ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
331
SHARIFJON MAXDUM SADR ZIYO – BUXORO TARIXI TADQIQOTCHISI
Beshimov Maqsud Komilovich
BuxDU o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8185319
Annotatsiya.
Mazkur maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan
buxorolik ma’rifatparvarlrdan biri Sharifjon Maxdum Sadr Ziyoning hayot yo’li va ilmiy ijodi
xususida so’z boradi. Uning davlat lavozimlaridagi faoliyati va asarlarining qisqacha tahliliga
ham to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo, ma’rifatparvar, “Muntaxab at-tavorix”,
“Tarixi muxtasar”, “O‘zbek sulolalaridagi mansab va lavozimlar zikri”, “Buxoroda suv
taqsimoti”, “Ro‘znoma”, “Tazkirat ul-shuaro”, “Tazkirat ul-xattotin”.
ШАРИФЖОН МАХДУМ САДР ЗИЯ – ИССЛЕДОВАТЕЛЬ ИСТОРИИ
БУХАРЫ
Аннотация.
В данной статье рассказывается о жизненном пути и научном
творчестве одного из бухарских просветителей конца XIX-начала XX века Шарифжона
Махдума Садр Зия. Также упоминается краткий анализ его карьеры на государственных
должностях и его работ.
Ключевые слова:
Шарифджон Махдум Садр Зия, магрифатпарвар, “мунтахаб Ат-
таворих”, “Тарихи Мухтасар”, “Зикри о карьерах и должностях в узбекских династиях”,
“распределение воды в Бухаре”, “Рознома”, “тазкират уль-шуаро”, “тазкират уль-
Хаттин”.
SHARIFJON MAKHDUM SADR ZIA IS A RESEARCHER OF THE HISTORY
OF BUKHARA
Abstract.
This article will talk about the life path and scientific work of Sharifjan Mahdum
Sadr Ziyah, one of the Bukharan enlighteners who lived and worked in the late 19th century and
early 20th century. A brief analysis of his work and works in public office is also mentioned.
Keywords:
Sharifjan Makhdum Sadr Ziyo, enlightener, “Muntahab at-tavorix”, “history
of Mukhtasar”, “mention of career and positions in Uzbek dynasties”, “water distribution in
Bukhara”, “Rəznznə”, “Tazkirat ul-shuaro", " Tazkirat ul-khattutin”.
Kirish (Introduction)
O’z davrining namoyandasi Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo (1867-1931) XIX asr oxiri XX
asr boshlari Buxoro ilmiy-adabiy muhiti an’analari yo‘nalishida ijod qilgan ma’rifatparvar,
tarixchi, xattot, kitobsevar hisoblanadi. U 1867-yil Buxoro amirligiga qarashli Ziyovuddin
qishlog‘ida tug‘ildi. Uning otasi domla Abdushukur amirlikning e’tiborli amaldorlaridan bo‘lib,
amir Muzaffar (1860-1885) zamonida Ziyovuddin qozisi etib tayinlanadi.
1893-yil Sharifjon Maxdum Xayrobod tumani qozisi etib tayinlandi. Shundan keyin, 1920-
yilgacha, ya’ni amirlik tuzumi ag‘darilgunga qadar Buxoro amirligining turli tumanlarida qozilik
lavozimini egallab keldi. 1917-yil aprel-sentyabr oylarida esa bir muddat Buxoro qozikaloni
vazifasida turdi. Buxoroda sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng Sharifjon Maxdum yangi
hukumatning turli idoralarida ishladi. 1931-yil vafot etadi.
Mavzuga Oid Adabiyotlarning Tahlili (Literature Review)
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
332
Sharifjon Maxdum badavlat xonadon vakili, mansabdor shaxs bo‘lishiga qaramay, ilm-
ma’rifatni doim birinchi o‘ringa qo‘yardi va umrining oxirigacha ma’rifatparvarlik g‘oyalariga
sodiq qoldi. U to‘plagan yozma yodgorlik namunalari, undan qolgan boy kutubxona va uning
qalamiga mansub asarlar bunga guvoh. “Majmua’ muraqqa’” nomi bilan mashhur XV asr nodir
yozma yodgorligi –“Navoiy” albomi Sharifjon Maxdum kutubxonasida saqlangan.
Sadriddin Ayniy o‘z “Esdaliklar”ida Sharifjon Maxdum to‘g‘risida iliq fikrlar bildirib,
uning ziyoli, ma’rifatli bo‘lganligini, iste’dod sohiblarini yuksak qadrlaganini yozib qoldirgan.
Tadqiqot Metodologiyasi (Research Methodology)
Mazkur masalani bayon qilishda tarixiylik, ilmiy-ijodiy qiyoslash, tarixiy tanqidiylik
metodlaridan o'rinli foydalanildi. Shuningdek, mantiqiylik va tarixiy uzviylik usullariga ham
rioiya qilingan.
Tahlil va Natijalar(Analysis and Results)
Sharifjon Maxdum ma’rifiy olamida ikki jihat yaqqol ko‘zga tashlanadi: birinchisi, uning
qalamiga mansub tarixiy-adabiy asarlari bo‘lsa, ikkinchisi u tashkil etgan boy kutubxona. U
tarixchi sifatida umumiy tarix va Buxoro tarixining ayrim masalalari bo‘yicha bir necha asarlar
muallifi. Jumladan, “Muntaxab at-tavorix”, “Tarixi muxtasar”, “Usmonli turk hukmdorlari
silsilasi”, “Eron tarixi”, “Buxoroning paydo bo‘lish tarixi”, “Qabila va urug‘larning bo‘linishi”,
“O‘zbek sulolalaridagi
mansab va lavozimlar zikri”, “Buxoroda suv taqsimoti”, “Ro‘znoma” va
boshqalar.
Bu tarixiy asarlar o‘ta ilmiylikka da’vo qilmasa-da, o‘ziga xos ma’rifiy ahamiyatga ega. Bular
ichida “O‘zbek sulolalarida mansab va lavozimlar zikri”, “Buxoroda suv taqsimoti”, “Ro‘znoma”
kabi asarlar Buxoro amirligining so‘nggi davrlari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotini o‘rganish
uchun katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zR FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Sharifjon
Maxdumning “Ro‘znoma”
nomli qo‘lyozma asari saqlanadi. Qo‘lyozma 260 varaqdan iborat.
Bayon etilgan voqealar xronologiyasiga ko‘ra, asar 1930-yilda yozib tugallangan. Olimlar
ma’lumotiga qaraganda, asar Sharifjon Maxdumning o‘z qo‘li bilan yozilgan, ilmiy til bilan
aytganda, avtograf, ya’ni dastxat hisoblanadi. Unda muallifning tarjimai holi, Sharifjon
Maxdumga zamondosh bo‘lgan ba’zi shoirlar to‘g‘risida tazkiraviy ma’lumotlardan tashqari
Buxoro amirligining XX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli to‘g‘risida qimmatli
ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, amir Abdulahad tashabbusi bilan Xutfar kanalining qazilishi va
bu tadbirning Buxoro suv ta’minoti rivojidagi o‘rni, Buxoro amirligi hududlari bo‘ylab o‘tgan
temir yo‘lning qurilish tarixi, Buxorodagi 1918-yil mart voqealari, 1921-1922-yillardagi
istiqlolchilik harakati va hokazolar.
Sharifjon Maxdum o‘z asarida shunday yozadi: “Xoqonlik marhamati va fuqaroparvarlik
yuzasidan haqqoba (suv taqsimoti) masalasida farmoni oliy berildi. Shu farmonga muvofiq,
[mutasaddilar] kom (katta ariq) boshiga borib suvni [Buxoro tumanlariga] taqsim qildilar. Somjin
va Komot tumanlari komlariga o‘n besh kun band tashlandi. Suv Xutfar komiga burib yuborildi.
Shu muddat ichida Xutfar tumani yerlari to‘la suv ichdi. Alloh marhamati bilan daryo suvi bir
marta har yilgidan ziyoda bo‘lib, barcha tuman ariqlari suvga to‘ldi”.
Uning ko‘hna yodgorliklari va qadimiy binolari tarixi”
nomli qo‘lyozma asari alohida
qimmatga ega. Asarning katta qismi Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
333
olinish tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, shu masalaga doir asarlar yozgan Ahmad Donish va Mirza
Somiy kitoblarida uchramaydigan ma’lumotlarni Sharifjon Maxdum o‘z asarida keltirib o‘tadi.
Tazkiranavislik sohasida ham qalam tebratgan Sharifjon Maxdum “Tazkirat ul-shuaro”, “Tazkirat
ul-xattotin” kabi asarlar yozib, zamondosh shoirlar va xattotlar to‘g‘risida muhim ma’lumotlar
qoldirgan.
Mang‘it amirlari xonadoniga mansub shaxslar, jumladan, hukmdorning vorislari orasida
ziyoli, ma’rifatparvar, yozma meros qoldirgan ijodkorlar borligi sulola to‘g‘risida ayrim ijobiy
fikrlarni bildirishga bir oz bo‘lsa-da, turtki beradi. Sulolaning ikkinchi vakili Doniyolbiy
otaliqning (1758-1785) o‘g‘li, “Gulshan ul-mulk” nomli tarixiy asar muallifi Muhammad Ya’qub
(1771-1831), amir Muzaffarning (1860-1885) uch o‘g‘li, ya’ni “Ojiz” taxallusi bilan she’rlar
bitgan amir Abdulahad (1885-1910), “Hashmat” taxallusi bilan ijod qilib, “Tazkirat ul-shuaro”
nomli antologiya yozgan Siddiqxonto‘ra, shuningdek, tarixiy-agiografik asarlar ta’lif etgan Sayyid
Muhammad Nosir (Nosiriddinto‘ra) kabilar ijodi yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi.
Xulosa va takliflar(Conclusion)
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Sharifjon Maxdum asarlari Buxoroning XIX oxiri va XX
boshlari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotini o‘rganish uchun e’tiborga sazovor manba bo‘lib
xizmat qiladi. Shunday bo’lsada uning ko‘pgina asarlari hali o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan
bo’lib, o’z tadqiqotchisini kutib turibdi.
REFERENCES
1.
Қаранг: Шодмон Вохидов, Зоир Чориев. Садр-и Зия и его библиотека. – Ташкент:
Янги аср авлоди, 2007.
2.
Муҳаммад Али Балжувоний. Тарихи нофеий (Фойдали тарих) / Тожик тилидан
таржима, сўзбоши ва изоҳлар муаллифлари Шодмон Воҳидов, Зоир Чориев. –
Тошкент: Akademiya, 2001.
3.
Beshimov, M. (2022). ABDULVAHID MUNZIM-ENLIGHTENED POET, STATE AND
PUBLIC FIGURE.
International Journal of Philosophical Studies and Social
Sciences
,
2
(6), 52-56.
4.
Maqsud, B. XX asr boshlari Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tarixiy adabiyotlarda
bayoni.
Buxoro tarixi masalalari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy (onlayn)
konferensiya materiallari:–Buxoro-2021
, 258-263.
5.
Komilovich, M. B., & O’g, N. S. O. K. (2023). Abdulvahid Munzim and Young
Bukharans.
Telematique
,
22
(01), 1182-1185.
6.
Maqsud, B. (2023). MUNZIM KIM EDI?.
Innovations in Technology and Science
Education
,
2
(9), 1058-1065.
7.
Beshimov Maqsud Komilovich “Mirzo Abdulvahid Munzim-A Well-Known Educator,
Writer, Editor and Public Figure” International Journal of Development and Public Policy,
1 (7), 144–146.
8.
Komilovich, B. M., & Temirov, F. (2023). MIRZA ABDULVAHID MUNZIM-
BUKHARA
JADIDIZM
IS
ONE
OF
THE
ACTIVISTS
OF
THE
MOVEMENT.
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
3
(3), 42-49.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
334
9.
Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic
issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev.
Telematique
,
22
(01), 1278-
1282.
10.
BESHIMOV,
M.
(2022).
Amir
Said
Alimkhan
and
Young
Bukhara
residents.
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 78-83.
11.
O‘G‘Li, U. B. B., & Temirov, F. (2023). SOURCES OF INFORMATION ON THE
SOCIO-ECONOMIC LIFE OF THE SOMANIAN DYNASTY.
International Journal of
Intellectual Cultural Heritage
,
3
(3), 35-41.
12.
Umarov, B. B. O. (2022). SCIENCE, EDUCATION AND CULTURE DURING THE
RULE OF THE SOMANIANS.
International Journal of Intellectual Cultural
Heritage
,
2
(6), 46-49.
13.
Temirov, F. (2023). SADRIDDIN AYNIY IJODIDA TURKISTON TARIXI
MASALALARI.
Farg ‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali
, (1), 71-71.
14.
Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB
AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
38
(38).
15.
Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). БУХОРО АМИРЛИГИДА ТАШҚИ СИЁСАТ
ВА
ДИПЛОМАТИЯНИНГ
РИВОЖЛАНИШИ
ТАРИХИДАН.
Scientific
progress
,
2
(1), 1276-1282.
16.
UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID
PERIOD.
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 94-100.
17.
Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ
ФИТРАТ ҲАҚИДА.
Scientific progress
,
2
(1), 1349-1354.
18.
Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). БУХОРО АМИРЛИКДА ОИЛА, НИКОҲ ВА
МЕРОС ҲУҚУҚИНИНГ АМАЛДА ҚЎЛЛАНИШИ.
Scientific progress
,
2
(1), 1201-
1207.
19.
Umedovich, T. F. (2022). SADRIDDIN AYNI-IN THE MEMOIRS OF HIS
CONTEMPORARIES.
International Journal of Philosophical Studies and Social
Sciences
,
2
(6), 31-36.
20.
Умаров, Б. Б. (2021). НА КИСЛЯКОВ ТАДҚИҚОТЛАРИДА ЖАНУБИЙ
ТОЖИКИСТОН ЭТНИК ТАРИХИ.
Scientific progress
,
1
(6), 1005-1009.
21.
Umedovich, T. F. (2022). On The Journalistic Work of Sadriddin Ayni Concerning Issues
of Bukhara History.
Irish Interdisciplinary Journal of Science & Research (IIJSR)
,
6
(1),
12-17.
22.
BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT
EASTERN SCIENTIST.
International Journal of Philosophical Studies and Social
Sciences
,
2
(3), 120-123.
23.
UMEDOVICH, T. F. (2021). THE PRESS ACTIVITY OF SADRIDDIN
AYNI.
International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences
,
1
(4), 57-62.
24.
Umarov,
B.
(2021).
NA
KISLYAKOV
TADQIQOTLARIDA
BUXORO
AMIRLIGIDAGI FEODAL VA QISHLOQ XO ‘JALIGI MUNOSABATLARINING
YORITILIShI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
6
(6).
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
335
25.
ogli Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA
KISLYAKOV'S RESEARCH.
Journal of Central Asian Social Studies
,
2
(02), 127-135.
26.
Umarov B. БУХОРО ВОҲАСИ ТУРАР-ЖОЙЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 22. – №. 22.
