QANG’ DAVLATI

Аннотация

Ushbu maqolada Qangʻ davlati, uning hududlari, Xitoy manbasidagi davlatga oid maʼlumotlar, Qangʻ davlatining joylashuvi va uning maʼnosi haqida tarixchi olimlarning fikrlari keltirilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Otarbaeva, M. . (2024). QANG’ DAVLATI. Современная наука и исследования, 3(7). извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/35525
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Qangʻ davlati, uning hududlari, Xitoy manbasidagi davlatga oid maʼlumotlar, Qangʻ davlatining joylashuvi va uning maʼnosi haqida tarixchi olimlarning fikrlari keltirilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

145

QANG’ DAVLATI

Otarbaeva Malika Ongarbaevna

Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tarix fakulteti 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12707624

Annotasiya.

Ushbu maqolada Qangʻ davlati, uning hududlari, Xitoy manbasidagi

davlatga oid maʼlumotlar, Qangʻ davlatining joylashuvi va uning maʼnosi haqida tarixchi
olimlarning fikrlari keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

Oqqoʻrgʻon, Aris daryosi, jabgʻu, Davan, Qashqar, Tusa, Siyovush, Chjan

Cyan, S.P.Tolstov, Qovunchi madaniyati, Xorazm.

THE STATE OF KANG

Abstract.

This article presents the opinions of historians about the state of Kang, its

territories, information about the state in Chinese sources, the location of the state of Kang and
its meaning.

Key words:

Akkurgan, Aris river, jabgu, Davan, Kashkar, Tusa, Siyovush, Zhang Cyan,

S.P. Tolstov, Melon culture, Khorezm.

ШТАТ КАН

Аннотация.

В статье представлены мнения историков о государстве Кан, его

территориях, сведения о государстве в китайских источниках, местонахождении
государства Кан и его значении.

Ключевые слова:

Аккурган, река Арис, джабгу, Даван, Кашкар, Туса, Сиёвуш, Чжан

Цян, С.П. Толстов, дынная культура, Хорезм.

Bilamizki, Osiyo yunon-makedon istilosi va salavkiylar sulolasi hukmronligidan keyin

mil. avv. Ill asr boshida hozirgi Toshkent vohasida va Sirdaryoning o'rta va shimoliy oqimi
hududlarida Qang' davlati vujudga kelgan. Bu davlatning etnik tarkibini turli qabila, elatlar tashkil
etgan. Unda yetakchi qang'arlardan tashqari katarlar, kamarlar, toharlar, apasshaklar, asiylar va
boshqa qabila urug'lar ham yonma-yon istiqomat qilganlar. Mil. av. II-l asrlar Qang' davlatining
eng kuchaygan davri edi. Shu davrlarda Qang' bir qator viloyatlarni o'ziga bo'ysundirgan edi. Xitoy
solnomalarida bu viloyatlarning 5 ta nomi tilga olinadi. Bular — Susye (Kesh-Shahrisabz), Fumu
(Zarafshon vodiysi), Yuni (Toshkent viloyati), Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Urganch shahri va
viloyati).

Mil. avv. II-I asrlarda Orol dengizining shimoliy sharqidagi Yantsay (Hozirgi Qizil O'rda)

va Yan yerlari ham qang'arlar tobeligida bo'lgan.Shunday qilib, o'z davrida Qang' davlati O'rta
Osiyoda yirik davlatga aylangan edi. Bu davlatning yirik shaharlari sirasiga Aris daryosi sohilidagi
O'tror va hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumani hududida joylashgan Qanqa (Qang'iz)
shaharlari kiradi. Bu shaharlar o'sha davr shaharsozligining yuksak namunalarini o'zida
mujassamlashtirgan. Qang' davlatini boshqarishda podshohning roli va o'rni katta bo'lgan. Shu
bilan birga, davlat va jamiyat hayotiga oid ko'plab muhim masalalarni hal etishda urug' va qabila
oqsoqollaridan iborat Oliy Maslahat kengashining mavqeyi ham alohida o'rin tutgan. Binobarin,
podshoh o'z ichki va tashqi siyosatini yuritishda kengash bilan maslahatlashgan.Viloyat boshliqlari
turkiy maqomda jobg'u yoki yobg'ular deb atalganlar. Ular o'z hududlarini boshqarishda bir
muncha mustaqillikka ega bo'lib, markaziy hokimiyatga boj to'lab turganlar. Qang' hukmdorlari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

146

mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham faol aralashib, undagi muvozanatni saqlash bobida izchil
siyosat olib borganlar. Ayniqsa, ular Xitoyga nisbatan mustaqil siyosat yuritgan.Shuning uchun
ham Qang' davlati o'z qo'shnilari - Davan, Qashg'ar, Yorkent singari mustaqil hududlarga nisbatan
Xitoyning da’vosi va istilochilik yurishlariga keskin qarshi chiqqan va lozim bo'lganda, o'z harbiy
kuchlari bilan ularga yordamga kelgan. Mamlakat aholisining asosiy tarkibini turkiy etnoslar
tashkil etgan. Ularning ancha qismi o'troq hayot kechirganlar. Aholining ma'lum qismi
ko'chmanchilik bilan shug'ullangan. Daryo va soylarga tutash vohalarda dehqonchilik madaniyati
rivojlangan. Shaharlarda savdo-sotiq, hunarmandchilik rivoj topgan. Mahalliy hunarmandlar
tayyorlagan urush qurollari (qilich, xanjar, oybolta, o'tkir uchli nayzalar va b.), xo'jalik asbob-
uskunalariga talab - ehtiyoj katta bo'lgan.

Qoramozor, Qurama va Chotqol tog'larida temirchilik, misgarlik hunarini rivojlantirish

uchun kerak miqdordagi mis, temir, singari ma’danlar qazib olingan. Toshkent atrofidagi Oqtepa
1, Oqtepa 2, Choshtepa, Qovunchitepa, shuningdek, O'tror, Sirdaryo havzasida topilgan ko'plab
noyob dalillar Qang' davlatida yuksak moddiy va madaniy hayot tarzi mavjud bo'lganligidan
dalolat beradi. Qang'aliklar chorvachiligi va yilqichiligi to'g'risida ham alohida fikr aytish
mumkin. Xitoyliklarni maftun etgan zotdor, tulpor otlar xuddi mana shu hududda va qo'shni Davan
yaylovlarida boqilgan. Xitoy solnomachilari Qang'da chorva mollarining mo'l-ko'lligini, sut-
qatiqlarning g'oyatda mazali va to'yimliligini ta'rif etganlar. Qang' davlatining xalqaro karvon
savdosidagi mavqeyi ham baland bo'lgan. Bunda Buyuk Ipak yo'li alohida oʻrin tutgan. [1;65-66]

Chjan Cyanning yozishicha, Qangʻ 90.000 kishilik qoʻshinga, Cyan Xanshunning

yozishicha, 12.000 kishilik qoʻshinga ega boʻlgan.

"Avesto"da Qangʻ (Qangxa tarzida) bir marotaba tilga olingan. Yashtlarning beshinchi

bobida, Tusa ismli (ikki gildirakli jang aravasida jang qilgan, eronlik) jangchi Ardvi Suradan
muqaddas Qangxadagi jangda, (Turon mamlakati bo'lgan) qorqmas Varsakining avlodlarini
yengishda yordam so'raydi. [2; 22-23]

Qangʻ davlati toʻgʻrisida birmuncha batafsil maʼlumot beruvchi xitoy manbalarida u

Qangʻuy deb ataladi.[3] Firdavsiyning "Shahnoma" asarida Qangʼdiz afsonaviy Siyovushning
yurti deb ham ataladi.[4;736] Ma'lumki, Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Siyovush
afrigʻiylar sulolasining asoschisi bo'lib, ular mil.avv XI asrdan to milodiy X asrgacha Xorazmda
hukmronlik qilganlar[5;486]

Qangʻ davlatining qay yerda joylashgani haqida Xorazm tarixiy bilimdon S.PTolstov

Chjan Cyanning Qangʻuy Alanlar yurtidan 2000 li uzoqlikda joylashgan, degan maʼlumotlarga
koʻra, Qangʻuy davlatining markazi Xorazmgina boʻlishi mumkinligi haqida fikr bildiradi Chunki
oʼsha davrda alanlar Shimoliy Kasbiy boʼylarida yashagan. [6;21-24].

Boshqa bir Xitoy manbasida Cyan-Xan-Shudа Ansi (Parfiya) shimolda Qangʻuy bilan

chegaralashgan deb aytiladi. Ushbu fikr ham S.P.Tolstov foydasiga guvohlik beradi. Uningcha,
Qangʻa qadimgi Xorazmning janubi -g'arbidagi eng chekka tayanch manzilgohi - Qangʻaqalʼa va
uni suv bilan ta'minlagan Qashqadaryoning nomi hisoblanib, Xitoy manbalaridagi Qangʻuy,
"Avesto"dagi Qangʻa va Shohnomadagi Qangʻdizning aynan oʻzidir. Qangʻa davlati
konferenciyasida Xorazm siyosiy gegemonlik roʻlini bajargan.

Biz yunon va rim tarixchilarining asarlarida Qangʻuy haqida hech narsa uchratmaymiz.

S.PTolstov fikriga koʻra yunon-rim tarixchilari Qangʻ davlatini Xorazm nomi bilan bilishgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

147

Qangʻ va Xorazm nomlari S.P.Tolstov fikricha sinonimlar. Bu fikrning zaif tomoni shundaki, agar
Qangʻ Xorazm bo'lsa, Katta Yuechlar Qangʻdan janubda bo'lmay qoladi, ikkinchidan Xorazm bu
davrda chorvachilik emas, balki dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlangan hudud hisoblangan.

Litvinskiy qangʻuylarning asosiy manzilgohlari Sirdaryo boʻylab joylashgan. Qangʻuy

hukmdorlarining qarorgohi Toshkent yaqinida (Qanha) boʻlganligi sababli , Qangʻuyning markazi
ham Sirdaryoning oʻrta oʻquv oqimi boʻlgan degan fikrni ilgari suradi.[7].Arxeologlar Toshkent
viloyatidagi Qovunchi madaniyatini Qangʻuy madaniyati deb hisoblamoqda. Ushbu madaniyat
mahalliy ildizlarga ega.

I.Markvard Qangʻuy Yaksart boʻylab yashovchi sak qabilalariga toʻgʻri keladi degan

fikrini bildiradi. I.Gershovich Toshkent viloyatidan to Orolgacha boʻlgan hududlarda turlar va
xomavarga sak qabilalari yashagan degan fikr bildirgan edi. V.VGrigoryev Toshkent viloyatida
saka-tigraxaudalar yashagan edi deb hisoblaydi.[8].

Yu.F.Buryakovning fikriga koʻra , Yuyni (Toshkent vohasi) Qangʻuy davlati tarkibiga

dastlab kichik mulk maqomida kirib , keyinchalik uning asosiy negizini tashkil etadi. [9].

Tarixchi olim K. Shoniyozovning yozishicha Qangʻ davlati Sirdaryoning oʻrta oqimlarida

yashovchi sak qabilalarining Salavkiylar sulolasi bilan uzluksiz ravishda olib borilgan kurashlar
natijasida taxminan mil.avvalgi III asr boshida vujudga kelgan. Bu davlat Sirdaroning oʼrta
oqimida yashovchi tub ega erli aholisini va bir nechta kuchmanchi va yarim kuchmanchi
qabilalarni birlashtirgan. [10].Uning fikriga ko'ra, Qang davlati Yunon-baktriya-Baktriya, Parfiya
davlatlari bilan shimolda yashovchi kuchmanchi qabilalar bilan o'rnatgan aloqalari natijasida
miloddan avvalgi II-II asrlarda Markaziy Osiyoda yirik va kuchli davlatga aylanadi Shu davrga
kelib Qangʻ siyosiy birlashmasi Sogʻdiyona hamda Xorazmda oʻz hukmronligini oʻrnatadi. Bu
davlatning asosiy markazi Sirdaryo oʻrta oqimida joylashgan . Mil.avv II asr boshlarida ularning
yerlari bir muncha kengayib, sharqdan Farg'ona vodiysi, Shimoliy-sharqtan Usun, yuyechji
qabilalari bilan chegaralashgan. Shimoliy-gʻarbda Qangʻ davlati yerlari Sarisuv yerlari, gʻarbda
Sirdaryogacha borgan.

Qangʻ davlati muammosini aniqlashda " Ot mingan chavandoz " tasviri tushirilgan oʻsha

davr tangalari muhim ahamiyatga ega Maʼlumki , bunday tangalar qadimgi Xorazm va unga tutash
hududlarda topilgan. S.P.Tolstov fikriga koʻra Ot minggan chavondоz bu Xudo sifatida
ilohiylashtirilgan Siyovush tasviri. Firdavsiyning "Shohnoma " kitobiga koʻra , Siyovush oʻz
qahramonlik ishlarini Qangʻa shahrida qilgan . Siyovush esa "Avesto"dagi Imma timsoli
hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib, S.P. Tolstov Qangʻa bu Xorazm deb yana bir marta xulosa
qiladi.

Qang soʻzining maʼnosi, uning kelib chiqishi haqida olimlar orasida turlicha fikrlar mavjud

Markvartning fikriga koʼra , qangʻ ikki soʻzdan olingan, qan (daryo) va ar - kishini bildiruvchi
soʼzlardan kelib chiqqan . Demakki, "qang'ar" Qangʻ daryosidan chiqqan kishilar degan ma'noni
bildiradi ya'ni uni daryo nomi bilan bogʻlaydi.. Pulleyblink fikricha qangʻa toxar tilidagi tosh
soʻzidan olingan. Klashtorniy esa Qangʻ (daryoning nomi) - ar (kishi) yaʼni Qangʻ daryosida
yashovchi kishilar degan maʼnoni bildiradi degan fikrni bildiradi. [11;62]

"Qangʻ" termini S.P.Tolstov hind-yevropa tilidagi " kanal", "kanava" so'zlari bilan bog'liq

deb hisoblaydi, shundan kelib chiqib, Qangʻni "havza bo'yi" dagi yerlar degan ma'noni bildiradi.
Oʻrta asrlardagi qangʻlilar "qangʻ" nomi bilan bogʻliq ekanligi ham eʼtirof etiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

148

Litvinskiy qanla eron-xotan tilidagi "kanda" soʼzidan olingan va "charm kiyimli kishilar"

degan maʼnoni bildiradi deb yozadi.

Shoniyozov "qanh" qan (qangʻ) -daryo, katta suv "ha" - koʻpchilikni anglatadigan demak,

"qanha" bu "daryo boʻyida yashovchilar" degan fikrni bildiradi.

B.I.Vaynberg fikricha, Qangʻuy nomi toponim, ya'ni joy nomi Qanha , Qangʻ nomlari

Sirdaryoning quyi oqimida paydo boʻladigan havzaning nomi. Qadimgi Sirdaryo, Sarisuv va Chu
daryolari bir vaqtlar hozirgi Daryolik ornida bo'lgan Vorukasha ko'liga qo'shilgan. Koʼl aslida
qadimda Turon poytaxti Qangʻ shahriga toʼplangan . Uning nomidan Qang daryosining nomi
olingan.[12;197]

Afsonada aytilishicha, "qangʻli" turk tilida arava degan ma'noni anglatadi. Qangʻuylar

zoroastrizm dinidan boʻlgan xudolardan Farn xudosiga sigʻingan. Xudo hukmdorlarning panohi
va qoʻriqlovchisi, shuningdek uy, oila, ahillikni saqlovchi xudo hisoblangan. Ushbu Xudo qoʻy
koʻrinishida deb qabul qilingan. Shu sababli, oʻsha davrda dastagida qoʻy koʻrinishi boʻlgan sopol
idishlar koʻplab paydo uchraydi.

I-Il asr o'rtalarida Qang' davlati zaiflasha boshladi. Qang' davlatidan birinchi bo'lib Xorazm

ajralib chiqdi.

Milodiy V asr o‘rtaIariga kelib qang‘arlar yeridagi o‘troq va qisman o‘troq -aholi O‘rta

Osiyoda yangidan tashkil topgan Yeftalitlar davlatiga tobe boladilar.[13;88-89].

Yakun sifatida shuni aytish joizki, Qangʻ davlati boʻyicha koʻplab fikrlar mavjud.

Yuqoridagi maʼlumotlardan xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Qangʻ davlati mil.avv III asrda
Sirdaryoning oʻrta oqimida paydo boʻlgan va oʻz davrining qudratli mamlakati boʻlgan davlatdir.
Qangʻ soʻzining maʼnosini kelsak, koʻpchilik tarixchi olimlarimiz bergan maʼlumotlariga tayanib
Qangʻ soʻzi "daryo boʻyida yashovchilar", "daryo boʻyidagi kishilar" maʼnosini anglatadi degan
fikrga kelishimiz mumkin.

REFERENCES

1.

Q.Usmanov, M. Sodiqov, S.Burxanova. "Òzbekiston tarixi". - Toshkent: "IQTISOD
MOLIYA", 2006.

2.

Исхоков М. «Авесто». Яшт китоби. – Т., 2001.

3.

Бичурин Собрание сведений о народах

4.

Фирдавсий А. Шохнома. Т.1. / Форс тилидан Ш.Шомухамедов таржимаси. – Т., 1971.

5.

Бируни. Памятники минувших поколений. / Избр. Произв. Т.1. / Пер. М.А.Салье. –
Т., 1957.

6.

Толстов С.П. Древний Хорезм. М., 1948

7.

Литвинский Б.А. Джунский могильник и некоторые аспекты кангюйской проблемы.
// СА. 1967. №2.

8.

Григорьев В.В. О скифском народе саках. – М., 1871.

9.

Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса.
Т., 1982.

10.

Шониёзов К. Қанғ давлати ва қанғлилар. – Т.,1990

11.

Кляшторный С.Г. Кангюйская этно-топонимика в орхонских текстах. // CЭ. 1951.
№3. С.62.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

149

12.

Вайнберг Б.И. Этногеография Турана в древности. М., 1999

13.

R.H.Murtazaeva "Oʻzbekiston tarixi": Toshkent. 2005

Библиографические ссылки

Q.Usmanov, M. Sodiqov, S.Burxanova. "Òzbekiston tarixi". - Toshkent: "IQTISOD MOLIYA", 2006.

Исхоков М. «Авесто». Яшт китоби. – Т., 2001.

Бичурин Собрание сведений о народах

Фирдавсий А. Шохнома. Т.1. / Форс тилидан Ш.Шомухамедов таржимаси. – Т., 1971.

Бируни. Памятники минувших поколений. / Избр. Произв. Т.1. / Пер. М.А.Салье. – Т., 1957.

Толстов С.П. Древний Хорезм. М., 1948

Литвинский Б.А. Джунский могильник и некоторые аспекты кангюйской проблемы. // СА. 1967. №2.

Григорьев В.В. О скифском народе саках. – М., 1871.

Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса. Т., 1982.

Шониёзов К. Қанғ давлати ва қанғлилар. – Т.,1990

Кляшторный С.Г. Кангюйская этно-топонимика в орхонских текстах. // CЭ. 1951. №3. С.62.

Вайнберг Б.И. Этногеография Турана в древности. М., 1999

R.H.Murtazaeva "Oʻzbekiston tarixi": Toshkent. 2005