INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA BLOGGING

Annotasiya

Bloglar shaxs yoki guruhlar uchun turli mavzularda fikr va tajriba almashish uchun juda qo‘l keluvchi sahifalar hisoblanadi. Bloglar ko‘pincha nihoyatda interaktiv, ayrimlari ta`limiy, ma`lumot berish uchun xoslangan bo‘lib, undan ehtiyojga ko‘ra foydalanish, individual blog postlarining quyi qismida o‘quvchilar sharh qoldirishlari, ularni muhokama qilish mumkin.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
72-74
17

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
To‘lanboyeva, G., & Rozikova, G. (2024). INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA BLOGGING. Наука и инновации в системе образования, 3(10), 72–74. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/51000
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bloglar shaxs yoki guruhlar uchun turli mavzularda fikr va tajriba almashish uchun juda qo‘l keluvchi sahifalar hisoblanadi. Bloglar ko‘pincha nihoyatda interaktiv, ayrimlari ta`limiy, ma`lumot berish uchun xoslangan bo‘lib, undan ehtiyojga ko‘ra foydalanish, individual blog postlarining quyi qismida o‘quvchilar sharh qoldirishlari, ularni muhokama qilish mumkin.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

72

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA BLOGGING

G.A.To‘lanboyeva

Ingliz tili o‘qituvchisi

G.Z.Rozikova

Filologiya fanlari doktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.13382548

Annotatsiya

Bloglar shaxs yoki guruhlar uchun turli mavzularda fikr va tajriba

almashish uchun juda qo‘l keluvchi sahifalar hisoblanadi. Bloglar ko‘pincha
nihoyatda interaktiv, ayrimlari ta`limiy, ma`lumot berish uchun xoslangan bo‘lib,
undan ehtiyojga ko‘ra foydalanish, individual blog postlarining quyi qismida
o‘quvchilar sharh qoldirishlari, ularni muhokama qilish mumkin.

Annotation

Blogs are very useful pages for individuals or groups to share ideas and

experiences on a variety of topics. Blogs are often extremely interactive, some
educational, specific for giving information, which can be used according to
need, at the bottom of individual blog posts, readers leave comments, discuss
them.

Kalit so‘zlar

Blog, blogging, ijtimoiy tarmoqlar, giperhavola, lenta, post.

Key words

Blog, blogging, social networks, hyperlink, tape, post.
Veb-saytlardan tashqari internet olamida

blog

(veb-blog)lar mavjud bo‘lib,

hozirgi kunda anchagina mavjud. Blog – bu ma`lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi,
eng so‘nggi xabarlarni birinchi bo‘lib foydalanuvchilarga taqdim etuvchi onlayn
jurnallar yoki axborot veb-saytlari. Blogning boshqa ijtimoiy tarmoqlar bilan
o‘xshash va farqli jihatlar mavjud:

-

Shaxsiy ovoz: bloglar ko‘pincha mualliflarning shaxsiy stilida bo‘lib,

ularning o‘z fikrlarini to‘gridan-to‘g‘ri ifoda etilgan va blogni o‘z xohishiga ko‘ra
yuritiladi.

-

Doimiy yangilanishlar: Bloglar muntazam ravishda yangi xabarlar bilan

yangilanadi, ular matn, rasm, video va shu kabilar.

-

Interaktivlik: o‘quvchilar blog postlari bilan sharhlar, like - yoqtirishlar

orqali muloqot qilishlari, turli munozaralar qilishlari mumkin.

-

Kategoriyalarga bo‘lish: xabarlar ko‘pincha mavzular bo‘yicha sinflarga

ajratiladi, bu esa o‘quvchilarni o‘zi istagan tomonga, ya`ni osonlikcha o‘zlarining
mavzularini qidirib topishlarini osonlashtiradi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

73

-

Arxivlash: eski xabarlar arxivlanadi, o‘chib ketmaydi, toki muallif uni o‘zi

o‘chirmagunga qadar. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarga eski kontentni topish,
zarur bo‘lsa undan foydalanish imkonini beradi.

-

Giperhavola: bloglar agar boshqa bloglardan, manbalardan ma`lumot

olinsa ularga havola berish yoki o‘sha manbaga oson o‘tish uchun giperhavolalar
qo‘yiladi.

Ko‘plab blog yaratuvchi, uni sayqallovchi bir qancha blogging platformalar

mavjud bo‘lib, faol, foydali bloglar yaratsih uchun foydalaniladi. Wordpress,
Blogger, Medium, Tumblr, Wix, Squarespacelar misol bo‘ladi.

Wordpress.com eng mashhur blog platformalaridan biri hisoblanib, u juda

ham moslashuvchan va foydalanuvchilarni qulay interfeys bilan ta`minlab
beradi. Qamrovi keng bo‘lgan mavzular, mustahkam sozlash imkoniyatlari, o‘zi
saytni ishlashini va tashqi ko‘rinishini ko‘proq nazorat qiladi.

Blogger.com esa Googlega tegishli, bepul bloglar platformasi. Blogger.com

o‘zining soddaligi, foydalanish uchun qulayligi va Google xizmatlari bilan
kollaboratsiya - hamkorligi tufayli endigina blog boshlaganlar uchun ayni
muddao.

Medium.com esa ko‘proq yozuvchilar qamrab olishga mo‘ljallangan, toza,

minimalistik dizaynga ega bo‘lgn platforma.

Tumblr.com multimedia imkoniyatlari va ijtimoiy tarmoq xususiyatlari

bilan tanilgan mikroblogging platformasi. Bu platformalar yosh xavaskorlar va
ijodkor jamoalar orasida anchayin mashhur.

Wix.com faol tarzda blog yuritishni o‘z ichiga olgan blog yaratuvchi

platforma. U bir qancha shablonlarni taklif etadi, masalan qulay interfeys, keng
dizayn, turli marketing vositalari va onlayn tijorat imkoniyatlari kabi.

1

Ushbu blog platformalar vositasida juda ko‘plab dunyo miqyosida turli xil

bloglar yaratilgan bo‘lib, ulardan ingliz va o‘zbek bloglari kontentini qiyoslab,
tahlil qilib chiqamiz.

Ingliz va o‘zbek tillaridagi blog yuritish yo‘nalishlarining qiyosiy tahlili.
Inglizcha blog yuritishning o‘ziga xosliklari

Turfa xil mavzular: ingliz tilidagi bloglar shaxsiy, kundalik hayot

tarzi, sayohat jurnallaridan tortib to professional mavzulardagi maslahat va
sevimli mashg‘ulotlariga qadar ko‘plab mavzularni yoritib boradi.

Monetizatsiya ya`ni bloggingdan pul toppish. Ko‘plab ingliz

bloggerlari reklama, postlari, raqamli mahsulotlar yoki xizmatlarni sotish orqali
pul ishlab topadilar.

1

https://firstsiteguide.com/what-is-blog/


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

74

Professional bloglar: Ko‘plab shaxslar va korxonalar yuqori sifatli

tarkib, professional dizayn va marketing strategiyalarni afzal ko‘radi va aynan
shunga ko‘proq sarmoya kiritadilar.

Jamiyatni qamrab olish: izohlar, ijtimoiy ya`ni jamiyatdagi insonlar

integratsiyasi orqali keng muhokama jamoalarni qurishga katta e`tibor
qaratiladi.

O‘zbekcha blog yuritishning o‘ziga xosliklari

Rivojlanib borayotgan media bozor: O‘zbek tilida blog yuritish - bu

endi o‘sib borayotgan va rivojlanayotgan trend, O‘zbekistonda internet sifati
yaxshilangani sari bloglar soni oshib bormoqda.

Madaniy tarkib: odatda o‘zbek bloglari madaniy, ijtimoiy va mahalliy

muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, mahalliy aholining umumiy holatidan kelib
chiqib, ularning manfaatlari va tashvishlarini blog-postlarida aks ettiradi.

Til va mahalliylashtirish: o‘zbek bloggerlari ko‘p hollarda o‘zbek

tilida faoliyat yuritadilar, ayniqsa aynan mahalliy auditoriya uchun, ammo
ayrimlari kengroq auditoriyani qamrab olisni istasa, rus yoki ingliz tillarida
yozadilar.

Monetizatsiya – ya`ni blogging orqali mablag‘ topish ceht el

blogerlariga qaraganda cheklangan yoki kamroq miqdorda pul topadi.

Jamiyat e`tirofi: ingliz bloglariga qaratilgan e`tibor, o‘zbek blogging

saytlariga ham qaratilgan bo‘lib, doimiy sharhlar, muhokamalar, munozaralar
buning yaqqol misoli.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh.B.Muxamedjanova. Lingvistikada Internet Muloqot Tushunchasi//
“Uzbekistan-China: development of historical, cultural, scientific and economic
relations” Volume 3 | Special Issue 21. Issn 2181-1784. Sjif 2023: 6.131 | Asi
Factor = 1.7
2. Shahobiddinova, Sh. H., & Yuldasheva, Sh. Х. (2018). Internet muloqot va uning
tadqiqiga doir ayrim mulohazalar.
Ilmiy хabarnoma, № 2, рр. 85-88
3. To‘lanboyeva G. Til va jins tadqiqi. Ustunlik va farq. // Development and
innovations

in

science.

International

scientific-online

conference.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8314203
3. Богомолова, Н. Н. Массовая коммуникация и общение / Н. Н. Бого-
молова. – М.: Знание, 1988. – 80 с.
4. https://firstsiteguide.com/what-is-blog/

Bibliografik manbalar

Sh.B.Muxamedjanova. Lingvistikada Internet Muloqot Tushunchasi// “Uzbekistan-China: development of historical, cultural, scientific and economic relations” Volume 3 | Special Issue 21. Issn 2181-1784. Sjif 2023: 6.131 | Asi Factor = 1.7

Shahobiddinova, Sh. H., & Yuldasheva, Sh. Х. (2018). Internet muloqot va uning tadqiqiga doir ayrim mulohazalar.

Ilmiy хabarnoma, № 2, рр. 85-88

To‘lanboyeva G. Til va jins tadqiqi. Ustunlik va farq. // Development and innovations in science. International scientific-online conference. https://doi.org/10.5281/zenodo.8314203

Богомолова, Н. Н. Массовая коммуникация и общение / Н. Н. Бого-молова. – М.: Знание, 1988. – 80 с.

https://firstsiteguide.com/what-is-blog/