Sentabr, 2025-Yil
107
QANDLI DIABETGA CHALINGAN BEMORLARDA KUZATILADIGAN
POLINEYROPATIK ASORATLARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Nurmatov Diyorbek
Tojiev Jasurbek
Ziyadov Nodirbek
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Ilmiy rahbar:
PhD Azavova Taxmina
https://doi.org/10.5281/zenodo.17118534
Annotatsiya.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda qandli
diabet bilan kasallanganlar soni 350 milliondan oshgan boʻlib, ularning 85–95%ini 2-tur qandli
diabet tashkil etadi. Diabetik polineyropatiya esa ushbu kasallikning eng jiddiy va keng tarqalgan
asoratlaridan biridir. Tadqiqotning maqsadi – qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda
polineyropatiya asoratlarining uchrash xususiyatlarini aniqlash, yosh va jins omillari bilan
bogʻliqligini oʻrganish. Tadqiqot Andijon shahar markaziy poliklinikasida olib borilib, 360 nafar
qandli diabet bilan ogʻrigan bemor kuzatildi. Shulardan 334 nafari 2-tur qandli diabetga
chalingan boʻlib, 270 nafarida (80,8%) polineyropatiya asoratlari aniqlangan. 40–60 yosh
oraligʻidagi bemorlar 38%, 60 yoshdan yuqorilar 52%ni tashkil etdi. Ayollarda polineyropatiya
erkaklarga nisbatan ikki barobar koʻp uchradi (68% ga 32%). Klinik jihatdan kombinirlangan
turdagi polineyropatiya eng koʻp uchraydigan shakl ekanligi aniqlandi. Shuningdek, bemorlarda
surunkali xolesistit (25%), pielonefrit (15%), kamqonlik (10%), gipertoniya (15%), Covid-19dan
keyingi asoratlar (18%) va boshqa yondosh kasalliklar kuzatildi. Natijalar diabetik
polineyropatiya bemorlarning hayot sifatiga keskin taʼsir etishini koʻrsatadi. Oʻz vaqtida tashxis
qoʻyish va shifokor tavsiyalariga rioya qilish asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
qandli diabet, 2-tur diabet, diabetik polineyropatiya, kombinirlangan turi,
asoratlar, yosh omili, jins omili.
Tadqiqotning dolzarbligi:
Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, qandli
diabet bilan kasallanishlar soni bugungi kungacha 350 milliondan ortiq insonlarda aniqlangan. Shu
koʻrsatkichlarning, taxminan, 85% dan 95% gacha boʻlgan qismi qandli diabetning 2-turiga
tegishli.
Diabetik polineyropatiya esa 2-tur qandli diabetning global va jiddiy asorati hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi
. Ushbu tadqiqotdan maqsad shuki, poliklinikaga qandli diabet
kasalligi bilan murojaat qilgan va " D" nazoratda turgan bemorlardagi 2- toifa qandli diabet va
uning natijasida kelib chiquvchi polineyropatiya asoratini kelib chiqish sabablarini oʻrganish. 30-
35 yoshdan yuqori ayollar va erkaklarda polineyropatiyaning uchrash nisbatini tadqiq qilish.
Material va uslublar.
Shu vaqtgacha Andijon shahar markaziy poliklinikasiga 360 nafar
qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlar " D" nazoratga qoʻyilgan. Qandli diabet diagnostikasida
nevrologik holat, diagnostik test ma'lumotlari, oftalmologik tekshiruv, qonning gemoreologik
xususiyatlarini o'rganish va qondagi glukoza-lipidlar almashinuvi holati asosida belgilanadi.
Bunda bemorlarning barchasida umumiy qon tahlili, umumiy siydik tahlili, qonning bioximik
tahlili oʼtkazildi. Bemorlar UTT, kardiolog koʻrigida EKG, nevropatolog, oftalmolog, xirurg
umumiy koʻrigidan oʻtkazildi. Bundan tashqari, bemorlar rentgenologik tekshiruvdan ham oʻtdi,
Sentabr, 2025-Yil
108
Covid-19 ni boshidan oʻtkazganmi yoki yoʻqligi tadqiqot uchun eng muhim qismlaridan biri
boʻlib xizmat qiladi.
Natijalar.
Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, 360 ta qandli diabet bilan kasallangan
bemorlardan 334 tasi 2-tur qandli diabet bilan kasallangan. Shu kasallanishlardan 270 tasida
diabetik polineyropatiya asoratlari uchraganligi koʻrildi. 30-40 yosh oralig’idagi bemorlar umumiy
bemorlarning 10%ini, 40-60 yosh oralig’idagi bemorlar 38%ini, 60 va undan yuqori yosh
oralig’idagi bemorlar 52%ini tashkil etdi. Ushbu bemorlardan 86 (32%) tasini erkaklar, 184 (68%)
tasini ayollar tashkil qilyapti. Asosan, kuchli depressiya va qoʻrquvdan keyingi holatlar ayollarda
koʻp uchrayapti. Polineyropatiyaning klinik kechishiga ko’ra sensor va vegetativ turlariga nisbatan
kombinirlangan turi ko’p uchrashi aniqlandi. Bundan tashqari, bemorlarda polineyropatiya
asoratidan tashqari yondosh kasalliklari ham mavjudligi aniqlandi. Bemorlarning 25%i (67 ta)
surunkali xolesistit, 15%i (41 ta) surunkali pielonefrit, 10%i (27 ta) surunkali kamqonlikning turli
darajalari, 4%i (10 ta) stenokardiya, 18%i (49 ta) Coviddan keyingi asoratlar va OʻSOK, 15%i (41
ta) gipertoniyaning turli darajalari, 13%i (35 ta) aralash semizlik bilan kasallangan. Keltirilgan
maʼlumotlarga koʻra, qandli diabet va uning natijasida kelib chiquvchi polineyropatiya asorati
ayollarda erkaklarga nisbatan 2 barobarga koʻp uchrashi aniqlandi.
Xulosa
. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, qandli diabetdan keyingi polineyropatiya
eng koʻp, yaʼni 70-75% holatlarda uchrayapti. Tadqiqot natijalaridan ko’rinib turibdiki, diabetik
polineyropatiyaning kombinirlangan turi aholi o’rtasida ko’p uchramoqda. Diabetik
polineyropatiya natijasida, oyoq va qoʻllar ogʻriqni sezmay qolishi, koʻzlar koʻr boʻlib qolishi,
buyraklar funksiyasining ishdan chiqishi kabi alomatlar kuzatilmoqda. Bunday asoratlarning
oldini olish uchun bemorda kasallik alomatlari paydo boʻlgandayoq shifokorni xabardor etishi va
shu bilan birga shifokor tavsiya etgan muolajalarni o’z vaqtida olishi kerak
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Азимова, А. А., Маликов, Д. И., & Шайкулов, Х. Ш. (2021). МОНИТИРОИНГ
ЭТИОЛОГИЧЕСКОЙ СТРУКТУРЫ СЕПСИСА ЗА. PEDAGOGICAL SCIENCES
AND TEACHING METHODS, 48, 18-22.
2.
Азимова, А. А., Абдухоликов, С. Х., & Бозоров, Х. М. (2023). Осложнение
глюкокортикоидной терапии у больных сахарным диабетом, перенесших covid-19.
ББК 5я431 М42 Печатается по решению Редакционно-издательского совета
Государственного гуманитарно-технологического университета, 18, 10-13.
3.
Супхонов, У. У., Файзиев, Х. Ф., Азимова, А. А., & Абдурахмонов, Д. Ш. (2024).
СУЩЕСТВУЮТ СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ЛИПОСАКЦИИ, КОТОРЫЕ
УСПЕШНО ПРИМЕНЯЮТСЯ ДЛЯ КОНТУРНОЙ ПЛАСТИКИ ТЕЛА. NAZARIY
VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY
TA'LIMNING INNOVATSION YO'NALISHLARI, 1(2), 18-22.
4.
АЗИМОВА, А. А., & МАЛИКОВ, Д. И. (2022). ПОВРЕЖДЕНИИ МЯГКОТКАНЫХ
СТРУКТУР КОЛЕННОГО СУСТАВА И УЛЬТРАЗВУКОВОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ.
МОЛОДЕЖНЫЙ ИННОВАЦИОННЫЙ ВЕСТНИК Учредители: Воронежский
государственный медицинский университет имени НН Бурденко, 11(2), 10-13.
