AJINIYOZ IJODIDA VATANPARVARLIK G’OYALARINING TARANNUMI

Abstract

Ushbu maqolada Ajiniyoz asarlarining mavzu ko’lami va o’ziga xosligi haqida so’z boradi. Ajiniyoz asarlaridagi ijtimoiy ohanglar,  vatan mavzusi, muxammaslarining janriy xususiyatlari tadqiq qilingan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
113-115
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kabulova , Z., & Dadebayeva , M. . (2025). AJINIYOZ IJODIDA VATANPARVARLIK G’OYALARINING TARANNUMI. Science and Innovation in the Education System, 4(8), 113–115. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/116088
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Ajiniyoz asarlarining mavzu ko’lami va o’ziga xosligi haqida so’z boradi. Ajiniyoz asarlaridagi ijtimoiy ohanglar,  vatan mavzusi, muxammaslarining janriy xususiyatlari tadqiq qilingan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

113

AJINIYOZ IJODIDA VATANPARVARLIK G’OYALARINING

TARANNUMI

Kabulova Zamira Adilbayevna

Qoraqalpoq davlat universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti

Dadebayeva Malika Miratbayevna

Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15779437

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Ajiniyoz asarlarining mavzu ko’lami va

o’ziga xosligi haqida so’z boradi. Ajiniyoz asarlaridagi ijtimoiy ohanglar, vatan
mavzusi, muxammaslarining janriy xususiyatlari tadqiq qilingan.

Kalit so‘zlar.

Ajiniyoz, ijtimoiy, vatan, adabiy ta’sir, obraz, ohang, o’ziga

xoslik, lirika.

Annotation.

This article talks about the subject scope and uniqueness of

Ajiniyaz's works. The social tones, theme of the homeland, and the genre
features of the works of Ajinyoz were studied.

Key words:

Ajinyoz, social, homeland, literary influence, image, tone,

originality, lyrics.

Ajiniyoz shoirning ijodiy merosi asosan lirik she’rlardan iborat. Ularning

mavzusi har xil. Vatan mavzusi, ijtimoiy mavzu, didaktik mavzu, falsafiy
mavzudagi she’rlar, sevgi qo‘shiqlari va hokazo.

Ajiniyoz ijodining ma’lum bir qismini ijtimoiy mavzudagi she’rlari tashkil

etadi. Shoir ularda zamon notengligini, xalqning ijtimoiy murakkab holatlarini,
adolatsizliklarni bo‘rttirib ko‘rsatadi, zo‘ravonlik, insofsizlik, rahbar
guruhlarning beboshligi va h.k. salbiy hodisalarni keskin tanqid qiladi.

Ajiniyozning muhabbat lirikasining aksariyati romantik uslubda yozilgan,

ya’ni muhabbat ilohiy bir tuyg‘u, oshiq-ma’shuqlar esa kundalik hayotning
mayda-chuydalaridan a’lo darajada yuqori turuvchi, muhabbatga sodiq ilohiy
zotlar sifatida aks etadi.

"Bo‘zatov" poemasi. Ajiniyozning "Bo‘zatov poemasi" - qoraqalpoq xalqi

boshidan kechirgan tarixiy va fojiali voqeani badiiy aks ettirgan asar. Unda XIX
asrning o‘rtalarida (1858-yil) o‘tgan tarixiy Bo‘zatov voqeasi hikoya
qilinadi.Tinch o‘tirgan yurtga turkman bosqinchilarining bostirib kirishi, yurtni
kaltaklashi, odamlarni asir qilib haydab ketishi chuqur lirizm va dramatizm
bilan kuylangan.

Asarda shoir vatan, tug‘ilib-o‘sgan makondan judo bo‘lgan insonning oh-

vohi, tinch yurtning arosatga uchrashini teran lirik tuyg‘ular bilan beradi,
voqealarni qalb e’tiboridan o‘tkazib, o‘z qalbidagi Vatan dardi qayg‘u-


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

114

hasratlarini umumxalq dardlariga moslashtiradi va teran lirizm orqali xalq
fojiasini beradi. Asarda o‘zining ibtidosi, taraqqiyoti va yakuniga ega epik syujet
va epik personajlar namoyon bo‘lmaydi, voqealar yuqorida aytib o‘tilganidek
lirik qahramonning qalb tuyg‘ulari orqali aks ettirilgan. Demak, "Bo‘zatov" -
o‘zining janriy tabiati bo‘yicha lirik asar. Ulkan tarixiy voqea lirik qahramonning
qalb his-tuyg‘ulari orqali berilganligidan "Bo‘zatov"ni lirik poema deb belgilash
mumkin.

Ajiniyozning "Bo‘zatov" dostoni qoraqalpoq adabiyoti tarixida Vatan, xalq

taqdiri mavzusini kuylovchi teran mazmunli, ta’sirchan buyuk asarlardan biri
hisoblanadi. Shu bois xalq uni yod bilgan va mashhur "Bo‘zatov" nomasiga solib
aytgan.

Bundan tashqari, Ajiniyoz XIX asr qoraqalpoq adabiyotiga muxammas

janrini olib kirdi va bu janrning qoraqalpoq adabiyotida ommalashihsiga sabab
bo’ldi. Ajiniyoz muxammaslari o’zining badiiy yuksakligi, xalqchilligi bilan ham
ajralib turadi. U nafaqat o’z davrida balki bugungi kunda han badiiy qimmatini
yo’qotgan emas. Ayniqsa, sharq klassiklari ijodidan ta’sirlangan holda uning
ishq-muhabbat mavzusida yozilgan muxammaslari so’z oyiniga qurilgan va
badiiy pishiqligi bilan o’quvchini o’ziga rom qiladi.

Ajiniyoz she’riyatining eng ahamiyatli jihati shundaki, u har bir she’rini eski

turkiy tilning ta’sirida o‘zbek va qoraqalpoq kitobxoni uchun ham tushunarli
qilib yozgan. Masalan, “Beri kel” muxammasini olib qaraylik:

Ay-alifdek, naz etip, háykelni taqqan beri kel,
Be-buralıp, saz etib qashını qaqqan beri kel,
Te-tutashıp ot kibi, qıya qaqqan beri kel,
Se-sana aytıp tiliden pallar aqqan beri kel.
Jim-janımdı órtenip, otlarǵa jaqqan beri kel.
Uning xalq she’riyati shaklida yozilgan she’rlarining o‘zida o‘zbek

she’riyatining ta’siri ancha sezilib turadi. Masalan:

Dunyanı yıǵnaǵan Qarun,
Bir ózi bolıp sahıp dun,
Anı hám yer yuttı bir kún,
Zindan dúnya qoyan yoqtı.

Yoki:
Shashmi-jadu jallad, qashları qalem,
Qoydı siynamiza yuz ming daǵ alem,
Naz ayleyub sushik tili ul sanem,
Magna bir istanat taqtı da ketti.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

115

Aytish mumkinki, o‘zbek mumtoz adabiyoti qoraqalpoq adabiyotiga

shunchaki ta’sir qilgan emas. Balki, shu bilan birgalikda u butun dunyo
madaniyatining ajoyib xazinasini olib kiradi.

Demak, Ajiniyoz o‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalarining rivojlanishiga

ham o’z hissasini qo’shgan ijodkorlardan sanaladi. Shu bois ham Ajiniyoz ijodi
bugun nafaqat qoraqalpoq kitobxoni, balki o’zbek kitobxoni tomonidan ham
sevib o’qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Ajiniyaz. “Tanlamali shig‘armalar”. – Nukus. QQMB,1960. -B. 123
2. Қарлыбаева Г. Әжинияз шығармалары тилиниң семантика-
стилистикалық өзгешеликлери. Нөкис, «Қарақалпақстан», 2017.
3. Мәмбетов К. Әжинияз (Илимий очерк). Нөкис, «Билим», 1994.
4. Муртазаев А. Шайырдың мухаббаты. Нөкис, «Қарақалпақстан», 1988.
5. Насыров Д.С., Доспанов О., Бекбергенов А., Сайтов Д. Қарақалпақ
әдебияты классиклери шығармаларының тили. Нөкис, «Билим», 1995.

References

Ajiniyaz. “Tanlamali shig‘armalar”. – Nukus. QQMB,1960. -B. 123

Қарлыбаева Г. Әжинияз шығармалары тилиниң семантика-стилистикалық өзгешеликлери. Нөкис, «Қарақалпақстан», 2017.

Мәмбетов К. Әжинияз (Илимий очерк). Нөкис, «Билим», 1994.

Муртазаев А. Шайырдың мухаббаты. Нөкис, «Қарақалпақстан», 1988.

Насыров Д.С., Доспанов О., Бекбергенов А., Сайтов Д. Қарақалпақ әдебияты классиклери шығармаларының тили. Нөкис, «Билим», 1995.