BIOLOGIYANI FIZIKA BILAN BOG‘LAB O‘QITISHDA KONFERENSIYALAR TASHKIL ETISH

Аннотация

Ushbu maqolada fanlar taraqqiyotidagi ikki obyektiv xususiyat – differensiatsiya (tarmoqlanish) va integratsiya (qo‘shilish, birlashish), pirovard natijada, olamning yaxlit, umumiy ilmiy manzarasi yaralishi, biologiya va fizika fanlaridan konferensiyalar tashkil etishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
115-120
18

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada fanlar taraqqiyotidagi ikki obyektiv xususiyat – differensiatsiya (tarmoqlanish) va integratsiya (qo‘shilish, birlashish), pirovard natijada, olamning yaxlit, umumiy ilmiy manzarasi yaralishi, biologiya va fizika fanlaridan konferensiyalar tashkil etishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

115

BIOLOGIYANI FIZIKA BILAN BOG‘LAB O‘QITISHDA

KONFERENSIYALAR TASHKIL ETISH

G

aniyeva Guliruxsor Islamovna

Termiz Davlat Universiteti, Botanika kafedrasi oʻqituvchisi

ganiyevaruxsora82@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14195510

Annotatsiya.

Ushbu maqolada fanlar taraqqiyotidagi ikki obyektiv

xususiyat – differensiatsiya (tarmoqlanish) va integratsiya (qo‘shilish,
birlashish), pirovard natijada, olamning yaxlit, umumiy ilmiy manzarasi
yaralishi, biologiya va fizika fanlaridan konferensiyalar tashkil etishning
ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit soʻzlar:

differensiatsiya, integratsiya, yarmarka metodi, faol va

interaktiv, ishqalanish kuchi, Broun harakati.

Ta’lim-tarbiya tizimini yaratishda o‘quv rejadan o‘rin olgan barcha o‘quv

fanlari, shu jumladan, biologiya fanini o‘qitish jarayonida fanlararo bog‘lanishni
amalga oshirish mazkur tizim yaxlitligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Ma’lumki, tabiiy fanlar, xususan, biologiya va fizika o‘quv fanlari tadqiqot
obyekti va predmetiga ko‘ra bir-biriga yaqinligi sababli, ularni o‘qitishda
fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish tabiatdagi borliq, ularda boradigan
jarayonlar va o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini anglash, mazkur o‘quv
fanlari mazmunidagi umumiy va xususiy tushunchalarni yaxlit tasavvur qilish va
amaliyotga qo‘llash ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish orqali
o‘quvchilarda intelektual salohiyatini shakllantirish imkoniyatini vujudga
keltiradi.

O‘qitish jarayonida fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish moddiy va

ma’naviy olamni tadqiq qiluvchi turli fanlarning o‘zaro hamkorligi ular
rivojining tabiiy jarayoni va o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va tafakkurini
rivojlantiruvchi omil sifatida nazarda tutish zarur.

Tadqiqot ko‘lamining tor doiraga ko‘chishi evaziga bu fanlarning har birida

ixtisoslashuv muqarrar ro‘y beradi. Fanlar taraqqiyotidagi ikki obyektiv
xususiyat – differensiatsiya (tarmoqlanish) va integratsiya (qo‘shilish,
birlashish), pirovard natijada, olamning yaxlit, umumiy ilmiy manzarasi
yaralishida beqiyos o‘rin tutadi. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga
ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, inson va tabiatning o‘zaro
munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sayin dolzarb bo‘lib
qolmoqda.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

116

Integratsiyani differensiatsiyasiz tushunish ma’noga ega bo‘lmay, ular

dialektika nuqtai nazardan biri-birlarini aniqlashtiruvchi, ajratib bo‘lmas
yo‘nalishlardan hisoblanadi. Akademik I.D.Zverevning yozishicha, “Integratsiya-
uzviy bog‘lanishlikni, yaxlitlikni yaratish jarayoni. O‘qitishda unga turli o‘quv
fanlarining elementlarini uyg‘unlashtirish asosida yagona sintezlovchi kursning
natijalovchi jarayoni deb qarash mumkin”. Ta’lim-tarbiya jarayonida biologiya
va fizika o‘quv fanlari o‘rtasida fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish
o‘quvchilarning faktlarni tahlil qilish, hodisa va jarayonlarni o‘rganishda sabab-
oqibat bog‘lanishlari mohiyatini tushunish, o‘quv fanlari bo‘yicha avval
o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‘llashi orqali o‘quv materialini
ongli o‘zlashtirishga erishishga zamin tayyorlaydi. Shuningdek, tabiatda sodir
bo‘layotgan jarayonlarni kuzatish, ularning mohiyatini anglash, biologiyaga doir
muammoli savol-topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchilarning mustaqil va
ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish zaminida intelektual salohiyatni
shakllantirish va rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammosi sanaladi.

Dars jaronidan tashqari vaqtlar o‘quvchilar o‘rtasida biologiyani fizika bilan

bog‘lab konferensiyalarni tashkil etishda quyidagilarni maqsad qilib qo‘ydik.

- jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish;

- o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq, tushunarli bayon qila olish;
- mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob

berish;

- ijtimoiy moslashuvchanlik;
- o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;
- hamkorlikda ishlay olish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya

qila bilish;

- turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish;
- muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda konstruktiv qarorlarni qabul

qila olish kabi kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.

Biologiyani fizika bilan bog‘lab sinflararo konferensiyalar tashkil etish va uni

o‘tkazish talabiga muvofiq o‘quvchilar o‘rganilgan mavzular yuzasidan o‘quv
topshiriqlarini aniq va dalillar asosida bajarishi, mantiqiy ketma-ketlikda savollar
tuza olish, savollarga yozma va og‘zaki javob berishda til me’yorlariga rioya
qilgan holda o‘z fikrini aniq, mantiqiy ketma-ketlikda bayon etish, javoblarini
dalillash, hamkorlikda ishlash jarayonida tinglash madaniyatiga amal qilgan holda
guruh a’zolarining javoblarini tinglay olish, mushohada qilish va o‘z javobini
mantiqan bayon qilish orqali umumiy xulosa yasashda faol ishtirok etish, sinfda


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

117

o‘rtoqlari bilan sog‘lom turmush tarzi me’yorlariga amalga qilgan holda
muloqotga kirishishni o‘rganadi.

“Baliqlar dunyosiga sayohat” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada

“Yarmarka” metodi (yoki Bozor metodi) ni qo‘llash konferensiyaning
samaradorligini oshiradi. Yarmarka metodi (yoki Bozor metodi) – ta’lim
jarayonida o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undovchi usul bo‘lib, bunda har bir
o‘quvchi yoki kichik guruh ma’lum bir mavzuni mustaqil ravishda o‘rganib, uni
boshqalarga taqdim etadi. Yarmarka usuli orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini
boshqalar bilan baham ko‘rishlari va turli mavzular bo‘yicha tushunchalarini
kengaytirishlari mumkin.

Yarmarka metodining qo‘llanilishi quyidagicha:

1. Mavzularni tayyorlash: o‘qituvchining tavsiyasiga binoan o‘z maqomiga

tegishli bo‘lgan quyidagi mavzular bo‘yicha ma’ruza tayyorlaydilar:

1. Hayvonlarning harakatlanish organlari ularning yashash muhitiga

bog’liqligi (baliqlar misolida)

2. Baliqlar skeletining boshqa umurtqalilarnikidan farq qilishi
3. o‘simlik va hayvonlarning nafas olishi.
4. Biologik va fizik tushunchalarning o`zaro aloqadorlik xususiyatlari.
5. Harakat faoliyati bilan ishqalanish kuchi o`rtasidagi o‘zaro bog’liqlik

jarayonlariga oid ma’lumotlarni mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik
ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish ,
kundalik hayotida biologik jarayon va fizik hodisalarni muqobil baholash.

2. Guruhlarda ishlash: Har bir guruh o‘z mavzusini chuqur o‘rganadi va

ma’lumotlar yig‘adi. Ular ijodiy usullar orqali (plakat, slayd, qulay grafikalar va
boshqalar) mavzuni taqdimotga tayyorlaydi.

3. “Yarmarka” tashkil etish: Konferensiya vaqtida sinf yoki zal ichida

“yarmarka” muhitini yaratish uchun har bir guruh o‘z loyiha ishini stendda
tayyorlaydi. Har bir loyiha ishida o‘quvchilar o‘z mavzusi haqida ma’lumot
beradi va qolgan ishtirokchilar bilan muloqot qiladi.

4. O‘rganish jarayoni: Guruhlardagi o‘quvchilar boshqa stendlarga kelib,

yangi mavzular bilan tanishadi va kerakli ma’lumotlarni o‘zlashtiradi. Shu bilan
birga, savol-javoblar orqali mavzuni chuqurroq o‘rganish imkoniyati yaratiladi.

5. Tahlil va xulosa: Dars oxirida o‘qituvchi umumiy xulosa qiladi va har bir

guruhning ishini baholaydi, o‘quvchilarning faol ishtiroki tahlil qilinadi.

Yarmarka metodining afzalliklari
Mustaqil o‘rganishni rivojlantiradi: O‘quvchilar mustaqil ravishda axborot

yig‘adi va o‘rganganlarini tahlil qilishadi. Muloqot ko‘nikmalarini oshiradi:


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

118

Yarmarka jarayonida o‘quvchilar o‘z mavzularini boshqalarga taqdim etish va
savollarga javob berish orqali nutq va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Faol va interaktiv o‘rganish: Bu metod barcha ishtirokchilarning faol

bo‘lishini talab qiladi, chunki ular faqat tinglovchi bo‘lib qolmay, balki mavzuni
o‘rgatish uchun ham mas’ul bo‘lishadi.

Ijodiy yondashuvni rivojlantiradi: O‘quvchilar mavzuni taqdim etishda turli

xil kreativ yondashuvlar qo‘llashlari mumkin.

Konferensiyaga “Yarmarka” metodi tanlashdan maqsad – ko‘p mavzuli va

keng ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan darslar uchun samarali hisoblanadi. VII sinf
biologiya darsligida baliqlarning xilma-xilligi, tashqi va ichki tuzilishi bir nechta
mavzularda ko‘satib o‘tilgan. Darsdan tashqari to‘garak va konferensiyalar bir
nechta mavzuni o‘zida jamlagan “Baliqlar duyosi”, “Qushlar olami” kabi
mavzularda o‘tkazilsa, o‘quvchilarning biologiya darsiga bo‘lgan qiziqishini
oshirishga yordam beradi.

Konferensiyalarni sinflararo, maktablararo joriy qilinsa o‘quvchilarning

axborot bilan ishlash kompetensiyalari ham samarali shakllanadi. O‘quvchi
oldindan o‘qituvchi tomonidan yo‘naltirilgan mavzularda “Umurtqalilarning
tayanch - harakat organlari” mavzusini sinf “Fizika” o‘quv darsligidagi
“Ishqalanish kuchi” mavzusi bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘qib o‘rganishi lozim
bo’ladi. Misol keltiraydigan bo‘lsak, ishqalanish kuchi – bu jism harakatlanishida
paydo bo‘ladigan va harakatga qarshi yo‘nalgan kuch ishqalanish kuchini yuzaga
keltiradi. Masalan, oq qog‘oz ustida taxlanib turgan sanoq cho‘plarni surish
uchun kuch bilan ta’sir etilish kerak. Ishqalanish kuchi hosil bo‘lishining birinchi
sababi – bir-biriga tegib turadigan jismlarning g‘adir-budurligidir. Ikkinchi
sababi – bir-biriga tegib turadigan jismlar molekulalarining o‘zaro tortishishi.
Demak, umurtqalilar harakatlanganda uning oyoqlari bilan yer yuzi sirtining
o‘zaro ta’sirda bo‘lishi ishqalanish kuchini yuzaga keltiradi.

Suv sathining muzlab qolishi ko‘pchilik baliqlarni nobud bo’lishiga sabab

bo‘ladi. Bunga sabab nima?

Nima uchun og’zi tor shisha idishlardan akvarium sifatida foydalanib

bo’lmaydi? kabi savollarga javobni “Tirik organizmlarning nafas olishning
ahamiyati”, fizika darsligidan “Molekulyar – kinetik nazariya. Diffuziya. Broun
harakati”,

“Aerodinamika”

mavzularini

o‘qib

o‘rganish

maqsadida

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash,
saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash,
media madaniyatga ega bo‘lish layoqati shakllanadi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

119

Quyidagi o‘quv mehnati ko‘nikmalari o‘quvchilarda axborot bilan ishlash

kompetensiyasini tarkib toptirishga asos bo‘ladi:

darslik bilan ishlash ko‘nikmalari;
darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalarni bilish va qo‘llash; rang

bilan ajratilgan iboralarni farqlay olish;

darslikning mundarijasi asosida mo‘ljal olish;
kolontitullardan foydalanishni bilish;
ko‘rsatmalardan foydalana olish;
matn ustida ishlash ko‘nikmalari;
o‘qilgan matnga reja tuza olish; matndan foydalanib savollarga javob topish;

ma’ruza yozish; darslik matnidan foydalanib amaliy xarakterdagi topshiriqlarni
bajara olish;

jadval, diagramma, sxemalar tuza olish;
darslik matnidan foydalanib tushuncha, qoidalarni topa olish;
obyektning tavsifini tuzish, xulosa yasash.
Biologiya o‘qituvchisi o‘quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini

tarkib toptirish maqsadida mavzuga oid o‘quv materiallari va videofilmlardan
foydalanishi, qo‘shimcha adabiyotlar va internet saytlaridagi ma’lumotlarni
saralashi, shu asosda o‘quvchilarga animatsiya va taqdimot materiallarini
tayyorlash yuzasidan topshiriqlarni berish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini
kengaytirishi uchun dars, darsdan tashqari ishlar, konferensiyalardan o‘z o‘rnida
foydalanish samarali natija beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Zverev I.D. Ekologiya v shkolnom obrazovanii. -M.: Znanie, 1988.-96 s.
2. Saparov.K va boshqalar Biologiya 7-sinf uchun darslik. -Toshkent:2022.-176
b.
3. K.T. Suyarov K.T. va boshq . Fizika : 7-sinf uchun darslik – Toshkent:
Respublika ta'lim markazi, 2022. – 192 b.
Sulliyeva Suluv Khurramovna , Gʻaniyeva Guliruxsor Islamovna, Tojiyeva Feruza
Anvarovna//Effective ways of teaching biology in connection with physical
science (in the example of class VII)// Eur. Chem. Bull. 2023, 12( Issue 8),4040-
4045
5. Сайфуллаев Г.М., Алимова Л.Х., Ходиев Б.О Формирование и развитие
ихтиофауны водоемов низовьев р. Зарафшан. Вестник науки и
образования, 22- 25.
6. Gʻaniyeva G.I. VII sinfda biologiyaning “ Baliqlar “bo’limini fizika bilan bog’lab
o’qitish metodikasining samaradorligi - Xorazm Ma’mun Akademiyasi
axborotnomаsi –11/3-2023


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

120

7. G’aniyeva G.I. //Biologiyaning baliqlar bo'limini fizika bilan bog'lab o'tishda
integratsiyaning afzalliklari// Xorazm Ma’mun Akademiyasi axborotnomаsi –
12/3-2023
8. G‘aniyeva G. // Biologiyani o‘qitishda fanlararo bog‘lanishning afzalliklari//.
O‘zMU Xabarlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy
jurnali 2023, [1/9]
9. G‘aniyeva G.I., Tojiyeva F. A. //Spektral nurlarning tirik organizmlarga ta`siri
//“O‘quvchi-talaba kreativ faoliyatini rivojlantirish kontekstida innovatsion
ta'lim texnologiyalaridan fanlararo sinxron-asinxron foydalanish” хalqaro ilmiy-
amaliy konferensiyasi. Denov, 2023 yil 29-30 sentyabr
10. G’aniyeva , G.I. //Biologiyaning umurtqali hayvonlar xilma-xilligi. baliqlar
boʻlimini “Skarabey” texnologiyasida oʻtishning afzalliklari//. Наука и
инновация,

1(29),

88–90.

извлечено

от

https://in-

academy.uz/index.php/si/article/view/22882 (2023)

Библиографические ссылки

Zverev I.D. Ekologiya v shkolnom obrazovanii. -M.: Znanie, 1988.-96 s.

Saparov.K va boshqalar Biologiya 7-sinf uchun darslik. -Toshkent:2022.-176 b.

K.T. Suyarov K.T. va boshq . Fizika : 7-sinf uchun darslik – Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2022. – 192 b.

Sulliyeva Suluv Khurramovna , Gʻaniyeva Guliruxsor Islamovna, Tojiyeva Feruza Anvarovna//Effective ways of teaching biology in connection with physical science (in the example of class VII)// Eur. Chem. Bull. 2023, 12( Issue 8),4040-4045

Сайфуллаев Г.М., Алимова Л.Х., Ходиев Б.О Формирование и развитие ихтиофауны водоемов низовьев р. Зарафшан. Вестник науки и образования, 22- 25.

Gʻaniyeva G.I. VII sinfda biologiyaning “ Baliqlar “bo’limini fizika bilan bog’lab o’qitish metodikasining samaradorligi - Xorazm Ma’mun Akademiyasi axborotnomаsi –11/3-2023

G’aniyeva G.I. //Biologiyaning baliqlar bo'limini fizika bilan bog'lab o'tishda integratsiyaning afzalliklari// Xorazm Ma’mun Akademiyasi axborotnomаsi –12/3-2023

G‘aniyeva G. // Biologiyani o‘qitishda fanlararo bog‘lanishning afzalliklari//. O‘zMU Xabarlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy jurnali 2023, [1/9]

G‘aniyeva G.I., Tojiyeva F. A. //Spektral nurlarning tirik organizmlarga ta`siri //“O‘quvchi-talaba kreativ faoliyatini rivojlantirish kontekstida innovatsion ta'lim texnologiyalaridan fanlararo sinxron-asinxron foydalanish” хalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi. Denov, 2023 yil 29-30 sentyabr

G’aniyeva , G.I. //Biologiyaning umurtqali hayvonlar xilma-xilligi. baliqlar boʻlimini “Skarabey” texnologiyasida oʻtishning afzalliklari//. Наука и инновация, 1(29), 88–90. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/22882 (2023)