VATANPARVARLIK TUSHUNCHASI, UNING PSIXOLOGIK MAZMUN-MOHIYATI TO’G’RISIDA MILLIY VA XORIJIY OLIMLARNING PSIXOLOGIK YONDASHUVLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada vatan, vatanparvarlik borasida ajdodlarimizning fikr mulohazalari, vatanparvarlik tuyg’usining mohiyati haqida milliy va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari taxlil qilingan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
G’ovsiddinova, N. (2025). VATANPARVARLIK TUSHUNCHASI, UNING PSIXOLOGIK MAZMUN-MOHIYATI TO’G’RISIDA MILLIY VA XORIJIY OLIMLARNING PSIXOLOGIK YONDASHUVLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 227–231. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139284
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada vatan, vatanparvarlik borasida ajdodlarimizning fikr mulohazalari, vatanparvarlik tuyg’usining mohiyati haqida milliy va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari taxlil qilingan.


background image

227

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

VATANPARVARLIK TUSHUNCHASI, UNING PSIXOLOGIK MAZMUN

-

MOHIYATI

TO’G’RISIDA MILLIY VA XORIJIY OLIMLARNING PSIXOLOGIK

YONDASHUVLARI

G’ovsiddinova Nozanin Sunnatullo qizi

Jamoat xavsizligi universiteti

“Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash”

kafedirasi 1-kurs magistranti,

el-pochta:

nozaningovsiddinova@gmail.com

tel: +998933-662-20-24

https://doi.org/10.5281/zenodo.17560057

Annotatsiya

. Ushbu maqolada vatan, vatanparvarlik borasida ajdodlarimizning fikr

mulohazalari, vatanparvarlik tuyg’usining mohiyati haqida milliy va xorijiy olimlarning ilmiy
izlanishlari taxlil qilingan.

Kalit so’zlar:

vatan, vatanparvarlik, yoshlar, uchunchi renessans, dolzarb muammolar,

Amerika yoshlari, vatanparvarlikning psixologik tuzilmasi.

THE CONCEPT OF PATRIOTISM, ITS PSYCHOLOGICAL CONTENT-ESSENCE OF

NATIONAL AND FOREIGN SCIENTISTS' PSYCHOLOGICAL APPROACHES

Annotation.

This article analyzes the views of our ancestors on the homeland, patriotism,

scientific research of national and foreign scientists on the essence of the feeling of patriotism.

Keywords:

homeland, patriotism, youth, third renaissance, current problems, American

youth, psychological structure of patriotism.

ПОНЯТИЕ ПАТРИОТИЗМА, ЕГО ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ

СОДЕРЖАНИЕ – СУЩНОСТЬ В ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ПОДХОДАХ

ОТЕЧЕСТВЕННЫХ И ЗАРУБЕЖНЫХ УЧЕНЫХ

Aннотация.

В статье анализируются представления наших предков о Родине и

патриотизме, а также научные исследования отечественных и зарубежных учёных о
сущности чувства патриотизма.

Ключевые слова:

Родина, патриотизм, молодёжь, Третий ренессанс, актуальные

проблемы, американская молодёжь, психологическая структура патриотизма,

Barchamiz guvohi bo’lyabmizki dunyoda bo’lib o’tyotgan turli taxlikali vaziyatda har bir

yosh avlodning o’z ma’naviy jihatdan barkamol, yetuk inson bo’lishi, har bir vaziyatga har
taraflama mantiqan o’ylab, tafakkur qilib, xulosa chiqarishi va harakatlanishi, xushyor va ogoh
bo’lishi talab qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan har tomonlama yangilanish va

rivoshlanish davrida va har bir tizimini qayta, to‘liq modernizatsiya qilishning hozirgi
bosqichida, eng ilgʼor, eng jonkuyar, eng vatanparvar, jamiyatimiz manfaatlariga sodiq,
yoshlarimizni keng qamrovli oʼrganish, uni psixodiagnostik usullar bilan baholash hamda ularda
vatanparvarlik ruhini rivojlantirishga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar, ilmiy modellar ishlab
chiqish dolzarb masalalardan biri ekanligi belgilandi.

Jumladan, harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston

Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish
bo‘yicha qabul qilingan strategik hujjatlarni amalga oshirish doirasida har tomonlama
rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek,

Vatanimizga xizmat qilishga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha keng miqyosli ishlar

amalga oshirilmoqda.


background image

228

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Shu bilan birga, milliy qadriyatlarga, xalqlarning madaniyatiga va o‘zligiga bo‘lgan

tahdidlar, yod g‘oyalarni singdirishga bo‘layotgan urinishlar kuchayib borayotgan globalizatsiya
jarayonlari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlam bo‘lib qolayotganligi sababli
bu yo‘nalishda qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi dolzarb vazifalardan biri
bo‘lib qolmoqda [1].

Uchunchi renessans davri har birimiz o’z oldimizga ushbu savollarni qo’yishimiz va

shu savollarni ijobiy yechim topishini maqsad qilishimiz kerak.

1.Z-avlod Qanday ish bilan shug’illanyabdi ?
2.Bugungi kunda yoshlar qay darajada milliy qadryatlarimiz, an’analarimizga muonand

tarzda harakatlanyabdi ?

3.Yoshlarda idrok, tafakkur, irodaviy sifatlar, muloqot, sabr, qatiyatliylik sifatlari

bugungi kunda qay darajada shakllangan?

2. Yoshlarning bugungi hayot tarzi qanday va bu kiyingi 5 va 10 yilda o’zi va jamiyatga

qanday effekti bor?

Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-iyun kuni “Yoshlarni

harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (267-son) qabul qilindi. Shunga asosan 2023-2027 yillarda
«Yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalash» samaradorligini oshirish konsepsiyasi ishlab
chiqilgan. Uni amalga oshirish boyicha esa «Yo‘l xaritasi « ham belgilab olingan. Qaror bilan
2023-2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini
oshirish kontseptsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

1

Mamlakatimizda olib borilayotgan chora tadbirlarning o’zi har tomonlama bugungi

kunda bir tanu bir jon bo’lib har bir yosh avlodni ham ma’nan ham jismona va eng muhimi
psixologik barkomol shaxs bo’lishi va vatanni kamol topishi uchun birgalikda harakat qilishimiz
shart hisoblanadi.

Vatan - bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir.

Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga еtgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-
odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Vatan ona
kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol bеradigan zamindir.

Abdulla Avloniy aytganidеk: «Har bir kishining tug`ilib o‘sgan shahar va mamlakatini

shul kishining vatani dеyilur. qar kim tug`ilgan, o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz
turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik
issiq cho‘llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik еrlarni boshqa еrlardan
ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi turonlik oson еrlarga o‘z vatanlarini tashlab
hijrat qilurlar edi»

2

Vatan - bu xalqning o‘tmishi, buguni va kеlajagidir. Vatan - muqaddas

qadriyat. Taraqqiyot vatandan boshlanadi.U insonning kindik qoni to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy
еtimlikdan asrovchi manzil, ma'naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik
va baxt-saodat o‘choqidir.Inson uchun vatan yagonadir.

Vatanning katta-kichigi ham, boy-kambag’ali ham bo‘lmaydi. Vatan tanlanmaydi.
Vatan bizning molimiz emas. Shuning uchun ham u pulga sotilmaydi va sotib olinmaydi.
Vatan in'om etilmaydi, qarzga bеrilmaydi. Vatan har bir fuqaro uchun muqaddas va

bеtakrordir.

1

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining. (2023, 06 26). Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida

tarbiyalash .

267-sonli qarori

.

2

Abulla Avloniy “ Turkiy Guluston ,yoxud axloq’’

www.ziyouz.com

16-bet


background image

229

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Vatanni eng oliy nе'mat singari boshimiz uzra baland ko‘tarib, har on va har soniyada

uning tuproqini ko‘zlarga surtib, unga ta'zim bajo aylashimiz farzandlik burchimizdir. Vatan
mеhrini, vatan sеhrini, uning mo‘'tabarligiyu uluqvorligini so‘z bilan ifodalash qiyin. Har bir
barkamol inson vatan kamoloti va istiqboli, el-yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun hamma
narsani, hatto shirin jonini ham ayamaydi. Bu haqda mavlono Fuzuliyning, mеning bitta hayotim
bor, bordiyu mingta hayotga ega bo‘lgan taqdirimda ham hammasini vatan uchun sarflagan
bo‘lur edim, dеb aytgan so‘zlari har birimiz uchun bеbaho o‘gitdir. Vatanni his qilgan -
anglagan insongina vatanparvarlik tushunchasini mazmun-mohiyatini his qiladi.

Vatanparvarlik hammamizning o‘z ishimizga mas'uliyat bilan qarash, vatanning

boyliklarini ko‘z qorachiqiday asrash, boyliklariga boylik qo‘shishga o‘z ulushimizni qo‘shish,
ilm-fan cho‘qqilari sari intilish va boshqalardir. Vatanparvarlik bir so‘z bilan aytilganda o‘z
ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga
imkon darajasida hissa qo‘shish:

-

ona

yurtimizda

tinchlik,

barqarorlik

va

osoyishtalikni

saqlashga

intilish

vatanparvarlikning bеlgisidir;

-

vatanparvarlik – xalqaro munosabatlarda vatan, millat manfaatlarini birinchi o‘ringa

qo‘yishdir.

-

Vatanparvarlik bu sadoqatdir, e’tibor, adolat, vafo, harakatdir.

Vatanparvarlik

— kishilarning ona yurtiga, o‘z oshyoniga muhabbati va sadoqatini

ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo‘lgan,
asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma’naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy
jihatdan Vatanparvarlik kishilarning o‘z vatanlari taqdiri bilan bog‘liq ijtimoiy rivojlanish,
xalqlarning o‘zlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yo‘lidagi kurashi
jarayonida takomillashib kelgan his-tuyg‘ular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning o‘tmishi va
hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon bo‘ladi.

AQSHda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish masalasiga juda katta e’tibor

qaratiladi. Chikago universitetining tadqiqotlariga ko‘ra Amerika xalqi milliy g‘ururi
Venesueladan keyin ikkinchi o‘rinda turishi aniqlangan. Amerikada vatanparvarlik tuyg‘usini
shakllantirish kichik maktab yoshi davridan ta’lim va tarbiya maskanlarida olib boriladi.

Amerika yoshlari boshqa davlat yoshlaridan farqli o‘laroq dars mashg‘ulotlarini davlat

madhiyasi va Vatanga qasamyod qilish bilan bilan boshlaydi. Maktabda yoshlarni “Amerika haq,
chunki u haq” g‘oyasini singdirish va milliy bayramlar, jumladan, 4-iyul mustaqillik kuni, 12-
oktayabr Amerika kashf qilingan kun (Kolumb kuni), noyabr oyida “Shukronalik kuni”, 11-
noyabr kuni Amerika uchun kurashgan shaxslarni yod olish kuni munosabati bilan paratlar
ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishi ularda o‘z davlati va millatga nisbatan vatanparvarlik tuyg‘usini
shakllantirishga zamin yaratadi. Yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlar AQSh me’yoriy-
huquqiy normalarida o‘z aksini topgan.

Xitoyda vatanparvarlik tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratiladi. Xitoyda vatanparvarlik

tuyg‘usi shakllanishi ularning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadimgi tarixi va bir tomondan
jamoaviy mehnat qilish, ikkinchi tomondan milliy psixologik fazilatlar (qat’iy intizom,
shaxsning jamoaga nsbatan yuqori darajadagi bog‘liqligi, shaxsning o‘ziga xos tabiati,
hamdardlik) hamda qadiriyatlari bilan bog‘liq. Bu mamlakatda vatanparvarlik yangilangan Xitoy
mintaqalari va xalqini birlashtirgan va siyosiy to‘ntarishning barcha qiyinchiliklarini yengishga
yordam bergan yuqori darajadagi jamoaviy jipslik bilan taqqoslanadi. Vatanga muhabbat,
hokimiyatga sodiqlik va ishonch Xitoy jamiyatining o‘zgarmas qadriyatlaridir.


background image

230

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Xitoy Xalq Respublikasining asosiy huquqiy hujjati – Xitoy Xalq Respublikasi

Konstitutsiyasida (24-modda) shunday deyilgan: “Davlat Vatanga, xalqqa, mehnatga, fanga,
sotsializmga muhabbat bilan ajralib turadigan, vatanparvarlik, kollektivizm va internatsionalizm,
kommunizm, xalq orasida dialektik va tarixiy materializmga asoslangan ta’limni amalga
oshiradigan jamoat axloqini anglatadi”[5]. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi
universiteti “Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash”
kafedrasi kafedrasi dotsenti psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sirliyev Erkin
Nazarovichning qiyosiy ta’xlillarida biz bevosita chet-el va O’zbekiston

madaniyatida

vatanparvarlik tushunchasini har bir davlatning milliy qadriyatlari ,qonun qoidalari asosida
shakllanganligining guvohi bo’lamiz.

Shaxsda vatanparvarlikning psixologik tuzilmasini tadqiq qilgan V.N.Myasishchevning

fikricha, vatanparvarlik komponentlari shaxsning davlatga, xalqqa va o‘z-o‘ziga nisbatan
quyidagi munosabatlarida namoyon bo‘ladi[6,53]:

davlatga munosabat – davlat ramzlarini, davlatning tarixiy, madaniy an’analarini, davlat

tilini bilish va ularga nisbatan munosabatda ko‘rinadi;

xalqqa munosabat – xalqning mentaliteti, qadriyatlari, asosiy xususiyatlarini anglash,

vatanparvarlik, millatchilik, egotsentrizm, xalqning tinchlik va harbiy safarbarlik holatiga
munosabat, xalq manfaatida vatanparvarlikni ifoda etishga ehtiyojini his qilishda ifodalanadi;

shaxsning o‘ziga vatanparvar sifatida munosabat – o‘zining huquqlarini, burch hamda

majburiyatlarini bilishida namoyon bo‘ladi.

V.N.Myasishchevning fikrisha shaxsning vatanparvarlik tuyg’usi 3 komponent asosida

namoyon bo’lishini o’rgandik va obektivlik asosida taxlil qilingan , men o’ylaymanki shaxsning
individual xususiyatlari asosida ham taxlil qilish yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini yanada
rivojlantrishga imkon bo’ladi .

Xulosa qilib, vatanparvarlik — bu insonning o‘z Vatani bilan bevosida champarchas

bog‘liqligi, uning taraqqiyotida faol ishtirok etish istagi, hamda o‘z xalqining qadriyatlari va
manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan psixologik holatdir. U shaxsning ijtimoiy yetukligi,
axloqiy qadriyatlari va fuqarolik ongining ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi.

Vatanparvarlikni shakllantirish jarayonida psixologik mexanizmlar — identifikatsiya,

iroda, ijtimoiy ta’sir, o‘zini anglash va ijtimoiy emotsiyalar muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bu
tuyg‘uni rivojlantirish ta’lim-tarbiya tizimi, ommaviy axborot vositalari va madaniy muhit orqali
izchil qo‘llab-quvvatlanishi zarur. Biz yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg’usini shakllantrishimiz
uchun ularning shaxs xususiyatlarini bilishimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy-
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va
davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-4375-son qarori..

2.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining . (2023, 06 26). Yoshlarni harbiy
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash .

267-sonli qarori

.

3.

Abulla Avloniy “ Turkiy Guluston ,yoxud axloq’’

www.ziyouz.com

16-bet

4.

Mamatov X.T., Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qonun va qonunosti
hujjatlarining ahamiyati.Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ilmiy maqolalar to‘plami. –
Samarqand: O‘R QK KMTM, 2024 214- 218.bet


background image

231

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

5.

Sirliyev Erkin Nazarovich

https://doi.org/10.53885/edinres.2024.04.2.051

6.

Мясищев В.Н., Социальная психология личности. - Л.: 1974. С. 53

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-4375-son qarori..

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining . (2023, 06 26). Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash . 267-sonli qarori.

Abulla Avloniy “ Turkiy Guluston ,yoxud axloq’’ www.ziyouz.com 16-bet

Mamatov X.T., Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qonun va qonunosti hujjatlarining ahamiyati.Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ilmiy maqolalar to‘plami. – Samarqand: O‘R QK KMTM, 2024 214- 218.bet

Sirliyev Erkin Nazarovich https://doi.org/10.53885/edinres.2024.04.2.051

Мясищев В.Н., Социальная психология личности. - Л.: 1974. С. 53