SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
103
VII SINFDA BIOLOGIYANI FIZIKA BILAN BOG‘LAB O‘QITISHDA
MEDIATA’LIMNING O‘RNI
G‘aniyeva Guliruxsor Islamovna
Termiz Davlat Universiteti, Botanika kafedrasi oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14195444
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mediata’limga asoslangan o‘quv
mashg‘ulotlarini media vositalari hamda kompyuter dasturlaridan foydalangan
holda tashkil etish, o‘rganilayotgan materiallarni yanada aniqroq va
tushunarliroq taqdim etishi ko‘nikmalarini shakllantirish
haqida ma’lumotlar
berilgan.
Kalit soʻzlar:
telekommunikatsiya, OAV, elektron darsliklar, videodarslar,
mobil ilovalar,
intellektual rivojlanish.
Bugungi globallashuv sharoitida umumta’lim maktablarining yuqori
sinflarida biologiya fanlarni o‘qitishda mediata’limdan foydalanish masalasi
muhim va ahamiyatli hisoblanadi. Zamonaviy dasturlar, o‘qitish usullari,
metodlari, telekommunikatsiya vositalari hamda OAV jadal tezlikda
rivojlanmoqda. Shu sababli ham biologiyani fizika bilan media vositasida
o‘qitishdagi metodika, umuman olganda, barcha o‘qitish metodikalar
sohasidagi mediama’lumotlar, dasturiy–pedagogik vositalar va multimediali
o‘quv qo‘llanmalarni ta’limga integratsiya qilishning didaktik talablarini
aniqlash, biologiyani o‘qitishda mediata’lim va axborot texnologiyalarini
qo‘llash usullarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda tabiiy va ijtimoiy fanlarni o‘qitishda media va turli xil
dasturiy–pedagogik vositalardan keng foydalanilmoqda. Sinflarga yangi avlod
o‘quv kitoblarining kelishi va ushbu kitoblarda mavzularning elektron shaklidagi
video darslarni ko‘rish uchun maxsus QR–kodining qo‘yilishi bilan biologiya
fanlari ham o‘zgara boshladi. O‘quv faoliyatining loyihasi va tadqiqot shakli
hamda usullari, o‘qitishning yangicha uslublari tobora ko‘proq rivojlanib
bormoqda. Biologiya darsida media vositalaridan foydalanish o‘quvchilar
kognitiv faoliyatining samarali usuli bo‘lib, o‘qituvchilar uchun darsni
takomillashtirishga keng imkoniyatlar ochadi.
Mediata’limga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini media vositalari hamda
kompyuter dasturlaridan foydalangan holda tashkil etish, o‘rganilayotgan
materiallarni yanada aniqroq va tushunarliroq taqdim etishi va o‘quvchilarning
tasavvur qilish imkoniyatini keng ko‘lamda oshirishga yordam beradi.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
104
Zamonaviy dunyoning doimiy o‘zgaruvchan talablari sharoitida uning
pedagogik imkoniyatlarini hisobga olish ayniqsa muhimdir.
Ta’lim haqida gapirganda, uning maqsadi va mazmuni shaxsning
intellektual, axloqiy va fuqarolik fazilatlarini shakllantirish bilan chambarchas
bog‘liqligini tushunish kerak. Shu nuqtai nazardan, mediata’lim nafaqat
qo‘shimcha element, balki ushbu jarayonda eng muhim vosita sifatida ishlaydi.
Barcha fanlar qatori biologiya fanini ham o‘qitishda nazariya bilan amaliyotni
birga olib borish masalasi muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli ushbu
fandan yaratilayotgan o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishda multimediali
ta’lim texnologiyalarini hamda axborotli uslubiy majmualarini joriy etishga
e’tiborni kuchaytirish zarur deb hisoblaymiz.
Tadqiqot muammosiga doir olib borilgan izlanishlar natijasida biologiya
ta’limi amaliyotining tahliliy natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu fanni
o‘qitishda bir nechta muammolar mavjud ekan. Ushbu muammolarni
quyidagicha tasnifladik:
ta’lim muassasalarida-biologiya fani laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil
etish va olib borish uchun laboratoriya jihozlarining yetishmasligi, mavjudlari
ham talabga javob bermasligi;
fan o‘qituvchilari tomonidan dars jarayonlarida mavjud laboratoriya
jihozlaridan (agar mavjud bo‘lsa) unumli foydalanilmaslik;
fan bo‘yicha media vositalaridan samarali foydalanmaslik; mavzularga
doir elektron axborot ta’lim resurslari (elektron darsliklar, videodarslar,
mobil ilovalar, multimedia ilovalari, taqdimotlar va b.) ning yetarli darajada
yaratilmaganligi;
zamonaviy o‘quv vositalaridan foydalanilmaslik.
Ushbu muammolarning asosiy yechimi sifatida biologiyani fizika fani
bilan media vositalar asosida samarali tashkil etish va yanada
takomillashtirish maqsadga muvofiq deyish mumkin.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini modernizatsiyalash maqsadida amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri o‘quvchi yoshlarning
axborot savodxonligini rivojlantirish, ularni zamonaviy elektron ta’lim
vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirishning amaliy yechimini ta’minlash yo‘llaridan
biri o‘quvchilarning zamonaviy elektron axborot texnologiyalari vositalaridan
ta’lim jarayonlarida muntazam foydalanishini ta’minlashga erishishdir.
Demak, biologiyani fizika fani bilan media vositalari asosida o‘qitish
jarayonlarida
o‘quvchilarda
quyidagi
ko‘nikma
va
malakalarni
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
105
shakllantirishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
media mahsulotlarini yaratish va ulardan foydalanish (illyustratsiyalarni
yoritish, sxemalar, ekranda tayanch tushunchalar, ovoz berish);
fanga doir ma’lumotlarni internet saytlaridan qidirib topish va ularing
ilmiyligiga baho berish;
media vositalaridan va shu kabi boshqa texnikalar bilan ishlay olish;
biologiya faniga doir Web saytlar yaratish va ularni muntazam yangi
ma’lumotlar bilan boyitib borish;
elektron darsliklar yaratish;
android qurilmalar uchun mobil ilovalar ishlab chiqish va b.
Umumta’lim maktablarida biologiya fanidan beriladigan materiallarning
o‘ziga xos sintezini amalga oshirish hamda bu sintezda qatnashayotgan
mavzularning o‘zaro bog‘liqligi, uzviyligi, aloqadorligi, tuzilishi va boshqa
fanlar bilan integratsiyasi haqidagi ma’lumotlarning ta’lim jarayonida berib
borilishi ayni muddaodir. Bu jarayonda o‘quvchilarga masofadan o‘qitish
haqida ham umumiy ma’lumotlar berib boriladi. Bunday vaziyatda
o‘quvchilar uchun mediatexnologik vositalar, videodarslar, elektron
darsliklar, o‘quv filmlari, o‘quv qo‘llanmalar, animatsion-imitatsion vositalar,
multimediali taqdimotlar fan o‘qituvchilari elektron ta’lim vositalari orqali
yuboradi va o‘quvchilar ushbu kerakli materiallarni mustaqil o‘zlashtiradilar,
o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni qiynalmasdan bajaradilar.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, biologiyani fizika bilan mediavositalarga
asoslangan ta’lim mazmuni va uslubiyati yordamida fan o‘qituvchisi
ko‘zlangan maqsadga, ya’ni ta’limiy natijaga, sifatga erisha oladi. Har bir
axborot asosida to‘plangan ma’lumotlar o‘quvchining mustaqil fikr yurituvchi,
jahonning rivojlangan mamlakatlari yoshlari bilan bemalol raqobatlasha
oladigan, raqobatbardosh kadr sifatida takomillashishiga, bilimlarni
egallashiga, mantiqiy fikrlashga, muammolarni mustaqil yechishlariga yordam
berishini ta’minlash orqali kompetensiyalarini shakllantirishga erishiladi.
Biologiyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilarning qiziqishini
orttirishga doir tayyorlangan didaktik, tarqatma materiallarni va ularning o‘ziga
xos jihatlari hamda ularni o‘qitish metodlarini zamonaviy pedagogik, kompyuter
va axborot texnologiyalaridan foydalanib, pedagogik tajriba sinovda sinab
ko‘rish ma’qullandi. Tanlangan materiallarni pedagogik tajribada sinab ko‘rish
tadqiqot ishimizning, asosiy, maqsadi bo‘lib xizmat qildi.
Tanlangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik tajriba-sinov
o‘tkazishda asosan quyidagilarni sinab ko‘rish nazarda tutildi:
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
106
1. Biologiyani fizika bilan bog‘lab (baliqlar misolida)o‘qitishga doir
tanlangan o‘quv materiallar mazmunini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sinab
ko‘rish.
2. Tanlangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiyani fizika bilan
bog‘lab o‘qitishga doir materiallardan foydalanishning ilmiy-metodik jihatdan
o‘rinliligini aniqlash.
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining VII-sinf o‘quvchilari tomonidan
biologiyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishda tanlangan materiallarni nazariy va
amaliy jihatdan qay darajada o‘zlashtirishlarini tekshirish.
4.
Biologiyani fizika bilan bog‘lab (baliqlar misolida ) o‘qitishda amaliy
ishlar bajarishga nisbatan o‘quvchilar qiziqishining ortishini aniqlash.
5.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining VII-sinflarida biologiyani fizika
bilan bog‘lab (baliqlar misolida) didaktik o‘yinlar asosida yaratilgan masalalar
tanlash, tuzishning ta’lim tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash.
6.
Biologiyani fizika bilan bog‘lab o‘qitishda ekologik mazmunda
maktablararo olimpiada o‘tkazishga doir materiallarning o‘quvchilar
dunyoqarashini shakllantirish va tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyatini
ko‘rsatish.
7.
Tadqiqot maqsad va vazifalari, metodlaridan kelib chiquvchi ilmiy
farazning to‘g‘riligini aniqlash.
PTSI davomida o‘quvchilarni uch guruhga bo‘lgan holda ularga o‘quv
vazifalari topshirildi. Past intellektual rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan
o‘quvchilar guruhiga o‘qituvchi yordamida bajariladigan reproduktiv
xarakterdagi o‘quv topshiriqlari, o‘rtacha intellektual rivojlanish
darajasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarga o‘rtacha murakkablikdagi o‘quv
topshiriqlari, kuchli o‘quvchilarga esa, murakkab xarakterdagi o‘quv
topshiriqlari berildi.
Quyidagi jadval va rasmda 7–sinflarda biologiyani fizika bilan bog‘lab media
asosida o‘qitish darajalari bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi bosqich pedagogik
tajriba–sinov ishlari natijalari keltirilgan (1–jdval, 1– diagramma)
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
107
1–jadval
Birinchi bosqich pedagogik tajriba–sinov natijalari
Birinchi bosqich tajriba - sinov natijalari
O‘qu
v yili
O‘quvchilar
soni
Tajriba/nazorat sinflari o‘quvchilarining olgan
baholari
Taj
riba sinfi
Na
zorat
sinfi
A’lo,
“5”
Yaxshi,
“4”
Qoniqarli,
“3”
Qoniqarsi
“2”
T
kri
˂T
kuz
2020-2021 358
363
44/72
93/98
190/173
31/20
T
kuz
=10
2021-2022 362
359
98/75
135/115 117/147
12/22
T
kuz
=10,9
2022-2023 357
364
101/78 141/126 100/137
15/23
T
kuz
=11,2
1–jadval. 7–sinflarda biologiyani fizika bilan bog‘lab media
vositalari
asosida o‘qitish darajalari ko‘rsatkichi
1-rasm.
1–diagramma. 7–sinflarda biologiyani fizika bilan bog‘lab
media
vositalari asosida o‘qitish darajalarining diagrammasi
Yuqoridagi jadval va rasm shuni asoslaydiki, tanlangan (
tajriba sinflarida
)
biologiyani fizika bilan bog‘lab media vositalari asosida o‘qitish
jarayonida bir oz
qiyinchiliklarga duch keldilar. Ushbu qiyinchiliklarning asosiy sababi o‘quv
fanlarini bir–biri bilan fanlararo uyg‘unlikda qo‘llanmasligi oqibati bo‘lib,
bugungi kunda o‘qitishning me’yoriy–huquqiy asoslari yaratilgan. PTSI
jarayonida biologiyani fizika bilan bog‘lab media vositalari asosida o‘rganish
maqsadida tanlangan tajriba va nazorat sinflariga ajratildi, tajriba sinflari
o‘quvchilarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari nazorat sinflari o‘quvchilarining
o‘zlashtirishiga nisbatan 10,7 % yuqori ekanligi matematik-statistik metod
yordamida ilmiy asoslandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abduqodirov A., Pardayev A. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti.
Monografiya. - Toshkent, 2009. -146 b.
44
98
101
72
75
78
93
135
141
98
115
126
190
117
100
173
147
137
31
12
15
20
22
23
0
50
100
150
200
2020-2021
2021-2022
2022-2023
Tajriba sinfda "5"
Nazorat sinfda "5"
Tajriba sinfda "4"
Nazorat sinfda "4"
Tajriba sinfda "3"
Nazorat sinfda "3"
Tajriba sinfda "2"
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
108
2.Boqiyev R.R. Elektron-o‘quv metodik materiallami ishlab chiqarish va
qo‘llashning didaktik va psixofiziologik jihatlari // Pedagogik mahorat. -
Toshkent, 2004 -№ 2.-B. 62-65.
.
3.Cевоцянова О.М. Интегративная технология обучения физике учащихcя
cредней обшеобразовательной школ. Дис. канд.пед.наук. –Cамара, 1999. -
155 c.
4.Ergasheva G.S. Biologiya fani ta’limida axborot texnologiyalaridan foydalanish
vosita va usullari // Maktabda biologiya fani jumali. № Toshkent,2009 b.10-14
5. Sulliyeva Suluv Khurramovna , Gʻaniyeva Guliruxsor Islamovna, Tojiyeva
Feruza Anvarovna//Effective ways of teaching biology in connection with
physical science (in the example of class VII)// Eur. Chem. Bull. 2023, 12( Issue
8),4040-4045
6.
. Gʻaniyeva G.I. //Maktablarda biologiyani o’qitishning zamonaviy
shakllaridan foydalanishning samarali yo’llari // Xorazm Ma’mun Akademiyasi
axborotnomаsi –10/3-2023
7. Gʻaniyeva G.I. VII sinfda biologiyaning “ Baliqlar “bo’limini fizika bilan bog’lab
o’qitish metodikasining samaradorligi - Xorazm Ma’mun Akademiyasi
axborotnomаsi –11/3-2023
8. G’aniyeva G.I. //Biologiyaning baliqlar bo'limini fizika bilan bog'lab o'tishda
integratsiyaning afzalliklari// Xorazm Ma’mun Akademiyasi axborotnomаsi –
12/3-2023
9. G‘aniyeva G. // Biologiyani o‘qitishda fanlararo bog‘lanishning afzalliklari//.
O‘zMU Xabarlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy
jurnali 2023, [1/9]
10. G‘aniyeva G.I., Tojiyeva F. A. //Spektral nurlarning tirik organizmlarga ta`siri
//“O‘quvchi-talaba kreativ faoliyatini rivojlantirish kontekstida innovatsion
ta'lim texnologiyalaridan fanlararo sinxron-asinxron foydalanish” хalqaro ilmiy-
amaliy konferensiyasi. Denov, 2023 yil 29-30 sentyabr
11. G’aniyeva , G.I. //Biologiyaning umurtqali hayvonlar xilma-xilligi. baliqlar
boʻlimini “Skarabey” texnologiyasida oʻtishning afzalliklari//. Наука и
инновация,
1(29),
88–90.
извлечено
от
https://in-
academy.uz/index.php/si/article/view/22882 (2023)
12. Maxmudov Y.G‘, G’aniyeva , G.I.// Baliqlarning nerv sistemasi va
sezgi//№12(115) 2023 | Экономика и социум
