364
IJODIY IZLANISHLAR YO‘LIDA USTOZLARNING YO‘L-YO‘RIQLARI
Yoqubov O‘lmasjon
Kamoliddin Behzod nomidagi
Milliy rassomchilik va dizayn instituti
Mahobatli haykaltaroshlik yo‘nalishi 4-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10408741
Annotatsiya. Haykaltaroshlik to’g’risida umumiy tushuncha, haykaltaroshlik zamonn
bilan hamnafas, haykaltaroshlikda ustoz-shogird an’analari.
Kalit so‘zlar: kitch, shedevr, mahobatli haykaltaroshlik, dumaloq haykal.
TEACHERS' GUIDE TO CREATIVE EXPERIENCES
Abstract. General understanding of sculpture, contemporary sculpture, master-disciple
traditions in sculpture.
Key words: kitsch, masterpiece, majestic sculpture, round sculpture.
РУКОВОДСТВО ДЛЯ УЧИТЕЛЕЙ ПО ТВОРЧЕСКОМУ ОПЫТУ
Аннотация. Общее представление о скульптуре, скульптура, идущая в ногу со
временем, традиции мастеров и учеников в скульптуре.
Ключевые слова: китч, шедевр, величественная скульптура, круглая скульптура.
Haykaltaroshlik
tasviriy sanʼat turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda
uch
oʻlchamda
tasvirlashga asoslanadi. Tasvir obʼyekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar (anima-listika),
tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). Haykallarning 2 asosiy koʻrinishi - aylanib kuzatish
imkonini beruvchi dumaloq
haykal
hamda faqat bir tomondan koʻrishga moʻljallangan boʻrtma
(qabariq) tasvir relyef turi farqlanadi. Relyef, oʻz navbatida, yuzaga nisbatan bir oz boʻrttirib
ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha boʻrttirib ishlanadigan gorelyefta
boʻlinadi; shuningdek nursoya oʻyini hisobiga tasvir koʻzga tashlanadigan tekis yuzaga
ishlanadigan yana oʻyma koʻrinish mavjud.
Shu bilan birga haykaltaroshlikning bir qancha turlari mavjud bo’lib, ular: Monumental
haykaltaroshlik - haykaltaroshlikttg meʼmorlik va shaharsozlik bilan bogʻliq turi. Oʻz koʻrinishiga
koʻra, dumaloq (mukammal) kabi turlarda bo’ladi. Monumental haykaltaroshlik asarlari oʻzida
katta mazmun ifoda etadi hamda mustaqil ijtimoiy xususiyatga ega boʻlib, bevosita atrof muhit,
meʼmoriy binolar bilan uygʻunlashtiriladi. Asarlari uzokdan tomosha qilishga moʻljallanganligi
uchun kattakatta, yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; maydonlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar,
koʻcha va boshqalarga oʻrnatiladi, shuningdek, bino devorlariga ishlangan haykallar ham
365
Monumental haykaltaroshlikga taalluklidir. Monumental haykaltaroshlikga muhim tarixiy
voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan monument,
yodgorliklar, haykaltaroshlik majmualari, shuningdek, bezak haykaltaroshligi (mas, Navoiy teatri
binosi oldidagi favvora va boshqalar) asarlari kiradi. Asar rangini haykal uchun ishlatilayotgan
xom ashyo (marmar, granit, bronza va boshqalar) belgilaydi.
Monumental haykaltaroshlik ijtimoiy taraqqiyot bilan bogʻliq holda rivojlangan. Qad.
Misrda, Gʻarbiy Osiyo, Hindiston, Xitoy va boshqa sharq mamlakatlarida muhim oʻrin egallagan.
Yunoniston va Rimda uning nodir namunalari yaratilgan. Oʻrta asr Yevropa mamlakatlari
sanʼatida muhim rol oʻynagan: sobor, ibodatxonalar, ularni oʻrab turgan maydonlar
haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan. Uygʻonish davrida insonparvarlik gʻoyalari bilan
sugʻorilgan Monumental haykaltaroshlik namunalari ishlandi (Donatello, Mikelanjelo va
boshqalar), XVII-XX asrlarda yangi mazmun va nafis gʻoyalar bilan boyidi (L. Bernini, O. Roden,
F. Kramer va boshqalar).
Oʻzbekiston hududi (Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Quva va boshqalar)da qadimda
Monumental haykaltaroshlikning ajoyib namunalari yaratilgan. Arablar istilosidan ke-yin bu
sanʼat turi amaliyotdan chiqib ketgan; faqat XIX asr oxiri XX asr boshlaridan yana jonlandi.
Toshkent, Samarqandda ilk namunalari (Samarqandda "Ozodlik", Toshkentda Navoiy haykali va
h.k.) bunyod etildi.
Monumental haykaltaroshlikning yangi taraqqiyot davri XX asrning 60-80-yillarga toʻgʻri
keladi (A.Ikromov, Oybek, S.Rahimov, Hamid Olimjon va boshqa haykallar). Ayniqsa,
mustaqillikdan keyin mahobatli haykaltaroshlik yangi ma’lum mavzular bilan boyidi:
Oʻzbekistonning buyuk shaxslariga meʼmoriy haykaltaroshlik majmualari, mahobatli haykallar
(Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Al-Fargʻoniy, Alpomish va
boshqalar) barpo etildi.
Bezak haykaltaroshligi -haykaltaroshlik turi, asarlari maʼlum meʼmoriy makonni yoki
tabiiy sharo-itni hisobga olgan holda binoning tashqarisi yoki ichkarisini, shahar koʻchalari,
maydonlari va xiyobonlarini bezatadi. Bezak haykaltaroshligi ga meʼmoriy bezaklar (atlantlar,
maskoronlar, kariatidalar), favvoralar uchun ishlangan xaykallar, panjaralar, badiiy bezakli
darvozalar, binoning ichki bezaklariga marmar, metall, chinni va boshqalardan ishlangan kichik
shakldagi haykallar kiradi. Asarlari meʼmoriy ansambl bilan uygʻunlashib, sanʼat asari sifatida uz
mustaqilligini yoʻqotmaydigan mahobatli haykaltaroshlikdan bezak vazifasini oʻtashi bilan
farqlanadi. Bezak haykaltaroshligi da obrazlarni yumorli tarzda talqin etish, boʻrttirishga yoʻl
qoʻyiladi, turli xayvonlar (mas, baliq, qurbaqa. laylak va h.k.) shakllari keng ishlatiladi.
366
Kitch. Dasgoh haykaltaroshlikka mustaqil mazmunga ega bo’lgan, san’atning boshqa
turiga tobe bo’lmagan asarlar kiradi. Ular ko’pinch ko’rgazmalar, muzey xonalariga va uyning
interyeriga qo’yish uchun mo’ljallanadi. Bu tur asarlarida voqelik o’zing butun borlig’i bilan aks
ettiriladi. Shu bilan birga inson ruhiyatining nozik his-tuyg’ularini, ichki kechinmalarida katarsis
tushunchalarini o’zida yorqin ifoda etish imkoniyatini yaratadi.
Nafis haykaltaroshlik buyumlari
oʻzining nafisligi, kichik oʻlchamdaligi bilan ajralib turadi. Uni qoʻlga olib koʻrish mumkin. Nafis
haykaltaroshlikda kishining diqqatini oʻziga tezda jalb etuvchi materiallardan: chinni, sopol,
yogʻoch, metall va toshlarning qimmatbaho turlari, fil suyagi va shu kabilardan keng foydalaniladi.
Haykaltaroshlikning maktab sharoitida keng tarqalgan turlaridan biri, loy yoki plastilin bilan
ishlashdir.
XX asr boshlaridan xalq anʼanaviy amaliy sanʼati usullari keng qoʻllandi hamda
rivojlantirildi: Muqimiy teatri (1943) hamda Navoiy teatri (1948) binosi va boshqa
haykaltaroshlikning boshqa turlari ham keng rivojlana boshladi. Anʼanaviy mayda haykaltaroshlik
ham yangi mazmun va mavzular bilan boyidi (U.Joʻraqulov, X.Rahimova, A.Muxtorov va
boshqalar). Shu davrdan realistik H.ning hamma turlarida dastlabki namunalari yaratildi.
Monumental va bezak H.gi bevosita meʼmorlik sanʼati bilan bogʻliq holda rivoj topdi: E.Rush,
Ya.Kuchis, Ya.Strazdin, O.Korjinskaya asarlari shu sanʼatining dastlabki namunalari edi. Dastgoh
H.gida port-ret va janrli kompozitsiyalar paydo boʻldi (A.Ivanov, F.Grishchenko va boshqalar).
Oʻzbek haykaltaroshligining yangi bos-qichi XX asrning ikkinchi yarmiga toʻgʻri keladi. Bu
davrga kelib haykaltaroshlar safi kengaydi. Haykaltaroshlikda akademik tizim shakllandi.
A.Boymatov, A.Ahmedov, D.Roʻziboyev, A.Shoymurodov, E.Aliyev, H.Husniddinxoʻjayev,
Ya.Shapiro, L.Ryabsev, D. Ryabichev va boshqa haykaltaroshlikning barcha tur va janrlarida ijod
qilib, uning ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Zamon rivojlanib har sohada yangi islohotlar yaratilib yangi yo’nalishlar turlar hamda
o’zgarishlar bo’lganligi singari haykaltaroshlikd ham ko’plab yangiliklar bo’lib kelmoqda. Har bir
yangilikning, o’zgarishlarning yutuq va o’z o’rnida kamchiliklari ham mavjud. Yutuqli quvonarli
jihatlardan biri soha yuzasida olib borilayotgn yangiliklar, qulayliklar hisobidan qaraydigan
bo’lsak, yana bir jihati bu ijodkorning soha yuzasidan yengilroq qarashi moddiyat jihatidan
yondashuvi biroz dilni xira qiladi.
Ijod chegara bilmas kenglik, ichki his-tuyg'ular olamining nuri. Ijodkor esa aynan shu
sarhadsiz kenglikni, o'z olamini o'zining tasavvur imkoniyatlarini, ijodiy izlanishlari mobaynida
yaratib boradi.Har bir ijodkor umri davomida bitta bo'lsa ham o'z "shedevr" asarini yaratadi.
Bunday asar albatta har tomonlama yetuk, amaliyot va nazariyot talablariga javob bera oladigan
367
ijod mahsulidir. Buning zamirida albatta katta mehnat, o'qib o'rganmoq hamda ustozlar o'gitlari
yotadi.
Har sohada bir yo’lni tanlash va shu ustida uzluksiz mehnat qilish albatta muvaffaqiyatga
erishish uchun asos hisoblanadi. Shu bilan birga atrofga ham nazar tashlagan holda tinimsiz
izlanishda bo’lish kerak. Bu uning barkamolligi sari qadam hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Esanov T. Haykaltaroshlik. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2011.
2.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent, 2000-2005.
