ИСТОРИЯ И ЭТНОЛОГИЯ ОЛОТСКОГО РАЙОНА

Аннотация

В статье рассматривается этнология Олотского района, его местонахождение. Помимо происхождения и значений термина Олот, освещаются сведения о населении, природе и экономике Олотского района.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Тошпўлатова S., & Худойқулов S. (2024). ИСТОРИЯ И ЭТНОЛОГИЯ ОЛОТСКОГО РАЙОНА. Современная наука и исследования, 3(5), 148–151. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31951
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматривается этнология Олотского района, его местонахождение. Помимо происхождения и значений термина Олот, освещаются сведения о населении, природе и экономике Олотского района.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

148

OLOT TUMANI TARIXI VA ETNOLOGIYASI

Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna

Osiyo Xalqaro Universiteti

“Tarix va filologiya” kafedrasi

Tarix fani o’qituvchisi

Xudoyqulov Shoyiqul To’xtamurod o’g’li

Tarix ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11124219

Annotatsiya.

Ushbu maqola Olot tumani etnologiyasi, uning joylashgan o’rni. Olot

atamasi kelib chiqish va ma’nolari bundan tashqari, Olot tumanining aholisi, tabiati va xo’jaligi
haqida ma’lumotlar yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

Olot, arlot, Dengizkoʻl, Somonkoʻl, Qorongʻikoʻl, Shoʻrkoʻl, Xoʻjamsayod,

Qaragʻanjida.

HISTORY AND ETHNOLOGY OF OLOT DISTRICT

Abstract.

This article is about the ethnology of Olot district, its location. In addition to the

origin and meanings of the term Olot, information about the population, nature and economy of
Olot district is covered.

Key words:

Olot, arlot, Dengizkol, Somonkol, Korongkol, Shorkol, Khojamsayod,

Karaganji.

ИСТОРИЯ И ЭТНОЛОГИЯ ОЛОТСКОГО РАЙОНА

Аннотация.

В статье рассматривается этнология Олотского района, его

местонахождение. Помимо происхождения и значений термина Олот, освещаются
сведения о населении, природе и экономике Олотского района.

Ключевые слова:

Олот, арлот, Денгизколь, Сомонколь, Коронгколь, Шоркол,

Ходжамсаед, Караганджи.

Olot. Ushbu etnooykonim viloyatning Buxoro, Kogon, Olot tumanlarida Olot, Orlot, Arlot,

Olotxona shakllarida uchraydi. Olot – arlot etnonimining fonetik o‘zgarishga uchragan shakli. Olot
o‘zbek xalqi tarkibida uchraydigan urug‘lardan biri bo‘lib, aslida, turkiy va mo‘g‘ul xalqlari uchun
umumiy bo‘lgan qabila nomidir. Chingizxon o‘g‘li Chig‘atoyga taqdim etgan to‘rtta qabiladan biri
– arlot. Bu qabila Afg‘onistonning shimoliy qismiga o‘rnashib qolgan. Movarounnahrda arlotlar
kam bo‘lsa ham, nufuzli qabilalardan hisoblangan Arlotlar oʻzbek qavmlarining eng koʻp
tarqalganlaridan biridir. Mazkur qavm Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, va
Qashqadaryo viloyatlarida, shuningdek, Afgʻonistonning shimolida keng tarqalgan. Abulg‘ozi
Bahodirxon o‘zining “Shajarayi turk” kitobida orlot urug‘ini “mo‘g‘ul avlodlari” deb atalgan
qismida tilga oladi va arlot so‘zining asl ma’nosi “onasining sevgan o‘g‘li” demakdir, deydi.

Arlot qabilasi 92 bovli oʻzbek “qavmlari” qatorida “Jome at-tavorix”, “Ravzat us-safo”,

“Shayboniynoma”da, “Abdullanoma”, “Shajarayi turk” yodnomalarida, Alisher Navoiy asarlarida
tilga olingan . Arlot etnonimi X.Doniyorov ishida olot tarzida qayd etilgan

Olot tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman. 1943-yil 14-fevralda

tashkil etilgan. 1960-yil Qorakoʻl tumaniga qoʻshilgan. 1973-yil 26-dekabrda qayta tashkil etilgan.
1983-yildan yana Qorakoʻl tuman i tarkibida. 1989-yildan Olot tumani yana aloxida tuman maqo-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

149

miga ega boʻldi. Buxoro viloyatining janubi-gʻarbida joylashgan. Jan., janubi-sharqdan
Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbdan eng katta masofada (75 km) Turkmanistonning Lebap
viloyati (Amudaryo orqali), shimoli-gʻarb va Shimoli-sharqtomondan Buxoro viloyatining Jondor,
Qorakoʻl, Buxoro, Qorovulbozor tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,22 ming km². Aholisi
77,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Olot), 8 shaharcha (Ganchi Chandir, Kesakli, Qirtay,
Sola qorovul, Jayxunobod, Oʻzbekiston, Chovdur, Boʻribek Chandir) va 10 qishloq fuqarolari
yigʻini (Bahoriston, Guliston, Denov, Jumabozor, Kirlishon, Paxtakor, Soyinqorovul,
Tolqonsayot, Chandir, Chorbogʻ) bor. Tuman hududi Zarafshon daryosining eng quyi qismida,
Qorakoʻl deltasidagi tekislikda joylashgan. Relyefida keskinlik kam. Faqat Dengizkoʻl rayonida
Dengizkoʻl botigʻi (160 m) va Dengizkoʻl platosi oʻrtasidagi balandliklar farqlanadi (Jilliqoya —
302 m, Somontepa — 280 m). Tumanning 10 % ga yaqin maydoni oʻzlashtirilgan vohadan iborat,
qolgan qismi qumli, gipsli, gilli, shoʻrxok choʻllardir, 100 ga yaqin qoldiq koʻl bor. Ulardan eng
kattalari — Dengizkoʻl, Somonkoʻl, Qorongʻikoʻl, Shoʻrkoʻl, Xoʻjamsayod, Qaragʻanjida.
Qorakoʻl daryosining quyi oqimi va sobiq Moxondaryo oʻzani, asosan, tekislikdan iborat.
Tuproqlari oʻtloqi boʻz, qum-loq boʻz, taqir boʻz tuproklardir, janubida shoʻrxoklar katta
maydonni egallaydi. Yer osti sizot suvlari ancha yaqin.

Tuman hududida 132 quduqdan foydalanilmoqda. Yirik gidrotexnika in-shootlari va nasos

stansiyalari mavjud. Tuman hududi orqali Amu-Buxoro, Amu-Qorakoʻl kanallari oʻtadi. Foydali
qazilmalardan Oʻrtabuloq va Olotda tabiiy gaz, qoldiq koʻllarda tuz, qurilish materiallari zaxirasi
katta. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 0,4°, eng past temperatura
—24°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 29,3°, eng yuqori temperatura 46°. Vegetatsiya davri 205
kun. Yillik yogʻin 120-125 mm. Yovvoyi oʻsimliklardan boyalich, kovrak, yantoq, shuvoq,
singren, saksovul, qandim, bahorda rang, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh va boshqa oʻsadi. Yovvoyi
hayvonlardan taroq barmokli qoʻshoyoq, ingichka barmokli yumronqoziq, malla yumronqoziq,
sugʻur, sassiqkoʻzan, qumsichqon, qum boʻgʻma iloni, charx ilon, choʻl mushugi, qushlardan
tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirgʻovullar va boshqa bor. Qumli choʻllarning tipik tabiiy
komplekslarini qoʻriqlash va boyitish maqsadida tuman hududida 1971-yilda Qorakoʻl
qoʻriqxonasi tashkil etildi. Qoʻriqxonada 200 ga yaqin oʻsimlik turi (shundan 30 ga yaqin daraxt
va butalar) bor. Qoʻriqxonadagi suv havzalari (kanallar, koʻllar)da 30 ga yaqin baliq turi yashaydi.
Sudraluvchilarning 30 xili, qushlarning 170 turi, sut emizuvchilarning 30 ga yaqin turi bor.
Jumladan, qoʻriqxonada zarafshon qirgʻovuli, qum quyoni, qobon va boshqa koʻpaytirilmokda.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, turkman, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari

ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km² ga 24,2 kishi (2003). Shahar aholisi 11,5 ming kishi, qishloq
aholisi 66,4 ming kishi. Oʻzbekiston Respublikasining Buxoro viloyatiga qarashli boʻlgan Olot
tumani viloyat hududining janubiy gʻarb qismiga joylashgan boʻlib, shimol tomondan Qorakoʻl
tumani, sharq tomondan Qashqadaryo viloyatining Bahoriston tumani, janub tomondan
Turkmaniston Respublikasining Farap tumani va gʻarb tomondan esa Qorakoʻl tumani bilan
chegaralangan. Buxoro viloyati markazidan tuman markazigacha boʻlgan masofa 72 km.ni tashkil
qiladi.

Olot tumani markazi Olot shahri boʻlib, 5 ta mahalla fuqarolar yigʻini (Eski Olot, Akkali,

Bunyodkor, Xalifa va Nonimas mahalla fuqarolar yigʻinlari), 29 ta koʻchalardan iborat tarkibda
tuzilgan. Tuman markazida yirik tashkilotlardan tuman hokimligi, Amu-Buxoro mashina kanali


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

150

boshqarmasi, Neft va gaz qidiruv ekpeditsiyasi, Telekommunikatsiyalar bogʻlanmasi, pochta aloqa
xizmatlari idorasi, Olot pedagogika va sport kasb-hunar kolleji, Dehqon bozori masʼuliyati
cheklangan jamiyati, Suvoqava ishlab chiqarish boshqarmasi va savdo, maishiy xizmat hamda
umumiy ovqatlanish shaxobchalari mavjud. Olot shahrida 14,9 foiz aholi istiqomat qiladi.
Tumanda M-37 xalqaro avtotrassa mavjud boʻlib, Qorakoʻl tumanidan Olot Bojxona nazoratidan
oʻtish kompleksiga qadar 35 km.ni tashkil etadi.

Olot tumani aholisi soni 2013-yil 1-yanvar holatida 95,06 ming kishini tashkil qiladi.

Shundan shahar aholisi 14,1 ming kishi, qishloq aholisi 80.96 ming kishini tashkil qiladi.

Tuman markazi Oʻrta Osiyo temir yoʻl tarmoklari bilan bogʻlangan. Buxoro—Olot

yoʻnalishida poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Avtoyoʻllarning uz. 251 km.

Buxoroning Olot tumanida joylashgan, shifobaxsh tuz ko‘li haqida eshitganmisiz? U

Turkmaniston chegarasining yaqinida joylashgan. Yana 2 km yo‘l bossangiz Lebap viloyati
chegarasiga yetib borasiz. (Elektron xaritadan foydalanadiganlar 39°14’40.84’’ — shimoliy
kenglik, 69°42’16.00’’ — sharqiy uzunlik koordinatalarini kiritishlari mumkin).

REFERENCES

1.

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). KHOJA ABDULKHOLIQ
GIJDUVANI.

Modern

Science

and

Research

,

3

(2),

87–93.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30711

2.

Toshpo’latova, S. (2024). ETHNOLINGUISTICS OF ETHNOLOGIES OF
BUKHARA.

Modern Science and Research

,

3

(2), 1004–1011. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29523

3.

Toshpo’latova, S. (2024). ETHNOLINGUISTICS.

Modern Science and Research

,

3

(2),

500–507.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/29386

4.

Toshpo’latova, S. . (2024). RELIGIOUS ANTHROPOLOGY.

Modern Science and

Research

,

3

(1),

504–510.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/28281

5.

Toshpo’latova , S., & Jo’rayeva , M. . (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.

Modern Science and Research

,

3

(2), 447–450.

Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31046

6.

Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). M. S. ANDREYEV’S WAY OF LIFE.

American

Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769)

,

1

(10), 655–

659. Retrieved from

https://grnjournal.us/index.php/STEM/article/view/2280

7.

Shuhratovna, T. S. . (2024). Linguistic Anthropology.

EUROPEAN JOURNAL OF

INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION

,

4

(3), 432–437. Retrieved from

https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2792

8.

Toshpolatova Shakhnoza Shuhratovna. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF
NATIONAL COSTUMES AND RITUALS OF TAJIKS IN THE WORKS OF M. S.
ANDREYEV.

International Journal Of History And Political Sciences

,

3

(12), 42–47.

https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue12-08


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

151

9.

Toshpo’latova , S. (2023). M. S. ANDREYEV-SCIENTIFIC CAREER.

Modern Science

and Research

,

2

(12), 801–807. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/27191

10.

Sh.Sh.Toshpo‘latova, & I.N.Naimov. (2023). M.S. ANDREYEV – O’RTA OSIYO
XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI.

Innovations in Technology and

Science

Education

,

2

(8),

1214–1222.

Retrieved

from

https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/698

11.

Toshpulatova Shakhnoza Shuhratovna. (2023). ETYMOLOGY OF TAJIK MARRIAGE
CEREMONY.

International Journal Of History And Political Sciences

,

3

(11), 17–23.

https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue11-05

12.

Toshpo‘latova , S. S. (2023). TOJIKLAR MILLIY KIYIM-KECHAKLARI VA
“BESHMORAK” MAROSIMINING ETNOLOGIK TAHLILI.

SCHOLAR

,

1

(28), 395–

401. Retrieved from

https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/5071

13.

Naimov, I. ., & Toshpo‘latova, S. . (2023). MARRIAGE CEREMONY OF TAJIKS IN
THE WORK OF MIKHAIL STEPANOVICH ANDREYEV “TADJIKI DOLINI
KHUF”.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

3

(1), 12–16. Retrieved

from

https://ihm.iscience.uz/index.php/ijich/article/view/205

14.

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL
CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN
THE RESEARCHES OF M.S. ANDREYEV.

Modern Science and Research

,

2

(10), 291–

299. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25092

15.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF
THE WORK OF M. S. ANDREYEV - "ARK BUKHARI".

Modern Science and

Research

,

2

(9),

404–409.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/24229

16.

Toshpo’latova, S. . (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE
TAJIKS OF AFGHANISTAN.

Modern Science and Research

,

2

(9), 84–89. Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23903



Библиографические ссылки

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). KHOJA ABDULKHOLIQ GIJDUVANI. Modern Science and Research, 3(2), 87–93. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30711

Toshpo’latova, S. (2024). ETHNOLINGUISTICS OF ETHNOLOGIES OF BUKHARA. Modern Science and Research, 3(2), 1004–1011. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29523

Toshpo’latova, S. (2024). ETHNOLINGUISTICS. Modern Science and Research, 3(2), 500–507. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29386

Toshpo’latova, S. . (2024). RELIGIOUS ANTHROPOLOGY. Modern Science and Research, 3(1), 504–510. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28281

Toshpo’latova , S., & Jo’rayeva , M. . (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447–450. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31046

Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). M. S. ANDREYEV’S WAY OF LIFE. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655–659. Retrieved from https://grnjournal.us/index.php/STEM/article/view/2280

Shuhratovna, T. S. . (2024). Linguistic Anthropology. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 432–437. Retrieved from https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2792

Toshpolatova Shakhnoza Shuhratovna. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF NATIONAL COSTUMES AND RITUALS OF TAJIKS IN THE WORKS OF M. S. ANDREYEV. International Journal Of History And Political Sciences, 3(12), 42–47. https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue12-08

Toshpo’latova , S. (2023). M. S. ANDREYEV-SCIENTIFIC CAREER. Modern Science and Research, 2(12), 801–807. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27191

Sh.Sh.Toshpo‘latova, & I.N.Naimov. (2023). M.S. ANDREYEV – O’RTA OSIYO XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI. Innovations in Technology and Science Education, 2(8), 1214–1222. Retrieved from https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/698

Toshpulatova Shakhnoza Shuhratovna. (2023). ETYMOLOGY OF TAJIK MARRIAGE CEREMONY. International Journal Of History And Political Sciences, 3(11), 17–23. https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue11-05

Toshpo‘latova , S. S. (2023). TOJIKLAR MILLIY KIYIM-KECHAKLARI VA “BESHMORAK” MAROSIMINING ETNOLOGIK TAHLILI. SCHOLAR, 1(28), 395–401. Retrieved from https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/5071

Naimov, I. ., & Toshpo‘latova, S. . (2023). MARRIAGE CEREMONY OF TAJIKS IN THE WORK OF MIKHAIL STEPANOVICH ANDREYEV “TADJIKI DOLINI KHUF”. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(1), 12–16. Retrieved from https://ihm.iscience.uz/index.php/ijich/article/view/205

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN THE RESEARCHES OF M.S. ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291–299. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25092

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE WORK OF M. S. ANDREYEV - "ARK BUKHARI". Modern Science and Research, 2(9), 404–409. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24229

Toshpo’latova, S. . (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE TAJIKS OF AFGHANISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 84–89. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23903