ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
240
TURKIY LUG‘ATLARDA KELTIRILGAN OZIQ-OVQAT NOMLARINING
FONETIK-FONOLOGIK TAHLILI
Xidirova Iroda
Ilmiy rahbar.
Abdurahmonova Gulorom
Rabbimqulova Goʻzal
Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7915998
Annotatsiya.
Maqolada XI–XV asrlarda yaratilgan qadimgi turkiy lugʻatchilikning nodir
namunalaridan biri boʻlgan “Devonu lugʻot-t-turk” hamda “At-tuhfatuz zakiyya fiy lug‘atit
turkiya” kabi asarlarda keltirilgan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining oʻzaro farqli jihatlari,
soʻzlarning fonetik-fonologik nuqtayi nazardan zidlanishi va oʻxshash boʻlgan koʻrinishlari kabi
bir qancha masalalar yuzasidan fikrlar bayon qilinadi.
Kalit so‘zlar:
“Devonu lugʻot-t-turk”, “At-tuhfatuz zakiyya fiy lug‘atit turkiya”, farqli
hamda oʻxshash jihatlar, fonetik-fonologik tahlili.
ФОНЕТИКО-ФОНОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НАЗВАНИЙ ПРОДУКТОВ
ПИТАНИЯ, ПРЕДСТАВЛЕННЫХ В ТЮРКСКИХ СЛОВАРЯХ
Аннотация.
Статья содержит мнения по ряду вопросов, таких как различия между
некоторыми продуктами питания, которые представлены в таких произведениях, как
“Devonu dikot–t-Turk” и “AT-tuhfatuz zakiya fiy dikatit turkia”, один из редких примеров
древнетюркского словаря, созданного в XI-XV веках, противопоставление слов с фонетико-
фонологической точки зрения и сходные взгляды будет сказано.
Ключевые слова:
”Devonu dikot-t-Turk“,”at-tuhfatuz zakiya fiy dikatit turkia", отличия
и сходства, фонетико-фонологический анализ.
PHONETIC-PHONOLOGICAL ANALYSIS OF FOOD NAMES LISTED IN
TURKISH DICTIONARIES
Abstract.
The article expounds on a number of issues, such as differences in certain foods,
contradictions of words from phonetic–phonological point of view and similar manifestations,
presented in works such as “Devonu dictionary-t-turk” and “At-tuhfatuz zakiyya fiy lexicatit
Turkey”, one of the rare examples of ancient Turkic lexicography created in the 11th-15th
centuries.
Keywords:
”Devonu dictionary-t-turk“, ”At-tuhfatuz zakiyya fiy lexicatit Turk", different
and similar aspects, phonetic-phonological analysis.
Qadimgi turkiy tillardagi oziq-ovqat mahsulotlarini ifodalovchi leksemalar va ularning
tadqiqiga bagʻishlangan bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ushbu mahsulotlar haqida fikr
yuritilar ekan aytish mumkinki,mazkur soʻzliklarning yaratilish davri ibtidoiy davr bilan
chambarchas bogʻlanadi. Insoniyat tugʻilishi bilan uning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji tabiiy
ravishda shakllanadi. Bora-bora taomlarni nomlar bilan ham ataganlar.
Mazkur tadqiqot ishining asosiy oʻrganish obyekti sifatida XI–XIV asrlarda yaratilgan
qadimgi lug‘atlar (“Devonu lug‘otit turk” (keying o‘rinlarda MK), “At-tuhfatuz zakiyati fil lug‘atit
turkiya” (keying o‘rinlarda “At-tuhfat”) asarlarida soʻzlarning fonetikasi, fonologiyasi farqli
hamda muqobil jihatlari, anglatgan maʼnolari ochib boriladi. Masalan,
tuturqan –
guruch
(1;204-
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
241
bet)
tuturgʻan
–(devonda tuturqon shaklida berilgan. Demak, bu davrda birinj sinonimi ham
qoʻshilgan. Shayxi Sulaymon lugʻatida ham tuturgʻan deb berilgan). Buni birinch ham deydilar.
Sut bilan pishirilsa, boʻtqa boʻladi (2;16-bet). Keltirilgan misolda q portlovchi hamda gʻ
sirgʻaluvchi undoshlari oʻzaro farqlanmoqda. Xuddi shunday,
sarmusaq –
sarimsoq (1;206-bet)
misolini
Sïrïmsaq va sarïmsaq –
chisnok. (1;37-bet) a va i lablanmagan unli faqrlanishida yoki
lablangan u unlisi ortishi namunasida koʻrib oʻtishi mumkin boʻladi.
Qadimgi turkiy lugʻatlarda keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha muhokamalar
yuritilganda, ularni bir necha guruhlarga boʻlib tahlil qilindi, jumladan:
1. Mevalar;
2. Sabzavotlar;
3. Poliz ekinlari;
4. Non mahsulotlari;
5. Issiq taomlar va shu kabi turlarga.
Yuqorida tadqiq qilinishi koʻzda tutilgan soʻzlardan
tülüg erük –
shaftoli (1;41-bet) soʻzi
aynan "At-tuhfat"da
kogam-shaftoli
(2;151-bet)shaklida asarlarda mutlaqo qarshilanishi kuzatilsa,
birgina
qora eruk-olxoʻri
(2;229-bet)soʻzining "MK"da bir necha variantlariga duch kelish
mumkin. Xususan,
limkän-sariq olxoʻri
(1;176-bet),
amšuy-bir xil sariq olxoʻri
shakli bilan bir
qatorda
erük-olxoʻri
(1;41-bet)olxoʻrining turi bilan bogʻliq oʻzgarish, yaʼni rangida farqlanish
jihati bilan ham namuna qilinganligini aytib oʻtish joiz.Buni quyidagi jadval orqali ham koʻrish
mumkin.
Qora eruk
Olxoʻri
Limkän
Sariq olxoʻri
amšuy
bir xil sariq olxoʻri
Erük
Olxoʻri
Shuningdek,
sogʻun-piyoz
(1;164-bet) ning
sugʻar-piyoz
(2;26-bet) a fonemasi bilan u
fonemasining almashinishi shaklida,
jovurt-suzma
(2;204-bet)ning
süzmä-suzma
(1;173-
bet)koʻrinishida,
käläsh-lochira
(2;62-bet) ning
püškal-lochira, yupqa non
(1;191-bet)kabi
misollarda asosning butunlay oʻzgarishini uchratish mumkin. Hamda ushbu namunalarning
"MK"da asoslicha yoritilganini, hududlar kesimi boʻyicha misollar keltirilganining guvohi boʻlish
mumkin. Shuningdek,
qovun-qovun
(2;227-bet) misolining "MK"da bir necha turlariga izoh
berilgan. Masalan
, xöčünäk-xushboʻy va naqshli qovun
(1;193-bet),
bükän-hind qovuni,
tarvuz
(1;160-bet)yoki
qagʻun-qovun
(1;164-bet)kabi shunga oʻxshash bir necha farqlanuvchilar
bilan birga muqobilliklar ham nazardan qochmagan. Masalan,
a:lma-olma
(1;65-bet)"At-
tuhfat"da ham
alma-olma
(2;168-bet)misolida keltirilganki,ularning fonetikasi deyarli bir xil
koʻrinishda,
armut-nashvoti
(2;170-bet)
armut-nashvoti
(1;51-bet)namunasida koʻrib oʻtish
mumkin.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
242
Xulosa qilib shuni taʼkidlash oʻrinliki, mazkur maqolada mushohada ostiga olingan oziq-
ovqat mahsulotlarining oʻsha davrdagi koʻrinishi, ularning "Devonu lugʻot-t-turk" hamda "At-
tuhfatuz zakiyya fiy lug‘atit turkiya" kabi asarlarda tajallilanishi, soʻzliklarning fonetik-
fonlogikligi bilan ajratilishi, aytish joiz boʻlsa, Mahmud Qoshgʻariy oʻzining ushbu asarida
mahsulotlar haqida toʻlaroq maʼlumotlar bilan izohlashi kabi ayrim xulosalar yuzasidan fikrlar
tahlil qilindi.
REFERENCES
1.
Mahmud Koshg‘ariy. Turkiy so‘zlar devoni (Devonu lug‘otit turk). – Toshkent:
Fanlar Akademiyasi, 1963. – B. 175.
2.
Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya [Turkiy til (qipchoq tili) haqida noyob tuhfa].
– Toshkent: Fan, 1968.
3.
Mengliyev B. Hozirgi oʻzbek adabiy tili.nash.Tafakkur boʻstoni.T.2018
4.
Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2009. 391-b.
5.
Nematov X., Rasulov P. Oʻzbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – T.: Oʻqituvchi,
1995.
6.
Normamatov S. Leksikografiya asoslari. – T., 2020.
7.
Xidirova, I. ., & Dobilova, M. (2023). IMLO MUAMMOLARI VA YECHIM.
Modern Science and Research, 2(3), 138–141.
8.
