ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
70
IJODIY GURUHLAR YA’NI JAMOAVIY IJODNING AHAMIYATI
Avazbek Nasirdinov
Kamoliddin Behzod nomidagi
Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14048730
Annotatsiya. Ushbu maqolada badiiy ijod jarayonidagi faoilayt yuritib kelayotgan ijodiy
guruhlar va ularning ijod yo‘lidagi umumiy maqsadlari haqida ma’lumotlar berishga harakat
qildindi. Ijodiy guruhi nima ekanligini, u qanday xususiyatlar va afzalliklarga ega ekanligi,
shuningdek, mazkur maqolada O‘zbekiston rassommlaridan tashkil topgan taniqli ijodiy guruhlar
haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, badiiy ijod, ijodiy guruh, Sarchashma ijodiy guruhi, Art-Trio
ijodiy guruhi.
CREATIVE GROUPS THAT IS, THE IMPORTANCE OF COLLECTIVE
CREATIVITY
Abstract. In this article, an attempt was made to provide information about the active
creative teams in the process of artistic creation and their common goals on the creative path.
What a creative group is, what features and advantages it has, as well as well-known
creative teams consisting of artists from Uzbekistan, will be described in this article.
Keywords: fine art, artistic creativity, creative group, Sarchashma creative group, Art trio
creative group.
ТВОРЧЕСКИЕ ГРУППЫ ТО ЕСТЬ ВАЖНОСТЬ КОЛЛЕКТИВНОГО
ТВОРЧЕСТВА
Аннотация. В данной статье была сделана попытка дать информацию о
действующих творческих коллективах в процессе художественного творчества и их
общих целях на творческом пути. О том, что такое творческая группа, какими
особенностями и преимуществами она обладает, а также об известных творческих
коллективах, состоящих из художников Узбекистана, будет рассказано в данной статье.
Ключевые слова: изобразительное искусство, художественное творчество,
творческая группа, творческая группа Сарчащма, творческая группа Арт-трио.
Bugungi kunda turli xil jamoalar mavjud bo‘lib, ular ko‘plab sohalar ya’ni musiqa, san’at,
sport va boshqa yo‘nalaishlarda faoliyat olib borish maqsadida birlashadilar. Ijodiy guruhlarning
maqsadlari avvalo birgalikda ijod qilish, ijodiy safarlar, guruhli ko‘rgazmalarni tashkil etish yoki
hatto katta oila sifatida birga ishlashgacha bo‘lgan har qanday faoliyat ya’ni bir maqsad sari
harakat bo‘lishi mumkin. Kengroq ma'noda aytadigan bo‘lsak adabiy guruhlar va musiqachilar,
rassomlar umumiy aytganda ijodkorlarning birlashmalarini ijodiy guruhlar deb aytsak to‘g‘ri
bo‘ladi.
Izlanishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ijodiy guruhlar san'at tarixidagi turli davrlarga katta
va muhim ta'sir ko‘rsatib kelgan va bu davom etib kelmoqda ham.
San'at olamidagi taniqli ijodiy guruhlari bilan tanishib chiqadigan bo‘lak, san'at tarixida
san'at rivojiga katta hissa qo'shgan ko'plab xorojiy taniqli ijodiy guruhlari mavjud.
Ulardan ba'zilari:
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
71
“Bauhaus” (1919-1933) - XX asr dizayni, arxitekturasi va san'atiga sezilarli ta'sir
ko'rsatgan nemis san'at maktabi.
Fluxus (1960-yillar) - san'at va madaniyatning an'anaviy chegaralarini buzishga intilgan
xalqaro rassomlar uyushmasi.
Surrealizm (1920-1930-yillar) - san'at orqali ongsiz fikrlar va fantaziyalarni ifodalashga
intilgan badiiy harakat.
Moviy chavandoz (1911-1914) - ekspressionizm va mavhum san'atning rivojlanishiga katta
hissa qo'shgan nemis badiiy birlashmasi.
Tasviriy san’at sohasidagi davom etayotgan ijodiy-tashkiliy jarayonlar insonning ichki
dunyoqarashini shakllantirishga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Badiiy-ijodiy madaniyatning roli o‘z
oldiga tasviriy san’at sohasidagi ijodiy izlanishlar va bunday tajribadan zamonaviy san’at sohasida
foydalanish istiqbollarini anglash ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ham sezilarli o‘zgarish
uchun sharoit yaratish vazifasini qo‘yadi.
Tasviriy san’atda ijodiy izlanish olib borish, iste'dodni rivojlantirish va shakllantirish
masalasiga noananaviy yondashish barchada ijodiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishni uyg'otishi
mumkin. Barchamizga ma’lumki ijodkorlikka bo‘lgan bu moyillik insoniyat tabiatiga xosdir.
Shu sababli, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida ijodiy salohiyatini shakllantirish va
rivojlantirish bo‘yicha yurtimizda maqsadli va tizimli pedagogik jarayonlarni tashkil etishdagi
ko‘plab islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ijodiy guruhlarlarning maqsadi boshqa rassomlar bilan aloqalarni o‘rnatish, avangardga
yoki san'atning yangi yo‘nalishlariga keng ma'noda e'tiborni jalb qilish, an'anaviy akademik
yondashuvlardan ba’zan chetga chiqish, yangi ufqlarni ochish va ularga rioya qilish, masalan,
guruhli ko‘rgazmalar tashkil etish kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Tasviriy va amaliy san'atning
barcha sohalari o‘rtasidagi chegaralardan chiqilgan holda ijod qilish ham ularning maqadlaridan
biri hisoblanadi.
Asosan ijodiy guruhlari odatda ikki yoki undan ortiq rassomlarning kichik guruhlari bo‘lib,
ular birgalikda yoki alohida-alohida galereyalarda, ko‘rgazmalarda yoki jamoat joylarida
birgalikda namoyish etish uchun asarlar yaratadilar. Rassomlar ijodiy jamoasi ko‘rgazmalar,
ustaxonalar yoki studiyalar uchun jamoaviy tarzda birgalikda ijod qiladilar. Yangi va
eksperimental ijod usullaridan foydalanishdan chekinmaydilar. Asosan dasturga yo‘naltirilgan
badiiy jamoalardan farqli o‘laroq, ijodiy jamoalar odatda umumiy ish joylari yoki rassomlarning
ustaxonalaridan foydalanish xarajatlarini bo‘lishadilar. Biroq, uzoq yillik do‘stlik, hamkorlikdagi
tematik ko‘rgazmalar va boshqa ishtirokchilarning asarlari bilan muqarrar tanishish orqali qulaylik
uchun oddiy hamjamiyatdan tashqariga chiqadigan aralash shakllar paydo bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda O‘zbekistonda bir nechta ijodiy guruhlar faoliyat olib borib ijod qilib
kelmoqdalar. Bular “Sarchashma” ijodiy guruhi, “Art-Trio”, “Art-Turon” va boshqa shu kabi
ijodiy guruhlar.
Sarchashma ijodiy guruhi 2004 yilda tashkil etilagn bo‘lib, guruhning nomi Qashqadaryo
viloyatining tog‘li xududida joylashgan Sarchashma qishlog‘i nomidan kelib chiqib tanlangan.
Guruh tarkibida Akmal Nyp, Fayzulla Ahmadaliyev, Hikmat Jalilov, Nuriddin Kalanov,
Nabi Mamadiyev, Hakim Mirzaxmedov, Anvar Mirsoatov, Abdusamat Saidberdiyev,
Muhammadiyor Toshmurodov, Dilyer Imomov, Lyubov Semizorova, Obid Bakirov, Sobir
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
72
Rahmetov, Maxsud Qosimov, Alijon Rahimov, Nodir Abdullayev singari turli rassomlar va
ularning avlodlari turli yo‘nalishlarda ijod qilib kelmoqda va bir qancha ko‘rgazmalar
muallifidirlar.
“Art-Trio” ijodiy guruhi ham hozirgi kunda o‘zining ko‘plab ijodiy asarlari bilan o‘z
muhlislariga ega bo‘ldi. Guruh tarkibida mahoratli rasomlar Murod Azlarxo‘jayev, Husan
Qosimov, Baxtiyor Alimxonovlar faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
73
Ularning har biri o‘z tajribasi va bilimlariga ega rassomlardir. Ulardan biri kompozitsiyada
kuchli bo‘sa, biri rangtavirda, kimdir esa chizmatasvir yoki rangtasvirda o‘z ustunliga ega. Ular
dastgoh va monumental uslubidagi kartinalarning deyarli barcha janrlarida ishlashadi. “Art Trio”
guruhi tomonidan yozilgan asarlarning asosiy xaridorlari xorij yoki xususiy mijozlarni tashkil
etadi.
REFERENCES
1.
ИльинаТ.В. История исскуств-М.,2003- 407с.
2.
Федоров-Давыдов А.А. И.И. Левитан. Жизнь и творчество. М., 1966.
3.
Лапшина Н. «Мир искусства». Очерки истории и творческой практики. М., 1977.-
186с.
4.
Коллективное творчество — арт-азбука под ред. Макса Фрая
5.
https://artvernissage.art/uz/artists/10/
6.
https://art-blog.uz/archives/13367
