FUTBOLCHILARNI SARALAB OLISHNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI

Annotasiya

Maqolada futbolchilarni tanlab olish va saralash muammosining o‘rganilganligi, mavjud muammolari va ularni qanday hal qilish yo‘llari muhokama qilingan. Futbolda saralab olish bo‘yicha olib borilgan ishlarni dolzarbligi, bugungi kunda futbolchilarni saralab olish va tayyorlashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlar bo‘yicha xulosalar berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Igamberdiyev , O. (2025). FUTBOLCHILARNI SARALAB OLISHNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(9), 77–85. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/136355
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada futbolchilarni tanlab olish va saralash muammosining o‘rganilganligi, mavjud muammolari va ularni qanday hal qilish yo‘llari muhokama qilingan. Futbolda saralab olish bo‘yicha olib borilgan ishlarni dolzarbligi, bugungi kunda futbolchilarni saralab olish va tayyorlashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlar bo‘yicha xulosalar berilgan.


background image

77

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

FUTBOLCHILARNI SARALAB OLISHNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI

Igamberdiyev Obidjon Rubdulla o‘g‘li

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti v.b.

obidjoni117@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17048841

Annotatsiya.

Maqolada futbolchilarni tanlab olish va saralash muammosining

o‘rganilganligi, mavjud muammolari va ularni qanday hal qilish yo‘llari muhokama qilingan.

Futbolda saralab olish bo‘yicha olib borilgan ishlarni dolzarbligi, bugungi kunda

futbolchilarni saralab olish va tayyorlashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlar
bo‘yicha xulosalar berilgan.

Kalit so‘zlar

: Saralab olish, taqqoslash, empirik usul, jismoniy va ruhiy zahiralar,

fiziologik omillar, tavsifiy usullar, kompleks usul.

Аннотация.

В статье рассматривается проблема отбора и квалификации

игроков, рассматриваются существующие проблемы и пути их решения.

Обосновывается актуальность проводимых работ по отбору в футболе, а также

даются выводы о необходимых исследованиях в области отбора и подготовки игроков на
современном этапе.

Ключевые слова:

Отбор, сравнение, эмпирический метод, физические и

психические резервы, физиологические факторы, описательные методы, комплексный
метод.

Annotation.

The article examines the problem of selection and qualification of players,

considers existing problems and ways to solve them. The relevance of the work carried out on
selection in football is substantiated, and conclusions are given on the necessary research in the
field of selection and training of players at the present stage.

Keywords:

Selection, comparison, empirical method, physical and mental reserves,

physiological factors, descriptive methods, complex method.

Dolzarbligi.

Bugungi kunga kelib yurtimizda yoshlarni ommaviy va professional sport

bilan shug‘ullantirish, shu orqali aholi salomatligini yaxshilash, millat genofondini
mustaxkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Shuningdek,

futbol

bilan shug‘ullanish uchun yetarli shart

-sharoitlarni yaratish,

uzoq yillarga mo‘ljallangan

istiqbolli reja va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, terma jamoalar va professional
futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish, iqtidorli futbolchilarni aniqlash, tanlash va
saralash (seleksiya) tizimini joriy qilish

bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirilmoqda.

Oxirgi yillarda futbol bo‘yicha chiqarilayotgan farmon va qarorlarning deyarli barchasini

birinchi xatboshisi futbolchilarni tanlab olish va saralash bilan boshlanmoqda. Bu shundan
dalolatki, saralab olish borasida hali aytarli ishlar qilinmagan. Shuningdek, futbolchilarni saralab
olish

mamlakatimiz futbolini rivojlantirish uchun kechiktirib bo‘lmas darajada dolzarb

masaladir. Futbol

eng ommabop va qiziqarli sport turlaridan biridir. Futbolchilarni yuqori

saviyada tayyorlash mutaxassislar oldida turgan ulkan vazifa bo‘lish bilan birga futbol
ixlosmandlarini ham befarq qoldirmaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mamlakatimizda

futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda

professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish, trener va hakamlarni xalqaro


background image

78

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

talablar asosida tayyorlash va mahoratini yuksaltirish

kabi asosiy yo‘nalishlarni belgilab bergan

2023-yilning 7-aprelida qabul qiling

an “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama

rivojlantirishning qo‘shimcha chora

-

tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ

-115-sonli Qarorida yoshlarni

futbolga qiziqishini oshirish, bu boradagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, ularning futbol
bilan shug‘

ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish,

uzoq yillarga mo‘ljallangan

istiqbolli reja va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, terma jamoalar va professional
futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish, iqtidorli futbolchilarni aniqlash, tanlash va
saralash (seleksiya) ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish, futbolchilarni tayyorlash

bo‘yicha o‘quv

-

uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish

,

yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh

futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yo‘lga qo‘yish, bolalar va o‘smirlarda futbol bilan
shug‘ullanish qobiliyatini erta aniqlash va ularda futbolga bo‘lgan barqaror qiziqishni

rivojlantirish,

futbol mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun malakali trenerlar tarkibini tanlash, o‘quv

-

tarbiya tizimini tashkil etishning eng yangi usullarini qo‘llagan holda sport zaxirasi va yuqori
mahoratli futbolchilar tayyorlash yuzasidan o‘quv

-

mashq jarayonini yo‘lga qo‘yish

bo‘yicha

keng qamrovli ishlarni amalga oshirish lozimligi belgilab berilgan [1,2,3].

Yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish (seleksiya) tizimi

va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol bo‘yicha sport maktablari faoliyatini yangi
bosqichga ko‘tarish kabi masalalar dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Professional
sportchilar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh

futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish, ularni
bosqichma-

bosqich professional tayyorgarlikdan o‘tkazib borish orqali futboli rivojlanayotgan

davlatlarning yetakchi klublariga “futbolchilar eksporti” ni amalga oshirish tizimini yo‘lga
qo‘yishni davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qarorlarda ham o‘z aksini topganligi

futbolda tanlab olish va saralash tizimining yuqori darajada emasligi, sohaga yangi qarashlar va
ishlanmalarni kiritishga muhtojligini isbotlab bermoqda [4,15,22,25,28].

Futbol amaliyotining tarkibiy qismlarini tahlil qilishimiz natijasida unda diagnostikaning

ilmiy asoslangan sistemasi hamda yosh futbolchi kelajagini aniqlash masalalari ko‘rsatib
o‘tilmagani aniqlandi. Ayni vaqtda tanlab olish va saralash, pedagogik nazorat va o‘yinchilarni
o‘rgatish jarayonlari doimo takomillashib boradi. O‘rganilgan adabiyotlardan shu ma’lum
bo‘ldiki, futbol sohasida tanlab olish va saralashning uchta turi ishlatiladi:

1. Bolalarni ularda futbolga qiziqish endi boshlanib kelayotgan paytdanoq birin-ketin

tanlab olinaveradi. Tanlab olish usullari takomillashtirish va mashg‘ulotning oddiy sharoitlari
davrida va uyushmagan holda o‘yinlar o‘ynash davrida boshlanadi. Bunda futbolga ishqibozlik
va yaxshi o‘ynash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘yinchi qanchalik yaxshi o‘ynasa,
uning futbolga bo‘lgan havasi shunchalik ortadi va aksincha. Tanlab olishda yosh

futbolchilarning yutuqlari bir-

birlariga taqqoslab ko‘riladi, keyinchalik ularning xarakteristikalari

mashhur futbolchilar xarakteristikalari bilan solishtiriladi. Shunday bo‘ladiki, o‘smirlar
tayyorgarlikning ba’zi jihatlarida orqada qoladilar, lekin bu ularning yaxshi o‘yin
ko‘rsatishlariga to‘sqinlik qilmaydi. Ular o‘zlari uchun ta’bir joiz bo‘lsa, kompensatsion omil
yaratadilar. Masalan, shunday o‘yinchilar borki, ular o‘zlari sekin yugursalarda yoki kam harakat
qilsalarda o‘yinning borishini juda yaxshi sezadilar va o‘z vaqtida to‘pni aniq oshirib boradilar.

2. Empirik tanlab olish

bu murabbiylar tomonidan tajriba asosida tanlab olishning eng

ko‘p qo‘llaniladigan turi. Bu yerda gap pedagogik tadqiqotni belgilash (yoki ekspert baho)
haqida boradi. Tajriba ko‘p jihatdan shundan iboratki, murabbiy ma’lum bir o‘yinchini “bebaho
model” bilan taqqoslab ko‘radi.


background image

79

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Bu model ehtimol bo‘lmasligi mumkin, balki u jahonga mashhur o‘yinchidir. Tajriba

sifati murabbiyning bilimi va tajribasiga, uning “bebaho model” ni tushunishiga bog‘liq. Birinchi
o‘rinda futbolchining hatti

-

harakatidan kelib chiqadigan umumiy taassurotlar turadi. Ko‘pgina

trenerlar talantlarni tanlab olish qobiliyatiga ega bo‘ladilar, ular asosan o‘yinchilarni shu yo‘l

bilan tanlab oladilar.

Tajriba yordamida o‘yinchining eng yaxshi tomonlarini aniqlab olish mumkin, lekin

oldindan biror narsa deyish qiyin bo‘ladi. O‘smirlar jamoalarida a’lo o‘yin ko‘rsatgan o‘yinchilar
katta futbolga o‘tganlaridan so‘ng o‘rtacha o‘yinchi bo‘lib qolganliklari va aksincha, avval
o‘rtacha o‘yinchi keyinchalik a’lo darajadagi futbolchiga aylanganligi haqida misollar ko‘p.

O‘yinchini tajribaga asoslanib tanlab olishda ham hatoliklar bo‘lishi mumkin.

O‘yinchilarni tanlab olishda an’anaga ko‘ra jismoniy sifatlar va to‘pni olib yurish

texnikasiga katta e’tibor beriladi, o‘yin davomida fikrlash esa keyingi rejada qolib ketadi.

Murabbiy ko‘pincha o‘yinda fikrlashni futbolchining taktik mahoratiga qarab baholaydi,

tanlab olishning eng asosiy davri yosh bo‘lgan va hali mahorat yetishmagan vaqtga to‘g‘ri
keladi. Bunday holatda o‘yindagi fikrlashning o‘sib borishini aniqlash qiyindir. Lekin taktik
mahorat oshib borgan taqdirda ham o‘yin davomidagi fikrlashni baholab bo‘lmaydi, chunki
taktik mahorat yaxshi o‘yin harakatlaridan kelib chiqadi, o‘yin harakatlari esa ko‘plab

faktorlarga egadir.

3. Kompleks tanlab olish

bunda murabbiy, shifokor va psixolog ishtirok etishi ko‘zda

tutiladi. Ko‘plab tadqiqot ishlari va testlarni tahlil qilish natijasida biz yosh talantlarning
kelajakda o‘sishi haqida aniq fikr ayta olamiz. Futbolchilarning sport mashg‘ulotlarini yaxshi
o‘tkazishi ko‘p jihatdan ular tayyorgarligining o‘sishini to‘g‘ri nazorat qilib borish bilan
bog‘liqdir. Keyingi yillarda sportchilarning qanday tayyorgarlik ko‘rayotganliklarini kuzatish
metodikasiga katta ahamiyat berilmoqda. Murabbiy nazorat tizimiga mashg‘ulotlarning eng
kerakli tomonlarini kiritadi, ba’zi vaqtlarda u buning uchun maxsus qo‘shimcha jihozlardan ham
foydalanadi. Ko‘p hollarda nazorat sinovlari va testlardan foydalaniladi. Pedagogik nazorat

tezkorlik sifatlari, kuch, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, koordinatsion qobiliyatlar,

texnik usullarni egallash va boshqalarning o‘sishini o‘zichiga oladi [6,8,9,20, 24,26,30,31].

Bir necha o‘yinlar davomida pedagogik kuzatishlar olib borish tanlab olishning asosiy

metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metodika orqali faqat texnika va taktika ko‘rsatkichlari
hisobga olinadi, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga esa e’tibor berilmaydi. Bundan tashqari,
pedagogik kuzatishlar ko‘rsatkichlari ko‘pgina hollarda shartli hisoblanadi, chunki u sportchini
ma’lum sharoitlarda, tekshiruvchining o‘zi ishtirok etayotgan jamoa tarkibi hamda raqib jamoa
tarkiblari chegaralanib qo‘yishini xarakterlaydi. Tanlab olishning boshqa metodi bo‘yicha
murabbiylar sportchilarga anketalar tuzadilar. Informatsiyaning nisbatan ko‘p bo‘lishidan qat’i

nazar, bu metod ancha-

muncha kamchiliklarga ega. Bu sub’yektiv xarakterdadir. Bu

sub’yektivlik murabbiyning o‘z shogirdini tarbiyalashda, ayniqsa “o‘zi yaxshi ko‘rgan”
o‘quvchisiga e’tibor berishida seziladi. Murabbiy baholaydigan vaziyatlardagi boshqa bir
sub’yektivlik o‘sha murabbiyning shaxsiy holatiga, uning ish tajribasiga hozirgi zamon futboli
holatini to‘g‘ri va chuqur tushunishiga bog‘liqdir [7,8,10,11,13,16,18,21,26,29,32].

Ba’zi tadqiqotchilar qobiliyatlar umumiy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanishga bog‘liq

emasligini ta’kidlashadi. Ushbu qoida bolalarning sportdagi qobiliyatlarini o‘rganish uchun katta

uslubiy ahamiyatga ega. Harakat qobiliyatlarining

paydo bo‘lish xususiyatini, ya’ni

irsiyat bilan

yoki hayot davomida orttirib olingan

omillar bilan qay darajada bog‘liqligini bilish

muhim.


background image

80

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Egizak usuli yordamida genetik

omillarga bog‘liqlik bo‘yicha ustunlik

morfologik

belgilarga tegishli

ekanligi isbotlangan bo‘lib

, ayniqsa bu

tananing bo‘ylama o‘lchamlari,

bo‘g‘imlardagi

harakatchanlik, mushaklar nisbiy kuchi, tezkorlikning

barcha ko‘rinishlar

i,

m

aksimal kislorod iste’moli ko‘rsatkichlari va boshqalar

ga taalluqlidir [8,9,12,14].

V. K. Balsevich

sportga yo‘naltirish muammosini o‘rganib chiqib, turli

sport turlariga

bo‘lgan

qobiliyatlarni baholashning eng samarali

yo‘li, bu

yetarlicha uzoq muddatli kuzatuvlar

natijasida amalga oshirilishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Boshqacha aytganda, sport turini

tanlashning uzoq muddatli jarayoni davomida, ya’ni hayotning turli davrlarida qiziqish
yo‘nalishini aniqlashtirish va qobiliyatli sportchilarni rivojlantirishda aniq yo‘nalishni aniqlash
tufayli qayta yo‘naltirish mumkin. Sportga yo‘naltirish masalalarini boshlang‘ich tayyorgarlik
bosqichi doirasida o‘rganishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Ushbu bosqich jismoniy tarbiya
va sportga yo‘naltirishni tashkil etish va metodikasining asosi bo‘lishi kerak. Yosh avlodni sport
bilan to‘liq qamrab olish sharti bilan to‘g‘ri tashxis qo‘yish, iste’dodlarni topish (o‘zini namoyon
qiladigan) va bolalikdan jismoniy mashqlarga muhabbat uyg‘otish muammosini hal qilish
imkoniyatlarini yaratadi. Bola uchun eng munosib sport ampluasini to‘g‘ri aniqlash juda

murakkab muammo. Bunday holda, sportda saralash bilan birga bolaning jismoniy tarbiya va

sportga yo‘naltirilishini ham ta’minlash kerak. Bunday yo‘naltirishning mohiyati o‘quvchiga
“harakatlar alifbosi”ni o‘qitish jarayonida uning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda

jismoniy faoliyatning eng mos turini tanlash va kelajakda yuqori qoniqish darajasi bilan

qo‘llaniladigan jismoniy tarbiyaning afzal shakllari to‘g‘risida xulosa berishdir [12,17,23,30].

Sportda saralash muammosi ustida ish olib borib, tadqiqotlarni yanada rivojlantirish sport

ilm-

fanining ushbu sohasi metodikasini ishlab chiqish yo‘lidan borishi kerak, degan xulosaga

kelish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, insonning tabiiy iqtidoridan guvohlik beruvchi ma’lum bir
faoliyat turiga juda yuqori qobiliyat sport bilan shug‘ullanish uchun yuqori iqtidor uchun zarur
asos bo‘lib xizmat qiladi. Haqiqiy qobiliyatlar faqat ta’lim va tarbiya jarayonida namoyon
bo‘lishi mumkin va bu tug‘ma va orttirilgan, biologik va ijtimoiy murakkab dialektik birlikning
natijasidir. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida sportga yo‘naltirishning asosiy vazifasi bolaga
sportda takomillashish uchun to‘g‘ri sport turini tanlashda yordam berishdir. Ushbu
muammoning to‘g‘ri hal etilishi alohida olingan murabbiylar ishining samaradorligi bilan
birgalikda, juda chuqur ijtimoiy ma’noga ham egaligidan dalolat beradi. Sport bilan
muvaffaqiyatli shug‘ullanish yoshlarga o‘zining tabiiy moyilligini ochib berishga, qilingan
mehnatning natijalarini va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yaqqol his qilishga imkon beradi. Bularning

barchasi keyingi hayot uchun yaxshi poydevor va har qanday faoliyat sohasida faol pozisiyani
yaratadi.

Zamonaviy sportda saralash texnologiyalarining ajralmas qismi sportchilar ma’lumotlar

bazalarini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimlari hisoblanadi (S.P.Sich va hammualliflar,
1988, 1990). Bunday tizimlarning eng muhim vazifasi avtomatlashtirilgan rejimda saralash

bo‘yicha qaror qabul qilish uchun sportchilarning istiqbollari to‘g‘risida yakuniy xulosalarni

olishdir. Bunday avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining mavjudligi sportchilarning katta
kontingentini saralash masalalarini zamonaviy darajada hal qilishga imkon beradi
[5,9,12,18,27,28].

Sportchilarning istiqbollari bo‘yicha tashhislarning texnologik yechimlariga oid mavjud

bir nechta misollar ma’lum ijobiy natijalarga ega bo‘lib, kelajakda ularni takomillashtirish uchun

juda mustahkam asos ekanligiga ishonish mumkin. Yosh sportchilarni saralash muammosi
pedagogik, tibbiy-biologik va sosiologik tadqiqot usullariga asoslangan holda har tomonlama
ishlab chiqilishi kerak.


background image

81

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Mazkur pedagogik tadqiqot usullari jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini,

koordinasion qobiliyatlarni, xamda, yosh sportchilarning sport-texnik mahoratini baholashga
imkon beradi. Tibbiy-biologik tadqiqot usullari asosida morfofunksional xususiyatlar, tana
tizimlarining holati, sportchining jismoniy rivojlanish darajasi aniqlanadi.

Psixologik tadqiqot usullari yordamida sport kurashi jarayonida individual va jamoaviy

vazifalarni hal qilishga ta’sir qiluvchi sportchi psixikasining qobiliyatlari aniqlanadi va sport
jamoasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda sportchining o‘rni ham baholanadi. Sosiologik
tadqiqot usullari bolalarning sportdagi qiziqishlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish, sport bilan uzoq
muddat shug‘ullanish va yuqori sport natijalarini qo‘lga kiritish uchun motivasiyani

shakllantirishning sabab-oqibat munosabatlarini ochib berishga imkon beradi. Shunday qilib,

fanda sportda saralash faoliyatini sport bilan shug‘ullanish jihatidan iqtidorli yoshlarni izlashni

nazarda tutuvchi ijtimoiy faoliyatning mustaqil turi sifatida tushunish allaqachon shakllangan.

Xorijiy va mahalliy olimlar va yetakchi murabbiylarning ilmiy-metodik ishlarning tahlil

qilish shuni ko‘rsatdiki, jahon sport fanida asosiy muammolardan biri futbol uchun muhim
sifatlarning yuqori darajasiga ega, ushbu sport turi uchun xos bo‘lgan maxsus yuklamalarga
yaxshiroq moslashishga va o‘yin vaqtida o‘z imkoniyatlarini samarali amalga oshirishga qodir
bo‘lgan iqtidorli bolalarni sport mashg‘ulotlariga saralab olish hisoblanadi [16,18,22,26,31].

Tadqiqot natijalariga ko‘ra ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi

futbolchilarni saralab olishning ilmiy-nazariy asoslari quyidagi xulosalarni keltirib chiqardi:

1.

Futbolchilarni ko‘p yillik tayyorlash tizimiga oid ilmiy

-uslubiy adabiyotlar tahlili va

eng yaxshi amaliy tajribalarni umumlashtirishdan ma’lum bo‘lishicha futbolchilarni saralab olish

yuqori sport yutuqlariga erishish uchun ustuvor masalalardan biridir. Ularni saralab olish uchun
esa muayyan talablar

me’zonlar ishlab chiqilishi lozim. Jumladan, chuqurlashtirilgan tibbiy

ko‘rik ko‘rsatkichlari, biologik rivojlanishga muvofiq bo‘y

-

vazn ko‘rsatkichlari, to‘pga egalik

qilish texnikasi, yuqori darajadagi umumiy va maxsus jismoniy sifatlarning mavjudligi, yaqqol
ifodalangan va yashirin fiziologik, jismoniy va ruhiy zahiralari, jismoniy va texnik tayyorgarlik

bo‘yicha test sinovlarida yuqori ko‘rsatkichlar, o‘yin ampluasiga muvofiq, yuqori texnik

-taktik

mahorat ko‘rsatkichlari hamda shaxsiy xususiyatlari (intizomlilik, vatanparvarlik hissi,
maqsadga intiluvchanlik, mehnatsevarlik, qat’iyatlilik, jamoa manfaatlariga bo‘ysunish, liderlik,
o‘ziga ishonch) inobatga olinishi kerak. Olib borilayotgan ishlarning samarasini yanada oshirish

uchun albatta ularni tizimli tashkil etish lozim. Shulardan kelib chiqqan holda ularni sportga
saralashning ilmiy asoslangan metodikasini ishlab chiqish zarurati mavjud.

2.

Yosh futbolchilarni saralash samaradorligini oshirish uchun pedagogik kuzatuv

davomida tezkor, texnikasi va ishchanlik qobiliyati yuqori darajada bo‘lgan yosh sportchilarni

ajratib olish, keyin esa ularda yurak-qon tomir tizimi holati, maksimal alaktat shiddat va aerob
hamda shiddatini baholash zarur. Yosh saralab olingan futbolchilarning funksional
imkoniyatlarini kengaytirish uchun ularning tezlik-kuch imkoniyatlarini oshirib borish lozim, bu
nafaqat maydonda texnik harakatlarni bajarish tezligini oshirishga, balki aerob imkoniyatlarning

o‘sishi uchun morfologik bazani yaxshilashga yordam berishi zarur.

3.

Sohaga oid qator olimlarning

[

Abidov Sh.U.,

Alabin V.G., Gujalovskiy A.A., Guba

V.P. Achilov A.M., Akramov J.A., Goncharova O.V. Nurimov R.I] fikriga ko‘ra sport
zaxiralarini tayyorlashda saralab olish va unda yoshga oid xususiyatlarni qat’iy inobatga olish
juda muhim. Shuningdek, shug‘ullanuvchilar uchun tayyorgarlikning bir bosqichidan ikkinchi
bosqichiga o‘tishda me’yoriy talablar bo‘lishi lozim. O‘rganilgan adabiyotlar saralab olishga doir
ishlarni tashkil qilish qayta o‘rganishga va tahlil qilgan holda yangilik kiritish zarurati


background image

82

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

mavdudligini ko‘rsatmoqda. Biz tomonimizdan taklif etilayotgan “Futbolchilarni saralash

tizimlari orqali zaxira sportchilar tayyorlash imkoniyati kengaytiriladi va ularni bir bosqichdan

ikkinchi bosqichga o‘tkazishning zamonaviy talablari o‘rnatiladi. Yosh futbolchilarni tanlab
olish va saralash muammosi bugungi kunda dolzarb masalalardan bo‘lganligi bois ushbu taklif
etilayotgan tizim o‘zining dolzarbligiga ega. Taklif etilayotgan tizimlarda shug‘ullanuvchilarning
yoshi, sport bilan shug‘ullanganlik darajasi va qaysi bosqichda shug‘ullanayotganligi asosiy omil
sifatida olingan. Bu esa ayni olingan ma’lumotlarni umumiy bazaga kiritish, har bir
shug‘ullanuvchini shaxsiy profilini yaratish, shu orqali ulardan iqtidorli va istiqbollilarini saralab

olish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ishlab chiqilgan tizimlarning dastlabki bosqichdan
oxirgisigacha tizimlilikni saqlagan holda yahlit mexanizm sifatida foydalanish lozim.

4.

Tadqiqotimizda B.A.Ashmarin va F.A.Kerimovlar tomonidan tavsiya etilgan anketa-

so‘rovnomasini o‘tkazish metodologiyasiga asoslangan holda so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnomada ishtirok etgan mutaxassislarning bildirgan fikrlari turlichaligi, har bir savol
bo‘yicha olingan javoblar tahlili shuni bildiradiki, futbolchilarni saralab olishda tadqiqotlar olib

borish zarurati mavjud. Shu bilan birga ularning bildirgan fikrlari bir qator qimmatli

ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini berdi. Masalan: saralab olishda eng muhim omil

sifatida

va futbolchilarini tayyorlashning milliy modelini yaratishda musobaqa faoliyati samaradorligini,

futbolchilarni istiqbolini belgilash (yo‘naltirish) ni tashkil etish ko‘p yillik tayyorgarlikning
o‘quv

-

mashg‘ulot bosqichida eng ma’qulligi, boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida

antropometrik ko‘rsatkichlar va texnik tayyorgarlik juda yuqori ahamiyatli ekanligi, oliy sport

mahorati bosqichiga kelib futbolchilarni saralab olishda eng yuqori ahamiyatga musobaqa

faoliyati samaradorligini qo‘yish maqbulligi mutaxassislar tomonidan bildirildi. Bu kabi
ma’lumotlardan shuni aniqlash mumkinki, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni

saralab olish va har bir bosqich uchun alohida nazorat testlarini ishlab chiqish zarurati mavjud.

5.

Xorijiy va mahalliy olimlarning izlanishlaridan ma’lum bo‘lishicha, qator sport

turlarida tanlab olish va saralash ishlari o‘rganilgan bo‘lsada futbol sport turida saralab olish
bo‘yicha salmoqli ishlar qilinmagan. Shundan kelib chiqib, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida

futbolchilarni saralab olish texnologiyasini yaratish zarurati mavjud. Biz tomonimizdan taklif

etilayotgan futbolchilarni saralab olish modeli ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida muntazam
shug‘ullanib kelayotgan futbolchilarni saralab olish va ularni tayyorgarliklarini to‘g‘ri tashkil
etish maqsadida tayyorlangan bo‘lib, mamlakatimiz futboli uchun muhim ahamiyat kasb etadi

deb hisoblaymiz. Tavsiya etilayotgan texnologiya futbolchilarni saralab olish va tayyorlashda

ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu texnologiyaning har
uchchala bosqichi ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, futbolchilarni tayyorlashda va ularni istiqbolini

belgilashda yaqindan yordam beradi.

6.

Turli yoshdagi futbolchilarni musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari o‘ziga xos. Yoshi

ortib borgani sari futbolchilarning bir o‘yin davomida bajaradigan texnik

-taktik harakatlari soni

ortib boradi. Shu sababli ularni sonini emas, bajarilgan texnik-taktik harakatlarni foizini

o‘rganish maqsadga muvofiq ekan. Biz tomonimizdan olib borilgan o‘rganishlardan shu ma’lum
bo‘ldiki, ko‘p yillik tayyorgarlikning barcha bosqichlarida futbolchilar musobaqada bajaradigan

texnik-

taktik harakatlarining umumiy ko‘lamida katta farq yo‘q. Ayrim yoshdagilar

yakkakurashlarga ahamiyat qaratsa, boshqalari to‘p uzatish va to‘pni olib yurish kabi texnik

-

taktik harakatlarni amalga oshiradilar. Bu harakatlar samaradorligi esa ularning yuqori
natijalarga erishishi va musobaqa faoliyati samaradorligini belgilaydi.


background image

83

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

7.

Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida

futbolchilar faoliyatini baholashda bu ko‘rsatkichlar asosiy baholovchi omillar sifatida qabul

qilish mumkin.

8.

Bugungi kunga kelib mamlakatimizda istiqbolli futbolchilarni saralab olish va har

tomonlama tayyorgarligini takomillashtirish masalalarini dolzarbligini oshmoqda.

Mamlakatimizda yosh futbolchilarni tayyorlash bo‘yicha birmuncha ishlar amalga

oshirilgan bo‘lsada, futbolda saralab olish masalalari o‘z yechimini kutmoqda. Qator olimlarning
izlanishlaridan ma’lumki, sport o‘yinlari, aynan basketbol, gandbol va tennis turlarida tanlab
olish va saralash ishlari o‘rganilgan bo‘lsada futbol sport turida saralab olish bo‘yicha salmoqli
ishlar qilinmagan. Shundan kelib chiqib, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni

saralab olishning konseptual modeli yaratildi. Biz tomonimizdan taklif etilayotgan konseptual

model ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni saralab olish va ularni
tayyorgarliklarini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida tayyorlangan

. Ushbu konseptual model

futbolchilarni tayyorlashda, ularni iqtidori va istiqbolini belgilashda yaqindan yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019

-yil 4-dekabrdagi

“O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-5887-

sonli farmoni. Xalq so‘zi gazetasi. 6

-dekabr 252-son.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023

-yil 7-apreldagi

“Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora

-

tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ

-115-sonli qarori.

http://Lex.uz

.

3.

Abdullayev A, Xankeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. - Toshkent,

O‘zDJTI. Darslik, 2005.

- 219 b.

4.

Abidov

Sh.U.

Futbol

nazariyasi

va

uslubiyati.

Darslik.

“O‘ZKITOBSAVDONASHRIYOTI” NMIU. Toshkent

-2023, 428 b.

5.

Акрамов Р. А. Ёш футболчиларни танлаб олиш ва тайёрлаш.

-

Т., изд

/

/Медицина. –

1989.

6.

Alimjonov S.I. “Futbol nazariyasi va uslubiyoti (jismoniy tayyorgarlik)”. Oʻquv
qoʻllanma. Chirchiq., —

2022. 189 b.

7.

Achilov A.M. “Futbol nazariyasi va uslubiyati”. Oʻquv qoʻllanma.T., —

2021. 200 b.

8.

Беков Б.В. “Истиқболли ва иқтидорли ёш футболчиларни танлаш ва саралаб олишда
замонавий ёндошувлар”.

Fan-Sportga 1 (2022): 64-67.

9.

Беков Б.В. “Истиқболли ва иқтидорли ёш футболчиларни танлаш ва саралаб олишда
замонавий ёндошувлар”.

Fan-Sportga 1 (2022): 64-67.

10.

Бриль М. С. Отбор в спортивных играх / М. С. Бриль.

-

М.: Физкультура и спорт,

1980. -

127 с.

11.

Брил М.С., Филин В.П. Перспективи совершенствования системи отбора юних
спортсменов //Теория и практика физ. култури. –М.: 1982. № 8.

- C. 30-32.

12.

Губа В.П. Теория и практика спортивного отбора и ранней ориентации в видах
спорта: монография.

-

М.: Советский спорт, 2008.

-

304 с.

13.

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарликнинг дастлабки босқичларида
футболчиларни саралаб олишнинг илмий –

назарий асослари. //

Fan-Sportga

. №

8/2022.


background image

84

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

14.

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарликнинг юқори босқичларида футболчиларни
саралаб олиш тизимлари. // Sportda ilmiy tadqiqotlar. –

2023/2.

15.

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарлик тизимида футболчиларни саралаб олиш
моделининг илмий

-

назарий асослари. // Sportda ilmiy tadqiqotlar. –

2023/2.

16.

Igamberdiyev O.R. K

o‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi futbolchi

larning

musobaqa faoliyati samaradorligini baholash. // NamDU Ilmiy Axborotnomasi 2024-9-son.

17.

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарлик босқичларида футболчиларни саралаб
олишнинг муҳим аспектларини аниқлаш // Fan –

sportga • №2/2024.

18.

Игамбердиев О.Р. Футболчилар тайёргарлиги муҳим мезонларини инобатга олган
ҳолда уларни саралаб олиш технологиясини яратиш. // Sportda Ilmiy tadqiqotlar •
№3/2024.

19.

Igamberdiyev O.R. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni tayyorlashda

dominant omillarning ahamiyati

ni o‘rganish. O‘zMU Xabarlari. № 1/10. 2024

.

20.

Игамбердиев О.Р., Бозоров С.Р. Умумтаълим мактабларининг футбол тўгаракларида
шуғулланувчи ўқувчиларни жисмоний тайёргарлигини ошириш. // Услубий
қўлланма. Чирчиқ 2020.

21.

Igamberdiyev O.R. The effectiveness of using tests for assessing their motor skills in the
selection of young football players. // International Bulletin of Applied Science and
Technology.

2023.

Т

. 3.

№. 4.

22.

Igamberdiyev O.R. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi 10

-12 yoshli

futbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini baholash. // Til va

adabiyot.uz. 2024-yil 18-son. B-113-116.

23.

Igamberdiyev O.R

. Контрольные тестирование футболистов 11

-

13 лет на многолетних

подготовительных этапах (на примере стартовой скорости). //

Tamaddun nuri. 2024-

yil, 10-son (61). B-53-58.

24.

Igamberdiyev O.R. Yosh futbolchilarni tanlab olish va seleksiyalashda yangi tadqiq qilish
uslubiyatlari. // USA international scietific online conference academic research in modern
science. 2022

25.

Игамбердиев О.Р. Проблема отбора в подготовка футболистов. // “Jismoniy tarbiya va
sport sohasidagi muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy

-

amaliy anjuman to‘plami. УзГУФКС

; Chirchiq-2023.

26.

Igamberdiyev O.R. Yosh futbolchilarni sarala

b olishda tibbiy nazorat. // “Jismoniy tarbiya

va sport sohasidagi muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy

-

amaliy anjuman to‘plami. O‘zDJTSU

; Chirchiq-2023.

27.

Igamberdiyev O.R. Спортда танлаб олиш ва саралаш масалаларининг таҳлили
(футбол спорт тури мисолида). // “Ommаviy sport tаdbirlаrini tаshkil etish: muаmmolаr,
tendensiyalаr vа istiqbollаr” mavzusidagi xalqaro ilmiy

-

amaliy onlayn anjuman to‘plami”.

Chirchiq-2023.

28.

Igamberdiyev O.R. Yosh futbolchilarni saralab olishda foydalaniladigan nazorat testlarini

ishonchliligini o‘rganish. // “Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim, tarbiya, ilmiy
tadqiqotlar hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari” mavzusidagi

respublika ilmiy-

amaliy anjuman toʻplami.

Chirchiq-2023.

29.

Игамбердиев О.Р. Ёш футболчиларни саралаб олиш ва йўналтириш муаммолари
(муҳим омиллар) // “Sport o‘yinlarida ustuvor harakat qobiliyatlarini shakllantiruvchi
innovatsion texnologiyalar” Mavzusida respublika ilmiy

-anjumani. Chirchiq 2024.


background image

85

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

30.

Igamberdiyev O.R. Futbolchilar harakatlarini kompleks nazorat qilish va tanlab olishning

o‘ziga xos xususiyatlari. // “Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni

rivojlantirishning ilmiy-

uslubiy asoslari” Respublika ilmiy

-amaliy anjumani. Chirchiq

2024.

31.

Igamberdiyev O.R. Futbolchilarni saralab olishda kompleks nazorat qilish muammolari. //

“Zamonaviy futbolda innovatsion texnologiyalardan foydalanish istiqbollari” Respublika

ilmiy-

amaliy anjumani to‘plami. Chirchiq 2023.

32.

Igamberdiyev O.R.

Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi futbolchilarning

yoshga oid xususiyatlari. // “Zamonaviy futbolda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish istiqbollari” Respublika ilmiy

-

amaliy anjumani to‘plami. Chirchiq 2023.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli farmoni. Xalq so‘zi gazetasi. 6-dekabr 252-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-115-sonli qarori. http://Lex.uz.

Abdullayev A, Xankeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. - Toshkent, O‘zDJTI. Darslik, 2005. - 219 b.

Abidov Sh.U. Futbol nazariyasi va uslubiyati. Darslik. “O‘ZKITOBSAVDONASHRIYOTI” NMIU. Toshkent-2023, 428 b.

Акрамов Р. А. Ёш футболчиларни танлаб олиш ва тайёрлаш.-Т., изд //Медицина. – 1989.

Alimjonov S.I. “Futbol nazariyasi va uslubiyoti (jismoniy tayyorgarlik)”. Oʻquv qoʻllanma. Chirchiq., — 2022. 189 b.

Achilov A.M. “Futbol nazariyasi va uslubiyati”. Oʻquv qoʻllanma.T., — 2021. 200 b.

Беков Б.В. “Истиқболли ва иқтидорли ёш футболчиларни танлаш ва саралаб олишда замонавий ёндошувлар”. Fan-Sportga 1 (2022): 64-67.

Беков Б.В. “Истиқболли ва иқтидорли ёш футболчиларни танлаш ва саралаб олишда замонавий ёндошувлар”. Fan-Sportga 1 (2022): 64-67.

Бриль М. С. Отбор в спортивных играх / М. С. Бриль. - М.: Физкультура и спорт, 1980. - 127 с.

Брил М.С., Филин В.П. Перспективи совершенствования системи отбора юних спортсменов //Теория и практика физ. култури. –М.: 1982. № 8. - C. 30-32.

Губа В.П. Теория и практика спортивного отбора и ранней ориентации в видах спорта: монография. - М.: Советский спорт, 2008. - 304 с.

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарликнинг дастлабки босқичларида футболчиларни саралаб олишнинг илмий – назарий асослари. // Fan-Sportga. № 8/2022.

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарликнинг юқори босқичларида футболчиларни саралаб олиш тизимлари. // Sportda ilmiy tadqiqotlar. – 2023/2.

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарлик тизимида футболчиларни саралаб олиш моделининг илмий-назарий асослари. // Sportda ilmiy tadqiqotlar. – 2023/2.

Igamberdiyev O.R. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi futbolchilarning musobaqa faoliyati samaradorligini baholash. // NamDU Ilmiy Axborotnomasi 2024-9-son.

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарлик босқичларида футболчиларни саралаб олишнинг муҳим аспектларини аниқлаш // Fan – sportga • №2/2024.

Игамбердиев О.Р. Футболчилар тайёргарлиги муҳим мезонларини инобатга олган ҳолда уларни саралаб олиш технологиясини яратиш. // Sportda Ilmiy tadqiqotlar • №3/2024.

Igamberdiyev O.R. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni tayyorlashda dominant omillarning ahamiyatini o‘rganish. O‘zMU Xabarlari. № 1/10. 2024.

Игамбердиев О.Р., Бозоров С.Р. Умумтаълим мактабларининг футбол тўгаракларида шуғулланувчи ўқувчиларни жисмоний тайёргарлигини ошириш. // Услубий қўлланма. Чирчиқ 2020.

Igamberdiyev O.R. The effectiveness of using tests for assessing their motor skills in the selection of young football players. // International Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 4.

Igamberdiyev O.R. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi 10-12 yoshli futbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini baholash. // Til va adabiyot.uz. 2024-yil 18-son. B-113-116.

Igamberdiyev O.R. Контрольные тестирование футболистов 11-13 лет на многолетних подготовительных этапах (на примере стартовой скорости). // Tamaddun nuri. 2024-yil, 10-son (61). B-53-58.

Igamberdiyev O.R. Yosh futbolchilarni tanlab olish va seleksiyalashda yangi tadqiq qilish uslubiyatlari. // USA international scietific online conference academic research in modern science. 2022

Игамбердиев О.Р. Проблема отбора в подготовка футболистов. // “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman to‘plami. УзГУФКС; Chirchiq-2023.

Igamberdiyev O.R. Yosh futbolchilarni saralab olishda tibbiy nazorat. // “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman to‘plami. O‘zDJTSU; Chirchiq-2023.

Igamberdiyev O.R. Спортда танлаб олиш ва саралаш масалаларининг таҳлили (футбол спорт тури мисолида). // “Ommаviy sport tаdbirlаrini tаshkil etish: muаmmolаr, tendensiyalаr vа istiqbollаr” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman to‘plami”. Chirchiq-2023.

Igamberdiyev O.R. Yosh futbolchilarni saralab olishda foydalaniladigan nazorat testlarini ishonchliligini o‘rganish. // “Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim, tarbiya, ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman toʻplami. Chirchiq-2023.

Игамбердиев О.Р. Ёш футболчиларни саралаб олиш ва йўналтириш муаммолари (муҳим омиллар) // “Sport o‘yinlarida ustuvor harakat qobiliyatlarini shakllantiruvchi innovatsion texnologiyalar” Mavzusida respublika ilmiy-anjumani. Chirchiq 2024.

Igamberdiyev O.R. Futbolchilar harakatlarini kompleks nazorat qilish va tanlab olishning o‘ziga xos xususiyatlari. // “Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslari” Respublika ilmiy-amaliy anjumani. Chirchiq 2024.

Igamberdiyev O.R. Futbolchilarni saralab olishda kompleks nazorat qilish muammolari. // “Zamonaviy futbolda innovatsion texnologiyalardan foydalanish istiqbollari” Respublika ilmiy-amaliy anjumani to‘plami. Chirchiq 2023.

Igamberdiyev O.R. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi futbolchilarning yoshga oid xususiyatlari. // “Zamonaviy futbolda innovatsion texnologiyalardan foydalanish istiqbollari” Respublika ilmiy-amaliy anjumani to‘plami. Chirchiq 2023.