The Italian open conference that publishes original research and review articles in a variety of fields. The main goal is to offer an intelligent platform for international scientists and to develop interdisciplinary research in applied sciences. Conference languages: italian, Russian, english, Maldaski, Kazaқsha, o’zbek, limba romвnă, Kyrgyz tili, Հայերեն
Pektin moddalari, pektinlar (yun. pektos — birikkan, qovushgan, muzlagan) - barcha quruqlik oʻsimliklari va bir qator suvoʻtlar tarkibidagi eriydigan (eriydigan pektin) va erimaydigan (protopektin) yuqori molekulali polisaharidlar. Pektin moddalari mevalar va rezavor-mevalar, kanop poyasi, qand lavlagi tarkibida ayniqsa koʻp boʻladi. Kimyoviy tabiatiga koʻra tarmoqlanmagan poligalakturanidlar-galakturan kislota polimerlaridan iborat. Pektin moddalarining tarkibiga neytral monosaharidlar-galaktoza, ramnoza, arabinoza, ksiloza ham kiradi. Pektin moddalari 4 guruhga: pektokislotalar, pektin kislotalar, pektinlar va propektinlarga boʻlinadi. Shulardan pektinlarning ahamiyati muhim. Pektinlar sitrus mevalari, olma va tarvuzdan olinadi.