2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
70
"ECO SCHOOLS UZBEKISTAN" LOYIHASIGA A’ZO MAKTAB O'QUVCHILARIGA
EKOLOGIK TA'LIM BERISH LOYIHASINI O’RGANILISHI
M.Sharopova
Farg‘ona viloyati PMM metodik xizmat bo‘limi biologiya fani metodisti.
Navbahor Yusupjonova Xolmatjonovna
Farg’ona shahar
"Eso Schools Uzbekistan" 30-maktab koordinatori.
Nilufarxon Isaqova
O’zbekistan Ekologiya partiyasi Farg’ona shahar
kengashi raisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17115344
Mavzuning annotatsiyasi.
Darsda o’quvchilarga ma’lum bir biologik muammoni qo’yish
orqali ularni fantaziya qilish, ilmiy gipotezalarni ilgari surish imkoniyatini “Ekologik g’oya
daqiqasi” da yaratib beriladi. Bundan tashqari o’qituvchi o’quvchilarni fan
-texnika sohasida
so’nggi ma’lum qilingan ilmiy kashfiyotlaridan xabardor qilib boradi
.
Kalit so’zlar:
Ekologik daqiqa, fauna va flora, "Tabiatni birgalikda asraylik!", nur
kasalligi, turli toksik, allergik, endokrin, biologik xilma-xillik,
“Suvni kelajak avlodlar uchun
asrash kerak”,
tabiiy o’simlik
.
Insoniyat bugungi kunda o’zining ilm
-fan sohasidagi olamshumul kashfiyotlaridan aziyat
cheka boshlagan bir davrda yashayapti. Sanoat industriyasi ma’lum ma’noda fauna va floraga
o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatganligi o’tgan asrda mutaxassislar tomonidan tan olindi. Uning
xavotirli oqibatlari jamoatchilikka ma’lum raqamlar asnosida oshkor etildi. Bunday “sanoat
inqilobi” ta’sirida olamdagi biologik xilma
-xillikka putur yetkazilishi bugungi dunyoviy dolzarb
muammoga aylandi. Fan
–
texnika taraqqiyotining tartibsiz, boshqarib bo’lmaydigan rivojlanishi
natijasida insoniyat shunday chegaraga yetib keladiki, chang tutun va nur kasalligi,turli toksik,
allergik, endokrin va ijtimoiy chegara bilmaydigan patologiyaning boshqa turlari bilan bog’liq
xastaliklar xavfi ko’ndalang bo’lib turibdi.
Insonlar yaxshi muhitga, tabiiy boyliklarga tuganmas manba sifatida qarab kelganlar.
Lekin tabiatga noto’g’ri munosabat, tabiiy boyliklarga nisbatan sovuqqonlik bilan
munosabatda bo’lish oqibatida insonlar o’zaro tabiatda bo’ladigan turli falokat va
noxushliklarning qurboni bo’lib qolmoqda.
Hozirgi zamon taraqqiy etgan mamlakatlar sharoitida atrof-muhitning ifloslanishi
muammosi va uning kishilar salomatligiga ta’sir ko’rsatishi ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda Mahalliy va ekologik monitoring, ya’ni atrof
-muhitning holatini, suv,
tuproq atmosferadagi zararli moddalarning kontsentratsiyasini nazorat qilish muhim ahamiyat
kasb etadi. Unda o’rmonlarni tiklash va yong’in, zararkunandalar, kasalliklardan muhofaza etish;
qo’riqxonalar, tabiiy boyliklarni kengaytirish va sonini ko’paytirish; o’simlik va hayvonlarning
noyob turlarini saqlash hamda ko’paytirish;aholini ekologik ma’rifat va madaniyatini yuksaltirish;
atrof-muhitni himoya qilish ishida xalqaro hamkorlik masalalari nazorat qilib boriladi.
Mustaqil yurtimizda tabiatni muhofaza etish davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masalaga
aylangan bo’lib, Konstitutsiyamizning moddalarida aynan shu maqsad nazarda tutiladi.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
71
Yuqoridagilarga amal qilib, biologik xilma-xillikni saqlash va muhofaza qilish dardi bilan
yashashi har bir fuqaroning nafaqat o’zining salomatligi balki kelajak avlod salomatligi uchun
qilgan tadbiriga aylanadi.
Ushbu masalalar yuzasidan biologiya darslarini tashkiliy qismlarida eslatmalar berib
turilishi va maktablarda biologiya fani to’garaklaridagi va tabiatga sayohatlaridagi suhbatlar
o’quvchi yoshlarning atrof
-muhitni muhofaza qilish
madaniyatining rivojlanishiga sezilarli ta’sir
ko’rsatadi.
Suv - insonning umri davomida doimiy, ajralmas hamrohi. Bu neft, gaz, ko'mir, temirdan
qimmatroq, chunki suv o'rnini bosa olmaydi. U inson hayotida hal qiluvchi rol o'ynaydi.
"Suv! Sizda na ta'm, na rang, na hid yo'q, sizni ta'riflab bo'lmaydi, siz zavqlanasiz, ishonasiz.
Bu siz hayot uchun keraksiz degani emas, siz hayotning o'zi. Siz bizni quvonch bilan
to'ldirasiz, buni bizning his -tuyg'ularimiz bilan izohlab bo'lmaydi; siz bilan biz xayrlashgan kuchlar
bizga qaytadi. Siz dunyodagi eng katta boyliksiz! "
(Antuan de Sent-Ekzyuperi).
Buning uchun ona sayyoramizda istiqomat qilayotgan har bir inson harakat qilishi kerak,
xolos. Mutaxassislar “Suvni kelajak avlodlar uchun asrash kerak”, degan fikrlarni aytishar ekan,
daryo va ko‘llarga har xil chiqindi va axlatlarni tashlash kerak emas, deya maslahat berishmoqda.
Bu har bir inson zimmasidagi asosiy mas’uliyat bo‘lishi kerak. Suvni asrash milliy qadriyat
darajasidagi ish ekani tan olinadi. Shu sababli ham “Suv resurslari biror bir davlatning emas, balki
jahon boyligi bo‘lishi kerak”, degan fikrlar ham aytilmoqda.
Suv muammosini hal qilish nafaqat ezgu ish, balki jahon iqtisodiyoti uchun istiqboldagi
biznes-
loyihalardan biridir. So‘zimiz yakunida sayyoramizda ekologik muvozanatni saqlovchi
suvning hayotiy zarurat ekanini barchamiz puxta anglashimiz lozimligini yana bir bor ta’kidlab,
toza suv
—
aziz ne’mat, yaxshi shifokor va qadrdon do‘st ekanini eslatib o‘tamiz.
Har birimiz daraxtlarni asrashga o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin.
Shunday qilib, oktyabr oyida maktabimizda "Tabiatni birgalikda asraylik" tanlovi bo'lib o'tdi,
o'quvchilar, o'qituvchilar va ota -onalar daraxt ekdilar.
Ekologiya tadbir yakunida faol ishtirok etgan ishtirokchilarning rag’batlantirish eko
qo’mita a’zolarida tarbiyaviy tadbirlarning uyushtirilishiga nisbatan qiziqishni yuzaga kelishini
ta’minlaydi. Taqdirlash uchun ajratilgan sovg’alarning ma’naviy qimmatga ega bo’lishi e’tiborga
loyiqdir. Bunday sovg’alar sirasidan eko qo’mita a’zolari ko’magida tabiiy o’simliklardan
tayyorlangan buklet va gerbariylar, ular tomonidan ekologik mazmunida yaratilgan ijodiy
ishlarning o’rin olishi muhim ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’.Q.Tolipov va boshqalar. O’quv
-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
–
T.: “Sano Standart” MCHJ, 2004.
2.
J.Fozilov va boshqalar. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish. –
T.: “Ma’rifat
-
Madadkor”,
2000.
1
(Antuan de Sent-Ekzyuperi).
2
Ў.Қ.Толипов ва бошқалар. Ўқув
-
тарбия жараёнига педагогик технологияларни жорий этиш. –
Т.: “Сано
Стандарт” МЧЖ, 2004.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
72
3.
Tolipova J.O., G‘ofurov A.T. Biologiya ta'limi texnologiyalari. T. “O‘qituvchi”
2002 yil.128 b.
4.
5.
–
UzR. Xalq ta'limi Vazirligi;
