ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
317
SUD AMALIYOTIDA MEDIATIV KELISHUV TUSHUNCHASI, TUZILISHI VA IJRO
ETISH XUSUSIYATLARI
Akrom Ungarov
Toshkent davlat yuridik universiteti
Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti,
Mediatsiya va nizolarni muqobil hal qilish usullari yo’nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14091142
Annotatsiya. Ushbu maqolada mediatsiya instituti sohalarini kengaytirish, uning tartib
va tamoyillarini konkretlashtirish, uning sud-huquq tizimidagi mavqei va imkoniyatlarini yanada
takomillashtirish, uni tartibga solish mexanizmlarini mustahkamlash tahlil qilingan. Shuningdek,
maqolada mediatsiya institutini yanada rivojlantirish, takomillashtirish va ijro qilish
jarayonlarini nazariy jihatdan oʼrganish, uning muvofiqlashtirish yuzasidan ommabop va eng
samarali usullar, keng qamrovli amaliy tavsiyalar va takliflar berilgan.
Kalit so’zlar: mediativ kelishuv, sud amaliyoti, kelishuv tuzish, kelishuv ijrosi,
mediatisiya jarayoni, mediativ kelishuv shartlari, sud qarorlari ijrosi, sud amaliyotida mediatsiya,
mojaroni hal qilish usullari, mediator vazifasi.
MEDIATION AGREEMENT CONCEPT, STRUCTURE AND IMPLEMENTATION
CHARACTERISTICS IN COURT PRACTICE
Abstract. This article analyzes the expansion of the spheres of the mediation institution,
the concretization of its procedures and principles, the further improvement of its position and
capabilities in the judicial system, and the strengthening of its regulatory mechanisms. Also, the
article provides a theoretical study of the processes of further development, improvement and
implementation of the mediation institution, popular and most effective methods for its
coordination, comprehensive practical recommendations and suggestions.
Key words: mediation agreement, judicial practice, conclusion of an agreement, execution
of an agreement, mediation process, conditions of a mediation agreement, execution of court
decisions, mediation in judicial practice, conflict resolution methods, mediator's role.
ПОНЯТИЕ, СТРУКТУРА И ОСОБЕННОСТИ РЕАЛИЗАЦИИ В СУДЕБНОЙ
ПРАКТИКЕ МЕДИАЦИОННОГО СОГЛАШЕНИЯ
Аннотация. В статье анализируется расширение сфер деятельности института
медиации, конкретизация его процедур и принципов, дальнейшее улучшение его положения
и возможностей в судебной системе, усиление его регулятивных механизмов. Также в
статье дается теоретическое исследование процессов дальнейшего развития,
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
318
совершенствования и внедрения института медиации, популярные и наиболее
эффективные методы его координации, комплексные практические рекомендации и
предложения.
Ключевые слова: медиативное соглашение, судебная практика, заключение
соглашения, исполнение соглашения, процесс медиации, условия медиативного соглашения,
исполнение судебных решений, медиация в судебной практике, способы разрешения
конфликтов, роль медиатора.
KIRISH
Har bir davlatda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sharoitida nizolarni kelib chiqishi tabiiy
holatdir. Nizolarni uning ishtirokchilari oʼrtasida hech bir tarafga zarar yetkazmagan holda hal
etishga, ular oʼrtasidagi nizolarni yangi institutlar orqali muvofiqlashtirish zaruriyati ham vujudga
kelmoqda.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda vujudga keladigan nizolarni hal qilishning eng keng
tarqalgan ommaviy usuli bu sud yoʼli bilan hal qilishdir. Lekin, nizoni suddan tashqari hal
qilishning muqobil yoʼllari ham borki, bunda kelishmovchiliklarni tezkor, qulay va qoʼshimcha
xarajatlarsiz hal qilish imkoniyatini beradi.
Nizolarni hal qilishning ana shunday muqobil usullaridan biri bu mediatsiya
(vositachilik)dir.
Bugunga kunda jahon mamlakatlarida, ayniqsa bozor munosabatlari yuqori darajada
shakllangan davlatlarning huquqiy tizimida nizolarni hal etishning muqobil varianti sifatida
mediatsiya tartib tamoyillariga murojaat qilish ancha shakllangan usul sifatida tan olingan.
Mediatsiyaning asosiy vazifasi tomonlarning oʼzaro munosabatlarini yanada
rivojlantirishga koʼmaklashish va tomonlarning pozitsiyasi va tegishli manfaatlarini har
tomonlama baholash uchun tomonlar oʼrtasida ochiq muloqotni taʼminlashdan iborat.
Oʼzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy xayotida ham turli nizolarning kelib chiqishi tabiiy
holdir. Chunki, rivojlanayotgan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy xayoti turli munosabatlarga
asoslangan boʼlib, ushbu munosabatlarni amalga oshirishda nizolarning kelib chiqishi muqarrar
holdir.
Mamlakatimizda ham soʼngi yillarda nizolarni tinch yoʼl bilan hal etishga qaratilgan turli
usullar, xususan mediatsiya instituti amaliyotini qoʼllashga eʼtibor kuchaymoqda.
Mazkur sohani tartibga solishga qaratilgan “Mediatsiya toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston
Respublikasining Qonuni qabul qilingan. Qonunda Mediatsiyaga quyidagicha taʼrif berilgan:
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
319
Mediatsiya – bu kelib chiqqan nizoni taraflar oʼzaro maqbul qarorga erishishi uchun
ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʼmagida hal qilish usuli sifatida tushuniladi
Yuzaga kelgan nizoni sud aralashuvisiz muqobillik usuli orqali hal qilish amaliyotini
shakllantirish va uning qoʼllash sohasini kengaytirish orqali mazkur sohani takomillashtirib borish
zarur. Chunki, mediatsiya oʼzining mohiyati jixatidan davlatning sudloviga muqobil mexanizmdir.
Mediatsiya instituti soxasidagi tadqiqotlarning dolzarbligi nafaqat sud-huquq tizimini
takomillashtirish zaruriyati, balki nizolarni hal etishda mediatsiya instituti rolini yanada
kuchaytirish, keng jamoatchilikda ushbu institutning qulayligi va afzalligini keng targʼib qilish,
mediatsiya instituti sohasidagi milliy va xalqaro tajribalarni qiyoslab, tahlil qilgan holda uning
huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif, tavsiya va muloxazalar
tayyorlash bilan ham bogʼliqdir.
Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi mediatsiya tartib-taomillarini rivojlantirish,
mediatsiyaning yangi qoidalar va mexanizmlar bilan takomillashtirish, uning nazariy asoslarini
oʼrgangan holda amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy asoslangan holda xulosalar va tavsiyalar
ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning maqsadiga erishish vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
- mediatsiya tushunchasini tahlil qilish;
- mediatsiya tamoyillari tizimini oʼrganish;
- mediatsiya turlari va modellarini yoritib berish;
- mediatsiya institutining xorijiy davlatlar tajribasida qoʼllanilishini tahlil qilish;
- mediatsiyaning milliy qonunchilikda keng qoʼllanilishining nazariy va amaliy jihatlarini
oʼrganish;
- mediatsiya va uni qoʼllash bilan bogʼliq ilmiy xulosa, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab
chiqish.
METODLAR
Adabiyotlar tahlili:
Ushbu taqdiqot sud amaliyotida mediativ kelishuv tushunchasi,
tuzilishi va ijro etish xususiyatlarini aniqlash maqsadida yetakchi nazariy va amaliy manbalarni
tahlil qiladi. Bu jarayonda Google Scholar, Science Direct va Cyberleninka kabi ilmiy ma’lumotlar
bazalaridan foydalanildi. Adabiyotlar tahlilida ilmiy-tadqiqot jamoalarini rivojlantirish yo’llari,
shuningdek, xalqaro tajribalar e’tiborga olindi. Shu bilan birga, ilmiy maqolalar, kitoblar va
konferensiya materiallari ko’rib chiqildi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, tahlil va sintez, qiyosiy-huquqiy,
1
Oʼzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʼgʼrisida”gi Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/3805227
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
320
induktsiya va deduktsiya hamda taqqoslash kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.
NATIJALAR
Ushbu tadqiqot davomida qilingan tahlillar quyidagi asosiy natijalarga olib keldi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunchiligini tahlil qilish
natijasida mediativ kelishuvning quyidagi oʻziga xos xususiyatlari aniqlandi:
- mediativ kelishuv taraflarning oʻzaro kelishuvi asosida yozma shaklda tuzilishi;
- mediativ kelishuv shartlarining qonuniylik va ixtiyoriylik tamoyillariga asoslanishi.
2. Sud statistikasi maʼlumotlarining tahlili shuni koʻrsatdiki, 2021-2023 yillar davomida
mediatsiya tartib-taomili orqali hal etilgan fuqarolik ishlarining soni 2.5 baravarga oshgan. Bu
koʻrsatkich mediatsiyaning sud tizimidagi ahamiyati ortib borayotganini tasdiqlaydi.
3. Xorijiy davlatlar qonunchiligini qiyosiy tahlil qilish natijasida mediativ kelishuvni tuzish
va ijro etish boʻyicha quyidagi ilgʻor tajribalar aniqlandi:
- mediativ kelishuvni notarial tasdiqlash amaliyoti (Germaniya tajribasi);
- mediativ kelishuv ijrosini taʼminlashning samarali mexanizmlari (Singapur modeli);
- mediativ kelishuvni elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyati (Janubiy Koreya
tajribasi).
4. Mediativ kelishuvlarni tuzish va ijro etish amaliyotida quyidagi muammolar aniqlandi:
- mediativ kelishuvni ijro etish mexanizmlarining mukammal emasligi;
- mediatorlar malakasining yetarli darajada emasligi;
- aholining mediatsiya imkoniyatlari haqida yetarlicha xabardor emasligi.
Ushbu natijalar mediativ kelishuvning huquqiy tartibga solinishi va amaliy qoʻllanilishi
borasidagi mavjud holatni aks ettiradi hamda bu sohani takomillashtirish boʻyicha tegishli
xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
MUHOKAMA
“Mediatsiya” soʼzi ingliz lugʼatida “Mediation” – oʼrtalik, oʼrtakashlik, nizodagi oʼrtalik
sifatida, lotin tilida esa “Mediare” – vositachilik qilmoq, oʼrtada turmoq, oraga kirmoq maʼnolarini
anglatadi.
Mediatsiya soʼzining lugʼaviy maʼnolarini umumlashtirib, ihtiloflarni va nizolarni hal
etishda vositachilik qilish, ixtisoslashgan muloqot shakli, muzokaralar olib borish usullaridan biri
sifatida tushunish mumkin.
“Mediatsiya” soʼzini vujudga kelishi va uni qoʼllanilishi odatda nizo yoki ihtilof mavjud
boʼlgan holatlarga bogʼliq boʼlib, bunda nizolashayotgan tomonlar oʼrtasida paydo boʼlgan mojaro
yoki ixtilofni uchinchi xolis taraf mediator (vositachi) ishtirokidagi har ikki tarafni
qanoatlantiradigan yechimni topishdan iborat boʼlgan muzokara jarayoni tushunchasini ham
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
321
qamrab oladi.
Shu sababli, “Mediatsiya” soʼzi–vositachi, vositachilik, yarashtirish, nizolashayotgan
taraflarni oʼrtasida turish tarzida qoʼllaniladi.
Mediatsiyaning paydo boʼlishi va rivojlanishiga turli davrlarda shakllangan tuzumlar va
ijtimoiy muhit asosiy turtki boʼlgan. Xattoki qadimgi finikiylar va vavilonliklar oʼrtasidagi savdo
munosabatlari vositachi yordamida amalga oshirib kelingin boʼlsa, qadimgi Gretsiyada vositachi
yordamidan foydalanish amaliyoti Yustinian kodeksi ishlab chiqilgan vaqtda ham unda oʼz aksini
topgan. Vositachilik amaliyoti rim huquqida “Rroxenetas” deb yuritilgan boʼlsa, rimliklar
vositachilarni “internuncius”, “medium”, “philantropus”, “interpolator”, “conciliator”, “interpres”
va “mediator” deb nomlab kelishgan.
Taniqli olim S.Shamkalashvilining taʼkidlashicha, mediatsiya oʼzining umumiy gʼoyalari
boʼyicha arxaik kelib chiqishga ega boʼlib, u nizolarni vujudga kelishi bilan bir vaqtda vujudga
kelgan. Bunda qaror qabul qilish huquqiga ega boʼlmagan uchinchi taraf nizolashayotgan
taraflarga ixtilofni mustaqil ravishda hal etish imkoniyatini beradi
Taniqli olim D.Roebakning tadqiqotlari qadimgi Yunonistonda mediatsiya mavjud
boʼlganligini koʼrsatadi
. Miloddan avvalgi II asr boshlarida daʼvoni hal qilishning odatiy
usullaridan biri uni quyida joylashgan va javobgar yashaydigan hududning mansabdor shaxsiga
(Epistat)ga topshirish edi. Koʼp hollarda nizolar “ularni yarashtirish yaxshiroq” tamoyiliga
asoslangan holda hal etilgan.
Mediatsiya asosan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda vujudga keladigan nizolarni hal etish
usuli sifatida koʼriladi. Biroq, jaxon xaritasida davlatlar oʼrtasidagi nizolar ham uchrab turadiki,
ularni ham tinch yoʼl bilan hal etish zaruriyati paydo boʼladi. Bunda halqaro tashkilotlarning oʼrni
va mavqei asosiy oʼrin egallaydi.
Xalqaro nizolarni tinch yoʼl bilan hal etish tamoyili xalqaro huquqning asosiy
tamoyillaridan biridir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 2-moddasida belgilangan prinsiplardan kelib
chiqib, BMTning barcha aʼzolari xalqaro tinchlik, xavfsizlik va adolatni tahdid ostiga qoʼymaslik
uchun oʼzlarining halqaro nizolarini tinchlik vositalari bilan hal qilishga majbur qiladi.
BMT Nizomida belgilangan mazkur qoidalar mamlakatimizning tashqi siyosatining asosiy
printsiplaridan biri hisoblanadi.
Mediatsiya bilan bogʼliq izlanishlar olib borgan olimlar, shuningdek mediatsiya
2
Шамкалашвили Ц. Медиация как метод внесудебного разрешения споров. М-2006. –С. 14.
3
Д.Роэбак. Посредничество и арбитраж в древной Греции. 2002. С.-66.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
322
muammolari oʼrganilgan ilmiy ishlarda mazkur tushunchaga mualliflar nuqtai-nazaridan taʼriflar
keltirgan.
Meler mediatsiya taʼrifiga manfaatlar nuqtai nazaridan yondashadi va uni nizolarni hal
qilish uchun imperativ vakolatlarga ega boʼlmagan neytral uchinchi shaxs ishtirokida
kelishmovchilikni tomonlarning manfaatlari va qadriyatlaridan kelib chiqqan holda umumiy
qarorlar qabul qilishning suddan tashqari ixtiyoriy tartibi sifatida izohlaydi
Y.I.Nosirova vositachilikni uchinchi mustaqil ishtirokchi – vositachi (mediator) yordamida
taraflar orasidagi muammoni tartibga solish jarayoni sifatida koʼrsa, А.Yu.Konnov vositachilikni
muzokara sifatida koʼradi, lekin bunda muzokaraning vositachilikdan asosiy farqi yuzaga kelgan
nizoni hal qilish maqsadida mustaqil uchinchi shaxs ishtirok etishini hisobga olish lozimligini
taʼkidlaydi
А.V.Miroshnikov talqinicha, mediatsiya uchinchi shaxs - vositachi (mediator) ishtirokida
ixtiyoriy muzokaralar olib borish orqali nizolashayotgan tomonlarni yarashtirish jarayoni, nizoda
ishtirok etuvchi tomonlarni mazmunli va oʼzaro maqbul qaror qabul qilish yoʼli, buning asosi
ixtiyoriy rozilik va tenglikdir
Oʼzbek tadqiqotchilari orasida izlanish olib borgan Sh.M.Masadikov mediatsiyani
taraflarga oʼzaro maqbul kelishuvga erishishga koʼmaklashuvchi va qaror chiqarish huquqiga ega
boʼlmagan betaraf mediator yordamida ular oʼrtasidagi nizoni hal qilish usuli sifatida tushunadi
Mediatsiyaning oʼziga xos xususiyati shundaki, uning mazmuni ikki komponentni oʼz
ichiga oladi: tomonlarning muzokaralari va mediator faoliyati (mediatsiya texnologiyasi).
Mediatsiya birinchi navbatda ixtiyoriy jarayondir. Oʼz vaqtida mediator taraflar yoki
ularning vakolatli vakillari bilan qoʼshma va alohida muzokalar oʼtkazadi. Mazkur holat taraflarga
oʼzining fikr-mulohazalarini, manfaatlarini erkin ifoda etish imkoniyatini beradi.
Mediatsiyani adolatni tiklash dasturlari sifatida talqin qilish mumkin. Bunda u jazolovchi
rolini oʼynamaydi, nizoni keltirib chiqaruvchi sabablarni tahlil qilmaydi, adolat kim tarafida
ekanligini belgilamaydi. U faqatgina yuzaga kelgan nizoni, kelishmovchiliklarni taraflar oʼrtasida
hal qilishga kirishadi. Mediatsiyaning mazmun-mohiyati uning tamoyillarida yanada ochiqroq
koʼrinadi.
Mediatsiyaning shakllanishi va takomillashib borishi natijasida u tartibga soladigan
4
Техника ведения переговоров нотариусами: как пособие. Ред Р.Вальц. (пер. С.Трушников). 2005. –С. 142.
5
F.Otaxonov. Nizolarni muqobil hal qilish. Toʼplam. Toshkent 2022 y. –V. 4.
6
Мирошников А.В. Проблемы подготовки медиаторов в России // Медиация в современном мире: проблемы
и перспективы развития: Материалы Всероссийской научно-практической конференции (Курск, 30 апреля
2019 года) / Под ред. А.А. Горохова. Курск: ЮгоЗапад. гос.ун-т, 2019. С. 137
7
Ш.М.Масадиков Сущность медиации и проблемы ее правового регулирования в Республики Узбекистан.
Диссертация канд. Юрид. Наук.-Ташкент, 2008.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
323
munosabatlar xarakteridan kelib chiqib uning jahonda tan olingan quyidagi umumiy prinsiplarga
asoslanadi:
- betaraflik va xolislik;
- ixtiyoriylik;
- maxfiylik.
Betaraflik prinsipi mediator va taraflar oʻrtasida yakuniy natijaga erishishni ta'minlovchi
mediatiyaning asosiy prinsiplaridan biridir. Mediatsiya jarayonlarining betarafligi mediatorga
taraflarga oʻz talab va qiziqishlarini ochiq bildirish, xamkorlik ruhida boshqa taraf bilan ishlash va
olib borilayotgan muzokaraga ishonch bildirish imkoniyatini beradi. Bunda mediatordan haqdorni
yoki vujudga kelgan nizoni sababchisini qidirish talab etilmaydi. U kelishuv jarayoni
yakunlanguniga qadar betaraf va xolis boʻlishi, taraflarning oʻzlariga ma'qul keladigan yakuniy
toʻxtamga kelishi uchun harakat qiladi.
Ixtiyoriylik prinsipi oʻzida taraflarning mediatsiya jarayonlariga oʻz ixtiyorlari bilan
qoʻshilish, kelishuv imzolangunga qadar jarayondan chiqishi, kelishuv qanday shartlar va
usullarda boʻlishi taraflarning oʻzaro yakdil qarorlari asosida amalga oshirilishini anglatadi. Bunda
mediator taraflarga xech qanday huquqiy maslahatlar bermaydi, taraflar nomidan qaror qabul
qilmaydi, kelishuv shartlarini belgilamaydi (tavsiya qilmaydi). Ushbu prinsipning asosiy
hususiyati shundaki, mediatsiya jarayonlarida har bir taraf oʻziga ma'qul kelgan qarorni oʻzi
mustaqil qabul qiladi, qabul qilingan qaror va uning ijrosi boʻyicha javobgarlik taraflar zimmasida
qoladi.
Maxfiylik prinsipi shunda koʻrinadiki, taraflar va mediator mediatsiya jarayonidagi
muhokamalar maxfiyligini va uning oshkor etilmasligini oʻzaro kelishuvda ifodalaydilar. Uning
noodatiyligi shundaki, mediatsiya jarayonida qoʻllanilgan oʻzaro qaydlar, yozishmalar,
qoʻlyozmalar, video va audio yozuvlardan mediator kelgusida ushbu ish boʻyicha sud nizosi
vujudga kelgan hollarda foydalana olmasligi uchun mediatsiya jarayoni tugaganidan soʻng yoʻq
qilinishi mumkin.
Oʼzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʼgʼrisida”gi Qonunning 5-moddasida qonun
chiqaruvchi mediatsiyaning asosiy tamoyillarini toʼliq roʼyxatini belgilab bergan. Qonunda
mediatsiyaning ixtiyoriylik, maxfiylik, tomonlarning hamkorligi va tengligi, mediatorning
xolisligi va mustaqilligi kabi printsiplar aks ettirilgan.
Qonun chiqaruvchi mazkur prinsiplarning mazmun-mohiyatini toʼliq ochib bergan. Milliy
qonunchilikda aks ettirilgan prinsiplar mediatsiyaning xalqaro tan olingan prinsiplari mohiyatidan
kelib chiqqan holda belgilangan deyish mumkin.
Xorijiy tajriba.
Mediatsiya institutining rivojlanishini davrlashtirishda uning zamonaviy
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
324
shakli birinchi marta XX asr oʼrtalarida Аmerika Qoʼshma Shtatlarida tarqaldi. Bunga bir qator
omillar yordam berdi.
1947 yilda davlat neytral vositachi sifatida ishlaydigan maxsus xizmatni yaratishda yechim
topdi, yaʼni Federal vositachilik (mediatsiya) va kelishuv xizmati paydo boʼldi.
Аmerika qonunchiligiga koʼra, fuqarolik daʼvolari bilan sudga murojaat qilish hech qachon
arzon boʼlmagan. Tomonlar barcha sud xarajatlarini mustaqil ravishda toʼlardilar, shuning uchun,
ayniqsa, iqtisodiy nizolarda, sud xarajatlari miqdori yuqori darajaga yetdi, shu sababli jamiyatdagi
nizolashgan taraflarni vositachilikka moyil qilish eng toʼgʼri va aniq tanlov boʼlib hisoblandi.
2001 yilga kelib Amerika Qoʻshma Shtatlarida mediatsiya federal darajada
mustahkamlanib, “Yagona vositachilik toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinishiga olib keldi.
AQSh hukumati tomonidan mediatsiya tartib tamoyillarining qoʻllanishi va u
qoʻllaniladigan tarmoqlar xajmi kengayib, uning nizolarni hal qilishdagi samaradorligi sud tizimi
vakillari, sudyalar, prokurorlar, advokatlar va hukumat amaldorlari tomonidan tan olinganidan
keyin qabul qilindi
Ba’zi mamlakatlarda mediatsiyaning ancha uzoq tarixi davomida mediatsiya
xizmatlarining yetakchi provayderlari paydo boʻldi. Buyuk Britaniyada SEDR, AQShda JAMS,
Portugaliyada MEDIARCOM. Bunday provayderlarga murojaat qilish orqali nizoning tavsifini
belgilash, hal etish usullari, shartlari va tartiblari, mediatorlar roʻyxati, nizolarni hal etish
samaradorligi, hal etish vaqti va narxlari va boshqa ma'lumotlar bilan batafsil tanishib chiqishlari
mumkin
Mediatsiya Buyuk Britaniyada alohida mashhurlikka erishdi. Davlat mediatsiya tartibini
fuqarolar orasida ham, professional advokatlar orasida ham maqsadli ravishda ommalashtirdi.
2004 yilda mediatsiya masalalari boʻyicha hattoki maxsus xizmat - ishonch telefoni tashkil etilib,
unda mamlakatning istalgan hududidan qoʻngʻiroq qilib, mojaroni tavsiflash va vositachiga
nisbatan oʻz xohishini bildirishi mumkin. Maxsus telefon xizmati orqali muammoni aniqlashtirish,
vositachiga imtiyozlar berish, soʻralgan nizoni hal etishga mos keluvchi mediator boʻyicha
takliflarni olish imkonini beradi. Bunday holatda nizoga doir tavsiflar, ma'lumotlar, hujjatlar
taqdim etilib, boshqa tomon bilan uchrashtirilmagan holda vositachilik amalga oshirilishi mumkin.
Murojaatlarni bunday usulda qabul qilish tomonlarning xarajatlarini sezilarli darajada
kamaytiradi. Bundan tashqari mediatsiya institutini rivojlantirishga oʻzini hissasini qoʻshuvchi
bepul vositachilik xizmatlari va yuridik maslahatlar koʻrsatadigan “Law works” nomli tashkilotlar
8
https://rewardbloggers.com/blog/how-does-international-mediation-in-usa-work-2490
9
Ц.А.Шамкалашвили. Медиация в России: первые шаги. Интервью. Журнал “Расчет”. 2008. № 12.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
325
tashkil etilgan.
Germaniyada mediatsiya tartibi amalda adliya tizimining ajralmas qismi boʻlib xizmat
qiladi, ishlarning toifalari qonuniy tartibga solinadi, ularni koʻrib chiqish jarayonida majburiy
yarashuv oʻrnatiladi, ham majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda olib boriladigan mediatsiyaning
tegishli qoidalari belgilanadi. Ta'kidlash joizki, Germaniyada yarashtirish xizmatlarini yaratish,
ularning yarashtiruvchi sifatidagi faoliyatini nazorat qilish tegishli qonun hujjatlari bilan
belgilanadi va xususiyatlardan biri prosessual masalalarni yanada batafsil tartibga solishdir
XULOSA
Tadqiqot mavzusini oʻrganish davomida ushbu institutning halqaro amaliyotda alohida
mustaqil institut sifatida shakllanib, uning qamrab olingan sohalari tobora kengayib borayotganini,
uzoq davom etadigan va ortiqcha moliyaviy yoʻqotishlarga olib keladigan sud jarayonlaridan koʻra
qisqa muddatlarda, moliyaviy qulay boʻlgan hamda oʻzaro yakdil qarorga kelish imkoniyati
yaratib beriladigan, yuzaga kelgan nizolarga oshkoralik ruxi berilmasdan uni maxfiylik doirasida
hal etadigan jarayoni sifatida shakllanib ulgurganiga amin boʻldim.
Oʻtkazilgan tahlil natijalari asosida mediatsiyani qoʻllash nazariyasi va amaliyotini yanada
rivojlantirish nuqtai nazaridan quyidagi xulosalarga keladi.
Mediatsiya – taraflarga oʻzaro manfaatli echimni ishlab chiqishda yordam beradigan
neytral vositachi (mediator) ishtirokidagi maxsus tashkil etilgan muzokaralar. Ushbu yondashuv
buzilgan sub'ektiv huquqlarni tiklashning eng samarali usullaridan biridir.
Mediatsiyaning asosiy belgilariga mediatsiya huquqiy nizolarni mustaqil hal etish usulidir;
mediatsiya – huquqiy nizolarni suddan tashqari hal etish usuli; mediatsiya ishtirokchilari “nizoli
huquqiy munosabatlar taraflari” va mediator hisoblanadi. Bundan koʻrinadiki, mediatsiyaning
oʻziga xos xususiyati shundaki, uning mazmuni ikki komponentni oʻz ichiga oladi: tomonlarning
muzokaralari va mediator faoliyati (mediatsiya texnologiyasi).
Mediatsiyaning tamoyillari tizimi ikki guruhga mediatsiyani tashkil etish xususiyatlarini
va uning ishtirokchilari maqomini tavsiflovchi tamoyillar (tashkiliy tamoyillar) va mediatsiyani
amalga oshirishni tartibga soluvchi tamoyillar (prosessual tamoyillar)ga ajratilib, birinchi guruhga
ixtiyoriylik va betaraflik tamoyillari kiradi va ikkinchisiga tomonlarning maxfiyligi, mustaqilligi,
hamkorligi va teng huquqliligi tamoyillarini kiritilishi toʻgʻri yondoshuv boʻldi.
10
Wambier T. Mediation (types-qualification-skills) // International Congress of Procedural Law. Athen 11 - 14
September 2013. Commercial Litigations: Special Cases and Proceedings. Athens-Thessaloniki. P.24 - 25
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
326
TAKLIFLAR
1.
Mediatsiyaning huquqiy asosi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya
toʻgʻrisida”gi Qonuniga halqaro tajriba va amaliyotlarni tahlil qilib, oila qonunchiligiga
mediatsiya tartib-taomillari qoʻllanilishi lozim boʻlgan turkumlarini kiritish. Qonunda oilaviy
munosabatlarning qaysi sohalariga nisbatan mediatsiyaning qoʻllanilishi aniq belgilanmagan.
Shu sababli, qonunda dastlabki qadam sifatida er-xotin oʻrtasidagi mol-mulk,
farzandlarning moddiy ta'minoti va nikoh shartnomasi bilan bogʻliq masalalarda qoʻllanilishi
mumkinligi haqida qoidalarni belgilash maqsadga muvofiq.
2.
Sudlarda maxsus yarashuv, mediatsiya xonalarini tashkil etish orqali ularda
nizolashayotgan taraflarga vositachi yordamida umumiy kelishuvga erishishlari uchun qulay
sharoit yaratish. Bunda Adliya vairligi tomonidan shakllantirilgan mediatorlar reestri sudga
kelgan taraflarga toʻsqinliklarsiz tanishib chiqish imkoniyatlari yaratib berish lozim. Shu bilan
birga, mediativ kelishuvning xususiyatlari va afzalliklari haqida xonada tegishli ma'lumotlarni
berib borish va mediatorlar haqida ma'umotlar va bilan aloqa oʻrnatish ma'lumotlari koʻrsatilgan
boʻlishi kerak.
3.
Advokat va notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirishga koʻmaklashuvchi palata boʻlgani
kabi, Mediatorlar palatasini joriy etish, bunda reestrga kiritilgan har bir mediator ushbu palataga
a'zo boʻlishi va bu palata nodavlat tashkiloti sifatida faoliyat koʻrsatishi lozim.
4.
Bosqichma-bosqich mediatorlarni ixtisoslashuvini joriy etish. Ixtisoslashuvni mehnat, oila,
korporativ, intelektual mulk nizolari, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, internet
tarmogʻidan foydalanish natijasida kelib chiqadigan nizolar doirasida muvofiqlashtirish zarur.
Ixtisoslashgan mediatorlik faoliyatini zaxiraga oʻtkazilgan sudyalar va advokatlar,
shuningdek notariuslar tomonidan amalga oshirish mumkinligi haqidagi normalarni belgilash.
REFERENCES
1.
F.Otaxonov. Nizolarni muqobil hal qilish. Toʼplam. Toshkent 2022 y.
2.
U.Tadjixanov. А.Saidov. Huquqiy madaniyat nazariyasi. Darslik. IIV Аkademiyasi. 1998
yil.
3.
Д.Роэбак. Посредничество и арбитраж в древной Греции. 2002.
4.
Кулапов Д.С. Принципы медиации: многообразие подходов к регулированию.
Вестник Саратовской государственной юридической академии. 2014. № 2.
5.
Техника ведения переговоров нотариусами: как пособие. Ред Р.Вальц. (пер.
С.Трушников). 2005.
6.
Гришина Н. В. Психология конфликта. 2-е изд. Н. В. Гришина. – СПб.: Питер, 2018.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
327
7.
Худойкина Т.В. Проблемы развития медиации в России. М. 2017 г.
8.
Бесемер. Х. Медиация.Посредничество в конфликтах. Пер. с немец. Н. В. Кичкина.
Калуга. 2004.
9.
Медиация базовый курс. Основы применения медиации. Ташкент. 2019.
10.
Wambier T. Mediation (types-qualification-skills). International Congress of Procedural
Law. Athen 11 - 14 September 2013. Commercial Litigations: Special Cases and
Proceedings. Athens-Thessaloniki.
11.
Отис Л., Райтер Э.Х. Медиация в стенах суда. Медиация и право. 2011. № 1.
INTERNET SAYTLARI
12.
https://
13.
https://www.norma.uz/
14.
https://www.adolat.net/
15.
https://.cyberleninka.ru/
