ruqdan keyin uterotonikning profilaktik qo‘llanilishi, kindik tizimchasini erta qisish va kesish,
nazorat ostida kindik tizimchasidan tortish. Bachadonni massaj qilishtug‘ruqning uchinchi davrini
faol olib borishning tarqalgan komponenti hisoblanadi. Faol olib borishgaqarama-qarshi o‘laroq,
kutish taktikasi yo‘ldosh ajralishining belgilarini kutishni ko‘zlaydi, bu esamustaqil ravishda yoki
so‘rg‘ichlarni rag‘batlantirishyoxud qorin ustiga qo‘yilgan og‘irlik ta’siri ostidayo‘ldoshni ajralishiga
imkon beradi. Kutish taktikasibilan taqqoslanganda, tug‘ruqning uchinchi davrinifaol olib boorish
TKQK holatlarining sezilarli darajadakamayishi bilan tavsiflanadi [3]. Odatda, taxmin qilinishicha,
TKQK oqibatida kelibchiqqan o‘limholatlarini asosan TKQKni profilaktika va davolashyo‘li bilan
oldini olish mumkin. Shu sababli profilaktika va davolash tug‘uvchi va tuqqan
ayollargako‘rsatilayotgan tibbiy yordamni takomillash-tirishda muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.
Buning uchun tibbiy xodimlarga zarur bo‘lgan dori vositalarni qo‘llashgaruxsatni ta’minlash hamda
ularga TKQKda yordam ko‘rsatish usulini o‘rgatish lozim. Sog‘liqni saqlashsohasida strategiyalarni
shakllantirish va salomatlikni saqlash bo‘yicha tadbirlarning natijalarini yaxshilash uchun
muassasalarni dalillarga asoslangan qo‘llanmabilan ta’minlash zarur. Ushbu tavsiyalarning
asosiyvazifasi TKQKni kamaytirishda o‘z samarasiniisbotlagan tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
TKQKbilan bog‘liq ko‘pgina o‘lim holatlari tug‘ruqdan keyindastlabki 24 soat mobaynida sodir
bo‘ladi; ularning ko‘pchigini oldini olsa bo‘ladi zamonaviy xalqarostandartlarga asoslangan TKQKni
davolashningumumiy negizlari belgilanadi.
TKQKning profilaktikasi. “Tug‘ruqning uchinchi davrini faol olib borish” ni har bir
komponentininghissasi yangi mavjud dalillar doirasida ko‘ribchiqilgan, shundan so‘ng tegishli
tavsiyalarshakllantirilgan. Tug‘ruqning uchinchi davrida barcha tug‘uvchi ayollarga TKQK ning
profilaktikasi
uchun
uterotoniklarni
taklif
etish
lozim;
oksitotsin
(10 ME m/o yoki v/i ga) birinchi tanlovdagi uterotonik vosita sifatida tavsiya etiladi. Boshqa
in’eksion uterotoniklar va mizoprostol TKQKning profilaktikasi uchunoksitosin mavjud
bo‘lmaganda muqobil vosita sifatidatavsiya etiladi. Nazorat ostida kindik tizimchasidan tortish
(NKT)ning muhimligi olingan yangi dalillartufayliq ayta ko‘rib chiqilgan. Endi bu aralashuvmalakali
doyalar mavjud bo‘lgandagina maqbulhisoblanadi hamda agarda malakali xodim tug‘ruqniolib
borishda ishtirok etmasa uning o‘tkazilishi mumkin emas. Kindik tizimchasini erta qisish, odatda,
taqiqlangan. Bachadon-ning uzluksiz massaj ioksitosinprofilaktikasini qabul qilgan ayollarda
TKQKning profilaktikasi vositasi sifatida tavsiya etilmaydi, chunki u noqulaylikni keltirib chiqarishi
mumkin, alohidatibbiy xodimning ishtirokini talab etadi va qonyo‘qotishni kamaytirish uchun
samarasiz bo‘lishi mumkin. Ammo bachadonning tug‘ruqdan keying atoniyasini erta aniqlash
uchun qorinni paypaslashyo‘li bilan bachadon tonusini baholash barcha ayollaruchun tavsiya
etiladi. Uterotoniklarning qo‘llanilishi tug‘ruqning uchinchi davrini faol olib boorish doirasida
asosiy usul bo‘lib hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan maxsus malakaga ega bo‘lmagan
sog‘liqnisaqlash xodimlari tomonidan mizoprostolning TKQK profilaktikasi uchun qo‘llashi
faqatgina malakalidoyalar ishtirokidagina asosli bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, oksitosin kesarcha
kesishda TKQKning profilaktikasi uchun ham tavsiya etiladigan uterotonik vositadir. Kindik
tizimchasidan tortish kesarchakesishda yo‘ldoshni qo‘l bilan ajratishga qaragandaafzal muqobil
usul sifatida tavsiya etiladi.
Asosiy profilaktik tadbirlar.
1.
Tug‘ruqning uchinchi davrida TKQK profilaktikasi uchun barcha tug‘ruqlarda
uterotoniklarning qo‘llanilishi.
2.
Oksitosin (10 ME, v/iyoki m/oga) TKQK profilaktikasi uchun tavsiya etiladigan
uterotonikvosita bo‘lib hisoblanadi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
130
3.
Oksitosin bo‘lmaganda boshqain’eksionuterotoniklar (zaruriyat bo‘lganda –
ergometrin/metilergometrin yoki oksitosin vaergometrinning o‘rnatilgan kombinasiyasi) yoki
peroral ko‘rinishda mizoprostol (600 mkg)ning qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
4.
Malakali doyalar hamda TKQK profilaktikasi uchun oksitosin bo‘lmaganda, maxsus
malakaga ega bo‘lmagan sog‘liqni saqlash xodimlariga mizoprostolni (600 mkg p/o) qo‘llash
tavsiya etiladi.
5.
Agar tibbiy xodim va tug‘uvchi ayol tug‘ruqninguchinchi davrida oz miqdorda qon
yo‘qotilishini vadavomligining biroz qisqarishini muhim deb hisoblashsa, tabiiy tug‘ruq yo‘llari
orqali sodir bo‘luvchi tug‘ruqda malakali doyalar mavjud bo‘lganda, NKT tavsiya etiladi.
6.
Malakali doyalar mavjud bo‘lmaganda, NKTnibajarmaslik lozim.
7.
Kindik tizimchasini kech qisish (tug‘ruqdankeyin 1-3 daqiqadan so‘ng) barcha
tug‘ruqlarda tavsiyaetiladi; bir vaqtda yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarishqilish bo‘yicha birlamchi
(asosiy) tadbirlarni boshlashlozim.
8.
Agar chaqaloqda asfiksiya bo‘lmasa va u shoshilinch jonlantirishga muhtoj bo‘lmasa,
kindik tizimchasini erta qisish (tug‘ruqdan keyin 1daqiqadan oldinroq vaqtda) tavsiya etilmaydi.
9.
TKQKning profilaktikasi uchun, shu maqsadda oksitosinni qabul qilgan ayollarda,
bachadonninguzluksiz massajini bajarish tavsiya etilmaydi.
10.
Tug‘ruqdan keying davrda bachadon atoniyasinierta aniqlash uchun barcha ayollarda
qorinni paypaslash yo‘libilan bachadon tonusini baholash tavsiya etiladi.
11.
Kesar kesishda TKQKning profilaktikasi uchun uterotonik vosita sifatida oksitosinni
(v/igayoki m/oga) qo‘llash tavsiya etiladi.
12.
Kesar kesishda yo‘ldoshning ajralishi uchun nazorat ostida kindik tizimchasidan tortish
tavsiyaetiladi.
TKQ davolash bo‘yicha tavsiyalar. Uterotoniklarning qo‘llanilishi (monoterapiya
sifatidaoksitosin tanlov vositasi bo‘lib hisoblanadi). TKQKnidavolashda muhim rol o‘ynaydi.
Bachadon massajibevosita tashxis qo‘yilgandan keyin TKQKni yo‘qotishuchun tavsiya etiladi;
bundan tashqari, izotonik kristalloidli eritmalar bilan intensiv infuzionterapiya ham tavsiya etiladi.
Tug‘ruq yo‘llarining yumshoqto‘qimalari jarohati oqibatida kuzatiluvchirefrakterliatonik qon
ketish yoki davom etuvchi qonketishda traneksamkislotasining qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
Bachadonning ballonli tamponadasi refrakterliqon ketish yoki uterotoniklar bo‘lmaganda
tavsiyaetiladi. Bachadonning bimanual kompressiyasi, aortaning tashqi kompressiyasi qilinishi
zarur bo‘lgan muolaja-larni o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘lgunchaqabul qilinadigan vaqtinchalik
choralar sifatida tavsiya etiladi. Persistik qon ketishda va zarur zahiralarmavjud bo‘lganda,
bachadon arteriyalarinin gembolizasiyasi haqidagi masalani ko‘rib chiqish lozim. Uterotonik
vositalar va boshqa konservativ muolajalarning qo‘llanilishi fonida qon ketish to‘xtamasa,
shoshilinch tarzda jarrohlik aralashuvini o‘tkazish lozim. Agar tug‘ruqning uchinchi davri 30
daqiqadan ortiqroq davom etsa, yo‘ldoshning ajralishiuchun NKTni qo‘llash va v/iga yoki m/oga
oksitosinni yuborish kerak. Agar yo‘ldosh ajralmasa hamda qonketish vujudga kelsa, yo‘ldoshni qo‘l
bilan ajratishlozim. Yo‘ldoshni qo‘l bilan ajratishda bir dozaprofilaktik antibiotiklarni yuborish
tavsiya etiladi.
Tug‘ruqdan keying qon ketish bo‘yicha asosiytadbirlar.
1.
Vena ichiga yuborish uchun oksitosin TKQKda monoterapiya uchun tavsiya etilgan
uterotonik vosita bo‘lib hisoblanadi.
2.
Vena ichiga yuborish uchun oksitosin mavjud bo‘lmaganda yoki oksitosinni qo‘llashdan
samara bo‘lmaganda, vena ichiga ergometrin, oksitosin vaergometrinning o‘rnatilgan
kombinasiyasi yokiprostaglandin vositalarini (jumladan 800 mkg misoprostol-subling val shaklda)
qo‘llash tavsiya etiladi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
131
3.
TKQ li ayollarda boshlang‘ich intensiv infusion terapiya uchun colloid eritmalarga emas,
balki izotonik kristalloidli eritmalarga afzallik berish tavsiya etiladi.
4.
Agar oksitosin va boshqa uterotoniklar qonketishni to‘xtatish uchun samarasiz bo‘lsa yoki
qonketish qisman jarohat bilan bog‘liqligi taxmin qilinsa, TKQ ni oldini olish uchun
traneksamkislotasiniqo‘llash tavsiya etiladi.
5.
TKQKni davolash uchun bachadon massajitavsiya etiladi.
6.
Bachadon atoniyasi bilan bog‘liq TKQKni davolash uchun uterotoniklardan samara
bo‘lmaganda yoki uterotoniklarning o‘zi bo‘lmasa, bachadonning ballonli tamponadasini o‘tkazish
tavsiya etiladi.
7.
Bachadon atoniyasi bilan bog‘liq TKQKni davolash uchun boshqa choralardan samara
bo‘lmaganda hamda zarur zahiralar mavjud bo‘lmasa, bachadon arteriyalarining embolizasiyasini
qo‘llash tavsiya etiladi.
8.
Agar uterotoniklar bilan davolash va boshqa konservativ muolajalarni o‘tkazishga (mas.,
bachadon massaji, ballonli tamponadasi) qaramasdan qon ketish to‘xtamasa, jarrohlik aralashuvi
tavsiya etiladi.
9.
Bachadonning bimanual kompressiyasi tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqali sodir bo‘lgan
tug‘ruqdan so‘ng kuzatiladigan bachadon atoniyasi bilan bog‘liq TKQKni davolash uchun zarur
bo‘lgan muolajalarni bajarishga imkoniyat tug‘ilguncha qo‘llaniladigan vaqtinchalik choralar
sifatida tavsiya etiladi.
10.
Aortaning tashqi kompressiyasi tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqali sodir bo‘lgan tug‘ruqdan
so‘ngkuzatiladigan bachadon atoniyasi bilan bog‘liq TKQKni davolash uchun zarur bo‘lgan
muolajalarni bajarishga imkoniyat tug‘ilguncha qo‘llaniladigan vaqtinchalik choralar sifatida
tavsiya etiladi.
11.
Bachadon tamponadasi tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqalisodir bo‘lgan tug‘ruqdan so‘ng
kuzatiladiganbachadonatoniyasi bilan bog‘liq TKQKni davolashuchun tavsiya etilmaydi.
12.
Agar yo‘ldoshning o‘z-o‘zidan ajralishi ro‘ybermasa, oksitosinning v/iga yoki m/oga (10
ME) yuborilishini nazorat ostida kindikdan tortish bilan birgalikda qo‘llash tavsiya etiladi.
13.
Yo‘ldosh ajralishining kechikishida, ergometrinning qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi,
chunki u yo‘ldoshning ajralishini kechiktirishga qodir bo‘lgan bachadonning tetanik qisqarishlarini
chaqirishi mumkin.
14.
Yo‘ldosh ajralishining kechikishini davolash uchun prostaglandin Ye2α (dinoproston
yoki sul’proston)ning qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.
15.
Yo‘ldoshni qo‘l bilan ajratishda antibiotiklarning bir dozasini yuborish tavsiya etiladi
(ampisillin yokibirinchi avloddagi sefalosporinlarni).
TKQda tibbiy yordamni tashkil etish. Tug‘ruq muassasalarida TKQK profilaktikasi va
davosining standart bayonnomalarini hamda bemorlarning yuqoriroq darajadagi muassasaga
o‘tkazish bayonnomalarini tadbiq etish lozim. Tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha darajalarida
tibbiy xodimlar uchun ta’lim dasturlari doirasidaTKQK bo‘yicha simulyasion treninglarni o‘tkazish
tavsiya etiladi. Bundan tashqari TKQKprofilaktikasi uchun maxsus ko‘rsatkich yordamida
uterotoniklarni qo‘llash monitoringini olib borish lozim.
Asosiy tashkiliy tadbirlar.
1.
Davolash muassasalarida TKQK profilaktikasi va davosining standart bayon-nomalariga
ega bo‘lish va ularni qo‘llash tavsiya etiladi.
2.
Davolash muassasalarida ayollarni yuqoriroq darajadagi muassasaga o‘tkazish
bayonnomalariga ega bo‘lish va ularni qo‘llash tavsiya etiladi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
132
3.
Diplomdan oldingi hamda diplomdan keying ta’lim chog‘ida tibbiy xodimlar uchun ta’lim
dasturlari doirasida TKQKni davolash bo‘yicha simulyasion treninglarni o‘tkazish tavsiya etiladi.
4.
TKQK profilaktikasi uchun dasturni baholashda jarayon indikatori sifatida tug‘ruqdan
keyin uterotoniklarni qo‘llash monitoringini olib boorish tavsiya etiladi.
Uterotonikvositalar. TKQK
profilaktikasi uchun tug‘ruqning
uchinchi
davrid
auterotoniklarning qo‘llanilishi barcha tug‘ruqlarda tavsiya etiladi. Oksitosin (10 ME, v/iyoki
m/oga) TKQK profilaktikasi uchun tavsiya etiladigan uterotonik vosita bo‘lib hisoblanadi. Oksitosin
bo‘lmaganda, boshqa in’eksionuterotoniklar (ya’ni ergometrin / metilergometrin yoki oksitosin va
ergometrinning o‘rnatilgan kombinasiyasi) yoki peroral ko‘rinishda mizoprostol (600 mkg)ning
qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Malakali doyalar hamda TKQK profilaktikasi uchun oksitosin
bo‘lmaganda, maxsus malakaga ega bo‘lmagan sog‘liqni saqlash xodimlariga mizoprostolni (600
mkg p/o) qo‘llash tavsiya etiladi.
Taqqoslash uchun mavjud materiallarning soni chegaralangan, ammo oksitosin va
ergometrinning ijobiy samarasi o‘rtasidagi katta farqning bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Bizningcha,
ergometrinning nojo‘ya ta’sirini oldini olishga katta e’tibor qaratish lozim, bunda oksitosin va
ergometrinni TKQKning profilaktikasi uchun qo‘llashda kuzatiladigan ijobiy samarasi o‘xshash.
Sog‘liqni saqlash tizimlari uchun TKQKning profilaktikasi va davosi hamda tibbiy yordamni
tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar.
Davolash muassasalarida TKQKning profilaktikasi va davosi uchun standart bayon-
nomalarini qo‘llash tavsiya etiladi. Bunda ayollarni yuqoriroq darajadagi muassasalarga o‘tkazish
bo‘yicha standart bayonnomalar bo‘lishi zarur. Barcha tug‘ruq muassasalarida tibbiy xodimlarning
barcha shtatlari uchun mo‘ljallangan ta’lim dasturlari doirasida TKQKni davolash bo‘yicha
simulyasion treninglarni davriy ravishda o‘tkazish tavsiya etiladi. Tug‘ruqdan keyin TKQKning
profilaktikasi uchun dasturni baholashda jarayon indikatori sifatida uterotoniklarni qo‘llash
monitoringini olib borish tavsiya etiladi.
Bachadon tonusini umumiy qabul qilingan va qisman baholash tug‘ruqdan keyingi davrda,
ayniqsa, TKQKning erta tashxisotini maqbullashtirish uchun kechiktirib bo‘lmay-digan
yordamning muhim elementi bo‘lib qolmoqda. Ammo standart bayon-nomalarni tadbiq etish
xalqaro standartlarni mahalliy sharoitlarga moslashtirishni talab etuvchi murakkab jarayon bo‘lib
hisoblanadi. Ba’zi dasturlar yuqori texnologiyali va komp’yuterlashtirilgan bo‘lib, katta xarajatlarni
talab etadi, shu bilan birga boshqalari kichikroq xarajatlarni talab etishi bilan tavsiflanadi va katta
ehtimollik bilan manbalari cheklangan muassasalar uchun to‘g‘ri keladi. Tibbiy xodim, bemorlar va
ularning oila a’zolari o‘rtasidagi kommunikasiyalarning yaxshilanishi tibbiy xodimlarni TKQKda
yordam ko‘rsatishni o‘rgatishda muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari
uterotoniklarning profilaktik qo‘llanilishi monitoringini amalga oshirish zarur. Mazkur tavsiya
sog‘liqni saqlashning boshqa sohalari, jumladan, pediatriya tajribasiga asoslangan bo‘lib, unda
salomatlik holatining indikatori qanoat hosil qilgan va qanoat hosil qilmagan bemorlarning
ulushiga asoslangan, keng tarqalgan va dasturiy maqsadlarda unumli bo‘lib hisoblanadi.Taklif
etilgan ko‘rsatkich homila tug‘ilgandan keyin profilaktik tarzda uterotonik vositani qabul qilgan
ayollar sonining tug‘uvchi ayollar umumiy soniga nisbati bilan hisoblanadi.
TKQKning isbotli ravishda asoslangan profilaktikasi va davosi nisbatan arzon vositalar
yordamida muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilishi mumkin. Ammo ushbu qo‘llanmada
keltirilgan tavsiyalarni qo‘llashdan avval quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim:
Bola va yo‘ldosh tug‘ilganidan so‘ng dastlabki bir necha soat mobaynida ayol tibbiy
xodimlarning doimiy kuzatuvi ostida bo‘lishi lozim.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
133
Oksitosin qo‘llanilganda sovuq zanjirning uzluksizligini nazorat qilish lozim (ya’ni tug‘ruq
zalida haroratni nazorat qilish bo‘yicha talablarning bajarilishi ustidan).
Kindik tizimchasining kech qisilishi amalga oshiriladigan sog‘liqni saqlash tizimida yangi
tug‘ilgan chaqaloqlar sariqligini aniqlash (zaruriyat bo‘lganda davolash ham) usullarini ham tadbiq
etish lozim.
Mazkur tavsiyalarning tadbiq etilishi sog‘liqni saqlash tizimi darajasida nazorat qilinishi
lozim. TKQKda qo‘llaniladigan davolash usullariga taalluqli bo‘lgan muhim ma’lumotlarni olish
uchun ma’lum bir tamoyillarga asoslangan uzilgan vaqtinchalik qatorlar yoki audit usuli bo‘yicha
klinik auditni o‘tkazish mumkin. Mahalliy darajada tasdiqlangan maqsadli parametrlar bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lum bir mezonlar va ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Biz
TKQKning profilaktikasi va monitoring jarayonining indikatori sifatida profilaktik uterotoniklar
bilan to‘liq qamrovdan foydalanishni qat’iyan tavsiya etamiz.
Profilaktik uterotoniklar bilan to‘liq qamrov indikatori: taklif etilayotgan indikator
tug‘ruqning uchinchi davrida profilaktik tarzda uterotonik vositani qabul qilgan ayollar sonining
tug‘uvchi ayollar umumiy soniga nisbati bilan hisoblanadi. Mazkur indikator ushbu qo‘llanmaga
kiritilgan asosiy tavsiyalarni bajarish darajasini baholashga imkon beradi. TKQKning profilaktikasi
va davosi bilan bog‘liq tibbiy yordam sifatini to‘liqroq baholash uchun mahalliy darajada
tasdiqlangan boshqa ixtisoslashgan indikatorlarni qo‘llashni talab etishi mumkin (mas., ma’lum bir
uterotoniklarni qo‘llashni baholash). BJSST mumkin bo‘lgan hodisalar auditi va ma’lum bir
mezonlar auditi (World Health Organization. Evaluating the quality of care for severe pregnancy
complications: the WHO near-miss approach for maternal health. Geneva: WHO; 2011) singari
tushunchalar asosida tug‘ruqlarning og‘ir asoratlarida ( shu juml., TKQK) tibbiy yordam sifatini
baholash bo‘yicha maxsus qo‘llanmani ishlab chiqqan.
Kritik muhim ko‘rsatmalar va oqibatlar.
TKQKning profilaktikasi. Kritik muhim natijalar;
Onalar o‘limining kamayishi;
TKQK og‘ir holatlari sonining kamayishi (qon yo‘qotish >1000 ml) ;
Gemotransfuziya sonining kamayishi ;
Intensiv terapiya/reanimasiya bo‘limiga qabul bo‘lishlik sonining kamayishi;
Qon yo‘qotish ≥500 ml;
Qo‘shimcha uterotoniklarni yuborish;
O‘rtacha qon yo‘qotish ;
Tug‘ruqdan keyingi kamqonlik ;
Ko‘krak bilan oziqlantirish;
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda og‘ir darajadagi kamqonlikning kamayishi;
Aralashuvning har qanday nojo‘ya ta’siri;
Davolashni talab etuvchi har qanday nojo‘ya ta’sir ;
Ko‘ngil aynish,Qayt qilish, Diareya, Bosh og‘rig‘i, Qorinda og‘riq;
Yuqori arterial bosim;
Varaja, onaning tana harorati ≥38 °S ;
Onaning tana harorati ≥40 °S.
TKQni davolash.
Kritik muhim oqibatlar;
Qo‘shimcha qon yo‘qolishi ≥500 ml;
Qo‘shimcha qon yo‘qolishi ≥1000 ml;
Gemotransfuziya;
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
134
Qo‘shimcha uterotoniklarni yuborish;
Invazivjarrohlik bo‘lmagan aralashuvlar;
Jarrohlik aralashuvlar (shu juml.gisterektomiya) ;
Onaning tana harorati ≥40 °S;
Muolajalar bilan asoratlar;
Infeksiyalar;
Og‘ir kasalliklar;
Onani boshqa bo‘lim yoki davolash muassasasigao‘tkazish;
Qaror qabul qilish bilan uni amalga oshirish orasidagivaqtni qisqartirish;
Dori vositalari va terapiya usullarining mavjudligi.
Muhim natijalar:
qon yo‘qotishni baholashninganiqligi, o‘rtacha qon yo‘qotish; tug‘ruqdan
keying kamqonlik; qo‘shimcha jarrohlik bo‘lmagan aralashuvlar (mas., aorta-ning tashqi
kompressiyasi, bachadonni bimanual bosish).
Oqibatlar:
Ko‘ngil aynish, qusish yoki varaja;
Onaning tana harorati ≥38 °S;
Ko‘krak bilan oziqlantirishning kechiktirilishi;
Shifoxona dadavomli vaqt mobaynida yotish.
Tibbiy yordam sifati va tug‘ruqdan keying qonketishlar.
Tibbiy yordam sifati respublikamizda sog‘liqni saqlashning rivojlanishini bosh shartlaridan
biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlashningturli sohalarida o‘tkazilayotgan ilmiy
tadqiqotlarda unga tegishlicha e’tibor qaratilmayapti. O‘zbekiston Respublikasida tibbiy
yordamning holati, uning sifattushunchasining aniq ta’rifi, uni baholash mezonlari va
takomillashtirish yo‘llari hali yo‘q. Ko‘pgina zamonaviy tadqiqot-larda aniqlanishicha, homiladorlik
va tug‘ruqning pirovardini aniqlovchi asosiy omilbo‘lib ayolga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati
hisoblanadi [1-2]. Shundan kelib chiqib, sifatshifokorga emas, balki bemorga va unga
ko‘rsatilgantibbiy yordamdan qanoat hosil qilishiga qaratiladi. Biroq, o‘rganish jarayonida shu holat
aniq bo‘ldiki, sifatni baholashdan ko‘ra, sifatni boshqarishni tahlilqilish yoki sifatning boshqaruvi
g‘oyatda muhimroq. Aniq bo‘lmoqdaki, bizning sifat haqidagi tasavvurlarimiz dunyo standart-
laridan anchagina orqada qolmoqda, va masalaning mohiyati bo‘yicha, biz birinchi bosqichda qolib
ketdik va asosiy harakatlarimiz hanuzgacha tibbiyyor dam sifatini baholash, ekspertiza qilish va
nazoratiga qaratilmoqda. Sifat boshqaruvini amalga oshirish zamonaviy vadalillarga asoslangan
tibbiy texnologiyalarni, tibbiy standartlarni, klinik qo‘llanma va mahalliy klinik bayonnomalarni
tadbiq etish, shifokorlarni lisenziyalash va tibbiy muassasalarni akkreditasiyadan o‘tkazish,
shuningdek, tibbiy yordam sifatini doimiy nazorat qilish va monitoringini o‘tkazish bilan
birgatibbiy xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish yo‘libilan o‘tkazilishi lozim. Faqatgina
shunday yondashuv shifokor-larning yo‘l qo‘yadigan xatoliklar ehtimolini kamaytirishi va
bemorlarning qanoat hosil qilish holat-larini oshirishi mumkin. Shu tufayli biz tug‘ruqdan keying
iakusherlik qon ketishlarda tibbiyyordam sifatini baholash, nazorat qilish va boshqarish akusherlik
yordam ko‘rsatish nuqsonlarini kamaytirishda ishonchli vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin, deb
hisob-laymiz. Afsuski, akusherlik va somatic patologiyali homiladorlarga shoshilinch tibbiy yordam
ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha tadqiqotlarsoni o‘ta kamligi qayd etilmoqda, ko‘pgina hollarda
shifoxonaga shifokorning yo‘llanmasi asosida emas, balki mustaqil ravishda qabul qilinishi salbiy
oqibatlarxavfini oshiradi. Turli Rossiyalik mualliflarning ma’lumotiga ko‘ra, perinatal markazlarda
tibbiyyordam sifatini pasaytiruvchi asosiy omillar bo‘lib, yetarli darajada bo‘lmagan
moliyalashtirish (35,5%), moddiy-texnika bazasining past darajada bo‘lishi (23%), shifokorlar
malakasining yetarli darajada bo‘lmaganligi (6,6%) hisoblanadi [3-4] .
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 3 (2021) / ISSN 2181-1415
135
Tibbiy yordam sifati boshqarilishining baholanmasligi tug‘ruq muassasalarida ishning
sifatini ta’minlash vatashkil etish rolini yetarli darajada tushunibyetmaslikdan dalolat beradi.
Bunda O‘zbekistonRespublikasida akusherlik amaliyotida dalillarga asoslangan tibbiyo
tma’lumotlari qo‘llaniladi, bemorning ehtiyojini, shuningdek, tibbiy xodimning doimiy ravishda
kasbiy ta’limini takomillashtirish bilanbirga bilimini hisobga olish zaruriyati haqida aytiladi.
Bizning ma’lumotimiz bo‘yicha, tug‘ruqxona ishini ijobiy baholovchi homilador ayollar soni
faqatgina 59% ni, tuqqan ayollar soni esa 62,2%ni tashkil etdi. Ma’lumki, bemorlarning qanoat hosil
qilishis ifatliyordamning yetakchi mezoni bo‘lib hisoblanadi. Bemorlar va ularning qarindoshlari
tomonidan shikoyatlarning katta qismi salomatlikka zarar yetkazilgan harakatlar bilan bog‘liq.
Qolgan shikoyatlarning sabablari tibbiy yordamni amalga oshiruvchi tibbiy xodimlarning
faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan. Biroq, shikoyatlarni qarab chiqishda akusherlik stasionarining
shifokorlar komissiyasisi ishtirok etmaydi, u yoki bu bayonotlarning asoslanganlik darajasida
uning fikri inobatga olinmaydi. Akusherlik amaliyotida tibbiy yordamning yetarlicha bo‘lmagan
sifatini baholashda aniqlanishicha, bu holatlarda aniqlangan nuqsonlarning yarmidan ko‘pi
aksariyat hollarda birlamchi tashkiliy nuqsonlarga to‘g‘ri keladi; tashxisot nuqsonlari davolash
nuqsonlaridan birmuncha ustun bo‘lib, u ham ko‘pincha birlamchi bo‘ladi, ammo davolash
nuqsonlari uchbaravar ko‘proq salbiy oqibatlarga olibkeladi [3-4]. Akusherlik tizimida tibbiy
yordam ko‘rsatish sifatidan qanoat hosil qilishda perinatal ta’limning roli keying tadqiqot va
o‘rganishga loyiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Национальные стандарты повышения качества перинатальной помощи в системе
здравоохранения Республики Узбекистан. Ташкент, 2017 г.
2.
Сборник клинических протоколов по акушерству. Ташкент, 2019.
3.
Лузанова И. Медико юридические конфликты как индикатор качества
медицинской услуги / И.М. Лузанова // Правовые вопросы в здравоохранении – 2012. – №
1. – С. 48–54.
4.
Ромодановский П.О. Изучение неблагоприятных условий в акушерско
гинекологической практике / П.О. Ромодановский, Е. Баринов // Медицинское управление.
– 2012. – № 6. – С. 44–49.
5.
World Health Organization. World Health Organization multicountry survey on maternal
and newborn health. Geneva: WHO; 2012.
6.
World Health Organization. Evaluating the quality of care for severe pregnancy
complications: the WHO near-miss approach for maternal health. Geneva: WHO; 2011. Available
from: http://whqlibdoc.who.int/publications/2011/9789241502221_eng.pdf
7.
www.who.int/reproductivehealth/publications/maternal_perinatal_health/978924154
8502/en/.
