ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
221
AYBGA IQRORLIK TO‘G‘RISIDA KELISHUV INSTITUTI TUSHUNCHASI, O‘ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI VA AFZALLIKLARI.
S.S. Saydaliyev
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
2-bosqich talabasi.
E-mail:
sardorbeksaydaliyev2@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14165366
Annotatsiya. Maqolada jinoyat ishlarida aybiga iqrorlik instituti tushunchasi va uning
kelib chiqishi, uning o‘ziga xos hususiyatlari, milliy qonunchilik tizimida o‘rni va qulayliklari
yoritib o‘tilgan.
Kalit so’zlar: jinoyat, shaxsning huquq va erkinliklari, qonun hujjatlari, sud,
nsonparvarlik, jazo, aybga iqrorlik, ayblov xulosasi.
THE CONCEPT, FEATURES AND BENEFITS OF THE PLEA BARGAIN
INSTITUTION.
Abstract. The article describes the concept of the institution of confession in criminal cases
and its origin, its specific features, its place and convenience in the national legal system.
Key words: crime, rights and freedoms of a person, legal documents, court,
humanitarianism, punishment, guilty plea, indictment.
ПОНЯТИЕ, ОСОБЕННОСТИ И ПРЕИМУЩЕСТВА ИНСТИТУТА
ПРОЦЕССУАЛЬНОГО СОГЛАШЕНИЯ.
Аннотация. В статье раскрывается понятие института исповеди по уголовным
делам, его происхождение, особенности, место и удобство в национальной правовой
системе.
Ключевые слова: преступление, права и свободы человека, правовые документы,
суд, гуманизм, наказание, признание вины, обвинительное заключение.
Ma’lumki, so‘ngi yillarda mamlakatimizda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli
himoya qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, sud ishlarini yuritishning barcha
bosqichlarida taraflarning tortishuvi tamoyili qo‘llanishini kengaytirish hamda ushbu sohada
xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari
qabul qilindi.
Xususan Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professor-o‘qituvchisi Sarvarbek
Ibadullayevning fikiricha “O‘zbekistonda jinoyatga oid siyosat izchil liberallashmoqda, undan
ko‘zlangan asosiq maqsad adolat va insonparvarlik prinsiplarini amalda ro‘yobga chiqarish,
jazolashning repressiv vazifalarini qisqartirishdan iboratdir” deydi o‘zining maqolalaridan birida
1
.
2020-yil 10-avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish
kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6041-son farmonida
mamlakatimizning jinoyat-huquq tizimida aybga iqrorlik bo‘yicha kelishuv institutini joriy qilish
1
Ибадуллаев С. ЖИНОЯТ ҚОНУНИДА СУДЛАНГАНЛИКНИНГ ҲУҚУҚИЙ ОҚИБАТЛАРИ //Results of
National Scientific Research International Journal. – 2023. – Т. 2. – №. 7. – С. 14-31
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
222
Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi va Inson
huquqlari bo‘yicha milliy markazga vazifa yuklatildi.
Aybga iqrorlik to‘g’risida kelishuv instituti o‘zi nima degan savol tug’iladi albatta.
Yuqorida keltirilgan farmonning ijrosi natijasida 2021-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi asosida Jinoyat-protsessual kodeksi “Aybga iqrorlik
to‘g‘risidagi kelishuv” deb nomlangan yangi 62
1
-bobga ega bo‘ldi. Jinoyat kodeksi 586
1
-moddasi
2
bo‘yicha aybga iqrorlik to‘g’risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan
gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishida faol ko‘maklashgan va keltirilgan zararni
bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat
qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og’ir bo‘lmagan va og’ir jinoyatlar
bo‘yicha tuziladigan kelishuvdir.
Xorijiy tajriba, xususan Amerika Qo‘shma Shtatlarida aybga iqrorlik to‘g’risida kelishuv
instituti yana “Plea bargain” deb ham yuritiladi. “
A plea bargain, also known as “negotiating a
plea,” is an agreement between the prosecution and the defendant where the defendant
agrees to plead guilty to the charges against them
3
” ya’ni ayblanuvchi va prokuror o‘rtasidagi
kelishuv bo‘lib, ayblanuvchi va sudlanuvchi o‘zlariga qo‘yilgan ayblovlarni tan olishga rozi
bo‘lishadi. O‘zini ayblash evaziga sudlanuvchiga odatda ayblovlar sonini kamaytirish (agar
sudlanuvchiga bir nechta ayblovlar yoki javobgarlik qo‘yilgan bo‘lsa), qamoq jazosi muddatini
qisqartirish yoki og'irroq jazoni olib tashlash kabi yengilroq jinoiy ayblovlar taklif etiladi.
kichikroq ayblov (masalan, birinchi darajali qotillik ayblovidan qotillik ayblovining pastroq
darajasiga tushirish). Ayblanuvchi ayblovning kamaytirilishini ololmasligi mumkin, ammo
prokuror sudyadan yengilroq jazo tayinlashni taklif qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida aybga iqrorlik to‘g’risida kelishuv
imzolangandan keyin aybdorga nisbatan javobgarlik Jinoyat kodeksi maxsus qismining tegishli
moddalari bilan ayblanayotgan shaxsga shu moddalarning sanksiyasi yarimidan oshmasligi lozim
etib belgilangan
4
. Misol uchun shaxs o‘ziga ishonib topshirilgan narsani rastrata yo‘li bilan ko‘p
miqdorda talon-taroj qilsa unga Jinoyat kodeksi 167-moddasiga binoan bazaviy hisoblash
miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki 480 soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoki 2 yillgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni
cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi lozim. Lekin Jinoyat-
protsessual kodeksining 62
1
-bobi amaliyotda yuqorida keltirilgan sanksiyalarni kamida yarimiga
kamaytirish imkonini beradi.
Aybga iqrorlik to‘g’risida kelishuvni tuzish uchun o‘ziga yarasha talablari mavjud. Bularga
gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi o‘z harakatlarini mohiyatini, shuningdek o‘zi berayotgan
iltimosnomaning oqibatlarini anglab yetgan bo‘lishi, iltimosnoma ixtiyoriy faqat himoyachi bilan
maslahatlashgandan so‘ng va surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan gumondor yoki aybdorga
qo‘yilgan gumonni yoxud ayblovni, shunigdek ish yuzasidan mavjud bo‘lsa dalillarni va
https://lex.uz/docs/111460#5305968
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
2
-moddasi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
223
yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini inkor etmasa va uni bartaraf qilgan bo‘lsa. Bu
turdagi iltimosnomani surishtiruv va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berilishi mumkin.
Iltimosnomada gumonlanuvchi, ayblanuvchi va himoyachisi va agar ishda qonuniy
vakillari ishtirok etayotgan bo‘lsa ularning ham imzosi qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Iltimosnomada
gumonni yoki ayblovvni tan olinayotganini va uni inkor etmasligi, jinoyatni tegov qilishda
ko‘maklashishini, jinoyat natijasida olingan mol-mulkni topilishi uchun qaysi harakatlarni amalga
oshirilishi lozimligi va jinoyatga aloqador boshqa axborotni taqdim etishga doir majburiyatlar
yuklatiladi. Shundan so‘ng iltimosnoma surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ish materiallari
bilan birgalikda kelishuv tuzish uchun 24 soat ichida prokurorga yuboradi va prokuror
iltimosnomani u kelib tushgan paytdan boshlab 72 soat ichida ko‘rib chiqadi va yuqorida
keltirilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Bundan tashqari prokuror kelishuvning
asoslarini o‘rganadi, kelishuv tuzish asoslarini tekshiradi, kelishuv predmeti bo‘lgan harakatlarni
ayblanuvchi yoki gumondor bajara olishini baholaydi va bu iltimosnoma haqiqattan ham ixtiyoriy
tuzilganini, hech qanday uchinchi shaxslar tomonidan tazyiq yoki boshqa turdagi ta’sir
o‘tkazilmaganini baholaydi. Prokuror o‘rganishlar natijasida iltimosnomani qanoatlantiradi yoki
qanoatlantirmaydi. Aybga iqrorlik to‘g’risida kelishuv tuzilgandan keyin boshqa protsessual
harakatlar talab qilinmasa prokuror ayblov xulosasini zudlik bilan sudga yuboradi. Agar
qo‘shimcha tergv yoki boshqa harakatlar talab qilinsa ish tergovchi yoki surishtiruvchiga ayblovni
tasdqilash uchun dalillarni to‘playdi.
Aybga iqrorlik to‘g’risida kelishuv instituti jinoyat ishlarini yuritishning soddalashtirilgan
usuli sifatida qarash mumkin. Aybga iqrorlik to‘g’risida kelishuvni ishlatish oqibatida jinoiy
sheriklar haqida axborot olish, yashirin dalillarni aniqlash, yetkazilgan zararni qoplashga erishish
mumkin.
Bundan tashqari bu kelishuv turli xil ovoragarchilikni oldini oladi va aybga yarasha
javobgarlikka tez fursatlarda erishiladi va bu ehtiyot chorasi sifatida saqlanayotgan va sudning
majlislari va qarorlarnini kutib o‘tirgan shaxlar uchun juda katta yengillik beradi. Sud va huquqni
muhofaza qiluvchi organlar uchun vaqt va resurslarni tejalishi va o‘ta murakkab jinoyatlarning tez,
aniq va qonuniy aniqlanishiga erishiladi. Jabrlanuvchilar uchun ham bu kelishuv ahamiyatli
bo‘lishi mumkin chunki bu kelishuv ularga yetkazilgan zarani qoplanishiga olib keladi. Bundan
tashqari javobgar bilan tez-tez uchrashish kabi psixologik jihatdan og’ir vaziyatdan xalos etadi.
Xulosa qilib shuni atish mumkinki, aybga iqrorlik to‘grisida kelishuv institutining
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga joriy qilinishi inson huquqlarining himoyasini yangi
bosqichga olib chiqadi.
REFERENCES
1.
Ибадуллаев С. ЖИНОЯТ ҚОНУНИДА СУДЛАНГАНЛИКНИНГ ҲУҚУҚИЙ
ОҚИБАТЛАРИ //Results of National Scientific Research International Journal. – 2023. –
Т. 2. – №. 7. – С. 14-31
2.
https://lex.uz/docs/111460#5305968
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
3.
4.
2
-moddasi.
