ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
246
XI–XX ASRLARDA YARATILGAN LUGʻATLARDA QOʻLLANILGAN BAʼZI
QARINDOSHLIK NOMLARINING FARQI
Xidirova Iroda
Ilmiy rahbar
Abdushukurova Sevara
Berdikobilova Dilbar
Termiz davlat universiteti talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7916157
Annotatsiya.
Ushbu maqolada XI–XX asrlardan buyon yaratilgan ayrim lugʻatlarda
qoʻllanilgan baʼzi qarindoshlik nomlarining farqi haqida soʻz yuritilgan.
Kalit soʻzlar: “
Devonu lug'otit turk”, “At-tuhfatuz zakiyatu fillug'otit turkiya”, qažïn,
avagʻa, aba, volida, acha, baba.
THE DIFFERENCE IN SOME KINSHIP NAMES USED IN DICTIONARIES OF
THE 11TH AND 20TH CENTURIES
Abstract.
This article discusses the differences between some kinship names used in some
dictionaries from the 11th to the 20th centuries.
Key words:
"Devonu lug'otit turk", "At-tuhfatuz zakiyatu fillug'otit turkiya", qažîn, avaga,
aba, volida, acha, baba.
ОТЛИЧИЕ НЕКОТОРЫХ РОДСТВЕННЫХ ИМЕН, УПОТРЕБЛЯЕМЫХ В
СЛОВАРЯХ, СОЗДАННЫХ В XI-XX ВЕКАХ
Аннотация.
В этой статье рассматривается различие некоторых родственных
имен, используемых в некоторых словарях, созданных с одиннадцатого по двадцатый века.
Ключевые слова:
«Девону луготит турк», «Ат-тухфатуз закияту филлуг’отит
туркия», кажин, авага, аба, волида, ача, баба.
Turkiy tillardagi qarindoshlik nomlarini ifodalovchi leksemalar boshqa tillarga qaraganda
ancha boy. Hatto qarindosh leksemasining etimologiyasi ham turkiy tillar bilan bog'liq. Dastlab
“qa” oʻzagi “idish” maʼnosini keyinchalik yaqinlik va qarindoshlik ma'nolarini ifodalagan.
"Qondosh" leksemasining etimologiyasi bugungi kunda
qonga asoslangan bog'liqlik
tarzida
tushunildi. Ammo tilshunoslarimiz bu so'zning etimologiyasini
qang – ota
so'zi bilan bog'laydilar.
Qarindoshlikka oid leksemalar qadimgi turli davrlarda yaratilgan turli lug'atlarda ham o’z
aksini topgan. Bunga misol qilib, XI asrda yozilgan Mahmud Koshg'ariy qalamiga mansub
“Devonu lug'otit turk” asari, muallifi noma'lum bo'lgan “At-tuhfatuz zakiyatu fillug'otit turkiya”,
Alisher Navoiy qalamiga mansub “Muhokamat ul lug'atayn”, “Древнетюркская словар”
lug'atlarini keltirishimiz mumkin.
Ushbu tadqiqot ishi doirasida XI–XX asrlar oralig'ida yaratilgan asarlar ya'ni, Mahmud
Koshg'ariy qalamiga mansub “Devonu lug'otit turk” (keyingi o‘rinlarda MK shaklida), “At
tuhfatuz zakiyatu fillug‘otit turkiya” (keyingi o'rinlarda At-tuhfat), Alisher Navoiy qalamiga
mansub “Muhokamat ul lug'atayn” (keyingi o'rinlardan ML), “Древнетюркская словар”
(Qadimgi turkiy lug'at, keyingi barcha o‘rinlarda DTS) lug'atlar obyekt qilib olingan.
Mavzuyimizning asosiy masalasi bugungi kunda qo'llaniladigan qarindoshlikka oid
leksemalarning qadimgi davrda qanaqa nom bilan yoritilganligi farqlarini ochib berishdir.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
247
Biz bugungi kunda qo'llaydigan dada leksemasi MKda Дӓдӓ – dada, ota o’g’uzcha (239),
Аба – ota (tubutlar tilida) (113), Ата – ota (114) shaklida; At–tuhfatda Ада – ada, ota (11a – 9),
Aта – ota ( 3b – 11) shaklida; ML kitobida Volid – ota (32), Abutturk – turk otasi (29), Abulfurs
– fors otasi (29), Abullhind – hind otasi (29) shaklida; DTSda Baba – ota, (76b), Hata – ota
(197b), Dedä – ota, (160b) shaklida qo'llanilgan.
Qaynana - erning onasi xotinga, xotinning onasi erga nisbatan. Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi
erning tugʻishganlari xotinga nisbatan, “xotinning tugʻishganlari erga nisbatan” ishlatiluvchi
qayin
soʻziga “ayolning oʻz tuqqan bolasiga nisbatan” maʼnosini anglatuvchi
ana
soʻzining
qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Qayin+ana =
qayinana
so‘z qoʼshilmasida dastlab i unlisi talaffuzda
tushib qolgan, keyinchalik yozuvda ham i unlisi ishlatilmagan va qaynana holiga kelgan (Shavkat
Rahmatullayev “Oʻzbek tilining etimologik lugʻati” 1-jild. 509-bet). Turkiy tillardagi qarindoshlik
munosabatlarini ifodalovchi soʻzlarni oʻrgangan olim Pokrovskaya qayin soʻzi faqat “xotinning
tugʻishganlari erga nisbatan” maʼnosini anglatishini, erning tugʻishganlari maʼnosida keyinchalik
qoʻllanganini aytadi. Shunga koʻra qaynana soʻzi dastlab faqat xotinning onasiga nisbatan
qoʻllanilgan deyish mumkin. Bu soʻz M. Koshgʻariyning “Devonu lugʻatit turk” asarida
qažïn
holida keltirilgan (1-tom, 383-bet).
Qažïn
soʻzi qayin ona, qayin ota, qayin maʼnolarini anglatgan.
Obogʻa (amaki) - bu soʻz qadimgi turkiy tilda
ota
maʼnosini anglatgan
aba
(ota soʻzi
devonda
aba
(1-tom. 113-bet) shaklida keltirilgan) soʻzi bilan
aka
maʼnosini anglatgan
agʻa
soʻzlarining birikishidan hosil boʻlgan. Aba+agʻa soʻzlari oraligʻidagi a unlilari singishib bir
unliga aylangan. Soʻzdagi birinchi va ikkinchi a unlilari o unlisiga almashgan. Obogʻa soʻzi
dastlab faqat otaning akasiga nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik bu soʻz maʼnosi kengayib otaning
akasi, ukasi va ularning oʻgʻillari maʼnolarini anglatgan(Shavkat Rahmatullayev. Oʻzbek tilining
etimologik lugʻati 1-jild. 246-bet). Devonda bu soʻzning yana bir
tagʻaj
varianti ham keltirilgan
va bu soʻz ham aynan amaki maʼnosida qoʻllanilgan (3-tom. 256-bet). Oʻzbek tilining izohli
lugʻatida
avagʻa
soʻzi keltirilgan va bu soʻz chevara maʼnosini anglatishi taʼkidlangan. Lekin
devonda ham, etimologik lugʻatda ham obogʻa soʻzining avagʻa shakli keltirilmagan.
Ona – “ayol kishi oʻz tuqqan bolasiga nisbatan”. Qadimgi turkiy tilda bu soʻz
ana
tarzida
qoʻllanilgan va hozirda ona soʻzi anglatgan maʼnoni anglatgan. Keyinchalik ana soʻzidagi birinchi
a unlisi o unlisiga almashgan va biz koʻrib turgan ona holiga keltirilgan. Devonda ham bu soʻz
ana
koʻrinishida berilgan (1-tom. 119-bet). Muallifi nomaʼlum boʻlgan “At-tuhfat” asarida ham ona
soʻzi ana holida keltirilgan (169-bet). Alisher Navoiyning “Muhokamatu-l-lugʻatayn” asarida esa
ona soʻzining boshqa bir
volida
koʻrinishi keltirilgan (32-bet).
Aka – bu soʻz oʻzbek tilining etimologik lugʻatida
ogʻa
koʻrinishida berilgan va
eng katta
aka
maʼnosini anglatgan. Bu soʻz asli qadimgi turkiy tildagi uzoq yasha, koʻp yasha maʼnolarini
anglatuvchi
aq
feʼliga -a qoʻshimchasini qoʻshish orqali hosil qilingan. Aq+a=aqa soʻzidagi q
undoshi keyinchalik gʻ undoshiga soʻz boshidagi a unlisi o unlisiga almashgan (1- jild. 26 - bet).
“At - tuhfat” asarida esa soʻzning
äkä
koʻrinishi uchraydi. Biroq bu biz bilgan aka maʼnosida emas
amma
maʼnosida qoʻllanilganligi aytilgan (174 - bet). Devonda aka soʻzi oʻrniga
acha
va
ïchï
soʻzlari keltirilgan (1-tom. 114-bet). Bundan koʻtinib turibdiki, qadimda akaga nisbatan acha yoki
ïchï deb murojat qilingan. Bundan tashqari acha soʻzi faqat akaga emas balki opaga nisbatan ham
ishlatilgan va katta qiz maʼnosini anglatgan. "At - tuhfat" opa yoki singil soʻzlari oʻrnida
qiz
qardash
soʻzi qoʻllanilganligi aytiladi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
248
Opa – “qiz farzand oʻzidan keyin tugʻilgan farzandlarga nisbatan” maʼnosida keladi. Bu soʻz
asli turkcha soʻz boʻlib, qadimgi turkiy tilda
yoshi katta boʻl
maʼnosini anglatuvchi ab feʼliga a
unlisini qoʻshish orqali yasalgan, keyinchalik b undoshi p ga va birinchi a unlisi o ga almashishi
natijasida hozirgi koʻrinishga kelgan (1- jild. 255 - bet). Oʻzbek tilining izohli lugʻati ham opa
soʻzi berilgan va “bir ota - onadan tugʻilgan farzandlarning ichida oʻzidan kichiklarga nisbatan
katta qiz” maʼnosini anglatishi aytib oʻtilgan. Uka – “bir ota- onadan tugʻilgan farzandlar ichidagi
oʻgʻilning oʻzidan katta farzandlarga nisbatan” qoʻllaniladi. Bu soʻz qadimgi turkiy tilda
ökə
tarzida talaffuz qilingan. Keyinchalik ö unlisi u ga, ə unlisi ä ga almashgan va
ukä
deya talaffuz
qilingan. Bu soʻz dastlab kichik farzand magʻnosini anglatgan. Shuning uchun qiz uka, oʻgʻil uka
deya ishlatilgan. Vaqtlar oʻtishi bilan maʼnoda torayish yuz berib faqat oʻgʻil uka maʼnosida
ishlatila boshlagan.(Sh. Rahmatullayev. “Oʻzbek tilining etimologik lugʻati” 1- jild, 386 - bet).
Bobo – “otaning yoki onaning otasi” maʼnosida ishlatiladi. Soʻzning buva tarzida talaffuz
qilinadigan varianti ham mavjud. Qadimgi turkiy tilda bu soʻz
ba:ba
tarzida talaffuz qilingan va
faqat onaning otasiga nisbatan qoʻllanilgan. Keyinchalik maʼnoda kengayish yuz berib otaning
otasiga nisbatan ham ishlatila boshlagan (Sh. Rahmatullayev "Oʻzbek tilining etimologik lugʻati"
1-jild, 55 - bet). At-tuhfat asarida bobo soʻzi oʻrniga
opka
soʻzi qoʻllanilgan (238-bet) va bu soʻz
aynan
buva
maʼnosini anglatgani aytib oʻtilgan.
Kelin - turmushga chiqayotgan yoki yaqindagina chiqqan ayol. Soʻz asli turkiy soʻz boʻlib
qadimgi turkiy tilda kel feʼliga -i(n) ot yasovchi qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan(Sh.
Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati. 1- jild, 201-bet). "At-tuhfat" asarida ham kelin
soʻzi keltirilgan (215 - bet).
Kuyov - qizining eri ota - onasiga yoki qarindoshlariga nisbatan. Bu asli turkiy soʻz boʻlib,
qadimgi turkiy tildagi qizning eri maʼnosini anglatuvchi
küd
yoki
küž
otlariga -ä, -gü
qoʼshimchalarini qoʻshish orqali yasalgan (küdägü, küzägü). Keyinchalik d, ž undoshlari y ga,
soʻz oxiridagi ü unlisi talaffuz qilinmay qoʻygan va ä unlisi â ga, g esa v ga almashgan (Sh.
Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati. 1-jild, 214-bet). At-tuhfat asarida ham
kuyov
soʻzi keltirilgan (223-bet).
REFERENCES
1.
Mahmud Koshg‘ariy. Turkiy so‘zlar devoni (Devonu lug‘otit turk). – Toshkent:
Fanlar Akademiyasi, 1963.
2.
Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya [Turkiy til (qipchoq tili) haqida noyob tuhfa].
– Toshkent: Fan, 1968.
3. Shavkat Rahmatullayev. "Oʻzbek tilining etimologik lugʻati". 1-jild. – Toshkent.
Universitet, 2000.
3.
Alisher Navoiy. Muhokamatu-l-lugʻatayn.
5. Ismoilov I.A. Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari. – Toshkent: Fan, 1966.
6. Madaliyevna I. S., Qizi J. R. N. B. “Majolis un-nafois” asarida qo ‘llanilgan
qarindoshlik nomlari hamda ularning semantik tahlili //Ta’lim fidoyilari. – 2022. –
Т. 22. – №. 7. – С.
