Noyabr, 2024-Yil
4
OG’IR NUTQ NUQSONLI BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISHIDA
KORREKTSIYA VA KOMPENSATSIYA O’RNI
Jo’raxo’jaev Muhammadaziz Xalilxo’jaevich
Andijon davlat pedagogika institute katta o’qituvchisi.
To’lanova Buxadicha Dilmurodovna
Andijon davlat pedagogika instituti OLigofrenopedagogika yo’nalishi 101-guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14272705
Annotatsiya.
Ushbu tezisda
og‘ir nutq nuqsonlari bolalarning psixik rivojlanishiga qanday
ta'sir ko‘rsatishi. Nutq nuqsonlari yana qaysi o’rganlarga salbiy tasir qo’rsatishi va qanday
oqibatlarga olib kelishi. Nutq nuqsonlari necha turga va necha darajaga bo’linishi. Og’ir nutq
nuqsonli bolalarda korrektsiya va kompensatsiyaning o’rni va ahamiyati haqida qisqacha
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlari:
kopmensatsiya, korrektsiya, og’ir nutq, psixik rivojlanish, duduqlanish,
dizartriya, rinolaliya.
РОЛЬ КОРРЕКЦИИ И КОМПЕНСАЦИИ В ПСИХИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ ДЕТЕЙ
С ТЯЖЕЛЫМИ РЕЧЕВЫМИ НАРУШЕНИЯМИ
Аннотация.
В данном тезисе рассматривается, как тяжелые речевые нарушения
влияют на психическое развитие детей. Также описывается, на какие еще области
оказывают негативное воздействие речевые дефекты и к каким последствиям они могут
привести. Приводится классификация речевых нарушений по видам и степеням. Кратко
изложена информация о роли и значении коррекции и компенсации у детей с тяжелыми
речевыми нарушениями.
Ключевые слова:
компенсация, коррекция, тяжёлое речь, психическое развитие,
заикание, дизартрия, ринолалия.
THE ROLE OF CORRECTION AND COMPENSATION IN THE PSYCHOLOGICAL
DEVELOPMENT OF CHILDREN WITH SEVERE SPEECH DISORDERS
Abstract.
This thesis explores how severe speech disorders affect the psychological
development of children. It also discusses which other areas are negatively impacted by speech
defects and the potential consequences they may cause. The classification of speech disorders by
types and levels is provided. Brief information is presented on the role and significance of
correction and compensation in children with severe speech disorders.
Keywords:
compensation, correction, severe speech, mental development, stuttering,
dysarthria, rhinolalia.
Noyabr, 2024-Yil
5
Og‘ir nutq nuqsonlari bolalarning psixik rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Nutq
nuqsonlari nafaqat muloqot qilish qobiliyatini cheklaydi, balki bolalarning ijtimoiy moslashuvi,
hissiy holati, intellektual rivojlanishi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Shu sababli, bunday
bolalar bilan ishlashda korrektsiya va kompensatsiya jarayonlari muhim ahamiyatga ega.
Korrektsiya va kompensatsiya bolalarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga, ijtimoiy
hayotda muvaffaqiyatli ishtirok etishga va intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga
yordam beradi.
Korrektsiya:
Korrektsiya nutq nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan maqsadli ishlardan
iborat bo’lib. Uning asosiy yo‘nalishlari:
*Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish:
Til, lab va yumshoq tanglay mushaklarini mashq qildirish uchun maxsus mashqlar.
* To‘g‘ri talaffuzni shakllantirish:
Tovushlarni qo‘yish, ularni so‘zlarda, gaplarda va bog‘langan nutqda mustahkamlash.
* Bog‘langan nutqni rivojlantirish:
To‘liq gaplarni tuzishga va mantiqiy fikrlarni ifodalashga o‘rgatish.
* Nafas olish va ovoz ustida ishlash:
Nafas chiqarishni va intonatsiyani nazorat qilish uchun mashqlar.
Korrektsion ishlar odatda logoped va defektolog kabi mutaxassislar tomonidan
individual va guruhli usullar yordamida olib boriladi.
Kompensatsiya
- bolaning mavjud cheklovlarini yengish va boshqa qobiliyatlar orqali
nutq nuqsonlarini qoplashga qaratilgan bo’lib. Uning asosiy yo‘nalishlari:
*Muqobil muloqot usullaridan foydalanish:
Imo-ishoralar, belgilar, rasmlar yoki maxsus qurilmalardan foydalanish.
*
Kognitiv va hissiy sohalarni rivojlantirish:
O‘yinlar va ijodiy mashg‘ulotlar orqali xotira, diqqat va fikrlashni rag‘batlantirish.
*
Ijtimoiy ko‘nikmalarni qo‘llab-quvvatlash:
Atrofdagilar bilan muloqotni yaxshilash uchun guruhli faoliyatlarda ishtirok etish.
NUTQ NUQSONI –
adabiy tilda qabul qilingan nutq no’rmalaridan (shevadan tashqari),
qisman bo’lsa ham chetga chiqish nutq nuqsoni deyila.
Nutq nuqsonlari uch bosqichga bo’linadi:
Yengil nutq nuqsoni:
Faqat bir (1) dona nutqiy kamchiligi bo’lsa.
Og’ir nuqt nuqsoni:
Ikki (2) va undan ortiq nutqiy kamchiliklari bo’lsa.
Noyabr, 2024-Yil
6
Sistemali nuqson:
Nutqning bir necha jihatlari birgalikda noto’g’ri shakillangan yoki
rivojlanishdan ortda qolgan bo’lsa.
Og’ir nutq nuqsonlarini uch (3) bosqichda bo’ladi. Ular:
1.
Duduqlanish
2.
Dizartriya
3.
Rinolaliya
Bularni kengroq o’rganib chiqadigan bo’lsak.
Duduqlanishda
nutqning sur’ati va oxangi buziladi. Bunda bola ayrim tovushlarni,
bo’g’inlarni yoki so’zlarni qayta-qayta va cho’zib aytishi mumkin. Asosan, qo’rquv va stress
oqibatida kelib chiqadi.
Dizartriyada
ovoz paychalari, lablar, til, yumshoq tanglay mushaklari zararlanganida,
dizartriya rivojlanishi mumkin. Bu esa nutqning notekkis, sust, sekin yoki aniq bo’lmagan
talaffuziga olib keladi. Asosan, markaziy nerv tizimi shikaslangan bo’lsa (miya falaji, miya
kasalliklari) oqibatida kelib chiqadi.
Rinolaliya
ovozning burun orqali noto’g’ri chiqishi natijasida paydo bo’lib. Bunda
tovushlar burun bo’shligidan o’tgan holda talaffuz qilinadi, bu esa ovozning eshitilishiga olib
keladi. Asosan, tanglay yorilishi, burun oxangi, g’alvir tanglay yoki yumshoq tanglayning
noto’g’ri rivojlanishi sababli kelib chiqadi.
Korrektsiya va kompensatsiyaning ahamiyati:
*Emotsional muammolarni kamaytirish:
Nutq nuqsonlari bo‘lgan bolalar ko‘pincha ishonchsizlik va izolyatsiya hissidan aziyat
chekishadi. Korrektsiya va kompensatsiya o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam beradi.
*
Ijtimoiy moslashuvni yaxshilash:
Korrektsion dasturlar atrofdagilar bilan muvaffaqiyatli o‘zaro aloqani rivojlantirishga
yordam beradi.
*
Kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish:
Nutqdagi to‘siqlarni bartaraf etish bola uchun o‘quv materialini yaxshiroq o‘zlashtirish va
bilish faoliyatida ishtirok etishga yordam beradi.
Xulosa:
Ushbu tezisda nutq nuqsonlarini kelib chiqish sabablari ko’rib chiqiladi.
Korrektsiya va kompensatsiyaning nutqiy kamchiligi bor bolalardagi o’rni va vazifalari
ko’rib chiqiladi. Og’ir nutqning bosqichlari va kelib chiqish sabablari ko’rib chiqiladi.
Noyabr, 2024-Yil
7
REFERENCES
1.
KORREKTSION PEDAGOGIKA VA LOGOPEDIYA. RAXMONOVA.V.S
2.
ANDIJON
DAVLAT
PEDAGOGIKA
INSTITUTI
KATTA O’QITUVCHISI
J.M.XALILXO’JAEVICH DARSLIKLARI.
