FANLARARO INTEGRATSIYA VA ZAMONAVIY XONANDALIK SINFI O‘QITUVCHILARINI SHAKLLANTIRISH.

Annotasiya

Ushbu maqola fanlararo integratsiya va zamonaviy xonandalik sinfi o‘qituvchilarini shakllantirish jarayonini tahlil qiladi. O‘zbekiston ta’lim tizimidagi muhim jarayon sifatida fanlararo integratsiya ta’lim mazmunini chuqurlashtirish va zamonaviy standartlarga moslashtirishda asosiy ahamiyatga ega. Maqolada janrlararo, musiqa va texnologiya, san’at turlari, shuningdek, an’anaviy va zamonaviy elementlarning integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. O‘qituvchilarning malakasini oshirish va o‘quvchilarga keng qamrovli bilim berish maqsadida, musiqa, adabiyot, tarix va psixologiya kabi fanlarning uyg‘unligi ta’kidlanadi. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi roli va xorijiy tajribalar ham yoritiladi. Fanlararo integratsiya zamonaviy xonandalik san’atida ijodiy va shaxsiy rivojlanishga hissa qo‘shadi va o‘qituvchilarga keng bilim berish imkoniyatlarini yaratadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mamajonova , D. (2024). FANLARARO INTEGRATSIYA VA ZAMONAVIY XONANDALIK SINFI O‘QITUVCHILARINI SHAKLLANTIRISH. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(11), 86–91. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/47441
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola fanlararo integratsiya va zamonaviy xonandalik sinfi o‘qituvchilarini shakllantirish jarayonini tahlil qiladi. O‘zbekiston ta’lim tizimidagi muhim jarayon sifatida fanlararo integratsiya ta’lim mazmunini chuqurlashtirish va zamonaviy standartlarga moslashtirishda asosiy ahamiyatga ega. Maqolada janrlararo, musiqa va texnologiya, san’at turlari, shuningdek, an’anaviy va zamonaviy elementlarning integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. O‘qituvchilarning malakasini oshirish va o‘quvchilarga keng qamrovli bilim berish maqsadida, musiqa, adabiyot, tarix va psixologiya kabi fanlarning uyg‘unligi ta’kidlanadi. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi roli va xorijiy tajribalar ham yoritiladi. Fanlararo integratsiya zamonaviy xonandalik san’atida ijodiy va shaxsiy rivojlanishga hissa qo‘shadi va o‘qituvchilarga keng bilim berish imkoniyatlarini yaratadi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


86

FANLARARO INTEGRATSIYA VA ZAMONAVIY XONANDALIK SINFI

O‘QITUVCHILARINI SHAKLLANTIRISH.

Mamajonova Dildoraxon Abduraxmonovna

Qo‘qon Davlat Pedagogika Instituti, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

ixtisosligi tayanch doktoranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14043472

Annotatsiya. Ushbu maqola fanlararo integratsiya va zamonaviy xonandalik sinfi

o‘qituvchilarini shakllantirish jarayonini tahlil qiladi. O‘zbekiston ta’lim tizimidagi muhim

jarayon sifatida fanlararo integratsiya ta’lim mazmunini chuqurlashtirish va zamonaviy

standartlarga moslashtirishda asosiy ahamiyatga ega. Maqolada janrlararo, musiqa va

texnologiya, san’at turlari, shuningdek, an’anaviy va zamonaviy elementlarning integratsiyasi

ko‘rib chiqiladi. O‘qituvchilarning malakasini oshirish va o‘quvchilarga keng qamrovli bilim

berish maqsadida, musiqa, adabiyot, tarix va psixologiya kabi fanlarning uyg‘unligi ta’kidlanadi.

Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi roli va xorijiy tajribalar ham yoritiladi.

Fanlararo integratsiya zamonaviy xonandalik san’atida ijodiy va shaxsiy rivojlanishga hissa

qo‘shadi va o‘qituvchilarga keng bilim berish imkoniyatlarini yaratadi.

Kalit so'zlar: Fanlararo integratsiya, zamonaviy xonandalik, o‘qituvchilarni tayyorlash,

musiqa ta’limi, raqamli texnologiyalar, ijodiy rivojlanish, milliy madaniyat, uchinchi Renessans.

INTERDISCIPLINARY INTEGRATION AND THE FORMATION OF MODERN

VOCAL CLASS EDUCATORS

Abstract. This article analyzes the process of interdisciplinary integration and the

formation of modern vocal class educators. As a significant process in Uzbekistan's education

system, interdisciplinary integration plays a crucial role in deepening educational content and

aligning it with modern standards. The article examines key areas such as inter-genre connections,

the integration of music and technology, various art forms, and the combination of traditional and

contemporary elements. It emphasizes the importance of harmonizing subjects like music,

literature, history, and psychology to enhance teachers' qualifications and provide students with

comprehensive knowledge. The role of digital technologies in the educational process and

international experiences are also discussed. Interdisciplinary integration contributes to creative

and personal development in modern vocal arts and creates opportunities for educators to provide

broader knowledge.

Keywords: Interdisciplinary integration, modern vocal arts, teacher preparation, music

education, digital technologies, creative development, national culture, Third Renaissance.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


87

МЕЖДИСЦИПЛИНАРНАЯ ИНТЕГРАЦИЯ И ФОРМИРОВАНИЕ

СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГОВ КЛАССА ПЕНИЯ.

Аннотация. В статье анализируется процесс междисциплинарной интеграции и

формирования современных учителей пения. Междисциплинарная интеграция, являясь

важным процессом в системе образования Узбекистана, имеет первостепенное значение

в углублении содержания образования и адаптации его к современным стандартам. В

статье рассматриваются кросс-жанры, музыка и технологии, формы искусства, а

также интеграция традиционных и современных элементов. В целях повышения

квалификации преподавателей и предоставления учащимся всесторонних знаний

подчеркивается гармония таких предметов, как музыка, литература, история и

психология.

Также освещена роль цифровых технологий в образовательном процессе и

зарубежный опыт. Междисциплинарная интеграция способствует творческому и

личностному развитию в современном пении и создает возможности для предоставления

преподавателям широкого спектра знаний.

Ключевые слова: Междисциплинарная интеграция, современное пение,

педагогическая подготовка, музыкальное образование, цифровые технологии, творческое

развитие, национальная культура, третье Возрождение.

Fanlararo integratsiya va zamonaviy xonandalik sinfi o‘qituvchilarini shakllantirish hozirgi

O‘zbekiston ta’lim tizimidagi muhim jarayonlardan biridir. Xususan, Uchinchi Renessans davriga

tayyorgarlikda fanlararo integratsiyaning ahamiyati ta’lim mazmunini chuqurlashtirish va uni

zamonaviy standartlarga moslashtirishda asosiy omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Bu jarayon,

o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quvchilarga keng qamrovli bilimlar berish, ularda ijodiy

tafakkurni shakllantirish va o‘quv jarayonini har tomonlama boyitishda asosiy rol o‘ynaydi.

Ayniqsa, zamonaviy xonandalik sinfi o‘qituvchilarini tayyorlashda, bu yondashuvning

qo‘llanilishi pedagogik jarayonning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

“Integratsiya” tushunchasi musiqada keng qamrovli bo‘lib, turli xil musiqiy va ilmiy

elementlarni uyg‘unlashtirish orqali bir butunlik yaratishga qaratilgan. Bu esa o‘qituvchilarning

mahoratini oshirish, o‘quvchilarni ijodiy rivojlantirish va ularga taqdim etilayotgan bilimlarning

har tomonlama boyligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Integratsiyaning asosiy yo‘nalishlari


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


88

1.

Janrlararo integratsiya

– bu turli musiqiy janrlar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash

orqali yangi musiqiy oqimlarni yaratish imkonini beradi. Masalan, xalq musiqasini zamonaviy

pop-musiqa bilan uyg‘unlashtirish orqali etnik pop yoki folk-fusion kabi janrlar paydo bo‘ladi. Bu

usul milliy madaniyatni saqlab qolish bilan birga, uni yangi avlodlarga qiziqarli va zamonaviy

ko‘rinishda yetkazishda yordam beradi.[1.15.]

2.

Musiqa va texnologiya integratsiyasi

– raqamli texnologiyalarning joriy etilishi musiqa

ijrosini yangi bosqichga ko‘taradi. Zamonaviy dasturlar va texnikalar yordamida musiqani

yaratish, ijro etish va tahlil qilishning yangi yo‘llari ochiladi.[5.22.]

3.

Musiqa va san’at turlari integratsiyasi

– musiqaning adabiyot, raqs, teatr yoki vizual

san’atlar bilan uyg‘unligi musiqaning hissiy va ma’naviy boyligini oshiradi. Bu esa xonandalarni

ijodiy tafakkurga undaydi va ularning asarlarida yanada chuqur mazmun va hissiy

4.

otlarni aks ettirish imkonini beradi.[4.30.]

5.

An’anaviy va zamonaviy elementlarning integratsiyasi

– o‘zbek milliy musiqa

uslublari bilan zamonaviy uslublarni birlashtirish xonandalar ijodida yangi imkoniyatlar yaratadi.

Maqom san’atini zamonaviy yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashtirish orqali bu san’at nafaqat saqlab

qolinadi, balki rivojlantiriladi.[6.18.]

Ta’limdagi musiqiy integratsiya: Pedagogik jarayonda integratsiya musiqani boshqa fanlar

bilan uyg‘unlashtirib, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi. Masalan: Musiqa va tarix

fanlari- musiqiy asarlarning yaratilish tarixi va ularning davriga oid tarixiy hodisalar bilan

bog‘lanishi orqali o‘quvchilar o‘sha davr musiqasi va madaniy muhitni chuqurroq tushunib

yetishadi.[2.40.]

Musiqa va adabiyot - she’riy asarlarning musiqaga moslanishi yoki qo‘shiqlar matnlaridagi

poetik ma’noni tahlil qilish musiqiy bilimni boyitadi va ijrochilarga qo‘shiqlarda chuqurroq hissiy

talqin berishga yordam beradi.

Xonandalik san’atida turli uslublar va texnikalarning integratsiyasi xonandalar ijro

texnikasini boyitadi. Vokal texnikalarini milliy va xalqaro uslublar bilan uyg‘unlashtirish,

xonandaning ijodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, milliy musiqa texnikalarini

zamonaviy vokal uslublari bilan uyg‘unlashtirish orqali xonandalar milliy va zamonaviy

yo‘nalishlarda muvaffaqiyat qozonishlari mumkin.

Umuman olganda, musiqada “integratsiya” san’atni boyitish, yangilik yaratish va

o‘quvchilarga kengroq dunyoqarashni shakllantirish imkoniyatini beradi. Musiqaning turli

jihatlarini birlashtirish orqali milliy madaniyat va zamonaviy usullar uyg‘unligi, ijodiy salohiyat

va texnik mahorat rivojlanadi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


89

Xonandalik san’atida fanlararo integratsiya texnik mahorat bilan bir qatorda ijodiy va

shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Musiqa, adabiyot va san’atning birlashuvi xonandalik

sinfi o‘qituvchilarini tayyorlashda yanada chuqurroq o‘quv jarayonini shakllantirishga yordam

beradi. Masalan, musiqa nazariyasi darslarida musiqa va adabiyotning bog‘liqligini o‘rgatish

orqali xonandalar milliy adabiy meros bilan tanishadi, bu esa ularning ijodiy tafakkurini boyitadi

va ijrolarida chuqur hissiyotni aks ettirish imkonini beradi.[8.15.] Tarix va madaniyat bilan bog‘liq

mavzularni ham darslarga kiritish orqali, milliy musiqiy meros, maqom san’ati va xalq

qo‘shiqlarini o‘rgatish xonandalarning ijodiy faoliyatiga yangi ma’nolar kiritadi va ularning ijodiy

yo‘nalishini belgilashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu yondashuv o‘qituvchilarga

o‘quvchilarga faqat bir fan bo‘yicha emas, balki keng qamrovli bilim va ko‘nikmalar berishga

yordam beradi.

Musiqa san’atida, xususan, xonandalik sinfida fanlararo integratsiya orqali o‘qituvchilarni

tayyorlash, ularning nafaqat texnik mahoratini, balki ijodiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-

quvvatlaydi. Musiqa san’ati adabiyot, tarix va san’at bilan birlashganda, xonandalarning vokal

ijrosi boyib, ularning asarlariga yangi mazmun va hissiyot qo‘shiladi.

Masalan, musiqa nazariyasi darslarida musiqa va adabiyotning bog‘liqligini tushuntirish,

O‘zbekistonning adabiy merosi bilan tanishtirish xonandalarga musiqiy ijrolarida yanada

chuqurroq ma’no va tuyg‘ularni aks ettirish imkonini beradi. Shuningdek, tarix va madaniyat bilan

bog‘liq mavzularni kiritish, milliy musiqiy meros, maqom san’ati va xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish

xonandalarning ijodiy yo‘nalishini belgilashda yordam beradi.

Xonandalik san’atida psixologiya fanining o‘rni katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu fan orqali

xonandalar ijodiy jarayonlarda o‘z hissiyotlarini ifoda etish, sahnada o‘zini tutish va stresslarni

boshqarish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Psixologiya fanining integratsiyasi orqali xonandalik

sinfi o‘qituvchilari talabalarga nafaqat vokal texnikasini, balki sahnada his-tuyg‘ularni ifoda etish

san’atini ham o‘rgatish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa xonandalar ijodiy salohiyatini kengaytirib,

ularning sahnadagi ishonchini oshiradi.

Zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayonida qo‘llanilishi integratsiyalashgan

yondashuvni yanada boyitadi. Raqamli texnologiyalar, multimedia vositalari va onlayn

platformalardan foydalanish xonandalik sinfi o‘qituvchilarini tayyorlashda samaradorlikni

oshiradi. Masalan, raqamli texnologiyalar yordamida musiqa va adabiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni

vizual tarzda ko‘rsatish o‘quvchilarning tasavvurini boyitadi. Shuningdek, musiqa tarixi va

nazariyasi darslarida multimedia vositalaridan foydalanish o‘quvchilarga musiqiy asarlarni tahlil

qilish va ularni zamonaviy texnologiyalar orqali talqin qilish imkonini beradi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


90

Natijada, bu xonandalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirib, ularning texnologiyalar

yordamida ijodiy jarayonlarini boyitish imkonini beradi.

Fanlararo integratsiyani samarali qo‘llashda rivojlangan davlatlar, jumladan AQSh, Buyuk

Britaniya va Janubiy Koreya ta’lim tizimlarining tajribasi muhim ahamiyatga ega. Bu

mamlakatlarda fanlararo integratsiya keng ko‘lamda qo‘llanilib, ta’lim jarayonida turli fanlar

o‘rtasidagi bog‘liqlik orqali o‘quvchilarning intelektual va ijodiy salohiyati oshirilmoqda. Ushbu

tajribalarni o‘zlashtirish O‘zbekistonda zamonaviy xonandalik sinfi o‘qituvchilarini tayyorlashda

yondashuvlarni optimallashtirishga yordam beradi. O‘zbekistonning milliy madaniyati va musiqiy

merosini asrab-avaylashda va zamonaviy talablarga moslashtirishda bu tajribalar muhim o‘rin

tutadi.

O‘zbek musiqiy madaniyatida ayol xonandalarning o‘rni alohida e’tibor talab qiladi. Ayol

xonandalar milliy musiqiy an’analarni saqlab qolish va zamonaviylikka moslashtirishda yetakchi

rol o‘ynashadi. Fanlararo integratsiya ayol xonandalarning nafaqat texnik mahoratlarini oshirish,

balki ularning musiqiy merosni zamonaviy usullar bilan boyitishlariga ham yordam beradi.

Milliy madaniyatni saqlab qolish va yangi uslublarni o‘zlashtirishda ayol xonandalar uchun

keng imkoniyatlar yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy xonandalik sinfi o‘qituvchilarini tayyorlashda fanlararo

integratsiya pedagogik jarayonning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Musiqa, adabiyot, tarix

va psixologiya kabi fanlarning uyg‘unligi xonandalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ijodiy

salohiyatini oshirish va ularga zamonaviy texnologiyalar orqali yangi bilim va ko‘nikmalarni

o‘zlashtirish imkonini beradi. Bu jarayon ta’lim tizimining xalqaro standartlarga mos ravishda

yangi bosqichga ko‘tarilishiga katta hissa qo‘shadi.

REFERENCES

1.

Dzhumaniyazov,S.

(2021). “Fanlararo integratsiya: Ta’lim jarayonidagi yangiliklar va

o‘zgarishlar”

O‘zbekiston ta’limi va madaniyati

.

2.

Abdullaeva,N.

(2022). “Zamonaviy xonandalik san’atida ijodiy rivojlanish”.

Musiqa

ta’limi

.

3.

Ismoilov,A.

(2020). “Texnologiyalar va musiqa: Integratsiya jarayonlari”.

O‘zbekiston

ilmiy axborot

.

4.

Sattorova,M.

(2023). “Musiqa va adabiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik: O‘rganish va tajribalar”.

Zamonaviy san’at

.

5.

Akmalov,R.

(2019). “Uchinchi Renessans: O‘zbekiston musiqiy madaniyatining

rivojlanishi”.

Madaniyat va san’at

.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


91

6.

Murodova,D.

(2021). “Ayol xonandalarning roli: Milliy an’analar va zamonaviylik”.

O‘zbekiston musiqa jurnali

.

7.

Toshpulatova,L.

(2022). “Raqamli texnologiyalar va ta’lim: Yangi imkoniyatlar”

Pedagogik tadqiqotlar

.

8.

Jalilov,S.

(2020). “Xalq musiqa merosi: Saqlash va rivojlantirish strategiyalari”.

Madaniy

meros va zamonaviylik

.

9.

Akbarov,F.

(2018). “Xonandalik san’atida psixologiya va ijod”

Musiqa psixologiyasi

.

Bibliografik manbalar

Dzhumaniyazov,S. (2021). “Fanlararo integratsiya: Ta’lim jarayonidagi yangiliklar va o‘zgarishlar” O‘zbekiston ta’limi va madaniyati.

Abdullaeva,N. (2022). “Zamonaviy xonandalik san’atida ijodiy rivojlanish”. Musiqa ta’limi.

Ismoilov,A. (2020). “Texnologiyalar va musiqa: Integratsiya jarayonlari”. O‘zbekiston ilmiy axborot.

Sattorova,M. (2023). “Musiqa va adabiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik: O‘rganish va tajribalar”. Zamonaviy san’at.

Akmalov,R. (2019). “Uchinchi Renessans: O‘zbekiston musiqiy madaniyatining rivojlanishi”. Madaniyat va san’at.

Murodova,D. (2021). “Ayol xonandalarning roli: Milliy an’analar va zamonaviylik”. O‘zbekiston musiqa jurnali.

Toshpulatova,L. (2022). “Raqamli texnologiyalar va ta’lim: Yangi imkoniyatlar” Pedagogik tadqiqotlar.

Jalilov,S. (2020). “Xalq musiqa merosi: Saqlash va rivojlantirish strategiyalari”. Madaniy meros va zamonaviylik.

Akbarov,F. (2018). “Xonandalik san’atida psixologiya va ijod” Musiqa psixologiyasi.