MARKAZIY OSIYODA ZARDUSHTIYLIK DAVRIDA JAMOAVIY URF-ODAT VA MAROSIMLAR.

Annotasiya

Ushbu maqolada zardushtiylar tomonidan o’tkazilgan bayram va marosimlar, dafn marosimlari va hozirgi kunda ham xalqimiz orasida saqlanib qolgan zardushtiylik urf-odatlari haqida so’z boradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jumayeva, M. (2023). MARKAZIY OSIYODA ZARDUSHTIYLIK DAVRIDA JAMOAVIY URF-ODAT VA MAROSIMLAR. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 2(10), 226–229. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24324
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Kalit so‘zlar:

Annotasiya

Ushbu maqolada zardushtiylar tomonidan o’tkazilgan bayram va marosimlar, dafn marosimlari va hozirgi kunda ham xalqimiz orasida saqlanib qolgan zardushtiylik urf-odatlari haqida so’z boradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

226

MARKAZIY OSIYODA ZARDUSHTIYLIK DAVRIDA JAMOAVIY URF-ODAT

VA MAROSIMLAR.

Jumayeva Muattar Zohid qizi

Tarix va yuridik fakulteti “Buxoro tarixi va arxeologiya” kafedrasi magistranti

Ijtimoiy gumanitar sohalar yo’nalishi

Telefon: 93 456 34 84

https://doi.org/10.5281/zenodo.8418648

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zardushtiylar tomonidan o’tkazilgan bayram va

marosimlar, dafn marosimlari va hozirgi kunda ham xalqimiz orasida saqlanib qolgan
zardushtiylik urf-odatlari haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar

: Sidrapushlik, logamzodan, kamarbastan, Vendidod, Avesto, Navro’z,

Mehrjon, Gohlar.

ОБЩИННЫЕ ОБЫЧАИ И ЦЕРЕМОНИИ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ В

ЗОРОАСТИЙСКИЙ ПЕРИОД.

Аннотация.

В данной статье рассказывается о зороастрийских праздниках и

обрядах, погребальных обрядах, а также зороастрийских традициях, которые и сегодня
сохраняются среди нашего народа.

Ключевые слова:

Сидрапушлик, логамзодан, камарбастан, Вендидод, Авеста,

Навруз, Мехржан, Голар.

COMMUNITY CUSTOMS AND CEREMONIES IN CENTRAL ASIA IN THE

ZOROASTIAN PERIOD.

Abstract.

This article talks about Zoroastrian holidays and rituals, funeral rites, and

Zoroastrian traditions that are still preserved among our people today.

Key words

: Sidrapushlik, logamzodan, kamarbastan, Vendidod, Avesta, Navroz, Mehrjan,

Gohlar.


Urf-odat va an’analar jamiyat hayotida muhim o’ringa ega. Urf-odat va marosimlar

qadimdan jamiyat a’zolarining ijtimoiy xulqini boshqarishda, ularni jipslashtirishda muhim
ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Hozirgi kunda ham mamlakatimizning ayrim hududlarida
zardushtiylikdan qolgan urf-odat va marosimlar davom etib kelmoqda.

Zardushtiylar bir necha asrlar davomida ruhoniylar kuzatuvi ostida o’zlarining urf-odat va

marosimlarini shakllantirganlar. Hozirgacha zardushtiylik marosimlari va uning bugungi kundagi
izlari tadqiqototchilar tomonidan juda kam o’rganilgan.

Zardushtiylar tomonidan o’tkazilgan yil fasllari bilan bog’liq bayramlar, Navro’z va

Mehrjon bayramlari, turli duolarni aytish va poklanish marosimlari, o’smirlarni zardushtiylikka
qabul qilish (ya’ni “sidrapushlik” — oq libos kiyib, belbog’ bog’lash) va boshqa qator tantanalar
zardushtiylikda muhim rol o’ynagan. Bundan tashqari, zardushtiylarda nikoh marosimi, bola
tug’ilishi va dafn marosimlari ham mavjud bo’lib, bularda asosan yaqin qarindoshlar, shahar va
qishloqlarning hurmatli kishilari hamda ruhoniy ishtirokida o’tkazilgan.

Zardushtiylik marosimlari sirasiga kundalik ibodat ham kirgan. Xar bir zardushtiy farzandi

yetti yoshdan boshlab ba’zi bir duolarni yodlab, o’z dini ruhida tarbiyalangan. Jamiki qavm-
qabilalar orasida “logamzodan” (otga suvlik; solish), “zin zadan” (otni egarlash), “kamarbastan”
odatiga qat’iy amal qilingan. Masalan, chorvachilik bilan shug’ullanuvchi qavmlarda qizlarga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

227

yungdan ip yigirish, urchuq va charxda ishlash, matolar to’qish, liboslar tikish o’rgatilgan, o’g’il
bolalar esa mol boqish, urchitish va tug’dirish, tuya, otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish,
yaylovlarda suruvni o’tlatish, chorvani yirtqich hayvonlar va qaroqchilardan himoya qilish, o’ttiz
ikki harbiy hunarni bilishi majburiy bo’lgan. Ana shundan so’ng o’smirlar o’n besh yoshdan
boshlab “logamzodan” va “zin zadan” imtihonidan o’tishgan

1

.

Zardushtiylarda jasadni dafn etish ham o’ziga xos tarzda amalga oshirilgan. Zardushtiylar

jasadni yerga ko’mishmagan. Zardushtiylarning jasadni to‘g‘ridan to‘g‘ri yerga
ko‘mmaganliklarining sababi birinchidan, odam jasadini harom deb bilganliklarida bo‘lsa,
ikkinchidan, jasadga kirib olgan Nasalar zardushtiylar uchun muqaddas hisoblangan Yerga zarar
yetkazadi, degan tushunchadan kelib chiqqan.

Zardushtiylar o'lgan kishining jasadini maxsus ko‘tarmaga olib borayotganda eng oldinda

itni yetaklab borganlar. Maxsus itlar va o’laksaxo'r qushlar jasadni suyagigacha yeb
bo'lmagunlaricha dahmada saqlaganlar. Undan so‘nggina o'lgan kishining suyaklarini maxsus
idishlar — sopoldan qilingan ossuriy (ostadon)larga solishib, maxsus bostirmalarda saqlaganlar

2

.

“Vendidod”da bayon qilinishicha, marhumlarga tegib makruh bo’lgan kiyimlarni quyosh

nurida poklash lozim bo’lgan. Marosimiy “makruh” bo’lgan uyni poklash uchun esa “Avesto”
“Goh”larini uch marotaba o’qish lozim bo’lgan.

Namangan viloyatining Kosonsoy, Chust, Pop, Yangiqo’rg’on tumanlarida dafn marosi

vaqtida marhumni qabristonga olib borishda ishlatilgan ko’rpa, yostiq, ko’rpacha, palak kabi
narsalar qabristondan qaytib kelinganidan so’ng bir kecha-kunduz yulduz ko’rsin deb tashqariga
osib qo’yilgan.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida esa marhumni qabristonga olib borishda ishlatilgan

ko’rpa, ko’rpachalar bilan birga marhumning kiyimlari ham yulduz ko’rsin deb tashqariga
yoyilgan. Biz bunda osmon yoritgichlari — oy, yulduz va quyoshning poklovchilik xususiyatiga
bo’lgan ishonchni kuzatamiz. Qolaversa, bu odat ham qaysidir ma’noda zardushtiylik an’analari
izlaridan bo’lsa kerak.

Zardushtiylarning dafn marosimlarida ruhoniylar va marhumning qarindoshlari uch kecha-

kunduz davomida zardushtiylarning maxsus duolarini o’qib turganlar. Marosimlar davomida suv
ichish va ovqatlanish man etilgan. To’rtinchi kun boshlanishi bilan, o’likning ruhi narigi dunyoga
uchib ketganidan so’ng murda shahar, qishloq, qo’rgonlaridan chetdagi tepalik yoki tog’-u
toshlarga chiqarib, ochiq qo’yilgan

3

.

Zardushtiylikdagi ko’plab marosimlarning odatlari xalqimizning turmush tarzida bugungi

kungacha saqlanib qolgan. Jumladan, dehqonlarimizning hayoti, mehnati va hosilni yig’ish bilan
bog’liq holda o’tkaziladigan bayramlarning ko’pchiligi bevosita zardushtiylik an’analari bilan
bog’liqdir. Xalqimiz dehqonlar yerga urug’ qadash munosabati bilan “Dalaga qo’sh chiqarish”,
“Shoxmoy”, “Ekin sayli”, “Qo’sh oshi” nomlari bilan yuritiluvchi maxsus marosimlarni
o’tkazgan.

Hosilni yig’ib olishda esa g’allakorlar tomonidan “Ona bug’doy”, “Xirmon to’yi”, “Hosil

bayrami” kabi tantanalar o’tkazilgan. “Ona bug’doy” marosimida oxirgi tutam bug’doy “Ona
bug’doy” deb atalib, uni o’rib olinganidan so’ng, maxsus tutamni xonadonga eltib, uyning to’riga

1

Ashirov A “Avesto”dan meros marosimlar-T.;2001. 6-bet

2

Qoraboyev U, Soatov G’ O’zbekiston madaniyati-T.; 2001. 53-bet

3

Ashirov A “Avesto”dan meros marosimlar-T.;2001. 20-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

228

osib qo’yganlar va bahorgacha avaylab saqlaganlar. Bahorda uning bir qismidan non (patir)
yopilib, dalaga don sepishga chiqqan dehqonlarga ulashib beriladi, qolgan qismidan esa urug’lik
don sifatida foydalaniladi. G’allakorlar “Ona bug’doy”dan tayyorlangan nonni yeb: “Bu yil ham
hosil mo’l-ko’l bo’lsin, “Ona bug’doy” o’zi qo’llasin, Bobo dehqon madadkor bo’lsin!” deya duo
qiladilar va qolgan donni birinchi urug’lik sifatida sepadilar.

Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, Navro’z, Mehrjon bayramlarida ona

zaminga, dehqonchilik, chorvachilik va vatanga bo’lgan muhabbat ruhi, ayniqsa, ulkan qudrat
bilan yaqqol ko’rinadi. Navro’zning kelib chiqishi haqida ko’plab rivoyatlar va afsonalar mavjud.
Jumladan, zardushtiylar davridagi ba’zi bir tushunchalarga qaraganda, ezgulik ilohi Ahuramazda
bahor yozda, yomonlik ilohi Ahriman kuzda va qishda hukmdorlik qilar emish.

Bahorning birinchi kunini yaxshilik xudosi yomonlik xudosi ustidan g’alaba qozongan

muqaddas sana deb uni bayram qilishgan. Boshqa qadimiy afsonaga qaraganda, Odam ato va
Momo havo uchrashgan kun “Navro’z bayrami” deb tan olingan emish. Bugungi kunda Navro’z
bayrami bundan 3,5—4 ming yil burun bizning o’lkamizda paydo bo’lganligi ilmiy nuqtai
nazardan isbotlangan. “Navro’z”ning yuzaga kelishi har tomonlama ilmiy asoslangan koinot va
tabiat qonuniyatlari, ya’ni Quyoshning hamal burjiga kirishi, kecha va kunduzning vaqt jihatidan
barobarlashishi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi, bahorning
kelishi bilan bog’liqdir.

Qolaversa, zardushtiylarda boychechakning chiqishi, lolaqizg’aldoqlarning ochilishi,

bodomning gullashi, umuman bahor bilan tabiatning go’zallashib borishi — ezgulik ruhining
tantanasi bilan ularning har biri katta shodiyonalarga sabab bo’lgan

4

.

Folklyorshunos To’ra Mirzayevning yozishicha, “Navro’z haqidagi tarixiy ma’lumotlar

davrlar o’tishi bilan turli o’zgarishlarga uchrab, afsonayu rivoyatlar qobig’iga o’ralgan holda
bizning kunlargacha yetib kelgan. Ana shunday afsonalarning aksariyati Navro’zning vujudga
kelishini afsonaviy Jamshid nomi bilan bog’laydi”. Shunday afsonalardan biriga ko’ra Jamshid
Mozandaron o’rmonida tovushqon ovlab yurgan paytda, bir sehrli ilonni ko’rib kamondan o’q
uzibdi. Ilon bir qoyatoshning ostidagi kovakka kirib, ko’zdan g’oyib bo’libdi.

Jamshid kamonidan uzilgan o’q esa toshga tegibdida, toshdan uchqun chiqib quruq xas-

cho’plarning ustiga tushib yona boshlabdi. Shu damgacha olov nimaligini bilmagan odamlar bu
mo’jizadan lol qolib, darhol olovga sajda qilibdilar. Shundan beri odamlar olovni muqaddas bilib,
uni o’chirmaslikka harakat qilishibdi. Jamshid olovni kashf etgan kunni esa yangi kun, ya’ni
Navro’z sifatida bayram qiladigan bo’libdilar

5

.

Zardushtiylik dini qadimda o’tmish ajdodlarimizning hayotidagi asosiy diniy e’tiqodlardan

biri bo’lishi bilan birga islom dini kirib kelgandan keyin xalqimizning turmush-tarzida ham o’z
izlarini saqlab qolgan va hattoki xalqimizning bugungi kundagi oila-turmush marosimlarida ham
tadbiq etilib kelmoqda.

Bajarilayotgan marosim va urf-odatlarda zardushtiylik izlari islomiy marosimlar bilan

birgalikda sinkretik tarzda, boshqacha aytganda, zardushtiylik marosimlari bilan an’ana va urf-
odatlarning izlari avlodlardan avlodlarga odat tariqasida saqlanib kelmoqda.

4

Ashirov A “Avesto”dan meros marosimlar-T.;2001. 11-bet

5

Qilichev R, Qilichev F Markaziy Osiyo zardushtiylik davrida-T.;2016. 116-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

229

Xullas, zardushtiylik e’tiqodining o’zbek xalqi turmush tarzidagi izlarini tadqiq qilish

natijasida zardushtiylik o’tmish ajdodlarimizning e’tiqodiy qarashlari tizimida asosiy o’rinlardan
birini egallaganligiga va azaldan bizning zaminimizda vujudga kelganligiga yana bir bor amin
bo’ldik.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zardushtiylik dini bilan bog’liq bo’lgan qadimiy

marosim, urf-odat va bayramlarimiz ajdodlarimizning tabiiy ehtiyojlari zaminida paydo bo’lgan.
Shu boisdan ham ular tabiat bilan uzviy bog’liq va har biri mednat jarayoni hamda turmushning
muhim voqealariga bag’ishlangan.

REFERENCES

1. Авесто. Ахурамазда қасидаси. А. Маҳкам таржимаси. Санъат, 1991
2. Ashirov A “Avesto”dan meros marosimlar-T.;2001.
3. Qoraboyev U, Soatov G’ O’zbekiston madaniyati-T.; 2001.
4. Qilichev R, Qilichev F Markaziy Osiyo zardushtiylik davrida-T.;2016.



















Bibliografik manbalar

Авесто. Ахурамазда қасидаси. А. Маҳкам таржимаси. Санъат, 1991

Ashirov A “Avesto”dan meros marosimlar-T.;2001.

Qoraboyev U, Soatov G’ O’zbekiston madaniyati-T.; 2001.

Qilichev R, Qilichev F Markaziy Osiyo zardushtiylik davrida-T.;2016.