MIRZO SOMIY ASARLARIDA ROSSIYA IMPERIYASI TAJOVUZI MASALALARI

Annotasiya

Maqolada Mirzo Abdulazim Somiy Bo‘stoniyning, “Daxmai shohon”, “Tuhfai shohiy”, “Tarixi salotini mang‘itiya” asarlari xususida qisqacha sharhlar o’rin olgan bo’lib, Mirzo Somiyning tarixnavislik faoliyati va Buxoro amirlarining faoliyati, ayniqsa amir Muzaffarning hukmronlik davri haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Rossiya imperiyasining istilochilik harakatlari ochib berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Annotasiya

Maqolada Mirzo Abdulazim Somiy Bo‘stoniyning, “Daxmai shohon”, “Tuhfai shohiy”, “Tarixi salotini mang‘itiya” asarlari xususida qisqacha sharhlar o’rin olgan bo’lib, Mirzo Somiyning tarixnavislik faoliyati va Buxoro amirlarining faoliyati, ayniqsa amir Muzaffarning hukmronlik davri haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Rossiya imperiyasining istilochilik harakatlari ochib berilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

316

MIRZO SOMIY ASARLARIDA ROSSIYA IMPERIYASI TAJOVUZI MASALALARI

Beshimov Maqsud Komilovich

BuxDU o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8185304

Annotatsiya.

Maqolada

Mirzo Abdulazim Somiy Bo‘stoniyning, “Daxmai shohon”,

“Tuhfai shohiy”, “Tarixi salotini mang‘itiya” asarlari xususida qisqacha sharhlar o’rin olgan
bo’lib, Mirzo Somiyning tarixnavislik faoliyati va Buxoro amirlarining faoliyati, ayniqsa amir
Muzaffarning hukmronlik davri haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Rossiya
imperiyasining istilochilik harakatlari ochib berilgan.

Kalit so’zlar:

Mirzo Abdulazim Somiy Bo‘stoniy, “Daxmai shohon”, “Tuhfai shohiy”,

“Tarixi salotini mang‘itiya”, L.M.Yepifanova, Ahmad Donish, amir Muzaffar, Mirzo Sodiq
Munshiy, Kaufman, Muhammad Shukurbiy, Abdulmalikto‘ra.

ВОПРОСЫ АГРЕССИИ РОССИЙСКОЙ ИМПЕРИИ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

МИРЗЫ СОМИ

Аннотация.

В статье содержатся краткие комментарии к трудам Мирзы

абдулазима Соми бостани, “Дахмай Шах”, “тухфай Шах”, “Тарихи салотини мангития”,
даются сведения о историографической деятельности Мирзы Соми и деятельности
бухарских эмиров, особенно о периоде правления эмира Музаффара. Также Раскрыты
завоевательные действия Российской империи.

Ключевые слова:

Мирза абдулазим Соми бостани, “Дахмай Шах”, “тухфай Шах”,

“Тарихи салотини мангития”, л.M.Епифанова, Ахмад Дониш, Амир Музаффар, Мирза
садик Мунши, Кауфман, Мухаммад Шукурби, Абдулмаликтура.

ISSUES OF AGGRESSION OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE WORKS OF

MIRZO SOMI

Abstract.

The article includes a brief commentary on the works of Mirzo Abdulazim Somi

Bo'stoni, “Daxmai shohon”, “tuhfai shohiy”, “Historia salotini mangitiya”, with references to
Mirzo Somi's historiographical career and the activities of the Bukharan emirs, especially amir
Muzaffar's reign. The occupation efforts of the Russian Empire are also revealed.

Keywords:

Mirzo Abdulazim Somi Bo'stani, "Daxmai shohon”, “tuhfai shohiy”, "history

salotini mangitiya", L.M.Yepifanova, Ahmad Donish, amir Muzaffar, Mirza Sadiq Munshiy,
Kaufman, Muhammad Shukurbi, Abdulmaliktora.


Kirish (Introduction)

Buxoroning so‘nggi o‘rta asrlar ilmiy – adabiy muhiti va tarixnavisligida yuqori mavqega

ega bo‘lgan Mirzo Abdulazim Somiy Bo‘stoniyning (1838-1907) ijod yo‘li serqirraligi bilan
diqqatga sazovor. Tarixnavislik, shoirlik, xattotlik, munshiylik kabi sohalarda qalam tebratgan bu
ijodkor ilmiy maydonda ko‘proq muarrix sifatida nom qozondi. “Mir’ot ul-xayol”, “Manozir al-
insho” singari asarlar va salmoqli she’riy misralar uning adabiy ijodini bezab tursa, “Daxmai
shohon”, “Tuhfai shohiy”, “Tarixi salotini mang‘itiya” kabi asarlar tarixiy merosining umrboqiy
yodgorliklari sifatida hanuzgacha o‘z qimmatini saqlab kelmoqda hamda zamon ahli,
tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilmoqda. “Tarixi salotini mang‘itiya”ning L.M.Yepifanova
tomonidan rus tiliga qilingan ilmiy-izohli tarjimasi 1962-yil Moskvada chop etildi.

Mavzuga Oid Adabiyotlarning Tahlili (Literature Review)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

317

Mirzo Somiy uzoq yillar Buxoro hukmdorlaridan amir Muzaffar (1860-1885) va amir

Abdulahad (1885-1910) saroyida munshiylik vazifasida xizmat qildi. Rossiya imperiyasi istilolari
davrida amir Muzaffar qo‘shinida voqealarni yozib boruvchi (navisanda) shaxs sifatida ishtirok
etdi. U saroy tarixchisi edi. 1898-yil saroy xizmatidan chetlashtirilgach, ijtimoiy qarashlarida
ayrim o‘zgarishlar yuz berdi. Takalluflar bilan xizmat qilib, muruvvatlar ko‘rgan mang‘it amirlari
faoliyatining ba’zi qirralariga nisbatan yumshoq tanqidiy munosabat paydo bo‘ldi va bu
munosabat tarixiy asarlari sahifalariga ko‘chdi. Bir muddat saroyda xizmat qilgan boshqa bir
tarixchi – Ahmad Donish bilan taqqoslaganda, Mirzo Somiyda mang‘it amirlari faoliyatiga
nisbatan moʻtadillik va xolislikni sezish mumkin

Mirzo Somiy birin – ketin yozilgan uch tarixiy asar muallifi. Uchala asar ham saroy

xizmatidan bo‘shagandan va oltmish yoshdan oshgandan keyin yozilgan. Bular “Daxmayi
shohon” (1902-yil), “Tuhfai shohiy” (1903-yil), “Tarixi salotini mang‘itiya” (1906-1907-yillar).
“Daxmai shohon” masnaviyda yozilgan tarix. Ba’zi mulliflar uni adabiy asar sifatida talqin
qilishadi. Bu ham to‘g‘ri. Biz asarni tarixiy janr sirasiga kiritdik va bizningcha, ikki xil yondashuv
ham to‘g‘ri va bir-birini inkor qilmaydi. Aslida ushbu asar Mirzo Somiy tomonidan Mirzo Sodiq
Munshiyning shu nomdagi asariga ilova tariqasida yozilgan. Asarning 1/3 qismi Mirzo Somiyga
tegishli. Mirzo Sodiq Munshiy ashtarxoniy hukmdorlar tarixini yozgan bo‘lsa, Mirzo Somiy
mang‘it amirlaridan Muhammad Rahimxondan boshlab amir Muzaffargacha o‘tgan mang‘it
amirlari va amir Muzaffar tarixini masnaviyda tasvirlab bergan.

Tadqiqot Metodologiyasi (Research Methodology)

Mazkur masalani bayon qilishda tarixiylik, ilmiy-ijodiy qiyoslash, tarixiy tanqidiylik

metodlaridan o'rinli foydalanildi. Shuningdek, mantiqiylik va tarixiy uzviylik usullariga ham
rioiya qilingan.

Tahlil va Natijalar(Analysis and Results)

“Daxmayi shohon”ning qo‘lyozma nusxalari keng tarqalgan. Bir qo‘lyozma nusxasi

Buxoro muzeyida saqlanadi. Muallifning mang‘it amirlari faoliyatiga qarashlari turlicha.
Muhammad Rahimxon, amir Nasrullo kabi hukmdorlar salbiy bo‘yoqlarda tasvirlansa, amir
Shohmurod, amir Haydar va amir Muzaffarga xayrixohlik sezilib turadi. Biroq, muallif ulardagi
nuqson va kamchiliklardan ko‘z yummaydi va o‘rni kelganda bu hukmdorlarni ayab o‘tirmaydi.

Shuningdek, Marvga yurish qilib, to‘g‘onni vayron qilganini, Tus va Xuroson ahlini

qilichdan o‘tkazganini yashirmay yozadi. Shohmurodning darveshsifatligiga ishoralar mavjud.
Amir Haydar to‘g‘risida so‘z yuritib, uning ilm ahliga moyilligini e’tirof etadi.

Asarning amir Muzaffar hukmronlik davriga bag‘ishlangan qismi nisbatan kattaroq. Amir

Muzaffar davridagi qusurlar ochiq tilga olinadi. Uning mag‘rurligi va maqtanchoqligini tanqid
qiladi. Rossiya imperiyasi bilan olib borilgan janglar yakun topib, mamlakatdagi ichki isyonlar
podsho armiyasi yordamida bostirilgach, amir Muzaffarning davlat ishlari bilan shug‘ullanmay
qo‘ygani, ko‘p vaqtini tantanalarga sarflagani achinish bilan qayd etiladi.

Mirzo Somiyning yirik tarixchiligini tasdiqlovchi ikki tarixiy asar – “Tuhfai shohiy” va

“Tarixi salotini mang‘itiya” fanda bir tarixiy asarning rasmiy va norasmiy variantlari, deb e’tirof
etiladi. “Tuhfai shohiy” saroy tarixchiligi an’analari usulida, ya’ni hukmdorlarni maqtab yozilgan
bo‘lsa, “Tarixi salotini mang‘itiya”da ular faoliyatiga ba’zan keskin munosabat ko‘zga tashlanadi.
Masalan, muallifning birinchi tarixiy-adabiy asari “Daxmai shohon”da amir Nasrulloning
qattiqqo‘lligi va zolimligi oshkora bayon qilingan. “Tuhfai shohiy” da esa uning davrida adolat


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

318

tantana qilgani, o‘zaro nizolar barham topgani, mamlakat hududlari kengaygani qayd etiladi.
“Tuhfai shohiy” hajm jihatdan “Tarixi salotini mang‘itiya”dan kattaroq.

“Tarixi salotini mang‘itiya” asarida Rossiya imperiyasi istilolari masalasiga keng o‘rin

berilgan. Ushbu mavzuga Mirzo Somiydan tashqari Ahmad Donish, Mirza Salimbek, Sharifjon
Maxdum, Qozi Baqoxo‘ja kabi buxorolik muarrixlar qo‘l urishgan. Bular ichida masalani
atroflicha yoritib bergan eng sara muallif Mirzo Somiydir. Uning “Tarixi salotini mang‘itiya” asari
faktlarga boyligi bilan yuqorida tilga olingan mualliflarning asarlaridan farq qiladi. Asar uch
qismdan iborat: 1.Asarning umumiy kompilyasiya qismi va amir Muzaffarning hokimiyatga
kelishi. 2.Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi o‘rtasidagi janglar va Buxoro amirligiga qarashli
ayrim hududlarning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilishi. 3.1904-1905-yillardagi rus-
yapon urushi, birinchi rus inqilobi, 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni.

Biz asaring ikkinchi va uchinchi qismlarini sharhlashga harakat qildik. Yuqorida

ta’kidlanganidek, ikkinchi qism Rossiya imperiyasi istilolari tafsilotlariga bag‘ishlangan. Mirzo
Somiy bu voqealarning jonli guvohi bo‘lganligi bois, tafsilotlariga keng to‘xtaladi. Jumladan,
Jizzax uchun bo‘lib o‘tgan janglar, mudofaachilarning jasoratlari, mag‘lubiyat sabablari atroflicha
izohlab beriladi. Jang kunlarida amir Muzaffarning Samarqandda bo‘lganligini, Jizzax
mudofaasida shaxsan ishtirok etmaganligini, mag‘lubiyatdan so‘ng o‘g‘li Abdulmalikto‘rani
Samarqandda qoldirib, o‘zi Karminaga kelganligini yozadi. Voqealar bayonini davom ettirib,
muallif, Jizzax olingandan keyin ruslar yaradorlarni davoladilar, halok bo‘lgan mudofaachilarni,
ya’ni amir jangchilarini dafn qildilar, buzilgan joylarni tartibga keltirdilar, deb ta’kidlaydi. Mirzo
Somiyning qayd etishicha, shu orada Samarqand xalqi shahar hukmdori Sherali inoqdan ko‘p jabr-
sitam ko‘rganligi bois, uni lavozimidan chetlatishni so‘rab amirga maktub yozadi. Agar ularning
iltimosi inobatga olinib, shaharga boshqa hokim tayinlansa, Samarqand xalqi, erkak-ayol nasroniy
qo‘shinlariga qarshi kurashga otlanajagini, bir kishi qolguncha mudofaa janglarini davom
ettirishlarini bildirishadi.
Mirzo Somiy ma’lumotiga ko‘ra, amir Muzaffar bu taklifni qabul qilmaydi, va hatto ba’zilarni
ushbu taklif uchun jazoga tortadi. Amir Karminaga qaytgach, Samarqandda o‘z lavozimida
qoldirilgan Sherali inoq shahardagi bir necha e’tiborli shaxslarni qattiq jazolaydi, mullalarni
kaltaklaydi. Bu hodisani muallif, “amirlik tuzumi asoslariga zarba berilishi va davlat quyoshining
botishga tomon og‘ishi”, - deb izohlaydi.

Bu ixtiloflarning oqibatlarini bayon qilishda davom etib, Mirzo Somiy, Samarqand

ahlining rus bosh qo‘mondoniga maktub orqali murojaat qilib, uni Samarqandni tezroq egallashga
da’vat qilganini yozadi. Muallif talqinida voqealar rivoji quyidagicha kechadi. Kaufman bunday
qulay vaziyatni boy berishni istamay, Samarqand tomon harakat boshlaydi. Gʻishtko‘prikka
yetganda, bu yerda turgan amirlik lashkarlari, shuningdek, ular tarkibida bo‘lgan 2 ming turkman
qo‘shini chekinadi. Turkman qo‘shinining boshlig‘i Kovshutxon taka Samarqanddan Chorjo‘yga
qaytishda yo‘lda uchragan qishloq va ovullarni g‘orat qiladi va so‘ngra Marv cho‘llariga o‘tib
ketadi. Kovshutxon takaning bunday yo‘l tutishi amir qo‘shinlarining jangovar ruhini tushirib
yuboradi va Samarqandni rus qo‘shinlari tomonidan egallanishini tezlashtiradi. Ikkinchi
tomondan, Samarqand ahlining Sherali inoq zulmidan qutulish uchun ruslardan yordam so‘rashi
istiloni yanada jadallashtirdi.

Asar muallifining ta’kidlashicha, jang harakatlari davom etayotgan va vaziyat tobora

chigallashayotgan bir paytda amirlik tomonda urush va sulh masalasida ikki guruh paydo bo‘ldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

319

Ikkala guruh vazir Muhammad Shukurbiy inoq chodirida to‘planishib, jangni davom

ettirish yoki sulh tuzish masalasini muhokama qildi. Rahmonqulbiy parvonachi rus qo‘shinlarining
ustunligini inobatga olib, sulh tuzishni taklif qildi. Taklif amir va qabila boshliqlariga ma’qul
tushgan bo‘lsa-da, Yoqub qushbegi va uning ayrim tarafdorlari taklifni rad etishadi va bu taklif
qabul qilinmaydi. Boz ustiga, bu toifa qutqusi bilan amir Muzaffar Muhammad Shukurbiy inoqni
Buxoroga jo‘natib, zindonga tashlaydi.

Mirzo Somiy Samarqand atrofidagi janglarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini ma’lum qiladi. Shu

bois bo‘lsa kerak, bu yerda yuz bergan voqealar tafsiloti asardan keng joy olgan. Mulla
Kamoliddin muftiy va olti oqsoqolning Cho‘ponotada general Kaufman bilan uchrashgani va
Kaufman ularni iliq kutib olib Samarqand viloyatini soliqlardan ozod qilgani, ikki o‘rtada bo‘lib
o‘tgan suhbat tafsilotlari asar sahifalariga jo etilgan.

Shundan so’ng Mirzo Somiy o‘zining Karminaga qaytganini, amir Muzaffarning Buxoro

arkida, qo‘shin esa Karminadagi Qosim Shayx xonaqosi atroflarida turganini yozadi.

Zirabuloq jangidagi mag‘lubiyatdan so‘ng amir Muzaffar Karminada ulamo va qozilar

ishtirokida kengash chaqirib, keyingi harakatlar masalasini muhokama qildi. To‘planganlar amirga
Xorazmga qochishni maslahat berishadi va amir Muzaffar bunga qat’iy rozi bo‘ladi. Chunki ular
o‘z takliflarini turli dalillar bilan isbotlab beradilar. Biroq, amir Muzaffar ushbu masalada bir
paytlar o‘zi zindonband qilgan Muhammad Shukurbiy inoqdan ham maslahat olishni ma’qul topib,
uni Buxoro zindonidan olib keltiradi. Muhammad Shukurbiy inoq shunday deydi:

“Xorazmga

qochmoq, dushman qo‘liga tushmoqdan ko‘ra yuz karra yomon. Dushmandan qochish
sharmandalikdir. Buxoro ilgari ham qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turgan. Gubernator rus
imperatorining vakili, u imperator ruxsatisiz harakat qila olmaydi. Tezda gubernatorga odam
jo‘natib sulh so‘rash kerak”

. U amirni sulhga rozi qiladi.

Asarda Abdulmalikto‘ra bilan olib borilgan janglar, ota va o‘g‘il o‘rtasidagi ixtiloflarga

gubernatorlik aralashgani va amirga yordam bergani xususida ham batafsil ma’lumotlar mavjud.
Abdulmalikto‘ra o‘z otasi amir Muzaffarning Rossiya imperiyasi qo‘shinlari bilan murosa yo‘liga
o‘tganligi va bitim imzolaganligidan norozi bo‘lib, unga qarshi kurash boshlaydi. Asarda
ta’kidlanishicha, u Shahrisabz, Gʻuzor bekliklari aholisining qo‘llab-quvvatlashi bilan ruslarga
o‘tgan Samarqand shahrini istilochilardan tozalashga kirishadi.

Abdulmalikto‘ra qo‘shiniga kenagas, yuz, saroy qabila vakillari kelib qo‘shiladi. Bu orada

xitoy-qipchoq, qoraqalpoq va samarqandliklardan tashkil topgan ko‘ngilli uyushmalar
Abdulmalikto‘raga yordamga keladi. Lekin toj-taxt qayg‘usidagi amir Muzaffar o‘z farzandining
Samarqandni egallashidan norozi edi. Shu sabab, o‘z sarkardasi Mo‘minbek to‘qsobaga har
qanday yo‘llar bilan Abdulmalikto‘ra qo‘shinlari o‘rtasida parokandalik va norozilik keltirib
chiqarishni buyuradi va buning evaziga unga katta lavozimlar va’da qiladi. Mo‘minbek to‘qsoba
Abdulmalikto‘ra va uning sadoqatli sarkardalariga turli xildagi soxta va asossiz ma’lumotlar qayd
etilgan maktublar jo‘natib, o‘z maqsadiga erishadi.

Xulosa va takliflar(Conclusion)

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, haqqoniy tarixni yoritishda Mirzo Abdulazim

Somiy Bo‘stoniyning , “Daxmai shohon”, “Tuhfai shohiy”, “Tarixi salotini mang‘itiya” kabi
asarning o’rni beqiyosdir. Chunki muallifi asarda bo’lib o’tgan voqealarni bevosita o’zi guvohi
bo’lgan. Asarlarni yozish davomida esa hech qanday bosimlarsiz, saroy muhitidan xoli, eng
muhimi voqealarni xolis, joyi kelsa tanqidiy asosda yoritib bergan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

320

REFERENCES

1.

Мирза Абдал’азим Сами. Та’рих-и салатин-и мангитийа / Издание текста,
предисловие, перевод и примечания Л.М.Епифановой. - Москва: Изд-во восточной
литературы, 1962.

2.

Аҳмедов Б.А. Тарихдан сабоқлар. -Т.: Ўқитувчи.1994.

3.

Beshimov, M. (2022). ABDULVAHID MUNZIM-ENLIGHTENED POET, STATE AND
PUBLIC FIGURE.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(6), 52-56.

4.

Maqsud, B. XX asr boshlari Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tarixiy adabiyotlarda
bayoni.

Buxoro tarixi masalalari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy (onlayn)

konferensiya materiallari:–Buxoro-2021

, 258-263.

5.

Komilovich, M. B., & O’g, N. S. O. K. (2023). Abdulvahid Munzim and Young
Bukharans.

Telematique

,

22

(01), 1182-1185.

6.

Maqsud, B. (2023). MUNZIM KIM EDI?.

Innovations in Technology and Science

Education

,

2

(9), 1058-1065.

7.

Beshimov Maqsud Komilovich “Mirzo Abdulvahid Munzim-A Well-Known Educator,
Writer, Editor and Public Figure” International Journal of Development and Public Policy,
1 (7), 144–146.

8.

Komilovich, B. M., & Temirov, F. (2023). MIRZA ABDULVAHID MUNZIM-
BUKHARA

JADIDIZM

IS

ONE

OF

THE

ACTIVISTS

OF

THE

MOVEMENT.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

3

(3), 42-49.

9.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic
issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev.

Telematique

,

22

(01), 1278-

1282.

10.

BESHIMOV,

M.

(2022).

Amir

Said

Alimkhan

and

Young

Bukhara

residents.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 78-83.

11.

O‘G‘Li, U. B. B., & Temirov, F. (2023). SOURCES OF INFORMATION ON THE
SOCIO-ECONOMIC LIFE OF THE SOMANIAN DYNASTY.

International Journal of

Intellectual Cultural Heritage

,

3

(3), 35-41.

12.

Umarov, B. B. O. (2022). SCIENCE, EDUCATION AND CULTURE DURING THE
RULE OF THE SOMANIANS.

International Journal of Intellectual Cultural

Heritage

,

2

(6), 46-49.

13.

Temirov, F. (2023). SADRIDDIN AYNIY IJODIDA TURKISTON TARIXI
MASALALARI.

Farg ‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali

, (1), 71-71.

14.

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB
AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

38

(38).

15.

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). БУХОРО АМИРЛИГИДА ТАШҚИ СИЁСАТ
ВА

ДИПЛОМАТИЯНИНГ

РИВОЖЛАНИШИ

ТАРИХИДАН.

Scientific

progress

,

2

(1), 1276-1282.

16.

UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID
PERIOD.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 94-100.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

321

17.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ
ФИТРАТ ҲАҚИДА.

Scientific progress

,

2

(1), 1349-1354.

18.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). БУХОРО АМИРЛИКДА ОИЛА, НИКОҲ ВА
МЕРОС ҲУҚУҚИНИНГ АМАЛДА ҚЎЛЛАНИШИ.

Scientific progress

,

2

(1), 1201-

1207.

19.

Umedovich, T. F. (2022). SADRIDDIN AYNI-IN THE MEMOIRS OF HIS
CONTEMPORARIES.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(6), 31-36.

20.

Умаров, Б. Б. (2021). НА КИСЛЯКОВ ТАДҚИҚОТЛАРИДА ЖАНУБИЙ
ТОЖИКИСТОН ЭТНИК ТАРИХИ.

Scientific progress

,

1

(6), 1005-1009.

21.

Umedovich, T. F. (2022). On The Journalistic Work of Sadriddin Ayni Concerning Issues
of Bukhara History.

Irish Interdisciplinary Journal of Science & Research (IIJSR)

,

6

(1),

12-17.

22.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT
EASTERN SCIENTIST.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(3), 120-123.

23.

UMEDOVICH, T. F. (2021). THE PRESS ACTIVITY OF SADRIDDIN
AYNI.

International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences

,

1

(4), 57-62.

24.

Umarov,

B.

(2021).

NA

KISLYAKOV

TADQIQOTLARIDA

BUXORO

AMIRLIGIDAGI FEODAL VA QISHLOQ XO ‘JALIGI MUNOSABATLARINING
YORITILIShI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

6

(6).

25.

ogli Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA
KISLYAKOV'S RESEARCH.

Journal of Central Asian Social Studies

,

2

(02), 127-135.

26.

Umarov B. БУХОРО ВОҲАСИ ТУРАР-ЖОЙЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 22. – №. 22.



Bibliografik manbalar

Мирза Абдал’азим Сами. Та’рих-и салатин-и мангитийа / Издание текста, предисловие, перевод и примечания Л.М.Епифановой. - Москва: Изд-во восточной литературы, 1962.

Аҳмедов Б.А. Тарихдан сабоқлар. -Т.: Ўқитувчи.1994.

Beshimov, M. (2022). ABDULVAHID MUNZIM-ENLIGHTENED POET, STATE AND PUBLIC FIGURE. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(6), 52-56.

Maqsud, B. XX asr boshlari Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tarixiy adabiyotlarda bayoni. Buxoro tarixi masalalari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy (onlayn) konferensiya materiallari:–Buxoro-2021, 258-263.

Komilovich, M. B., & O’g, N. S. O. K. (2023). Abdulvahid Munzim and Young Bukharans. Telematique, 22(01), 1182-1185.

Maqsud, B. (2023). MUNZIM KIM EDI?. Innovations in Technology and Science Education, 2(9), 1058-1065.

Beshimov Maqsud Komilovich “Mirzo Abdulvahid Munzim-A Well-Known Educator, Writer, Editor and Public Figure” International Journal of Development and Public Policy, 1 (7), 144–146.

Komilovich, B. M., & Temirov, F. (2023). MIRZA ABDULVAHID MUNZIM-BUKHARA JADIDIZM IS ONE OF THE ACTIVISTS OF THE MOVEMENT. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(3), 42-49.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev. Telematique, 22(01), 1278-1282.

BESHIMOV, M. (2022). Amir Said Alimkhan and Young Bukhara residents. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 78-83.

O‘G‘Li, U. B. B., & Temirov, F. (2023). SOURCES OF INFORMATION ON THE SOCIO-ECONOMIC LIFE OF THE SOMANIAN DYNASTY. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(3), 35-41.

Umarov, B. B. O. (2022). SCIENCE, EDUCATION AND CULTURE DURING THE RULE OF THE SOMANIANS. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(6), 46-49.

Temirov, F. (2023). SADRIDDIN AYNIY IJODIDA TURKISTON TARIXI MASALALARI. Farg ‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 71-71.

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 38(38).

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). БУХОРО АМИРЛИГИДА ТАШҚИ СИЁСАТ ВА ДИПЛОМАТИЯНИНГ РИВОЖЛАНИШИ ТАРИХИДАН. Scientific progress, 2(1), 1276-1282.

UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID PERIOD. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 94-100.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ ФИТРАТ ҲАҚИДА. Scientific progress, 2(1), 1349-1354.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). БУХОРО АМИРЛИКДА ОИЛА, НИКОҲ ВА МЕРОС ҲУҚУҚИНИНГ АМАЛДА ҚЎЛЛАНИШИ. Scientific progress, 2(1), 1201-1207.

Umedovich, T. F. (2022). SADRIDDIN AYNI-IN THE MEMOIRS OF HIS CONTEMPORARIES. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(6), 31-36.

Умаров, Б. Б. (2021). НА КИСЛЯКОВ ТАДҚИҚОТЛАРИДА ЖАНУБИЙ ТОЖИКИСТОН ЭТНИК ТАРИХИ. Scientific progress, 1(6), 1005-1009.

Umedovich, T. F. (2022). On The Journalistic Work of Sadriddin Ayni Concerning Issues of Bukhara History. Irish Interdisciplinary Journal of Science & Research (IIJSR), 6(1), 12-17.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT EASTERN SCIENTIST. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(3), 120-123.

UMEDOVICH, T. F. (2021). THE PRESS ACTIVITY OF SADRIDDIN AYNI. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(4), 57-62.

Umarov, B. (2021). NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI FEODAL VA QISHLOQ XO ‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 6(6).

ogli Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA KISLYAKOV'S RESEARCH. Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 127-135.

Umarov B. БУХОРО ВОҲАСИ ТУРАР-ЖОЙЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 22. – №. 22.