Noyabr, 2024-Yil
441
TA’LIM JARAYONINI SIFATLI TASHKIL ETISHDA O’QUVCHILAR
TEMPERAMENTIGA AHAMIYAT BERISH VA TEMPERAMENTIGA MOS
BO’LGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Doʻstmurodova Mohinur Nurmurod qizi
Buxoro Xorijiy tillar va psixologiya instituti
pedagogika nazariyasi va tarixi fakulteti 1- bosqich magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14129446
Annotatsiya. Ushbu maqola dars jarayonlarida bolalarning o’ziga xos fe’l atvorini
hisobga olgan holda darsga jalb qilish, interaktiv metodlarni temperamentiga qarab qo’llash, shu
orqali bolalarda ta’limga jalb qilish, karakli topshiriqlar orqali dars sifatini oshirishga
qaratilgan. Fiziologik jihatdan temperamentning qanday turlari mavjud va ularning o’ziga xos
xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar: xulq- atvor, qobiliyat, ijtimoiy, texnologiya vaqtni rejalashtirish, motivatsiya,
yondashuv, rag’batlantirish.
GIVING IMPORTANCE TO THE TEMPERAMENT OF STUDENTS IN QUALITY
ORGANIZATION OF THE EDUCATIONAL PROCESS AND USING PEDAGOGICAL
TECHNOLOGIES SUITABLE FOR THEIR TEMPERAMENT
Abstract. This article is aimed at increasing the quality of the lesson by taking into account
the unique character of children in the lesson process, using interactive methods according to
their temperament, thereby involving children in education, and using special assignments.
Physiologically, what types of temperament exist and their specific characteristics are discussed.
Key words: behavior, ability, social, technology, time planning, motivation, approach,
motivation.
УЧЕТ ЗНАЧЕНИЯ ТЕМПЕРАМЕНТА УЧАЩИХСЯ ПРИ КАЧЕСТВЕННОЙ
ОРГАНИЗАЦИИ УЧЕБНОГО ПРОЦЕССА И ИСПОЛЬЗОВАНИИ
ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ, СООТВЕТСТВУЮЩИХ ИХ
ТЕМПЕРАМЕНТУ.
Аннотация. Данная статья направлена на повышение качества урока за счет
учета уникальности детей в учебном процессе, использования интерактивных методов в
соответствии с их темпераментом, тем самым вовлекая детей в обучение, а также
используя специальные задания. Обсуждаются физиологически, какие типы
темперамента существуют и их специфические особенности.
Noyabr, 2024-Yil
442
Ключевые слова: поведение, способности, социальные, технологии, планирование
времени, мотивация, подход, мотивация.
Temperament so'zi lotin tilidagi “temperamentum” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “balans”
yoki “taqsimot” degan ma'noni anglatadi. Temperament asosan insonning ichki hissiy
qobiliyatlari, fiziologik holatini hamda reaksiyalar tezligini ifodalab berish uchun ishlatiladi. Bu
insoning tug’ilishidan boshlab shakkalanadigan irsiy xususiyatlar hamda organizmdagi fiziologik
holatni tashqi muhitga javobi orqali namoyon bo’ladigan to’plami bo’lib bu xususiyatlar otadan
yoki onadan o’tishi aniqlangan. Temperament asab tizimining faolligi darajasini, emotsional
holatlarga qanchalik moyilligini, stresslarga chidamligini ko’rsatib beruvchi katalizatordir. U
butun hayot davomida insonda barqaror holatda turadi, aksariyat hollarda o’zgarmaydi. xarakter
esa buning aksi bo’lib, atrof muhit, shaxsiy tajriba hayoti davomida insonlarbilan o’zaro aloqa
qilish ta’sirida shakllanadi. Xarakter etika, axloqiy meyorlar shaxsiy qobiliyat va fazilatlarni
namoyon bo’lishi orqali insonlarga ko’rinadi.
Temperament asosan bolalarda hissiy holatini nazorat qilishda, uning xatti- xarakatlari,
kayfiyat va ichki kechinmalarini ko’rsatishda namoyon bo’lib boradi. Temperament erta
yoshlardan ma’lum bo’lib bolaning nimalarga qiziqishi, tashqi muhit bilan qay darajada aloqaga
kirisha olishi, noqulay muhitda o’zini qanday tutishini kuzatish orqali uning harakatlariga javob
reaksiyalari orqali qaysi tipga kirishini bilib olish mumkin. Bu shunday ichki mexanizmki, bu
insonning tabiatidan kelib chiqqan, uni boshqaradigan va muhitga qanday javob qaytarishini
belgilovchi asosiy omilllardan biri desak adashmaymiz.
Temperament turlari:
1. Sangvinik tip: faol, ijtimoiy, optimistik va ijodkordirlar. Tez fikrlashlari va yangi
g'oyalarni tezda qabul qilishlari bilan ajralib turadi. Harakatga to'la va faollikni yoqtiradi tez xafa
bo’ladi va tez unutadi. Sangviniklar tezda yangi odamlar bilan tanishadi, oson moslashadi, keng
fikrlilikni va do’stona munosabatlarni qadrlaydi, jamoaviy ishlarda ancha faollik ko’rsatadi,
kulguli holatlarni yoqtiradi, sayohatlarga chiqishni hamda sarguzashtlarni yoqtiradi, muammoli
vaziyatlardan tezlik bilan chiqib keta oladi. Osonlik bilan energiya topadi va yaxshi kayfiyatni
saqlashadi. Biroq, ular ba'zan e'tiborsiz va tartibsiz bo'lishi mumkin. Sangvinik tipdagi insonlar
uchun mos bo’lgan kasblar bilan tanishib o’tamiz: savdo, marketing, jamoat bilan ishlash,
o'qituvchilik, aktyorlik, kommunikativ sohada faollik ko’rsata oladi. Bu sohalar kommunikatsiya
va ijodkorlikni talab qiladi, bu esa sangviniklar uchun qulay va o’zini shu sohalarda topa olishadi
va bir qator yutuqlarni qo’lga kiritishlari mumkin.
Noyabr, 2024-Yil
443
2. Xolerik tip: tez fikrlash va raqobatchanlik xususiyatlariga ega.Oldiga maqsad qo’ydimi
qanday usul bilan bo’lmasin amalga oshirishga intiladigan giperaktiv insonlarni ko’rishimiz
mumkin. Xolerik toifadagi insonlar g’ayratli shijoatli maqtanishni sevadigan va kayfiyatri
o’zgaruvchan o’z ichki kechinmalarini bemalol har qanday vaziyatda yashirmay ayta oladigan
boshqaruvga moyilligi bor insonlardir. Bunday insonlar faol hayot kechirib har bir ishni tezroq
bitishi uchun tavakkal qilishdan qo’rqishmaydi. Xolerik tipdagi bolalar quyidagi kasblarda o’zini
to’laligicha namoyon qila olishadi: menejment, tadbirkorlik, biznes sohalari, harbiy xizmat,
siyosat, trenerlik va shunga o’xshash turli kasblarda qobiliyatga egalar, chunki, bunday kasblarda
strategic reja asosida yoki tavakkal qilish va tez qaror qabul qilish asosiy o’rinda turadi.
3. Melanxolik tip: his tuyg’ularga to’la noziklikni sevuvchi, o’z ichki kechinmalarini
hamda harakatlarini ehtiyotkorlik bilan bayon qiluvchi insonlar toifasidir. Bunday insonlar
hamdardlik tuyg’usi jonkuyarlik tuyg’usi o’z foydasidan ko’ra birovning ruhiy holati bilan
yashovchi insonlardir. Ular har bir ishda ideal bo’lishga harakat qilishadi, tez qayg’uga, xavotirga
berilishadi, har bir ishni o’ylab keyin bajarishadi. Ular chuqur ichki dunyoga ega insonlardir.
Melanxolik tipdagi insonlar asosan rassomlar, ijodkorlar, tibbiyot sohasida, psixolog,
yozuvchilik kasblari juda mos keladi. Bunday turdagi kasblarda ijodkorlikni hamda chuqur tahlilni
talab qiladi, bu esa albatta melanxolik tipdagi insonlar uchun mos keladi.
Flegmatik tip: Bunday tipdagi insonlar sabrli, do’stona munosabatga kirishuvchi,
ishonchli, og’ir bosiq, kuchsiz qo’zg’alishli va bir jarayonning uzoq davom etmasligi bilan
xarakterlanadi. Bu xildagi odamlarni xursand qilish xafa qilish va ularni yig’latish juda qiyin
chunki ular hissiyotga tez berilmaydi va uni nazotrat qilib turishadi. Boshqalarning his
tuy’gulariga ham beparvodek ko’rinishadi. Bunday tipdagi odamlar asosan tinch muhitni avzal
ko’rganliklari, individual ishlarni usttalik bilan bajarganliklari sababli kassada ishlashlari,
oshpazlik, ma’muriyat, yordamchi xizmatlarda, tibbiyot sohasida ishlashlari maqsadga muofiqdir.
Psixologik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, temperament turlari aralash tarzda uchrashi ham
kuzatiladi. Insonda qaysi tipdagi temperamentning xususiyatlari ko'proq namoyon bo'lsa, shunga
qarab u yoki bu temperament tipiga mansub deb ataladi. har bir temperament tipining o'ziga hos
ijobiy va salbiy tomonlari bor. Jumladan, xolerik temperamentli shaxsning ijobiy tomoni uning
g`ayratliligi, harakatlar tezligi, qat'iyligida; salbiy tomoni tormozlanish jarayoni sust bo'lganligi
sabab nojo'ya harakatlarni sodir etib qo'yish holatlarining yuzaga kelishi; flegmatik tipining ijobiy
xislatlaridan biri bosiqlikda, hissiyotlarni engib o'ta olishda; salbiy jihati sustkashligi, beparvoligi
ba'zida yalqovligida; melonxoliklarning ijobiy tomoni ehtiyotkorona munosabat, osoyishtalik;
salbiy tomoni ular oddiy voqealardan ham ta'sirlanishi, arzimagan narsadan hafa bo'lishidir.
Noyabr, 2024-Yil
444
O'quvchilar temperamentiga mos ravishta dars jarayonini tashkil etish, ta'lim sifatini
oshirish va o'quvchilarning individual ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega.
O'qituvchilar bu usul orqali o'quvchilarning qobiliyatlarini to'liq rivojlantirishlari, ularni
muvaffaqiyatga erishtirishlari va ta'lim jarayonida ko'proq ishtirok etishlariga yordam berishlari
mumkin. O’qituvchi dard jarayonida har bir bolaning temperamentiga mos ravishta topshiriq va
vazifalarining berishi yoki guruh tashkil qilishi dars jarayonining sifatli hamda samarali bo’lishini
ta’minlaydi. Turli tipdagi bolalarga turli topshiriqlar berish bolalarga o’z imkoniyatlarini
to’laligicha ochib berish imkoniyatini beradi va darsga qiziqishini oshiradi.
Misol uchun sangvinik tipdagi bolalar yangi narsalarni o’rganishga, o’zlashtirishga
qiziqishadi va ular bilan enegiyaga boy qilib noodatiy uslubdagi darslarni tashkil qilish hamda
guruhli mashg’ulotlar orqali o’zini namoyon qilishiga yo’l ochib berish, doskada mavzu yuzasidan
savollarga javob berishlari uchun sharoit yaratib berish kerak. Ular uchun guruhli o'yinlar: "Jamoa
kurashi" yoki "Maqsadga erishish" kabi o'yinlarni o’ynash orqali O'quvchilar guruhlarga bo'linadi
va muammolarni birgalikda hal qilishadi. Rolli o'yinlari: O'quvchilar o'zlarini turli rollarda sinab
ko'rishadi. Bu ularning ijodkorligini va o'zaro muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Xolerik
tipdagi bolalar raqobatga kurashishga moyilligini inobatga olgan holatda dar jarayonini bahs
munozara orqali, raqobat orqali tashkil ettirish va ularga maqtovlar yog’dirib tursangiz bor
petensialini ishga solib darsda faol ishtirok etishadi o’quvchilar bilan quyidagi o’yinlardan
foydalanish mumkin: "G'alaba" yoki "Raqobat" o'yinlari.
O'quvchilar raqobatlashadi va jamoalar o'rtasida g'olibni aniqlashadi. Kreativ vazifalar:
Tez fikrlashni talab qiladigan vazifalar, masalan, "O'ylab ko'ring" o'yinlari yoki “ha, yoq”
o’yinlari. Metodlar: - Maqsadli bahs-munozaralar: O'quvchilar o'z fikrlarini taqdim etishlari va
boshqalar bilan munozara qilishlari uchun imkoniyat yaratish. Melanxolik tipdagi o’quvchilar
asosan o’z ichki dunyolari bilan bo’lganliklari sababli ularni ko’proq quchoqlash, qo’llab
quvvatlash, ular bilan individual mashg’ulotlar olib borish, ularga ko’pincha chizishga, yasashga
doir yoki monologlar, she’rlar yodlashga va yakka tartibdagi mashg’ulotlarga jalb qilib o’qitish
yuqori natija va samarasini beradi. ular uchun quyidagicha darsni rejalashtirish yaxshi samara
beradi: "Muammolarni hal qilish" o'yinlari. O'quvchilar muammolarni tahlil qiladilar va yechimlar
taklif qiladilar. Reflektiv mashg'ulotlar: Yozma o'yinlar: "Yozuvchi" o'yinlari, bunda o'quvchilar
o'z hikoyalarini yozadilar yoki ko'proq yozma materiallar yaratadilar. Flegmatik tipdagi bolalar
bilan ham individual ravishta ishlash yuqori samara beradi va bunday bolalarga tartibni nazorat
qilish yoki o’z vaqtida topshiriqlarni qilib boruvchi kichik yordamchi sifatida foydalansa bo’ladi.
Noyabr, 2024-Yil
445
Bunday bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitda o'z fikrlarini ifodalashga imkon berishga
mo’ljallangan mashg’ulotlardan foydalanish samarali bo’ladi.
O’qituvchidan talab qilinadigan yana bir muhim vazifalardan biri o’quvchilar
temperamentiga muofiq dars rejasini tuzish ekanligi hammamizga ma’lum. Dars jarayonini
rejalashtirishda har bir temperament turini hisobga olib, faoliyatlarni turlicha tashkil etish muhim.
Masalan, sangvinik va xoleriklar uchun faol o'yinlar, melankolik va flegmatiklar uchun esa
mustaqil ishlarni qo'shish mumkin. Guruhli va juft bo’lib ishlash uchun mashg’ulotlar:
O'quvchilarni temperamentlariga qarab turli xil guruhlar va juftliklarga bo'lish, bir-
birlaridan o'rganishlariga va ko’maklashishlariga yordam beradi. Sanvinik va xoleriklar ko'proq
boshqarish uchun guruh sardorlari bo’lishlari mumkin, melankoliklar esa o'z fikrlarini yetkazishda
hamda guruh predmetlarini yaratishda yordam berishlari mumkin. Individual yondashuv:
O'quvchilarning har biriga alohida e’tibor berib, ularning kuchli va zaif tomonlarini
aniqlash ularga yechim izlash va shu asosda ta'lim jarayonini tashkil etish muhimdir. Motivatsiya
va rag’batlantirish har bir o’quvchini individual holatidan kelib chiqqan holda topshiriqlar tanlash
hamda ularni baholash, orqada qolayotgan va sust o’zlashtirayotgan o’quvchilar bilan do’stona
munosabatni shakllantirib jamoa ichida tengdoshlari yordamida yetib olishlarini ta’minlash va
ularni rag’batlantirish kerak.
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak har bir induvidualdir ularning o’z dunyosi, xarakteri va
temperamenti mavjud. Malakali o’qituvchi ulaning ushbu xususiyatlarini inobatga olgan holda
darsni tashkil qilishi, nafaqat bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi balki dars sifatini bir necha
barobarga oshirishga erishiladi. Yuqorida ko’rib turganimizdek 4 toifadagi temperamentli bolalar
bir sinfda, guruhda tehsil olishadi, har biriga alohida turdagi xarakter xususiyati hamda zaif
tomonini, qobiliyatini aniqlab ularga topshiriqlar va vazifalar berib borilsa, shu asosida
rag’batlantirilsa motivatsiya berilsa darsni o’zlashtirish yaxshi bo’ladi.
REFERENCES
1.
Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
2.
Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
3.
Igamberdiyeva D “temperament” mavzusidagi maqola новости образованание:
иследование в XXI” jurnali mart 2024 soni
4.
S.K. Mangal: “General Pschology” 2013y 19b
5.
www. google scholar. uz
