MILLIY QADRIYATLAR-MA’NAVIYATNING KO’ZGUSI.

Annotasiya

Mazkur maqolada jamiyatimizdagi har bir mustaqil shaxsni ma’naviy-marifiy jihatdan kamol toptirishda, o’zini, o’zligini anglab yetishda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan milliyligimiz, umumbashariy qadriyatlarimizning bugungi kundagi holati, ushbu masala borasidagi ayrim muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan turli fikr mulohazalar atroflicha bayon etiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
186-190
83

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Muqimova, V. . (2024). MILLIY QADRIYATLAR-MA’NAVIYATNING KO’ZGUSI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(11), 186–190. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/47856
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada jamiyatimizdagi har bir mustaqil shaxsni ma’naviy-marifiy jihatdan kamol toptirishda, o’zini, o’zligini anglab yetishda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan milliyligimiz, umumbashariy qadriyatlarimizning bugungi kundagi holati, ushbu masala borasidagi ayrim muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan turli fikr mulohazalar atroflicha bayon etiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

186

MILLIY QADRIYATLAR-MA’NAVIYATNING KO’ZGUSI.

Muqimova Visola

Namangan davlat chet tillar instituti

Til va tarjima fakulteti

Xorijiy til va adabiyot yo’nalishi 1-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14101424

Annotatsiya.

Mazkur maqolada jamiyatimizdagi har bir mustaqil shaxsni ma’naviy-

marifiy jihatdan kamol toptirishda, o’zini, o’zligini anglab yetishda beqiyos ahamiyatga ega
bo’lgan milliyligimiz, umumbashariy qadriyatlarimizning bugungi kundagi holati, ushbu masala
borasidagi ayrim muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan turli fikr mulohazalar
atroflicha bayon etiladi.

Kalit so’zlar:

miliy qadriyatlar, o’zlikni anglash, an’analar tahlili, o’tmish va kelajak, yosh

avlod.

NATIONAL VALUES - THE MIRROR OF SPIRITUALITY.

Abstract.

In this article, the present state of our nationality and universal values, which

are of incomparable importance in the spiritual and intellectual development of every independent
person in our society, and in realizing their identity, some problems related to this issue and
various ways to overcome them opinions are described in detail.

Key words:

national values, self-awareness, analysis of traditions, past and future, young

generation.

НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ – ЗЕРКАЛО ДУХОВНОСТИ.

Аннотация.

В данной статье рассматривается современное состояние нашей

народности, общечеловеческие ценности, которые имеют ни с чем не сравнимое значение
в духовном и интеллектуальном развитии каждого независимого человека в нашем
обществе, в реализации себя и своей идентичности, некоторые проблемы, связанные с
этим вопросом и их. устранение различных мнений подробно описано.

Ключевые слова:

национальные ценности, самосознание, анализ традиций, прошлое

и будущее, молодое поколение.

KIRISH.

Dunyoda har bir xalqning, millatning o’zi uchun qadrli, qimmatli ma’naviy boyliklari

bo’ladi, albatta. Bular asrlar davomida avloddan avlodga o’tib, sayqallanib yanada rivoj topib
boradi. Mana shunday oltinga teng boyliklarimizdan biri bu-milliy qadriyatlarimiz,an’ana va urf-
odatlarimizdir.

Qadriyat-insonlarnng hayoti, axloqi, ijtimoiy me’yorlari bilan bog’liq bo’lgn umumiy

tushuncha. Qadriyatlar asosan individual yoki jamiyatlar aro bo’lishi mumkin. Jumladan, olimlar
qadriyatlarni milliy, diniy, mahalliy, mintaqaviy va umuminsoniy kabi bir qator guruhlarga
ajratadi.

Aniqroq qilib aytiladigan bo’lsa, qadriyatlar yer yuzidagi istalgan bir xalqning o’tmishi,

buguni va kelajagini oynadek ko’rsatib turuvchi, ajdod hamda avlodlarning qon qoniga singib
ketguvchi muhum omillardan biridir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

187

Biroq bugungi texnalogiyalar asri bo’lmish XXI asrda ham aynan o’ziga xos urf-odat va

o’tmishdagi meroslarni to so’nggi nafasgacha asrab qolishga, ularni yanada rivojlantirishga
harakat qilayotgan millat, bevosita, boshqa bir millatlardan hech bir shubhasiz mana shu o’ziga
xoslik bilan umrboqiy ajralib turadi. Qiziq, hali hamon jahonda o’zliginini saqlab qolishga harakat
qilayotgan xalqlar topilarmikan? Yoxud barcha ommaviy ma’daniyat,texnalogiy zamonaning
“yutuqlariga” ko’r-ko’rona ergashib ketayotganmikan?

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI.
Biz bilamizki, xalqlarning bebaho urf-odatlari shunchaki bir-ikki yoki o’n besh-yigirma yil

ichida paydo bo’lib qolgan emas. Achinarlisi, ularning unutilishi uchun gohida soniyalarning o’zi
kamlik qilmoqda. Nega axir anglab yetmaymiz? Shu zalvorli davr mobaynida ularning
shakilanishiga qanchadan qancha buyuk insonlar qoni baxshida bo’lgan? E’tibor qaratsak
jamiyatimizning qalbiga chuqur o’rnashgan biron-bir muhum urf-odat, kundalik hayotimizdagi
istalgan “buyum”ning an’anagaga ayniqsa qadriyatga aylanishiga millionlar yillar talab
qilmaydimi? Mana shunda ham yuqoridagi o’sha tushuncha, tajriba odat bashariyatning
chig’irig’idan muvaffaqiyatli o’tsagina aniq bir qadriyat sifatida xalq hayotiga tadbiq qilinadi.

Ha, siz-u, biz barmoq orasida mensimasdan qaraydigan to’y-tomoshalardagi merosiy

odatlardan tortib, milliy kiyimlarimiz, qadimiy o’yinlarimiz-u taomlarimiz yuqoridagi kabi ming
bir sinovlardan o’ta-o’ta astoyidil oftobda toblanar ekan. Shu sababli kunlar, oylar asrlar hatto
yillar o’tgani sayin an’analar insoniyatni hamjihatlikka, ezgulikka, mehr-oqibatga chorlaydigan
zabardast ilohiy bir kuchga aylanib boradi. Bunday qadriytlar xalqlarning yashash tarzida, yurish
turishida, ong-u shuurida, madaniyat va manaviyatida o’z ifodasini topadi.

Tarixdan bizga ma’lumki, o’zbek xalqi boy o’tmishi, buyuk allomalari o’ziga xos va mos

urf-odat, an’analari bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turadi. Ona Vatanga muhabbat, ota-ona,
qarindosh-urug’larga hurmat, e’tobor, birovning haqqiga xiyonat qilmaslik, qo’shnilarga
saxovatpesha bo’lish, yetim-yesirlarning, muhtojlarning boshini silash, ortirilgan mol-dunyodan
xayr-ehson qilish, mehmonga, o’zidan kattalarga ehtiromda bo’lish, ajdodlar omonatini asrab-
avaylash, har qanday sharoitda ham ibo-hayoni saqlay bilish, jufti halolini,diyorini himoya qilish
kabi so’z bilan sanab adog’iga yeta olmaydigan bu qadriyatlar bizga ota meros ona merosdir.Biroq
guruch kurmaksiz bo’lmaydi deganlaridek,bugungi kunda ham yuqorida sanab o’tilgan
an’analarimizni shunchaki,eskilik sarqiti yoxud feodalizmning qoldiqlari deb hisoblab,
yevropaning xo’rozqandini afzal bilib o’zi, xalqi, ajdodlari tugul vijdonini sotayotgan qo’shtirnoq
ichdagi insonlar tobora jamiyatimizda ko’payib bormoqda. Gapning qisqasi yaxshi qisqasidan
hissasi yaxshi, maqoliga tayangan holda bu masaladagi muammolarni birma-bir tahlil qilinsa
maqsadga muvaffaq bo’ladi.

TADQIQOT NATIJASI
Avvalambor qadriyatlar obro’silanishi deganda barchamizning ko’z o’ngimizga birinchi

bo’lib to’y-marosim, bayramlarimiz keladi. Haqiqatdan, qani o’sha Payg’ambarimiz namuna qilib
ketgan behasham, oddiygina, fayz-u barokatli to’ylarimiz? Tonnalab mahsulotlarimiz isrof
bo’lishi yetmganidek, to’y qilaman deb bechora bir oila yeti avlodidan qarzdor bo’ladi, qarz
ilmagan taqdirda ham yillar davomida misqollab yig’gan pulini bir kunlik shodiyona uchun havoga
sovuradi.

Axir shu pullar ilm dargohlariga berilsa, hayrli yo’llarda ishlatilsa bo’ladi-ku.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

188

Bular mayli to’y-tomoshalardagi odam og’zi bilan aytishga uyaladigan bachkana o’yin-

kulgu, gul uloqtirish, tort yedirish holatlariga bizning o’zbek o’ziga bek elimiz qanday jimgina
ko’z yumyapti ekan-a? Biroz bo’lsa-da quvonarlisi, mas’ul tashkilotlar bu borada cheklov,
jarimalar o’rnatib tushuntirish va tashviqot ishlarini olib bormoqda.

Boshqa tomondan meni ko’pdan buyon qiynayotgn bir savol shuki-yoshlarimizning

(jumladano’zim)kiyinish, so’zlashish, tarbiya borasida aynan bobo-buvilarimizning tajribalariga
emas, yot ellatlarning ko’rsatmalariga ergashib ketishidir. Masalan, yigit degani yoshligidan ot
choptirib, kurash tushib, yer chopmaydimi? Qizlarimiz Kumush, Ra’no singari Alisher,
Sa’diyning-u, Olloyorning kitoblarini dastur-ul amal qilib, bir oilani, bir dalani ishini kecha-yu
kunduz tinchitmaydimi? Ilmda dinda mukammal bo’lib Buxoriy, Temur, Bobur kabi farzandalarni
tarbiyalab, hatto ona allasi orqali bola kelajagini nurafshon bo’lishga chorlamaydimi? Eh, essiz
yigitlarning raqqos, bloger, stilist bo’lishi, ayollarimizning ustida yal-yal yonadigan qimmatbaho
liboslar, bilan o’zlarini ko’z ko’z qilishi, qayerlardadir pul ilijida erkak ovlashi oilasi, yurtdoshlari
obro’-e’tiborini bir chaqaga ilmay ularning nomusini oyoq osti qilishi qaysi qadriyatga xos?!

Ayrimlar esa jirkanch qilmishlari sababli ona bo’lishdek ulug’ va muqaddas baxtdan

mosuvo bo’lib, nigohsiz orttirgan jigargo’shasini ko’chga tashlab ketib, chaqalog’ini bo’g’ib
o’ldirib, uni suvga otib begunoh mitti farishtalarining umrlariga zavol bo’lmoqda. Ayt, ey ayol,
hatto hayvon zotida ham o’z dilbandini tashlab, o’ldirib ketish xislatari yo’q-ku? Qani bizning o’zi
och-nahor urush qiyinchilik davralari bo’lsada 15 farzandni asrab olib, ularga borini va barini
baxshida qilgan Bahri Akramova onamiz izdoshlari, qani haloli urushda qon kechib, jon bergan
taqdirda ham uning ismini diliga abad o’yib nomusini, ibo-hayosini jan jahdi bilan asrab dunyodan
toq o’tgan buvijonlarimiz davomchisi? Ayt, ey o’zbek ayoli qani bizning milliyligimiz,
qadriyatlarimiz, an’analarimiz?!

Masalaning eng og’riqli nuqtasi-yosh avlodning bolalikning sof va beg’ubor davrlarini

faqatgina turli gadjetlar o’ynash, televizor ko’rish bilan o’tkazishidir. O’ylashga arzigulik masala-
farzandlarning ko’r-ko’rona ommaviy madaniyatga ergashib, zamonaviylik, qulaylikka intila-
intila o’zligini, tarixini, kimning avlodi-yu, oltinga teng qadriyatlarini unutib yuborgan inson
qiyofasidagi ongsiz, hissiz, robotga aylanishi. Tasavvur qiling, bir inson operatsiya jarayonida
yotibdi, jarroh Google, YouTubeda hozirgina ko’rayotgan ma’lumot va o’rgatishlar orqali bemorni
muolaja qilsa qanday bo’ladi? Kamina oddiygina saviyamga tayanib aytamanki, yevropa xalqalari
hali o’zlari ham mag’zini chaqib, tushunib yetmagan istalgan sohadagi buyum bo’ladimi, qadriyat
nimaki bo’lsa barchasini, dastavval, sharq diyorlarida tajriba quyonchasi sifatida, aynan bizda,
sinab ko’rishmoqda. Vaholangki, mazkur ellatlar ham aslida amalga tadbiq etib,
ommalashtirayotgan madaniyat narsalarining tub mohiyatini to’laligicha anglab yetgani yo’q.

Olimlar aytganidek” Qaysidir bir xalqni bo’ysundirmoqchi bo’lsang, avvalo, u xalqning

ma’naviyati, an’analarini yo’q, keyin u xalq senga o’z-o’zidan taslim bo’ladi. ”Qiziq, sobiq sho’ro
davrida millatimizga nisbatan ko’plab tazyiq, cheklovlar bo’lgan.Shunday qaltis zamonlarda ne-
ne avliyo, olim, jadid va ziyoli insonlar bizga o’zbeklikning asl mohiyatidan tortib,ma’naviy
moddiy meroslarigacha barini bezavol yetkazib berdilar. Bugungi o’zbeklar esa shunday tinch va
faqovon kunlarda ham yot elllatlarning kiyinishi, so’zlashishi, bayram, urf-odat va hatto yashash
tarzlariga taqlid qilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

189

Bizning ham ko’krak kerib maqtanishga arzigulik: ”Kurash”, “Chillak”, “Qirq tosh”singari

milliy o’yinlarimiz; osh somsa, manti kabi taomrimiz; cho’pon do’ppi milliy kiyimlarimiz bor-ku.
Qani endi yevropa xalqlari ham yuqoridagilarni bizdan o’rgansa, bizga ergashsa, milliyligimiz
yanada taraqqiy etsa.

MUHOKAMA
Milliyligimiz, qadriyatlarimizni yanada rivojlantirishga, ularning tobora yo’qolib ketishiga

chek qo’yish uchun quyida bir nechta tafsiyalar beriladi. Shunisi aniq-ki, davlat kelajagi har
tomondan yosh avlodga bog’liq bevosita mana shu yosh avlod go’yoki nihol misoli bu nihol agarda
noto’g’ri o’sib, bir tomonga og’ayotgan bo’lsa, uni dehqon unga tirgak qo’yib, xavf-xatarlardan
asramasa anniq bu nihol ulkan daraxtga aylangach uni hatto bolta bilan ham to’g’irlashning imkoni
yo’q. Aytmoqchimanki, barcha ommaviy madaniyatga ergashayotgan bir paytda farzandlarni to
bololigidan umumbashariy an’analar, Vatanga muhabbat, o’ziga, ajdodlariga sodiqlik ruhida
tarbiyalash barcha muammolarning birdan bir yechimidir.

Birinchidan, farzandlarimizni milliy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, avvalo, ona

qornidan boshlanadi, ya’ni bu davr mobaynida har bir ona o’zida yaxshi xislatlarni shakillantirishi,
halol luqma yeyishi, ilmga, dinga yanada oshno bo’lishi lozim. Axir bejizga ”Ona bu -madrasa”-
deb aytilmaydi. Bolaga aslida to yeti yoshgacha saxiylik, rostgo’ylik, muruvvatpeshalik, kattalarga
hurmat, oilaning muqaddas tushuncha ekanligi kabilar singdirilishi lozim.

Ikkinchidan, murg’ak qalbli bolajonlarimizni maktabgacha ta’lim muassasalarida o’qitish

davomida ularga milliy harakatli o’yinlar, tarbiyaviy ertaklar, milliy kuy-qo’shiqlarimiz
o’rgatilishi kerak. Chunonchi, ularga zamonaviy o’yinchoqlar berib, befoyda multfilmlar
ko’rsatish o’rniga yuqoridagi usul yurt bunyodkorlari uchun ancha foydaliroq.

Uchinchidan, O’zbekistondagi jamiyki maktablarida alohida o’zbekligimizni,

o’zligimizni, qisqacha tariximizni, ko’pincha kimlarning davomchilari ekanligimizni aks
ettiruvchi, saviyali bir darslik joriy qilinish lozim. To’g’ri, bizda Milliy g’oya, Tarbiya kabi o’quv
qo’llanmalari mavjud, ammo rostini aytsam o’zim ham maktab davrida bulardan jo’yaliroq
m’lumot ololmaganman. Ularda Konstitutsiyamiz moddalari, allaqancha yillar, turli tuman
erishilga yutuqlar, balanparvoz gaplar qayd etilgan.

XULOSA
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qadriyatlarimiz tobora qadrsizlanishi -haqiqatdan, do’ppini

boshdan yechib o’ylashga, bu masal yuzasidagi kamchiliklarga barham berishga arzigulik masala.

Chunki Ch.Aytmatov aytganidek ”Ajdodlarini, millatining udum va odatlarini bilmagan

insonning hech bir shubhasiz manqurtdan farqi yo’qdir ”Unutmaylikki, ma’naviy tanazzul jamiyat
tanazzuliga sabab bo’ladi,ma’naviy barkamollik esa jamiyat taraqqiyotiga asosiy mustahkam
poydevor vazifasini bajaradi.

REFERENCES

1.

Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqmiz bilan birga quramiz.
To'shkwnt O'zbekiston 2017

2.

Abdurauf Fitrat. Oila yokki boshqarish tartiblari - T.: Cho'lpon, 2013. - bet 6. (Abdurauf
Fitrat. Family or management procedures - T.: Cholpon, 2013. page 6)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

190

3.

А.С.Ачилдиев. Диалектика национального самосознания и национальной культуры -
Т.: 1997. - стр. 49. (A.S.Achildiyev. Dialectic national identity and national culture - Т.:
1997. - page 49.)

4.

D.A. Yusubov. Falsafa (etika, estetika, mantiq) - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2017. - bet 154. (D.A. Yusubov. Philosophy (ethics, aesthetics, logic) - T.:
Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2017. -page 154.)

5.

D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov. Falsafa. - T.: O'zbekiston Respublikasi
IIV akademiyasi, 2012. - bet 240. (D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov.
Philosophy - T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2012. - page 240)

6.

Falsafa: Qomusiy lug'at - T.: Sharq, 2004. - bet 476. (Philosophy: Encyclopedic dictionary -
T.: East, 2004. - page 476.)

7.

Milliy g'oya: targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati - T.: Akademiya, 2007. - betlar 184,
220, 222. (National ideology: advocacy technologies and glossary of terms - T.: Academy,
2007. - pages 184, 220, 222)

8.

Nazarov Qiyomiddin. G'oyalar falsafasi - T.: Akademiya, 2011. - betlar 95, 110-112.
(Nazarov Qiyomiddin. Philosophy of ideas - T.: Academy, 2011. - pages 95, 110-112)

Bibliografik manbalar

Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqmiz bilan birga quramiz. To'shkwnt O'zbekiston 2017

Abdurauf Fitrat. Oila yokki boshqarish tartiblari - T.: Cho'lpon, 2013. - bet 6. (Abdurauf Fitrat. Family or management procedures - T.: Cholpon, 2013. page 6)

А.С.Ачилдиев. Диалектика национального самосознания и национальной культуры - Т.: 1997. - стр. 49. (A.S.Achildiyev. Dialectic national identity and national culture - Т.: 1997. - page 49.)

D.A. Yusubov. Falsafa (etika, estetika, mantiq) - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017. - bet 154. (D.A. Yusubov. Philosophy (ethics, aesthetics, logic) - T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2017. -page 154.)

D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov. Falsafa. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, 2012. - bet 240. (D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov. Philosophy - T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2012. - page 240)

Falsafa: Qomusiy lug'at - T.: Sharq, 2004. - bet 476. (Philosophy: Encyclopedic dictionary - T.: East, 2004. - page 476.)

Milliy g'oya: targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati - T.: Akademiya, 2007. - betlar 184, 220, 222. (National ideology: advocacy technologies and glossary of terms - T.: Academy, 2007. - pages 184, 220, 222)

Nazarov Qiyomiddin. G'oyalar falsafasi - T.: Akademiya, 2011. - betlar 95, 110-112. (Nazarov Qiyomiddin. Philosophy of ideas - T.: Academy, 2011. - pages 95, 110-112)