“EDIGO” DOSTONIDAGI AN’ANAVIY FORMULALAR HAQIDA

Annotasiya

Ushbu maqolada turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan “Edigo” dostonida qo ‘llanilgan an’anaviy formulalar, ular eposning an’anaviy negizini, o ‘zgani tashkil etishi , bularning o‘g‘uz eposi an’analari, xususan, ozarbayjon va turkman eposidagi formulalarga yaqin kelishi masalalari yoritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Gavhar, E. (2023). “EDIGO” DOSTONIDAGI AN’ANAVIY FORMULALAR HAQIDA. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 2(10), 272–276. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24892
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Kalit so‘zlar:

Annotasiya

Ushbu maqolada turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan “Edigo” dostonida qo ‘llanilgan an’anaviy formulalar, ular eposning an’anaviy negizini, o ‘zgani tashkil etishi , bularning o‘g‘uz eposi an’analari, xususan, ozarbayjon va turkman eposidagi formulalarga yaqin kelishi masalalari yoritilgan.


background image



271

“EDIGO” DOSTONIDAGI AN’ANAVIY FORMULALAR HAQIDA

Eshchanova Gavhar Otajonovna

Urganch davlat pedagogika instituti

“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi

dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

eshchanovagavhar@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10070629

Annotatsiya.

Ushbu maqolada turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan “Edigo” dostonida

qo ‘llanilgan

an’anaviy formulalar, ular eposning an’anaviy negizini, o ‘zgani tashkil etishi ,

bularning o‘g‘uz eposi an’analari, xususan, ozarbayjon va turkman eposidagi formulalarga yaqin

kelishi masalalari yoritilgan.

Kalit so ‘zlar:

Xorazm dostonlari, epos, “Edigo”, barqaror formulalar, ifodaviylik va

badiiylik, Tulumxo‘ja, o‘g‘uz eposi an’analari, ozarbayjon va turkman eposi, Qo‘ng‘irot eli,

«Sayod va Hamro» dostoni, “Oshiq G ‘arib va Shohsanam” dostoni, «Asil va Karam» dostoni.

ABOUT THE TRADITIONAL FORMULAS IN THE EPIC OF "EDIGO"

Abstract.

In this article, the basic formula “Edigo”, widespread among the Turkic peoples,

is used, which reflects the traditional basis of the epic, its organization, their closeness to the

traditions of the epic, in particular, to the formulas of the Azerbaijani and Turkmen epic.

Key words:

Dastans of Khorezm, epic, “Edigo”, stable formulas, expressiveness and

artistry, Tulumkhoja, tradition of oral epic, Azerbaijani and Turkmen epic, Kungirot region,

dastan “Sayod and Hamro”, dastan “Ashik Garib and Shahsanam”, dastan “ Asli and Kerem"

О ТРАДИЦИОННЫХ ФОРМУЛАХ В ЭПОСЕ «ЭДИГО»

Аннотация.

Этой статье освещены распространенные среди тюркских народов

традиционные формулы дастана «Эдиго», которые отражают традиционную основу

эпоса, его организацию, их близостьк традициям эпоса, в частности, к формулам

азербайджанского и туркменского эпоса.

Ключевые слова:

Дастаны Хорезма, эпос,«Эдиго», устойчивые формулы,

выразительность и художественность, Тулумходжа, традиции устного эпоса,

азербайджанский и туркменский эпос, Кунгиротский край, дастан «Саёд и Хамро»,

дастан «Ашик Гариб и Шахсанам», дастан «Асли и Керем»

Eposning shakllanishi va yashab qolishi uning shakliy komponentlarining barqaror

an’analar asosiga qurilganligi bilan xarakterlanadi.


background image



272

Dostondagi voqealar tasviridagi barqaror formulalarning roli nihoyatda katta. Chunki, har

qanday eposda barqaror formulalalar o‘zining originalligi va ixchamligi bilan ko‘zga tashlanib

turadi. Ularning ifodaviyligi va yuksak badiiyligi ham ana shunda. [1.178] Ular asrlar bo‘yi

shakllangan formulalar bo‘lib, eposning an’anaviy negizini, o‘zagini tashkil etadi. [2.209]

Folklorshunos S.Ro‘zimboyev Xorazm dostonlarida qo‘llanilgan an’anaviy formulalar

haqida fikr bildirar ekan, ularning alohidalik xususiyatlaridan birini o‘g‘uz eposidagi formulalar

bilan adekvat xususiyatga egaligida, deb belgilaydi. [3.37]

Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan «Edigo» dostonida ham turli vaziyatlar bilan bog‘liq

rang-barang barqaror formulalar ishlatilgan bo‘lib, ularning xarakter-xususiyati haqiqatan ham

o‘g‘uz eposi an’analari, xususan, ozarbayjon va turkman eposidagi formulalarga yaqin keladi.

Negaki, dostonchilik an’anaviylik tamoyillariga bo‘ysunadi. «Kollektivlik an’anaviylik va

individuallik doirasini belgilaydi. Dostonchining shaxsiy mahorati faqat ro‘yobga chiqqan an’ana

doirasidagina namoyon bo‘lishi mumkin». [4.437]

An’anaviy formulalar epik vaziyat yaratishda katta rol o‘ynaydi. «Ular doston

kompozitsiyasi bilan mustahkam aloqada bo‘lib, baxshiga voqealar silsilasini mustahkam esda

saqlab qolishda katta yordam beradi, uni asar syujetidagi asosiy nuqtalar sari etaklab boradi». [5.39

-43]

An’anaviy formulalar zimmasiga tushadigan ana shu omillar baxshilar yoki qissaxonlardan

ushbu vositalarga ko‘proq e’tibor berishni taqozo qiladi. Qolaversa, bu vositalar tinglovchida

yuksak badiiy-estetik zavq uyg‘otadi. Chunki formulalarning birortasi ham vaziyatdan tashqarida

voqe bo‘la olmaydi. Voqealar bilan aloqador vaziyatni ochib berishda ushbu vositalar o‘ziga xos

ochqich vazifasini o‘tashadi.

«Edigo» dostonida ishlatilgan an’anaviy formulalarni vaziyat va idrok vazifasi nuqtai

nazaridan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1.Tulumxo‘janing oilasi Edigoni qush uyasidan topib olganda Navbahor bibi tilidan

berilgan misralardagi ushbu satrlar

shukronalik

vaziyatini yuzaga keltiradi.

Qish kunlaring bo‘ldi emdi lolazor,

Bu bachchani ro‘zi qildi birubor.

[6.195.]

2.Tulumxo‘janing o‘z el-yurtidan ayrilib, darbadar holda ketib borishidagi qalb nidosini

ifoda etuvchi

iztirob

vaziyatini yuzaga keltiruvchi misralar:

Baxt yulduzim maning erga urildi,

Bukun manga ro‘zi-mahshar qurildi.[6.177.]


background image



273

3. Edigoning qalmiq eliga ketishi oldidan ota-onasining uni yo‘ldan qaytarish uchun

qilgan yolborishlari asosida yuzaga kelgan

iltijo

vaziyatini ro‘yobga chiqaruvchi misralar:

Sansan maning jon bog‘imda targulim.

Oy bulbulim, xush ovozim ketmagil [ 6.208.]

Edigoning qalmiq eliga ketishidan ota-ona qalbidagi

afsuslanish

vaziyatini ifodalovchi

satrlar:

G‘afil bo‘lib olg‘ir qushim qochirdim,

Ohu nolam etti ko‘kdin oshirdim,

Dargohingda omon tutg‘ul, xudoyim.[6.211.]

Navbahorbibining Tulumxo‘jaga nisbatan

tasalli berish

vaziyatini vujudga keltiruvchi

misralar:

Saringdin do‘nayin , mehribon xo‘jam,

Kimsa holin yaratgandin ko‘rmasmi.[6.179.]

Edigoning omon-eson qaytib kelishidan

umidvorlik

vaziyatini ifodalovchi satrlar:

Ochilur bog‘imning gulu gulzori,

Bukun erta kelur og‘am xabari.[6.256.]

Sog‘inch girdobida to‘lg‘angan ota-onaning

alamdiydalik

vaziyatini ochib beruvchi

iboralar:

Endi oqar bo‘ldi ko‘zimdin qonim,

Hasratingdin chiqar tanimdin jonim.[6.255.]

Edigodek xushbichim yigitning qaddi-qomatidan

faxrlanish

vaziyatini yaratuvchi

iboralar:

Qaysi bir bog‘ning gulisan,

Ne chamanning bulbulisan,

Ey to‘ram, qaydin kelursan?[6.221.]

Foniy dunyodan

shikoyat

vaziyatini ifodalovchi misralar:

Bu dunyo deganing sayri-sayrondur,


background image



274

Inson g‘aflatdadur, mudom hayrondur [6.171.].

Murodi hosil bo‘lgandan keyingi

shodlik

va visol

,ko‘rishish vaziyati bilan aloqador

iboralar:

Bulbul parvoz etib qo‘nar gulina,

Sevar yorim, kelding kimning elina.[6.261.]

Ushbu tasnif va tavsifni yana davom ettiraverish mumkin. Chunki an’anaviy formulalar

dostondagi har bir voqeani ramziy tasvirga olishda intensiv tarzda ishlatiladi.

Yuqorida keltirilgan ayrim iboralarni tahlil qilsak buni yaqqol ko‘rish mumkin. Tulumxo‘ja

farzand dog‘ida kuyib, sarson-sargardon bo‘lib o‘z elidan ketib borar ekan, tasodifan o‘g‘il

farzandga duch keladi. Ushbu quvonchli vaziyatni yorqin ifodalash uchun Tulumxo‘janing oldingi

hayoti «qish» ramzida, farzandga ega bo‘lgandan keyingi turmushi «lolazor» ya’ni «bahor» ramzi

tarzida beriladi. Oxirgi misrada berilgan ikki misra Edigoning mahbubasi Oqsuluv parizod

tomonidan aytilgan. Ular kelin-kuyov bo‘lib, Qo‘ng‘irot eliga kelishar ekanlar Oqsuluv parizod

visol onlaridan mast bo‘lib, turmush o‘rtog‘ini «Bulbul», o‘zini esa «Gul» ramzi orqali tilga oladi.

An’anviy formulalar xarakter jihatdan juda rang-barang bo‘lsalar-da, mavzu guruhi

jihatidan ijobiy va salbiy tasvirga ajraladilar. Ramz tanlab voqeani ochib berishda bu holat yaqqol

namoyon bo‘ladi.

Tulumxo‘ja farzandsizlikdan jafo chekib, ig‘vo bilan tuhmat jabriga duch kelib,

To‘xtamishxon saroyidan adolatsizlik asosida quvg‘in qilinganida o‘z omadsizligini «baxt

yulduzi» qulab tushishi hodisasiga teng keltiradi, o‘sha kunni esa «Ro‘zi-mahshar» deb nomlaydi.

Mana shu ikki ibora alamdiyda obraz ruhiyatini har tomonlama yorqin ifoda qila oladi.

An’anaviy formulalar orasida shunday shakllar borki, ular to‘rt misraning uchtasini

egallaydi:

Anda qoldi toza gulim,

Uchdi qo‘limdin bulbulim,

Lol(g)a do‘ndi so‘zlar tilim,

Olib qoldi Adigani.[6.204.]

Bu misralar Tulumxo‘janing orzu-armon bilan erishgan farzandining To‘xtamishxon

tomonidan tortib olinishidagi vaziyatni ifodalashda keltirilgan bo‘lib, undagi an’anaviy formulalar


background image



275

obraz ruhiyatiga juda mos tanlangan. Bu yerda saroyda qolgan «toza gul», qo‘ldan uchgan

«bulbul», lol bo‘lgan «til» ramzlariga ishora qilish ruhiy holat tasvirida asosiy rol o‘ynaydi.

An’anaviy formulalar dostondagi har bir voqeani to‘laqonli ochish uchun dastlabki

vaziyatni tabiat hodisalari, uning quchog‘idagi jonzotlar orqali ramziy ifodalar bilan yorqin

xususiyatga ega bo‘lib, asar tarkibida muntazam ravishda istifoda etiladi. Ularning ijrochi

tomonidan doimiy takrorlanishi barqarorlikka yo‘l ochadi. Ayniqsa, og‘zaki jarayonda ijrochi

bunday tayyor formulalarga tez-tez murojaat qiladi. So‘z yuritayotganimiz yozma nusxada esa

yuqorida tahlilga tortilgan an’anaviy formulalardan tashqari, o‘sha davr yozma yodgorliklariga

xos bo‘lgan ayrim ifodalar borki, ular matn davomida tez-tez ko‘zga tashlanadi. Har bir she’riy

parcha oldidan «bir g‘azal aydi», «bir so‘z aydi» iboralari, har bir she’riy parchadan keyin

«alqissa», «alg‘araz» kabi kirish iboralari, «unda», «undan keyin» ma’nosida «ersa» iborasi

qo‘llaniladi. Voqeadan voqeaga o‘tishda esa «Bular yo‘lda yurabersinlar. Emdi so‘zni boshqa

erdin aytay» yoki «emdi so‘zni boshqa erdin eshiting» kabi formulalar qo‘llaniladi.

Umumlashtiruvchi ifodalarda tez-tez «Yetti yashardan yetmish yashargacha», «Katta-yu

kichik, zanon-u mardon» kabi iboralardan foydalaniladi. Obrazlar portretini chizishda «Yuzlari

to‘lgan o‘n to‘rt kechalik oyday», «Misoli oftobi xovardek» singari an’anaviy tasvirlar

qo‘llaniladiki, bularning barchasi qo‘lyozma dostonlarga xos bo‘lgan alohidalik xususiyatlardir.

Ushbu obrazli ifodalar Xorazmda tarqalgan barcha qo‘lyozma dostonlar uslubi bilan to‘la

hamohang keladi. Jumladan, «Sayod va Hamro» dostonidagi Sayodxon obrazi portreti tasvirida

o‘sha iboralar quyidagicha qo‘llaniladi: «Sayodxonning yuzinda munchoq-munchoq ter oqib, yuzi

o‘n to‘rt kechalik oydek bo‘lib o‘ltiribdur».[6.40.]

Yuqorida an’anaviy formulalarning umumo‘g‘uz dostonlaridagi iboralar bilan

hamohangligiga urg‘u berib o‘tilgan edi. Darhaqiqat, qayd etib o‘tilgan iboralarning aksariyati

boshqa qo‘lyozma dostonlarda ozgina o‘zgarish bilan qo‘llanilaveradi.

«Oshiq G‘arib va Shohsanam» dostonidagi ushbu misralarni qiyos qilib ko‘raylik:

Boshinga do‘nayin gul yuzli xo‘jam…[7.117.]

«Asil va Karam» dostonida esa bu ibora sal o‘zgarish bilan takrorlanadi:

Saringa do‘nayin ola ko‘z pari…[7.257.]

«Oshiq G‘arib va Shohsanam» dostonining turkman versiyasida bu ibora:

Bashina doneyin, gul yuzli Akjam. [8.66]

tarzida, o‘sha dostonning ozarbayjon versiyasida esa:


background image



276

Bashina dondujum gul uzlu Sanam.[9. 189]

shaklida ishlatilgan.

Binobarin, ushbu formulalar uzoq asrlarning mahsuli bo‘lib, faqatgina bir millat doirasida

emas, balki ko‘plab xalqlar ijodida mushtarak holda yashab kelgan. Bu holat ularning shakllanish

ildizlarining nihoyatda qadimiyligidan darak beradi.

REFERENCES

1.

Путилов Б.Н. Героический эпос Черногорцев, С.178.

2.

Кыдырбаева Р.З. “Генезис эпоса “Манас”. Фрунзе, “Илим”, 1980, С.209.

3.

Ro‘zimboyev S. “Spesifika, типология и поэтика Хорезмских дастанов”. АДД, Т.:

1990, С.37.

4.

Жирмунский В.М. Зарифов Х.Т. “Узбекский народный героический эпос”, М.:

“Гослитиздат”, 1947, С.427.

5.

Ro‘zimboyev S “Xorazm dostonlaridagi epik klishe va stilistik formulalarning o‘ziga

xosligi haqida”.// “O‘zbek tili va adabiyoti”, 1990, №2, 39-43-betlar.

6.

Xorazm dostonlari. Oshiqnoma, I- kitob, 2006, Urganch. B.- 195; B.-

177;B.-208; B.-

211;B.- 179];B.- .256;B.- 255;B.- 221; B.- .171; B.- 261;B.-204. B.-

.40.

7.

Xorazm dostonlari. Oshiqnoma, II- kitob, 2006, Urganch. B.

-

117; B.-

257. B.- 185.

8.

Шасенем-Гарып, Ашгабат.: «Туркменстан», 1979, B.- 66.

9.

Азербайjан маnаббат дастанлары, Бакы, «Елм», 197. B.- 189..

Bibliografik manbalar

Путилов Б.Н. Героический эпос Черногорцев, С.178.

Кыдырбаева Р.З. “Генезис эпоса “Манас”. Фрунзе, “Илим”, 1980, С.209.

Ro‘zimboyev S. “Spesifika, типология и поэтика Хорезмских дастанов”. АДД, Т.: 1990, С.37.

Жирмунский В.М. Зарифов Х.Т. “Узбекский народный героический эпос”, М.: “Гослитиздат”, 1947, С.427.

Ro‘zimboyev S “Xorazm dostonlaridagi epik klishe va stilistik formulalarning o‘ziga xosligi haqida”.// “O‘zbek tili va adabiyoti”, 1990, №2, 39-43-betlar.

Xorazm dostonlari. Oshiqnoma, I- kitob, 2006, Urganch. B.- 195; B.- 177;B.-208; B.- 211;B.- 179];B.- .256;B.- 255;B.- 221; B.- .171; B.- 261;B.-204. B.- .40.

Xorazm dostonlari. Oshiqnoma, II- kitob, 2006, Urganch. B.- 117; B.- 257. B.- 185.

Шасенем-Гарып, Ашгабат.: «Туркменстан», 1979, B.- 66.

Азербайjан маnаббат дастанлары, Бакы, «Елм», 197. B.- 189..