KICHIK MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA BILISH JARAYONLARINING O‘SISHI

Аннотация

Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilish jarayonlarining o‘sishi, aqliy rivojlanish bosqichlari va psixologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha berilgan tavsiflar keltirilgan. Maqolada shuningdek, bilish jarayoni rivojlanishi uchun zarur bo’lgan diqqat, xotira, zehn kabi psixologik holatlar izohi ham keltirib o‘tilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
617-622
56

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Nomozov, D. (2024). KICHIK MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA BILISH JARAYONLARINING O‘SISHI. Современная наука и исследования, 3(11), 617–622. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48431
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilish jarayonlarining o‘sishi, aqliy rivojlanish bosqichlari va psixologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha berilgan tavsiflar keltirilgan. Maqolada shuningdek, bilish jarayoni rivojlanishi uchun zarur bo’lgan diqqat, xotira, zehn kabi psixologik holatlar izohi ham keltirib o‘tilgan.


background image


Noyabr, 2024-Yil

617

KICHIK MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA BILISH

JARAYONLARINING O‘SISHI

Nomozov Davronbek Amanbay o‘g‘li

GulDPI 2-kurs magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14254214

Anontatsiya.

Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilish

jarayonlarining o‘sishi, aqliy rivojlanish bosqichlari va psixologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha

berilgan tavsiflar keltirilgan. Maqolada shuningdek, bilish jarayoni rivojlanishi uchun zarur

bo’lgan diqqat, xotira, zehn kabi psixologik holatlar izohi ham keltirib o‘tilgan.

Kalit so’zlar:

bilish, xotira, idrok, zehn, o‘quvchi, o‘qituvchi, maktab, ta’lim, tarbiya,

imkoniyat.

GROWTH OF COGNITIVE PROCESSES IN PRE-SCHOOL STUDENTS

Abstract.

This article describes the growth of cognitive processes, stages of mental

development and results of psychological research in students of primary school age. The article

also provides an explanation of psychological conditions such as attention, memory, intelligence,

which are necessary for the development of the cognitive process.

Key words:

knowledge, memory, perception, mind, student, teacher, school, education,

upbringing, opportunity.

РОСТА ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ У ДОШКОЛЬНИКОВ

Аннотация.

В статье описаны рост познавательных процессов, этапы

психического развития и результаты психологических исследований у учащихся младшего

школьного возраста. В статье также дается объяснение таких психологических

состояний, как внимание, память, интеллект, которые необходимы для развития

познавательного процесса.

Ключевые слова:

знание, память, восприятие, разум, ученик, учитель, школа,

образование, воспитание, возможность.

Psixologiya fanida kichik maktab yoshi davriga 6 yoshdan 10-11 yoshgacha bo’lgan

o’quvchilar kiritiladi. Chunki bu davrda bola maktab ta’limiga, fan asoslarini egallashga ham

biologik-jismoniy, ham psixologik jihatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish

imkoniyatiga ega bo’ladi. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning ob’ektiv va

sub’ektiv jihatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatlarining o’zaro munosibligi

nazarda tutiladi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

618

O’quvchi maktab ta’limiga keng ma’noda psixologik jihatdan ob’ektiv tayyor bo’ladi.

Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi.

Ushbu yoshdagi bola o’z idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning

qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining

kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o’quvchilardan, jumladan, o’smirlardan ajralib turadi.

Maktabta’limiga tayyorgarlik ko’rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli

ravishda barqaror ko’rinishga ega, deb hisoblash mumkin. Diqqatning xususiyatlari

(taqsimlanisha, ko’chishi, kuchi, barqarorligi, bo’linishi, tebranishi va boshqalar) uning roli va

syujetli o’yin faoliyatlarida, rasm chizish va ko’rish, yasash mashg’ulotlarida, loy hamda

plastilindan narsa yasashda, katta yoshdagilar va tengqurlari nutqini idrokqilish va tushunishda,

matematik amallarni bajarishda, hikoya tinglash hamda shaxsan o’zi ham tuzishda bevosita

namoyon bo’ladi. Bu davrga kelib, bola o’z diqqatini muayyan ob’ektga, narsa va hodisalarga

yo’naltirishga, to’plashda va uni mustahkamlashda hamda taqsimlashda ma’lum darajada

ko’nikmani egallagan bo’lib, o’z diqqatini boshqarish, zarur paytda, uni shaxsan tashkil qilishga

intiladi. Uning xotirasi qiziqarli ajoyibotlarga, g’aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini

taajjubga soladigan ma’lumotlar va hodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish

imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni egallab

kelgan bo’lsa, endi o’z xohish irodasi bilan, muayyan motivatsiyaga asoslangan holda zarur

ma’lumotlar olishga, o’z oldiga yaqqol maqsad va aniq vazifa qo’yishga harakat qiladi.

Ruhiy-axloqiy rivojlanish va xatti-harakatlar qoidalarini oʻzlashtirish jarayoniga kichik

maktab yoshidagi davrda axloqiy xatti-harakat poydevori qoʻyiladi, axloqiy rivojlanish va xatti-

harakat qoidalari oʻzlashtiriladi. Shaxsning ijtimoiy yoʻnalishi tarkib topa boshlaydi.

Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4-sinfgacha boʻlgan

davr mobaynida muhim oʻzgarishlarga uchraydi. Ushbu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy

bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan boʻladi, turli

tushunchalarga ega boʻladi, umumlashadi. 1 va 2 sinf oʻquvchilarining axloqiy mulohazalari oʻz

xatti-harakatlari tajribasida va oʻqituvchilar hamda ota-onalarning aniq koʻrsatmalari va

tushuntirishlariga asoslanadi. 3-4 sinf oʻquvchilari esa axloqiy mulohazalarida oʻz xatti-harakatlari

tajribasiga va kattalarning koʻrsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham

analiz qilishga intiladilar. 7-8 yoshdagi oʻquvchilar toʻg’ridan toʻg’ri kattalarni, jumladan,

oʻqituvchining koʻrsatmalarini kutib oʻtirmay, ijobiy axloqiy ishlarning qanchasini oʻz

tashabbuslari bilan amalga oshiradilar.


background image


Noyabr, 2024-Yil

619

Kichik maktab yoshdagi oʻquvchilarda namayon boʻladigan xarakter xususiyatlarini, xatti-

harakatlarni tahlil qilar ekanmiz, hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va

mustahkam xatti-harakat formalari deb boʻlavermaydi. Kichik yoshdagi oʻquvchilarda xarakter

jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar xarakteri, xatti-harakatlari

oʻzining beqarorligi va qarama-qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ba’zan

ulardagi oʻtkinchi ruhiy holatlarni xato ravishda hislatiga qoʻshib yuborish mumkin.

Boshlang’ich sinflarda pedagog ishlarni tashkil qilishda Kichik yoshdagi oʻquvchilarning

rivojlanish xususiyatlarini ijtimoiy taraqqiyot darajasini ham hisobga olish lozim. D.N. Levitov

toʻg’ri qayd qilib oʻtganidek hech bir maktab yoshida salomatlik holatiga va ijtimoy taraqqiyotiga

kichik maktab yoshidagi maxkam bog’liq boʻlmaydi. Bola 7 yoshdan 11 yoshgacha jismoniy

jihatdan nisbatan osoyishta va bir tekisda rivojlanadi. Boʻyi va og’irligi organizmning tiniqligi

oʻpkasining hayotiy hajmi ancha tekis va propatsional rivojlanadi. Ruhshunos L.S.Slavinaning

koʻrsatishicha boshlangich sinfda bilish faolligi yetarli darajada boʻlmagan oʻquvchilar uchrashi

mumkin. Bunday oʻquvchilar intiluvchan jihatidan normal rivojlangan boʻladilar. Bu rivojlanish

ularning oʻyin va amaliy faoliyatlarida namayon boʻladi. Faol fikr qilish ular uchun xarakterlidir.

Bunday oʻquvchilariga oʻqituvchi alohida xotira bilan qarashi kerak. Ularning fikr qilishi

faoliyatiga odatlantirib ularni yutuqlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi dastlabki paytlarda

oʻquv vazifalarini bajarishni oʻyin va amaliy faoliyatni bilan bog’lab olib borish kerak.

Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning barcha oʻqish faoliyati qat`iiy ravishda

maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Avvalo, oʻquvchilar oʻqish, yozish, va hisoblash malakasini

egallashlarini, arifmetika, ona tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning

elementar asoslaridan ancha katta hajmda bilimni ortirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaning bilim

darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan, bilim jarayonlarininng

taraqqiyoti, aqliy rivojlanish yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib

topadi va nihoyat, oʻqishga boʻlgan yoʻnalish oʻqishga nisbatan mas`uliyatli munosabat yuzaga

keladi. Bunda quyidagilar muhim hisoblanadi:

Idrok. Kichik yoshdagi oʻquvchilar idrokining oʻtkirligi sofligi bilan farq qiladilar.

Oʻquvchilarning idroki oʻziga xos bilimga tomoshabin tariqasida berilganlik bilan farq qiladi.

Xotira. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar xotiraining asosiy hususiyatlari ixtiyoriy

zaifligidadir. Kichik maktab yoshida xotirani iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish

imkoniyati cheklangan boʻladi. Xotira. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda xotira ta’limining

ta’siri bilan ikki yoʻnalishda rivojlanadi. Soʻz mantiq xotirasining va ma’nosiga tushunib xotirada

saqlab qolishning salmog’i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga ega boʻladi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

620

Bolaning muayyan taraqqiyot darajasiga erishganligini uning xotirasi faolligi namoyish

qiladi. Bu davrda bola o’qish, idrok qilish, o’zlashtirish texnikasi bilan tanishishga erishadi. Kichik

maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Individ ijtimoiy

munosabatlar ta’sirida o’zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o’qishga o’tishi uning

barcha bilish jarayonla rini rivojlanishiga va o’zo’zidan atrof-muhitdagi narsa-hodisalarga

nisbatan fikrini, munosabatlarini o’zgarishiga olib keladi.

Yirik chet el va sobiq sove tpsixologlari (J.Piaje, A.Vallon, J.Bruner, L.V.Zankov,

D.B.Elkonin,

P.Ya.Galperin,

N.A.Menchiskaya,

V.V.Davidov,

A.Sh.Amonashivili,

S.F.Juykovvaboshqalar) tadqiqotlarining ko’rsatishicha, “oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni

mazkur yoshdagi bolalarda fakkurini jadal sur’atlar bilan rivojlantiradi, aqliy imkoniyatlarini

ertaroq ishga tushishiga, ro’yobga chiqishiga yordam beradi”. Chunonchi, bolalar matematik,

fizik, lingvistik, politexnik tushunchalarni o’zlashtiradilar, mustaqil ravishda uncha murakkab

bo’lmagan masalalar, misollar tuzadilar, oddiyroq mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va mahsuldor

fikr yuritishga intiladilar.

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurining rivojlanishi yirik psixolog

L.S.Vigotskiy tushunchalarning shakllanishi hamda nutqning o’sishi bilan uzviy bog’liq holda

o’rgangan .L.S.Vigotskiy psixologiya faniga inson kamolotining “Eng yaqin taraqqiyot zonasi” va

“Aktual faoliyat zonasi” deb nomlangan tushunchalarni olib kirdi. Uning birinchisi o’qituvchining

bevosita rahbarligida amalga oshirilsa, ikkinchisi o’quvchining mustaqil faoliyatida namoyon

bo’ladi. P.P.Blonskiy mazkur yoshdagi o’quvchilar tafakkurining o’sishiga xotiraning

taraqqiyotini, tafakkurning ta’sir etishini genetik metod yordamida ochib beradi.Ayniqsa,

tafakkurning «intizomlilik» sifatining namoyon bo’lishini inson tomonidan tafakkurni boshqarish

va nazorat qilish faoliyatidan aniqlash mumkinligini alohida ta’kidlaydi.

N.A.Menchinskaya tafakkur muammosini chuqur o’rganib, uning taraqqiyot

ko’rsatkichlarini quyidagi jihatlarini o’rganishda ko’radi:

1) bilimlarni o’zlashtirishning tezligi;

2) fikr yuritish jarayonining epchilligi;

3) tafakkurning mavhum hamda yaqqol jihatlarining o’zaro aloqasi;

4) analitik-sintetik faoliyatning turli darajalari.

Muallif tafakkur taraqqiyoti belgilari sifatida o’quvchilarda bilimlar fondining ortishi,

aqliy faoliyat usullarining egallanishi hamda ta’lim jarayonida ularda uquvchanlik qobiliyatining

paydo bo’lishini sanab o’tadi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

621

Bu narsalarning barchasi kichik maktab yoshidagi o’zlashtirishi past o’quvchilarda

tajribadan o’tkaziladi hamda ularni muayyan mezonga asoslanib guruhlarga ajratadi.

Kichik maktab yoshidagi past o’zlashtirish sabablari va o’qishdagi qiyinchiliklar

quyidagilar bilan bog’liqdir:

1) Neyrofiziologik sabablar;

2) Bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi;

3) Erkin va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi;

4) Motivatsion sohalarning yetarli rivojlanmaganligi;

5) Oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar;

6) maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar;

7) o’zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar;

8) shaxs xususiyatlaridagi og’ishishlar.

Kichik maktab yoshidagi bolalar o’qishidagi qiyinchiliklar bola shaxsining barcha

shaxsiy, bilish, motivatsion va hissiy, irodaviy sohalarda aks etadi. Bu qiyinchiliklar o’zaro bir-

biri bilan bog’liq. Bir qiyinchilikni bartaraf etilishi ikkinchi qiyinchilikni ham kamayishiga olib

keladi. Taniqli psixolog L.V.Zankov kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini o’stirish

maqsadida o’zining ta’lim tizimini ishlab chiqadi. Bu ta’lim tizimi ushbu o’qitish tamoyillariga

asoslanadi: 1) ta’lim jarayonini yuqori darajadagi murakkab va ziyat asosida uyushtirish, 2) ta’lim

jarayonida o’quvchilarga berilishi nazarda tutilgan bilimlarning nazariy salmog’ini maksimal

darajada ko’paytirish, 3) mustaqillik, o’z-o’zini nazorat qilish faoliyatini rejalashtirish singari

faoliyatni boshqarish usullarini o’quvchilarda tarkib toptirish.

Xulosaga qilib aytganda, bolalar kichik maktab yoshi davriga kelib psixologik tayyorgarlik

darajasi ta'limni muvaffaqiyatli uddalash, amalga oshirish uchun mutlaqo tayyor hisoblanadi. Bu

o’rinda uning shaxsiy xususiyatlari shakllanganligi yuzasidan ham ma’lumot berish maqsadga

muvofiqdir.

Bolada shaxsning birqator fazilatlari va xususiyatlari yaqqol ko’zga tashlanadi: qat’iylik,

nisbiy mustaqillik, o’z oldiga maqsad qo’ya olishlik, xulq-atvorini ijtimoiy jamoatchilik nuqtai

nazaridan baholashga intilishlik, kattalarni hurmat qilishlik, vadaga vafo qilishlik, burch va

javobgarlik hislari kabilar.

Ta’kidlab o’tilgan barcha mulohazalar, tavsiflar bilish jarayonlarining rivojlantirishni

asosiy omillaridan hisoblanadi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

622

REFERENCES

1.

G’oziyevE.G’ “Ontogenezpsixologiyasi” “Noshir” T: - 2010 [1.24-b]

2.

Nishanova Z.T. Komilova N.G. Abdullayeva D.U. Xolnazarova M.X. “Rivojlanish

psixologiyasi, Pedagogik psixologiya” T.2017.[2.46-b]

3.

Z.Sh.Sherimbetova “Boshlang’ich sinflardagi o’zlashtirmovchi o’quvchilarning psixologik

xususiyatlari” Ps.f.n. avtoped.-T. 2007. 17-bet.

4.

Sh.A.Do’smuhammedova, Z.T.Nishanova, S.X.Jalilova, Sh.K.Karimova, Sh.T.Alimboyeva

“yosh davrlari va pedagogik psixologiya” darslik Toshkent-2013[3.52-b]

5.

Borovaya, G.I. Kichik maktab yoshi / G.I. Borovaya va boshqalar; Ed. - komp. Senko V.G. -

1989. - 86 b.

6.

Vohidov M. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. - T., 1970

Библиографические ссылки

G’oziyevE.G’ “Ontogenezpsixologiyasi” “Noshir” T: - 2010 [1.24-b]

Nishanova Z.T. Komilova N.G. Abdullayeva D.U. Xolnazarova M.X. “Rivojlanish psixologiyasi, Pedagogik psixologiya” T.2017.[2.46-b]

Z.Sh.Sherimbetova “Boshlang’ich sinflardagi o’zlashtirmovchi o’quvchilarning psixologik xususiyatlari” Ps.f.n. avtoped.-T. 2007. 17-bet.

Sh.A.Do’smuhammedova, Z.T.Nishanova, S.X.Jalilova, Sh.K.Karimova, Sh.T.Alimboyeva “yosh davrlari va pedagogik psixologiya” darslik Toshkent-2013[3.52-b]

Borovaya, G.I. Kichik maktab yoshi / G.I. Borovaya va boshqalar; Ed. - komp. Senko V.G. - 1989. - 86 b.

Vohidov M. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. - T., 1970