ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
198
KICHIK MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA BILISH
JARAYONLARINING O‘SISHI
Nomozov Davronbek Amanbay o‘g‘li
GulDPI 2-kurs magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14107512
Anontatsiya.
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilish
jarayonlarining o‘sishi, aqliy rivojlanish bosqichlari va psixologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha
berilgan tavsiflar keltirilgan. Maqolada shuningdek, bilish jarayoni rivojlanishi uchun zarur
bo’lgan diqqat, xotira, zehn kabi psixologik holatlar izohi ham keltirib o‘tilgan.
Kalit so’zlar:
bilish, xotira, idrok, zehn, o‘quvchi, o‘qituvchi, maktab, ta’lim, tarbiya,
imkoniyat.
GROWTH OF COGNITIVE PROCESSES IN PRE-SCHOOL STUDENTS
Abstract.
This article describes the growth of cognitive processes, stages of mental
development and results of psychological research in students of primary school age. The article
also provides an explanation of psychological conditions such as attention, memory, intelligence,
which are necessary for the development of the cognitive process.
Key words:
knowledge, memory, perception, mind, student, teacher, school, education,
upbringing, opportunity.
РОСТА ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ У ДОШКОЛЬНИКОВ
Аннотация.
В статье описаны рост познавательных процессов, этапы
психического развития и результаты психологических исследований у учащихся младшего
школьного возраста. В статье также дается объяснение таких психологических
состояний, как внимание, память, интеллект, которые необходимы для развития
познавательного процесса.
Ключевые слова:
знание, память, восприятие, разум, ученик, учитель, школа,
образование, воспитание, возможность.
Psixologiya fanida kichik maktab yoshi davriga 6 yoshdan 10-11 yoshgacha bo’lgan
o’quvchilar kiritiladi. Chunki bu davrda bola maktab ta’limiga, fan asoslarini egallashga ham
biologik-jismoniy, ham psixologik jihatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning ob’ektiv va
sub’ektiv jihatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatlarining o’zaro munosibligi
nazarda tutiladi. O’quvchi maktab ta’limiga keng ma’noda psixologik jihatdan ob’ektiv tayyor
bo’ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi.
Ushbu yoshdagi bola o’z idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning
qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining
kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o’quvchilardan, jumladan, o’smirlardan ajralib turadi.
Maktabta’limiga tayyorgarlik ko’rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli
ravishda barqaror ko’rinishga ega, deb hisoblash mumkin. Diqqatning xususiyatlari
(taqsimlanisha, ko’chishi, kuchi, barqarorligi, bo’linishi, tebranishi va boshqalar) uning roli va
syujetli o’yin faoliyatlarida, rasm chizish va ko’rish, yasash mashg’ulotlarida, loy hamda
plastilindan narsa yasashda, katta yoshdagilar va tengqurlari nutqini idrokqilish va tushunishda,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
199
matematik amallarni bajarishda, hikoya tinglash hamda shaxsan o’zi ham tuzishda bevosita
namoyon bo’ladi. Bu davrga kelib, bola o’z diqqatini muayyan ob’ektga, narsa va hodisalarga
yo’naltirishga, to’plashda va uni mustahkamlashda hamda taqsimlashda ma’lum darajada
ko’nikmani egallagan bo’lib, o’z diqqatini boshqarish, zarur paytda, uni shaxsan tashkil qilishga
intiladi. Uning xotirasi qiziqarli ajoyibotlarga, g’aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini
taajjubga soladigan ma’lumotlar va hodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish
imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni egallab
kelgan bo’lsa, endi o’z xohish irodasi bilan, muayyan motivatsiyaga asoslangan holda zarur
ma’lumotlar olishga, o’z oldiga yaqqol maqsad va aniq vazifa qo’yishga harakat qiladi.
Ruhiy-axloqiy rivojlanish va xatti-harakatlar qoidalarini oʻzlashtirish jarayoniga kichik
maktab yoshidagi davrda axloqiy xatti-harakat poydevori qoʻyiladi, axloqiy rivojlanish va xatti-
harakat qoidalari oʻzlashtiriladi. Shaxsning ijtimoiy yoʻnalishi tarkib topa boshlaydi.
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4-sinfgacha boʻlgan
davr mobaynida muhim oʻzgarishlarga uchraydi. Ushbu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy
bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan boʻladi, turli
tushunchalarga ega boʻladi, umumlashadi. 1 va 2 sinf oʻquvchilarining axloqiy mulohazalari oʻz
xatti-harakatlari tajribasida va oʻqituvchilar hamda ota-onalarning aniq koʻrsatmalari va
tushuntirishlariga asoslanadi. 3-4 sinf oʻquvchilari esa axloqiy mulohazalarida oʻz xatti-harakatlari
tajribasiga va kattalarning koʻrsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham
analiz qilishga intiladilar. 7-8 yoshdagi oʻquvchilar toʻg’ridan toʻg’ri kattalarni, jumladan,
oʻqituvchining koʻrsatmalarini kutib oʻtirmay, ijobiy axloqiy ishlarning qanchasini oʻz
tashabbuslari bilan amalga oshiradilar.
Kichik maktab yoshdagi oʻquvchilarda namayon boʻladigan xarakter xususiyatlarini, xatti-
harakatlarni tahlil qilar ekanmiz, hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va
mustahkam xatti-harakat formalari deb boʻlavermaydi. Kichik yoshdagi oʻquvchilarda xarakter
jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar xarakteri, xatti-harakatlari
oʻzining beqarorligi va qarama-qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ba’zan
ulardagi oʻtkinchi ruhiy holatlarni xato ravishda hislatiga qoʻshib yuborish mumkin.
Boshlang’ich sinflarda pedagog ishlarni tashkil qilishda Kichik yoshdagi oʻquvchilarning
rivojlanish xususiyatlarini ijtimoiy taraqqiyot darajasini ham hisobga olish lozim. D.N. Levitov
toʻg’ri qayd qilib oʻtganidek hech bir maktab yoshida salomatlik holatiga va ijtimoy taraqqiyotiga
kichik maktab yoshidagi maxkam bog’liq boʻlmaydi. Bola 7 yoshdan 11 yoshgacha jismoniy
jihatdan nisbatan osoyishta va bir tekisda rivojlanadi. Boʻyi va og’irligi organizmning tiniqligi
oʻpkasining hayotiy hajmi ancha tekis va propatsional rivojlanadi. Ruhshunos L.S.Slavinaning
koʻrsatishicha boshlangich sinfda bilish faolligi yetarli darajada boʻlmagan oʻquvchilar uchrashi
mumkin. Bunday oʻquvchilar intiluvchan jihatidan normal rivojlangan boʻladilar. Bu rivojlanish
ularning oʻyin va amaliy faoliyatlarida namayon boʻladi. Faol fikr qilish ular uchun xarakterlidir.
Bunday oʻquvchilariga oʻqituvchi alohida xotira bilan qarashi kerak. Ularning fikr qilishi
faoliyatiga odatlantirib ularni yutuqlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi dastlabki paytlarda
oʻquv vazifalarini bajarishni oʻyin va amaliy faoliyatni bilan bog’lab olib borish kerak.
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning barcha oʻqish faoliyati qat`iiy ravishda
maqsadga muvofiqlashtirilgandir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
200
Avvalo, oʻquvchilar oʻqish, yozish, va hisoblash malakasini egallashlarini, arifmetika, ona
tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta
hajmda bilimni ortirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaning bilim darajasi va bilish qiziqishlari
kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan, bilim jarayonlarininng taraqqiyoti, aqliy rivojlanish
yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi va nihoyat, oʻqishga
boʻlgan yoʻnalish oʻqishga nisbatan mas`uliyatli munosabat yuzaga keladi. Bunda quyidagilar
muhim hisoblanadi:
Idrok. Kichik yoshdagi oʻquvchilar idrokining oʻtkirligi sofligi bilan farq qiladilar.
Oʻquvchilarning idroki oʻziga xos bilimga tomoshabin tariqasida berilganlik bilan farq
qiladi.
Xotira. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar xotiraining asosiy hususiyatlari ixtiyoriy
zaifligidadir. Kichik maktab yoshida xotirani iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish
imkoniyati cheklangan boʻladi. Xotira. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda xotira ta’limining
ta’siri bilan ikki yoʻnalishda rivojlanadi. Soʻz mantiq xotirasining va ma’nosiga tushunib xotirada
saqlab qolishning salmog’i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga ega boʻladi.
Bolaning muayyan taraqqiyot darajasiga erishganligini uning xotirasi faolligi namoyish
qiladi. Bu davrda bola o’qish, idrok qilish, o’zlashtirish texnikasi bilan tanishishga erishadi. Kichik
maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Individ ijtimoiy
munosabatlar ta’sirida o’zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o’qishga o’tishi uning
barcha bilish jarayonla rini rivojlanishiga va o’zo’zidan atrof-muhitdagi narsa-hodisalarga
nisbatan fikrini, munosabatlarini o’zgarishiga olib keladi.
Yirik chet el va sobiq sove tpsixologlari (J.Piaje, A.Vallon, J.Bruner, L.V.Zankov,
D.B.Elkonin,
P.Ya.Galperin,
N.A.Menchiskaya,
V.V.Davidov,
A.Sh.Amonashivili,
S.F.Juykovvaboshqalar) tadqiqotlarining ko’rsatishicha, “oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni
mazkur yoshdagi bolalarda fakkurini jadal sur’atlar bilan rivojlantiradi, aqliy imkoniyatlarini
ertaroq ishga tushishiga, ro’yobga chiqishiga yordam beradi”. Chunonchi, bolalar matematik,
fizik, lingvistik, politexnik tushunchalarni o’zlashtiradilar, mustaqil ravishda uncha murakkab
bo’lmagan masalalar, misollar tuzadilar, oddiyroq mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va mahsuldor
fikr yuritishga intiladilar.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurining rivojlanishi yirik psixolog
L.S.Vigotskiy tushunchalarning shakllanishi hamda nutqning o’sishi bilan uzviy bog’liq holda
o’rgangan .L.S.Vigotskiy psixologiya faniga inson kamolotining “Eng yaqin taraqqiyot zonasi” va
“Aktual faoliyat zonasi” deb nomlangan tushunchalarni olib kirdi. Uning birinchisi o’qituvchining
bevosita rahbarligida amalga oshirilsa, ikkinchisi o’quvchining mustaqil faoliyatida namoyon
bo’ladi. P.P.Blonskiy mazkur yoshdagi o’quvchilar tafakkurining o’sishiga xotiraning
taraqqiyotini, tafakkurning ta’sir etishini genetik metod yordamida ochib beradi.Ayniqsa,
tafakkurning «intizomlilik» sifatining namoyon bo’lishini inson tomonidan tafakkurni boshqarish
va nazorat qilish faoliyatidan aniqlash mumkinligini alohida ta’kidlaydi.
N.A.Menchinskaya tafakkur muammosini chuqur o’rganib, uning taraqqiyot
ko’rsatkichlarini quyidagi jihatlarini o’rganishda ko’radi:
1) bilimlarni o’zlashtirishning tezligi;
2) fikr yuritish jarayonining epchilligi;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
201
3) tafakkurning mavhum hamda yaqqol jihatlarining o’zaro aloqasi;
4) analitik-sintetik faoliyatning turli darajalari.
Muallif tafakkur taraqqiyoti belgilari sifatida o’quvchilarda bilimlar fondining ortishi,
aqliy faoliyat usullarining egallanishi hamda ta’lim jarayonida ularda uquvchanlik qobiliyatining
paydo bo’lishini sanab o’tadi. Bu narsalarning barchasi kichik maktab yoshidagi o’zlashtirishi past
o’quvchilarda tajribadan o’tkaziladi hamda ularni muayyan mezonga asoslanib guruhlarga
ajratadi.
Kichik maktab yoshidagi past o’zlashtirish sabablari va o’qishdagi qiyinchiliklar
quyidagilar bilan bog’liqdir:
1) Neyrofiziologik sabablar;
2) Bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi;
3) Erkin va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi;
4) Motivatsion sohalarning yetarli rivojlanmaganligi;
5) Oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar;
6) maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar;
7) o’zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar;
8) shaxs xususiyatlaridagi og’ishishlar.
Kichik maktab yoshidagi bolalar o’qishidagi qiyinchiliklar bola shaxsining barcha
shaxsiy, bilish, motivatsion va hissiy, irodaviy sohalarda aks etadi. Bu qiyinchiliklar o’zaro bir-
biri bilan bog’liq. Bir qiyinchilikni bartaraf etilishi ikkinchi qiyinchilikni ham kamayishiga olib
keladi. Taniqli psixolog L.V.Zankov kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini o’stirish
maqsadida o’zining ta’lim tizimini ishlab chiqadi. Bu ta’lim tizimi ushbu o’qitish tamoyillariga
asoslanadi: 1) ta’lim jarayonini yuqori darajadagi murakkab va ziyat asosida uyushtirish, 2) ta’lim
jarayonida o’quvchilarga berilishi nazarda tutilgan bilimlarning nazariy salmog’ini maksimal
darajada ko’paytirish, 3) mustaqillik, o’z-o’zini nazorat qilish faoliyatini rejalashtirish singari
faoliyatni boshqarish usullarini o’quvchilarda tarkib toptirish.
Xulosaga qilib aytganda, bolalar kichik maktab yoshi davriga kelib psixologik tayyorgarlik
darajasi ta'limni muvaffaqiyatli uddalash, amalga oshirish uchun mutlaqo tayyor hisoblanadi. Bu
o’rinda uning shaxsiy xususiyatlari shakllanganligi yuzasidan ham ma’lumot berish maqsadga
muvofiqdir. Bolada shaxsning birqator fazilatlari va xususiyatlari yaqqol ko’zga tashlanadi:
qat’iylik, nisbiy mustaqillik, o’z oldiga maqsad qo’ya olishlik, xulq-atvorini ijtimoiy jamoatchilik
nuqtai nazaridan baholashga intilishlik, kattalarni hurmat qilishlik, vadaga vafo qilishlik, burch va
javobgarlik hislari kabilar. Ta’kidlab o’tilgan barcha mulohazalar, tavsiflar bilish jarayonlarining
rivojlantirishni asosiy omillaridan hisoblanadi.
REFERENCES
1.
G’oziyevE.G’ “Ontogenezpsixologiyasi” “Noshir” T: - 2010 [1.24-b]
2.
Nishanova Z.T. Komilova N.G. Abdullayeva D.U. Xolnazarova M.X. “Rivojlanish
psixologiyasi, Pedagogik psixologiya” T.2017.[2.46-b]
3.
Z.Sh.Sherimbetova “Boshlang’ich sinflardagi o’zlashtirmovchi o’quvchilarning
psixologik xususiyatlari” Ps.f.n. avtoped.-T. 2007. 17-bet.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
202
4.
Sh.A.Do’smuhammedova,
Z.T.Nishanova,
S.X.Jalilova,
Sh.K.Karimova,
Sh.T.Alimboyeva “yosh davrlari va pedagogik psixologiya” darslik Toshkent-2013[3.52-
b]
5.
Borovaya, G.I. Kichik maktab yoshi / G.I. Borovaya va boshqalar; Ed. - komp. Senko V.G.
- 1989. - 86 b.
6.
Vohidov M. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. - T., 1970
