1663
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI ONA TILI DARSLARIDA YUQORI SINF
O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Olimjon Eshimbetov
Ajiniyoz nomidagi NDPI katta o‘qituvchisi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori
PhD.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15115981
Annotatsiya
. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darslarida 10-11-sinf
o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning shakli, metod va vositalari tashkil
etadi.
Kalit so‘zlar:
Nutq, nutq odobi, so‘zlashuv uslubi, fikrlash, bilim, ko‘nikma, malaka.
DEVELOPMENT OF SPEECH COMPETENCES OF HIGHER-GRADE STUDENTS IN
MOTHER LANGUAGE LESSONS OF GENERAL SECONDARY EDUCATION
SCHOOLS
Abstract.
Forms, methods and means of developing speech competencies of 10-11th-
grade students in mother tongue lessons of general secondary education schools.
Keywords:
Speech, speech etiquette, conversational style, thinking, knowledge, skills,
competence.
РАЗВИТИЕ РЕЧЕВЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТАРШИХ КЛАССОВ НА УРОКАХ
РОДНОГО ЯЗЫКА В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ СРЕДНИХ ШКОЛАХ
Аннотация.
Формы, методы и средства развития речевых компетенций учащихся
10–11 классов на уроках родного языка в общеобразовательных школах.
Ключевые слова:
Речь, речевой этикет, стиль говорения, мышление, знания,
умения, компетенции.
Ajdodlarimiz azaldan fikrga mantiqiy yondashib aniq, to‘g‘ri, ta’sirli, tushunarli
so‘zlashga alohida e’tibor berganlar. So‘zning ma’nosiga diqqat qilish, ravon gapira olish,
so‘zlovchining nutqini hurmat bilan tinglash, o‘ylab fikr-mulohaza qilish, rost so‘zlash, ifodali
o‘qish, o‘z munosabatini erkin ifodalash, suhbat mavzusiga aloqador bo‘lmagan fikrlarni
aytmaslik kabilarga rioya qilish nutq odobining asosiy talablari sanalgan.
Nutqiy faoliyat jarayonidagi bu kabi odatiy talablar xalqimizning qadrlashga loyiq
an’anasi sifatida yillar davomida takomillashib kelmoqda. Nutqiy faoliyat turlari Kaykovus,
Farobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Abdulla Avloniy asarlarining mazmun-mohiyatiga singdirilgan.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarida keltirilgan “Tilingni yaxshi hunar bila o‘rgatg‘il va
muloyim so‘zdin boshqa narsani odat qilmag‘il.
1664
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Nedinkim, tilga har nechuk so‘zni o‘rgatsang, shuni aytur, so‘zni o‘z joyida ishlatg‘il,
so‘z agar yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi so‘z bo‘lsa ham
yomon, nobop eshitilur. SHuning uchun behuda so‘zlamag‘ilki, foydasizdir” [9] – degan fikrlari
e’tiborlidir. O‘quvchilar ona tili darslarida muloyim so‘zlashni, so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llashni
o‘rganar ekan, ularda fikr tarkibi va qurilishi mazmundor va mantiqli so‘zlar bilan boyib boradi.
Farobiy foydali so‘zlashning ta’sirini quyidagicha izohlaydi: “…so‘zlash quvvati
shunday quvvatki, uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-
atvoridagi xunuk va go‘zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo‘lgan-bo‘lmagan
ishlarni ado etadi, shu bilan birga, zararli va foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni
fahmlaydi. YAxshi so‘z, ya’ni nutq kishiga obro‘ va baxt keltiradi. Ezgu so‘zli bo‘l:
So‘zlar ancha mujibi g‘aromat bo‘lmoq,
Til zabtidadur anga salomat bo‘lmoq” [4].
Shirinsuxanlik bilan murojaat qilish insonga obro‘, baxt keltiradi. O‘quvchilar yillar
davomida bu xususiyatni o‘zida mujassam qilib borishi ularda insoniy fazilatlar, nutq madaniyati
rivojining asosi bo‘ladi.
Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida ta’kidlashicha: “Fikr tarbiyasi
eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga
suyanilgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik,
g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur” [3]. Insonlarning jamiyatga, o‘z o‘rniga ega bo‘lishida,
yuksak salohiyatni egallashda tafakkurning, fikrning ijobiy ta’siri sezilarli darajadadir.
So‘nggi yillarda mustaqil fikrlash yoshlar tarbiyasining negizi sifatida mamlakatimizdagi
qonun va farmonlar mazmunida o‘z aksini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmonida “...o‘qitish metodikasini
takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich
tatbiq etish; xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
innovatsion loyihalarni joriy etish” [1.] vazifalari ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy
kompetensiyalarini rivojlantirishga, ularni shaxs sifatida shakllantirishga, hayotiy faoliyatida
tarbiyaviy, madaniy, ma’rifiy jihatdan yondashib, ongli ravishda faol ishtirokini ta’minlashga
asos bo‘ladi.
Uzluksiz ona tili ta’limida nutqiy faoliyat turlarini shakllantirish va rivojlantirish
masalalari
atroflicha
o‘rganilgan bo‘lsa ham, 10-11-sinf o‘quvchilarining nutqiy
kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi etarli darajada takomillashtirilmagan.
SH.YUsupovaning dissertatsiyasida ona tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma
nutqini o‘stirish bo‘yicha “SHarhlash usuli”ni qo‘llashdan turli maqsadlar ko‘zlanishi nazarda
1665
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
tutiladi. ”1. SHarhlash ona tili bo‘yicha o‘tilgan nazariy ma’lumotlarni idrok qilishga yordam
beradi. 2. SHarhlash nazariy ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llashni bildiradi. 3. Og‘zaki nutqni
o‘stirishga yordam beradi. 4. Orfoepik va orfografik normalar munosabatlarini
muvofiqlashtiradi. 5. Butun dars jarayonida o‘quvchilarda nazariy ma’lumotlar ta’kidlanadi”.
[18]
Metodist olimaning fikrlariga qo‘shilgan holda, quyidagicha izoh berish mumkinki, ona
tili darslarida sharhlash natijasida to‘g‘ri so‘zlash va to‘g‘ri yozish qoidalariga amal qilganligi
sinovdan o‘tadi. O‘quvchilarning talaffuzi, nutq texnikasiga e’tibor berishi orqali, olgan bilimini
amalda og‘zaki nutqida so‘zlay olishi muhim.
SH.YUldashevaning tadqiqot ishida o‘quvchilarning gapirish ko‘nikmalarini topshiriqlar
orqali rivojlantirish tadqiq qilingan [19]. O‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitish mazmunida
quyidagilar belgilangan:
1.Nutqiy-kommunikativ malaka, turli nutqiy vaziyatlarda fikr bayon eta olish, fikr
almashish, eshitilgan materialni idrok etish, o‘qish orqali axborot olish, fikrlarni yozma bayon
qila olish malakalari.
2.Til vositalarini nutqda qo‘llash uchun o‘zbek tili tizimidagi zarur bilimlarni (nutq
tovushlaridan to muomalaning eng kichik birligi – gapgacha) o‘zlashtirish, ya’ni grammatik
malaka.
3.O‘zbek xalqining milliy xususiyatlari, madaniyati hamda umuminsoniy qadriyatlar
bilan tanishtirish orqali hosil qilinadigan malaka” [20].
Ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarning grammatik malakalarini hosil qilish, nutq jarayonida
til vositalaridan o‘rinli foydalanish, xalqimizning yuksak madaniyati, milliy urf-odatlarini
mustahkamlash joiz. Bu vositalar orqali erkin muloqot qilish, nutqiy vaziyatlarda muomala
madaniyatiga rioya qilish ko‘nikmalari, savodli og‘zaki va yozma nutqni ifoda qilish shakllanib
boradi.
Nutqiy kompetensiyalarning tarkibiy komponentlarini boshlang‘ich sinf ona tili darslarda
shakllantirib borish maqsadga muvofiq. Darhaqiqat, o‘quvchilar tayanch sinflarga o‘tganda
ularning tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish va yozish kompetensiyalari ta’lim bosqichlarida
yillar davomida rivojlanib boradi. Yillar davomida ona tili mashg‘ulotlarida olgan bilim va
ko‘nikmalariga tayangan holda, turli matn turlarini tuzishga hamda xatosiz yozishga etarlicha
bilimga ega bo‘ladilar. SHu bilan birga, davlat tilida ish yuritish hujjatlarini mustaqil holda
namunaga qaramasdan mustaqil yozish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
D.Toshxo‘jaeva tomonidan darsdan tashqari tashkil qilinadigan tadbirlar orqali
o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalari o‘stirish muammolari o‘rganilgan [16].
1666
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish darsdan tashqari tashkil
qilinadigan tadbirlarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi, chunki maktablarda o‘tkaziladigan
tadbirlarda o‘z tengquri tomonidan ifodali tarzda yoddan o‘qib eshittirilgan g‘azal, shohbaytlar
va she’rlar ularning tinglab tushunish, so‘zlash va eshitish kompetensiyalarining rivojlanishiga
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
G‘. Hamraevning ilmiy-tadqiqot ishida ”Agar darsni tashkil etish, xususan, ona tili
darslarida fonetika, orfoepiya, orfografiya mavzularini o‘qitish o‘qituvchining ixtiyoriga to‘liq
topshirib qo‘yilsa, o‘quvchilarning adabiy talaffuz hamda imloga oid ko‘nikmasi bir xil
bo‘lmasligi muqarrar. Talaffuz va imlo qoidalari esa, bir xillikni taqozo etadi. SHu ma’noda,
o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishni avtomatlashtirish masalasi juda dolzarb
bo‘lib qoladi” [22] -deyiladi. Ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish, asosan,
ona tili o‘qituvchisining darsni yuqori saviyada tashkil etishi bilan xarakterlanadi. Tinglab
tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish deyarli har bir ona tili darsida rivojlantirilib boriladi. Darsda
o‘qituvchining, birinchi galdagi, vazifalaridan biri, o‘quvchida nutqiy ko‘nikmalar hosil
bo‘lishini nazorat qilish, o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarning o‘sish darajalarining
“oqsayotganini” aniqlash va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatishdir. O‘quvchilarga
so‘zlarning imlosi bo‘yicha imlo lug‘at bilan ishlashni, ko‘chirib yozish mashqlarini bajarishda
o‘rganib, eslab qolishni uqtirish, so‘zlarning ma’noviy strukturasida izohli lug‘atlar bilan ishlash,
omonim va sinonim lug‘atlar bilan ishlashni o‘rgatishdir. Buning uchun u darsning yakunlovchi
qismida vaqt ajratsa, o‘qish va yozish mashqlariga alohida urg‘u bersa, nutqiy kompetensiyalar
takomillashadi. Albatta, bu jarayon o‘qituvchidan birgina darslik bilan chegaralanib qolmasdan
izlanishni, qo‘shimcha ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni talab qiladi.
O‘quvchilar boshlang‘ich sinflardan boshlab mustaqil ta’limni yo‘lga qo‘yib shakllantirib
borar ekan, keyinchalik 10-11-sinf o‘quvchilari bo‘lganlarida ularning so‘zlashi, turli
vaziyatlardan shirinsuxanlik bilan chiqa olish qobiliyatlari, o‘ylab, mulohaza qilib yuritish
ko‘nikmalari takomillashib boradi. 10-11-sinf o‘quvchilari vatanparvarlik, insonparvarlik,
odamiylik, oliyjanoblik, mehnatsevarlik kabi qator fazilatlar ifodalangan badiiy asarlarni va
she’rlarni o‘qib tahlil qilishsa, ularning nutqi sezilarli darajada rivojlanadi. Demak, nutqiy
kompetensiyalar darsliklarda, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy-tadqiqot ishlarida nutq, nutqiy
faoliyat turlari, nutq malakalari va nutqiy ko‘nikmalar deb nomlangan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutqiy faoliyatning o‘qish va yozish ko‘nikmalari
ularning yoshi va aqliy rivojining takomilini inobatga olgan holda, bosqichma-bosqich
shakllantirilib boriladi. YOshlik chog‘laridan boshlab berilayotgan ilk saboqlarda o‘qish va
yozish ko‘nikmalari shakllantirilayotgan asosiy bilimlarning poydevoriga jiddiylik bilan
egallanishi va nazoratga olinishi zaruriy omildir.
1667
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Ona tilini o‘qitishda bu malakalar keyinchalik yuqori sinflarda nutqiy kompetensiyalarni
rivojlanirish uchun o‘z ijobiy natijasini beradigan asosiy zamin vazifasini o‘taydi .
A.A.Abduazizovning “Tilshunoslik nazariyasiga kirish” darsligida nutq shakllarini
rivojlantirishda qo‘llaniladigan vositalar haqida mulohaza yuritilgan. “Nutq – bu tilning va
undagi belgilarning barcha qo‘llanilish holatlarini qamrab oladi. YOzma shaklda o‘qib berish
uchun tayyorlangan roman, qissa, hikoya va h.k. nutqqa tegishlidir” [2.]. Nutqning rivojlanishi
uchun xizmat qiluvchi bu vositalar o‘quvchining aqliy kamol topishi bilan birga, mustaqil
fikrlashiga va ijodiy yondashuv asosida fikrini erkin bayon qilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi
aytilgan.
Psixolog N.I.Jinkinning ta’kidlashicha, “Nutq – intellektni rivojlantiruvchi kanal. Til
qancha erta o‘zlashtirilsa, bilimlar shuncha oson va to‘liq o‘zlashtiriladi” [7]. Olimlar tomonidan
bildirilgan fikrlar turlicha talqin qilingan. Bizning fikrimizcha, nutqning belgilangan qoida va
talab asosida rivojlanishi bilimlar zaxirasining paydo bo‘lishida antrotsentrik faoliyatini
namoyon qiladi. Fikrlar xilma-xilligi bilimlar vositasida bosqichma-bosqich shakllanadi. Rus
olimi L.S.Vigotskiy botiniy nutqdagi fikrning so‘zga aylanishini “tafakkur grammatikasining
so‘z grammatikasiga aylanishi” deb ta’riflaydi [14]. Darhaqiqat, fikr sayqallanib etilgan tafakkur
bilan tashqi nutqqa aylanadi.
O‘quvchilar oila davrasida milliy tilda gapirishi, shevaga xos so‘zlarni erkin ishlatishi
tabiiy hol. Ular darsdan keyin tashkil qilinadigan to‘garaklarda adabiy tilda gapiradilar, fikrini
adabiy tilda tushuntirib, ba’zi o‘rinlarda izohlab etkazadi. Biroq bayramlarda, tadbirlarda ham
turli xududdan kelgan va boshqa millat vakillari ishtirokchilari qatnashayotganligini inobatga
olib, adabiy tilda gapirishlari to‘g‘ri deb o‘ylaymiz. SHuning uchun ona tili darslarida bilim,
ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga, shular negizida kompetensiyalarni rivojlantirishga e’tiborni
kuchaytirish kerak.
Bilim – o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma
–
o‘quvchining o‘rgangan bilimlarini tanish vaziyatlarda qo‘llay olishi yoki o‘zlashtirgan bilimlari
asosida muayyan amaliy harakatni bajara olish faoliyati; malaka
– o‘rganilgan bilim va
shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
“Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmui bo‘lib, bolalarning
o‘ziga xos rivojlanish sohalarini birlashtiruvchi tushunchadir. Bu kompetensiyalar bolalarning
ma’nan mukammal shakllanishi va intellektual rivojlanishi uchun asos bo‘ladi” [6].
Kompetensiya – o‘quvchilarning muayyan bir sohada sermahsul faoliyatini mustaqil olib
borishi uchun oldindan tayyorlanadigan zaruriy talabdir.
“Kompetensiya” termini fanda ilk bor XX asrning 50-60-yillarida qo‘llangan. Inglizcha
“sompetense” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita chuqur bilimga asoslangan qobiliyat,
1668
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
layoqatlilik darajasini anglatadi [12]. Kompetensiya so‘zining ma’nosiga qator izohlar va
ta’riflar berilgan, tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilingan.
Kompetensiya – (lot, compete – munosibman, loyiqman) u yoki bu sohadagi bilimlar,
tajribalar, shaxsning biron bir sohadan xabardorligi, shu sohani bilish darajasi [11].
N.SH.Turdiev va qator olimlar tomonidan tuzilgan “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida
o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” nomli
qo‘llanmasida “kompetentlilik”, “kompetensiya” tushunchalari tavsiflarida quyidagi holatlari:
bilimlar majmuining amalda qo‘llanilishi, shaxsning uquvi, xislatlari, fazilatlari; amaliy
faoliyatga tayyorgarlik o‘lchovi, muammolarni hal etish, amalda zarur natijalarni qo‘lga kiritish
layoqati, shaxsning professional faoliyatini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma, malakalar yaxlitligi;
faollashgan (amaliyotga tatbiq etilgan) o‘quv, bilim, tajribalar majmui, shaxsning maqsadli
yo‘naltirilgan emotsional iroda kuchi [17] sanab o‘tilgan. Kompetensiyalar egallangan bilimlar
zamirida ko‘nikmalar hosil qilinadi va ko‘nikmalar malakaga aylanadi. Kompetensiya bilim,
ko‘nikma, malakalarning yuqori darajasi, ya’ni layoqat sanaladi. Demak, kompetensiyalar
ma’lum bosqichlar davomida amaliyotga tatbiq etilgan ilmlar jamlanmasidir.
V.Xutmaxer Evropa kengashi tomonidan qabul qilingan “evropa yoshlari ega bo‘lishi
kerak
bo‘lgan”
beshta
tayanch
kompetensiyalarning
ta’riflarini
keltiradi.
Bu
kompetensiyalarning uchinchisi quyidagilardan iborat: og‘zaki va yozma muloqotga kirishish
bilan bog‘liq kompetensiyalar. Bunday kompetensiyalarga ega bo‘lmagan insonlar ijtimoiy
jihatdan izolyasiyalanib qolish xavfiga duchor bo‘ladilar[17].
Nutqda nutqiy birliklarni tanlay olishda amaliy ko‘nikmalar hosil bo‘ladi, lisoniy
qoidalardan nutqda foydalanadi. Metodik adabiyotlarda kompetensiyaning uch jihati ajratiladi:
lingvistik;
sotsiolingvistik;
pragmatik
kompetensiya
[17].
“Birinchisida
ijtimoiy
munosabatlarning so‘z va morfologik shakllarni ishlatishga ta’sirini bilgan holda muloqotda
ishtirok etish layoqati tushuniladi. Pragmatik kompetensiya nutqning emotsional-hissiy tomonini
anglatib, tabiatan lingvistik va nutqiy layoqatning yuqori darajasi hisoblanadi.
“Ma’lumki, tinglab tushunish murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Boisi so‘zlovchining
radio, magnitofon, televidenie orqali yoki muloqot paytida ifodalagan nutqini tinglovchi tezda
qabul qilib, mazmunini tushunib, xotirada saqlab qolishi lozim. Bunday nutqni qaytadan o‘qib
olish uchun imkon bo‘lmaydi. Tinglab tushunish gapirish bilan uzviy bog‘liq. Tinglab tushunish
ko‘nikmasi egallangan bo‘lsa, o‘quvchida gapirish ko‘nikmasi ham yaxshi rivojlanadi” [19].
Tinglab tushunish jarayoni o‘quvchidan diqqatni jamlash, e’tibor bilan eshitish,
tinglangan matnni qayta gapirish uchun eshitish me’yorlariga amal qilgan holda ma’lumot
mazmunini anglash hamda to‘g‘ri xulosa chiqarish kabi ko‘nikmalar rivoji bilan va inson xotirasi
bog‘liq.
1669
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
SHuningdek, tinglab tushunish ko‘nikmasi og‘zaki nutq takomilida katta ahamiyatiga
ega.
“O‘quvchilar oldiga gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv malakalarini hosil
kilishdan iborat zamonaviy vazifalar qo‘yish, o‘quv dasturlari va darsliklar tuzilib ta’lim
jarayoniga tatbiq etish nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi muhim omildir. Bu davrda
tinglab tushunishni o‘rgatish masalalari ilk bor tadqiq qilindi. Nutq namunalari asosida
gapirishni o‘rgatish maqsadga muvofiq deb topildi” [10]. Hozirgi kunda o‘quvchilarda nutqiy
ko‘nikmalarni hosil qilish, amaldagi o‘quv dasturi va 2017-2020-o‘quv yillari mazmun va shakl
jihatdan yangi tuzilgan o‘quv dasturlari va “Ona tili” darsliklari o‘quvchilarning nutqiy
kompetensiyalarini sezilarli darajada rivojlantirishga xizmat qiladi. Xususan, 10-sinf “Ona tili”
[21] darsligida nutq uslublari turlariga oid nazariy ma’lumotlar, avvalo, matndan ko‘k rang bilan
ajratib yozilgan so‘zlarni qaysi uslubga aloqadorligini aniqlash, keyingi mashqda esa matndagi
ajratilgan so‘zlarni nutq uslublari bo‘yicha kitobiy, betaraf, so‘zlashuvga guruhlash, testda nutq
uslublari turlariga xos kichik matnlarning aralash berilganini topish, o‘quvchilarning matnga
so‘zlarni tanlab qo‘llash, matn turlarini tuzishni o‘rgatadi. O‘quvchilar dastavval ma’lumotlarni
tinglab tushunish va o‘qish orqali bilib oladilar. Ularda ma’lumotlar zahirasi paydo bo‘lgandan
keyin berilgan ma’lumotni qayta gapirib, yozma nutqida ifodalay oladi. Bu jarayonlar bir-biri
bilan bog‘liq ravishda ma’lum vaqt davomida rivojlanadi.
R.Yo‘ldoshevning fikricha, ”... gapirish birinchi navbatda so‘zlarni va ularning talaffuzini
bilish, fikr bayon qilish chog‘ida kerakli so‘zni xotiraga keltirib, grammatik jihatdan
shakllantirish, hosil bo‘lgan so‘z shakli taqozo etgan navbatdagi so‘zni xotiraga keltirish, uni
ham grammatik jihatdan shakllantirish, shu tariqa ongda yuzaga keladigan sintagmani aytishning
cheksiz zanjiri sodir bo‘ladi” [8]. Bu jarayon og‘zaki nutq rivojlanishi emas, balki yozish
ko‘nikmalari rivojida ko‘proq namoyon bo‘ladi. CHunki o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz
qilishidagi diksiya va intonatsiyaga etarlicha e’tibor bermaydi va gaplarni grammatik jihatdan
shakllantirmaydi, ularning ko‘pgina jumlalari, tez fursatda vujudga keladi, ayniqsa, matn yozish
jarayonida grammatik jihatdan shakllantirishga ma’lum vaqt beriladi, albatta, xatosiz gapirish
talab qilinadi.
O.B.Sirotnina “Nutq madaniyati – har qanday kommunikativ vaziyatda, eng avvalo,
xatosiz gapirishni anglatadi, to‘g‘ri fikrlash, to‘g‘ri so‘zlash madaniyat belgisi sifatida tan
olinmoqda” [15] deb ta’kidlaydi. Ona tili darslarida xatosiz gapirish, to‘g‘ri so‘zlash, fikrlash
muayyan muddat davomida rivojlantirib borilgan gapirish va so‘zlash ko‘nikmalariga bog‘liq
jarayon. Egallangan bilimlar qatorida hayotiy tajribalarga asoslanilgan nazmda va nasrda
yozilgan paremikalarning muhim aspektlari xatosiz so‘zlash va gapirishda o‘z aksini topadi.
1670
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Nutqda fikrni rivojlantira borib, dastlab uning sxemasini tinglovchining aqliga etkazish,
keyin uning tasavvuriga yaqqol taqqoslarni taqdim etish kerak, “nihoyatda chiroyli lirik tasvirlar
bilan ehtiyotkorona uni tinglovchining yuragiga jo qiling, o‘shanda tinglovchi – asiringiz qochib
ketmaydi, hatto siz uni erkin qo‘yib yuborsangiz ham sizning abadiy itoatgo‘y mijozingiz bo‘lib
qoladi” [13]. Tinglovchiga chiroyli tasvirlar bilan tushuntirish suhbat jarayonining motivatsiya
berishi bilan qiziqligi o‘ziga tortadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjati. – T.: 2017 yil, 6-son, 70-modda.
2.
Abduazizov A.A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – T.:, 2010. –213 b.
3.
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axlok. –T.: 1992. – 9-b.
4.
Amirov R. Osobennosti sintaksisa kazaxskoy razgovornoy rechi. – Alma-Ata, 1972. – S. 6.
5.
Bakieva H.S. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil ta’lim orqali nutq va tafakkurni
rivojlantirish metodikasi. Ped.fan.nom. diss. –T.: 2019. –144b.
6.
Daliboeva SH.T. Kompetensiyaviy yondashuv maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual
rivojlantirish omili sifatida. NamDU ilmiy axborotnomasi.2020.1-son.-344b
7.
Jinkin N.I. Rech kak provodnik informatsii. – M.: Nauka, 1982. –159 s.
8.
Yo‘ldoshev R.A. O‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini ularni ko‘p
gapirtirish orqali o‘stirish metodikasi (Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar
misolida). – T.: Fan va texnologiya, 2012. – 216 b.
9.
Kalshanskiy G.V. Ot predlojeniya k tekstu //Suщnost, razvitie i funksii yazыka. – M.:
Nauka, 1987. S 67
10.
Lyaxovitskiy M.V. Metodika prepodavaniya inostrannыx yazыkov. – M.: 1981. – S. 98.
11.
Masharipova U. Innovatsion ta’lim sharoitida boshlangich sinf o‘quvchilarining nutq
madaniyatini shakllantirish metodikasi Ped. fan. dok. (PhD) diss... . –T.: 2018. –163b.
12.
Narzieva N. Formirovanie issledovatelskix kompetensiya u uchaщixsya na osnove
integrativnogo
podxoda//
XV
Mejdunarodnaya
nauchno-prakticheskaya
konferensiya.World science:problems and innovations. Msns» Nauka i prosveщenie». 30
noyabrya 2017. Penza, 2017. CHast 3. -S. 156-158.
13.
Razumova L., SHarov V. Lektor nutqining ta’sirchanligi. – T.: 1973. – 21.b.
14.
Salisheva Z.I. O‘zbek tili mashg‘ulotlarida talabalar monologik nutqini rivojlantirish
metodikasini takomillashtirish (rus guruhlarda). Ped. fan. nom. ...dis. avtoref. –T., 2019. –
11-b.
1671
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
15.
Sirotnina O.B.Ustnaya rech i tipы rechevыx kultur. //Rusistika segodnya. -M.: 1995. -Vыp
4, S.3-21
16.
Toshxo‘jaeva D. Matn mazmunini o‘z so‘zlari bilan qayta hikoya qilishga o‘rgatishning
metodik asoslari: Ped. fan. nom. ...dis. – Toshkent, 2000. –130 b.
17.
Turdiev N.SH., Asadov YU.M., Akbarova S.N., Temirov D.SH. Umumiy o‘rta ta’lim
tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim
texnologiyalari T.:T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, 2015. – 160 b
18.
SHatilov S.F.Metodika obucheniya nemetskogo yazыku v sredney shkole.-M.,1986. – 43S.
19.
YUsupova SH.J. Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning
ilmiy-metodik asoslari: Ped. fan doktori … diss.- Toshkent: TDPI, 2005. –279 b
20.
YUldasheva SH.SH. Davlat tili ta’limida o‘quvchilar nutqiy malakalarini o‘stirishning
ilmiy-metodik asoslari. Ped. fan. nom. diss. –T.: 2008. –29 b.
21.
G‘ulomov A. va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Fan va texnologiya, 2012.- 380 b.
22.
Hamraev G‘.H. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining
metodik ta’minotini takomillashtirish: Ped. fan. dok. (PhD) diss.... – Samarqand: 2019. –
56 b.
23.
Qurbonova O.B. 10-11-sinf Ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini
rivojlantirish metodikasini takomillashtirish: Ped. fan. dok. (PhD) diss.... – Toshkent: 2021
