A’ZOLIK: O‘ZBEKISTON JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISHI KERAKMI

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish zarurati va JST normalari asosida savdo to‘siqlarini kamaytirish va tashkilotga a’zo mamlakatlar uchun bir xil teng sharoit yaratishdagi roli muhokama qilingan. Maqolada Tashkilotga a’zo bo‘lishning huquqiy shartlari va asoslari, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishining ijobiy tomonlari hamda a’zolikka bo‘lgan amaliy harakatlar tavsifi muhokama qilingan. O‘zbekistonga xorij investitsiyasini jalb etish, mamlakatni global savdo tizimiga integratsiyalash, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy masalarini ham o‘z ichiga oladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xurramov, B. (2024). A’ZOLIK: O‘ZBEKISTON JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISHI KERAKMI. Modern Science and Research, 3(11), 112–117. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/47709
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish zarurati va JST normalari asosida savdo to‘siqlarini kamaytirish va tashkilotga a’zo mamlakatlar uchun bir xil teng sharoit yaratishdagi roli muhokama qilingan. Maqolada Tashkilotga a’zo bo‘lishning huquqiy shartlari va asoslari, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishining ijobiy tomonlari hamda a’zolikka bo‘lgan amaliy harakatlar tavsifi muhokama qilingan. O‘zbekistonga xorij investitsiyasini jalb etish, mamlakatni global savdo tizimiga integratsiyalash, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy masalarini ham o‘z ichiga oladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

112

A’ZOLIK: O‘ZBEKISTON JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISHI

KERAKMI

Xurramov Bobur Akrom o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura 1-bosqich talabasi.

Email:

boburxurramov777@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14061535

Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga

a’zo bo‘lish zarurati va JST normalari asosida savdo to‘siqlarini kamaytirish va tashkilotga a’zo
mamlakatlar uchun bir xil teng sharoit yaratishdagi roli muhokama qilingan. Maqolada
Tashkilotga a’zo bo‘lishning huquqiy shartlari va asoslari, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo
bo‘lishining ijobiy tomonlari hamda a’zolikka bo‘lgan amaliy harakatlar tavsifi muhokama
qilingan. O‘zbekistonga xorij investitsiyasini jalb etish, mamlakatni global savdo tizimiga
integratsiyalash, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy
munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy masalarini ham o‘z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar: Jahon savdo tashkiloti, integratsiya, xorij investitsiyasi, global savdo tizimi,

GATT kelishuvi, Bilateral tarzda kelishuv, Milliy rejim, Eng qulay rejim.

MEMBERSHIP: SHOULD UZBEKISTAN JOIN THE WORLD TRADE

ORGANIZATION?

Abstract. This article discusses the necessity of the Republic of Uzbekistan joining the

World Trade Organization (WTO) and the role of WTO regulations in reducing trade barriers and
creating equal conditions for member countries. The article examines the legal requirements and
foundations for membership, the benefits of Uzbekistan’s accession to the WTO, and a description
of practical steps toward membership. It also addresses issues related to attracting foreign
investment to Uzbekistan, integrating the country into the global trading system, and the
organizational and legal aspects of implementing trade and economic relations with WTO member
countries.

Keywords: World Trade Organization, integration, foreign investment, global trade

system, GATT agreement, bilateral agreements, national treatment, most-favored-nation
treatment.

ЧЛЕНСТВО: ДОЛЖЕН ЛИ УЗБЕКИСТАН СТАТЬ ЧЛЕНОМ ВСЕМИРНОЙ

ТОРГОВОЙ ОРГАНИЗАЦИИ

Аннотация. В данной статье рассматривается необходимость вступления

Республики Узбекистан во Всемирную торговую организацию и роль норм ВТО в снижении
торговых барьеров и создании равных условий для стран-участниц организации. В статье
обсуждаются правовые условия и основания для членства, а также положительные
стороны присоединения Узбекистана к ВТО и практические шаги на пути к членству.
Вопросы привлечения иностранных инвестиций, интеграции страны в глобальную
торговую систему, а также организационно-правовые аспекты торгово-экономического
взаимодействия с государствами-членами ВТО также охватываются в данной работе.

Ключевые слова: Всемирная торговая организация, интеграция, иностранные

инвестиции, глобальная торговая система, соглашение ГАТТ, двустороннее соглашение,
национальный режим, режим наибольшего благоприятствования.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

113

Bugungi kunda Jahon savdo tashkiloti (keyingi o‘rinlarda “JST” deb yuritiladi)ning rasmiy

veb saytiga ko‘ra, tashkilotga 164 ta davlat a’zo hisoblanadi. Bu degani dunyoda davlat sifatida
tan olingan subyektlarning katta qismi tashkilotga a’zo hisoblanadi. Qator iqtisodiy, huquqiy
islohotlar sababli O‘zbekiston Respublikasida ham bir qancha sohalar rivojlanib bormoqda.

Xususan, 2023-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish suratlari 5.8% foizga o‘sgan

1

, ushbu

ko‘rsatgich keying yillarda o‘sishi prognoz qilinmoqda. Ushbu ko‘rsatgich nisbatan yaxshi o‘sish
hisoblanadi. Ammo ushbu o‘sishni yanada ko‘paytirish uchun jamiyatdagi aksariyat muammolarni
kamaytirish hamda imkon qadar ularni yo‘q qilish choralarini ko‘rish kerak. Masalan, O‘zbekiston
korrupsiyaning yuqoriligi reytingi bo‘yicha dunyoda 33-o‘rinda turadi.

2

Shuningdek,

O‘zbekistonda davlat tashikilotlarining shaffofligi bo‘yicha esa 9 ballik sistemadan 3 balga ega
hisoblanadi.

3

Ushbu salbiy ko‘rsatgichlarni ijobiy natijalarga o‘zgartirish uchun albatta davlat

uchun kuchli siyosiy hamkorliklar, davlatlararo erkin iqtisodiy savdo almashinuvi muhitini siyosiy
jihatdan yaratish, davlatning ichki huquqiy muhitini xalqaro standardlarga hamda normalarga mos
ravishda tashkil etish sa’y-harakatlarini amalga oshirish zarur.

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga amaliy harakatlarini

bayon etishdan avval ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishining umumiy qoidalari va shartlari haqida
qisqacha tanishish maqsadga muvofiq. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishning asosiy shartlarini
bayon etish maqsadga muvofiq. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishning asosiy shartlari 1994-
yil 15-aprelda imzolangan 16 moddadan iborat bo‘lgan Jahon savdo tashkilotini tashkil etilishi
to‘g‘risidagi kelishuvda (Agreement Establishing the World Trade Organization (WTO)

4

bayon

etilgan. Ushbu kelishuvning 12-moddasi ya’ni Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish uchun ko‘p
tomonlama savdo bitimlar kelishuviga hamda yuqoridagi Jahon savdo tashkilotini tashkil etish
to‘g‘risidagi bitimning shartlarini qabul qilish asosiy huquqiy norma sifatida keltirilgan. Yana bir
huquqiy normani ta’kidlash o‘rinliki JSTga a’zo bo‘lish uchun har qanday davlat yoki bojxona
hududi (customs territory) ariza yuborishi mumkin. Ushbu yuqorida ta’kidlangan moddaning 2
hamda 3-bandlarida agar davlat yoki ma’lum bir bojxona institute JSTga qo‘shilishi Vazirlar
Konferensiyasi tomonidan (Ministerial Conference) tasdiqlanadi. Albatta yuqorida keltirilgan
norma umumiy huquqiy majburiyat hisoblanadi. Lekin ushbu JSTga qo‘shilish uchun albatta har
bir davlat o‘zining ichki qonunchilik normalari va tizimini JSTning qonunchilik normalariga
muvofiqlashtirish zarur. Shuningdek, JSTga a’zo bo‘lmoqchi subyekt boshqa a’zo davlatlar bilan
muzokaralar olib borishi kerak. Xususan, so‘ngi ma’lumotlarga O‘zbekiston 2024-yilga qadar 18
ta davlat bilan muzokaralarni yakunladi. AQSh bilan O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha
ikki tomonlama muzokaralarni yakunlandi va 14 oy davom etgan faol muzokaralar mantiqiy
manziliga yetdi.

5

Ushbu muzokara kelishuvi juda muhim hisoblanadi. Chunki AQSh butun

dunyoda o‘zining iqtisodi hamda sanoati rivojlanish darajasi yuqori o‘rinda turadi.

1

https://www.spot.uz/oz/2023/10/19/economic-growth/

2

https://www.transparency.org/en/cpi/2023?gad_source=1&gclid=CjwKCAjw-JG5BhBZEiwAt7JR60zij8-

OH2nMaD1TgCeDoV1Ek0bydn8JPrOLO5b6PIwVQ0OU-MEloBoCHg8QAvD_BwE

3

https://www.transparency.org/en/cpi/2023?gad_source=1&gclid=CjwKCAjw-JG5BhBZEiwAt7JR60zij8-

OH2nMaD1TgCeDoV1Ek0bydn8JPrOLO5b6PIwVQ0OU-MEloBoCHg8QAvD_BwE

4

https://www.wto.org/english/docs_e/legal_e/04-wto.pdf

5

https://m.kun.uz/news/2024/11/04/aqsh-ozbekistonning-jahon-savdo-tashkilotiga-azo-bolishini-qollab-quvvatladi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

114

Ushbu harakatlarni amalga oshirish juda qiyin hisoblanadi, chunki O‘zbekiston

Respublikasi JSTda 1994-yildan buyon kuzatuvchi sifatida a’zo hisoblanadi. Simon J. Evenett
hamda Carlos A. Primo Braganing hammuallifligida yozilgan “JSTga a’zolik: tajriba orqali
olingan darslar” mavzusida yozilgan maqolasida ham JSTga a’zolik ko‘p vaqt talab etishini ham
ma’lum qilgan, xususan, “1995-yildan beri JSTga qo‘shilgan 20 mamlakatning tajribasi hamda
hozirda a’zo bo‘lishni xohlagan 29 mamlakatning tajribasiga ko‘ra, JSTga a’zolikka kirish
jarayonining naqadar qiyinligini isbotlaydi. JSTga a’zo bo‘lishning barcha huquqiy jihatlari va
normativ huquqiy hujjatlari jamoatchilik uchun oshkor etilmagan, ayniqsa, ariza beruvchi
mamlakat va JSTning a’zo mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘plab ikki tomonlama muzokaralarning
tartibi hamda shartlari haqida juda kam ma’lumot mavjud. Shuning uchun, JSTga a’zo sifatida
kirish jarayoni haqida bir qator ishonchsizlikni keltirib chiqaruvchi ma’lumotlar va faktlar paydo
bo‘lgan. Yaqinda olib borilgan tadqiqotlar ushbu ishonchsizlikni keltirib chiqaruvchi ma’lumotlar
va faktlarning ayrimlari haqidagi haqiqatni aniqlashga yordam berdi. Biroq, ariza beruvchi
mamlakatlar hozirgi kunda ham JSTga a’zolikka kirish jarayonidagi muhim bosqichlar hali ham
maxfiyligini hisobga olishlari kerak.”

6

Shuningdek, Xitoy davlati ham JSTga a’zo bo‘lish vaqtida bir qancha bosqichlardan

o‘tgan, xususan, so‘ngi bosqichni o‘zida 3 ta katta harakatlar amalga oshirilgan. Xitoyning JSTga
a’zoligi to‘g‘risida yozilgan kitobda quyidagilar keltirilgan.

“Bilateral tarzda bir davlatning boshqa davlatning bozoriga kirish muzokaralarining

yakuni,

Ishchi guruhining davlatlar bilan ko‘p tomonlama muzokaralarning yakuni va shu bilan

birga Xitoyning a’zolikka kirish shartlarini belgilovchi hujjatlar, jumladan, loyihalangan Protokol
va uning Ilovalari hamda Ishchi Guruhining Hisoboti,

A’zolik shartlarini JSTga a’zo mamlakatlar va Xitoy davlati tomonidan tasdiqlanishi va

qabul qilinishi.”

7

Umumiy olib aytganda bugungi kunda ham JSTga a’zolikning batafsil shartlari bayon aniq

tasdiqlanmagan, ushbu holat amaliyotda ham juda qiyin hisoblanadi. Chunki bir davlat JSTga a’zo
bo‘lishi uchun boshqa a’zo davlatlar bilan hamkorlikni kelishib olishi kerak. Ushbu jarayon juda
ko‘plab yillarni talab qilishi mumkin, xususan yuqorida aytilganidek O‘zbekiston ham bir necha
yillardan beri JSTda kuzatuvchi maqomga ega hisoblanadi.

Avvalo JSTning prinsiplariga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. JSTning rasmiy

vebsaytiga asosan uning 5 ta prinsipi mavjud:

1.

Kamsitmaslik –

ushbu prinsip 2 qismdan iborat. Birinchisi, Eng qulay rejim (Most-

favored nation) ya’ni JSTga a’zo davlatlar orasida kamsitish yo‘l qo‘ymaslik va Milliy rejim
(National Treatment) ya’ni a’zo davlat o‘zining mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlariga hamda
boshqa a’zo davlatlarning tovarlariga teng tartib tamoyil taqdim etish.

2.

Erkinroq savdo tamoyili –

savdo to‘siqlarini kamaytirish, ya’ni bojxona to‘lovlari va

bojlarini kamaytirish.

Importni taqiqlamaslik va miqdoriy cheklovlar o‘rnatmaslik.

6

Evenett, Simon J., and Carlos A. Primo Braga.

WTO accession: lessons from experience

. World Bank Group, 2005.

– 2p

7

Bhattasali, Deepak, Shantong Li, and William J. Martin, eds.

China and the WTO: accession, policy reform, and

poverty reduction strategies

. World Bank Publications, 2004.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

115

3.

Masalan bir davlatga boshqa davlat qandaydir miqdorda mahsulot olib kiradi undan

ortiqchasi taqiqladi deb norma o‘rnatmaslik.

4.

Oshkoralik va shaffoflik -

Ba’zan savdo to‘siqlarini ko‘paytirmaslikka va’da berish ularni

kamaytirish kabi muhim bo‘lishi mumkin, chunki bunday va’da biznesga kelajakdagi
imkoniyatlarni aniqroq bashorat qilish imkonini beradi. Barqarorlik va kelajakda sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan holatlarni oldindan bila olish mavjud bo‘lganda, investitsiyalar rag‘batlantiriladi,
ish o‘rinlari yaratiladi va iste’molchilar - raqobatning barcha afzalliklaridan va arzonroq
narxlardan be’malol foydalana oladi.

5.

Adolatli raqobatni qo‘llab-quvvatlash –

JST ba;zida “erkin savdo” instituti sifatida

tariflanadi. Ammo bu to‘g‘ri emas, JST tizimi ba’zi cheklangan hollarda, tariflar o‘rnatilishiga va
boshqa himoyaviy choralarga ruxsat beradi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, JST ochiq,
adolatli va haqqoniy raqobat uchun yo‘l ochuvchi qoidalar tizimidir.

6.

Rivojlanishga va iqtisodiy islohotlarga chaqirish -

JST rivojlanayotgan davlatlarning

global iqtisodiyotga moslashishlari uchun moslashuvchanlik zarurligini tan oladi. JST bitimlarida
rivojlanayotgan davlatlarga o'z majburiyatlarini amalga oshirish uchun qo'shimcha vaqt va texnik
yordam beriladi, bu esa iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. JSTning 75% dan
ortiq a’zolari rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatlar hisoblanadi.

8

JSTning yuqoridagi prinsiplari eng asosiy normalar sifatida amalda qo‘llanib kelinmoqda.
Jahon savdo tashkilotiga a’zolikning o‘ziga xos bir qancha ustunliklari va jamiyat uchun

sog‘lom iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi deb aytishimiz
mumkin. JSTga a’zolik bozor iqtisodiyotida monopoliyaga o‘ziga xos tarzda zarba beradi
deyishimiz mumkin, chunki har bir a’zo davlat boshqa davlatning bozorlariga be’malol kira olish
ya’ni mahsulotlarini qo‘shimcha cheklovlarsiz hamda bojlarsiz olib kirishi, sotishi yoxud sotib
olishi ta’minlaydi. Bugungi kunda ham O‘zbekistonda turli xil sohalarda xususan, avtomobil,
sanoat, tabiiy boyliklarni qazib olish va tasarruf etish kabi sohalarda hali ham tabiiy va sun’iy
monopoliyaning sarqitlari saqlanib qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ko‘ra
“Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil 1-yanvar holatiga ko'ra Tabiiy monopoliya subyektlarining
Davlat reyestrida 134 ta xoʻjalik yurituvchi subyekt roʻyxatga olingan. Ular 11 turdagi ishlar,
xizmatlar boʻyicha faoliyat olib boradi.”

9

Aynan JSTga a’zo bo‘lish monopoliyaga ham qarshi

kurashadi. JSTga a’zo bo‘lgan davlatlardan biri, bugungi kunda butun dunyoda o‘zining iqtisodi
hamda ishlab chiqarish salohiyati bilan yetakchi davlat hisoblangan davlat Xitoy ham 2001-yilda
a’zo bo‘lgan, hamda bugungi kunda qadar juda katta iqtisodiy rivojlanish natijalariga erishgan.

Xususan, Cambdridge University of Press tashkilotining yozishicha Xitoy “Jahon Savdo

Tashkilotiga (JST) a'zo bo'lganidan so'ng, ba'zi davlatlar monopolistik amaliyotlarni
kamaytirishga va raqobatni oshirishga muvaffaq bo'ldi. 2001-yilda JSTga qo'shilgan Xitoy davlati
monopoliyalarni cheklash va bozorlarga barcha a’zo davlatlar tadbirkorlik uchun kirishiga bir
qator imkoniyatlar yaratdi. Bu o'zgarishlar ichki sektorlarda raqobatni kuchaytirib, chet el
investitsiyalarini jalb qilishga yordam berdi, bu esa bozorni diversifikatsiya qilish va iqtisodiy
o'sishga olib keldi.

8

Jahon savdo tashkiloti. Tarjimonlar jamoasi. Yuridik adabiyotlar publish – 2022-yil, 13-17-betlar

9

https://uzreport.news/society/ozbekistonda-tabiiy-monopoliyalar-royxati-elon-qilindi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

116

Masalan, Xitoyning yalpi ichki mahsuloti tez o'sgan, 2020-yilga kelib global o'sishning

o'rtacha 30 foizini tashkil qilgan, bu esa nafaqat Xitoy, balki global bozorga ham ijobiy ta'sir
ko'rsatgan.”

10

Chunki JSTning GATT kelishuviga ko‘ra biror bir JSTga a’zo davlat o‘zining ichki

mahalliy ishlab chiqaruvchilarga va tadbirkorlarga berilgan imtiyozlarni boshqa a’zo davlatlarga
hech qanday shartlarsiz taqdim etishi kerak. Ushbu norma GATTning 1-moddasida belgilab
qo‘yilgan.

Keyingi asosiy masalalardan biri bu ochiq bozor tamoyili asosida erkin tovar

almashinuvidir. Chunki JSTga a’zo davlatlar o‘zaro bir-birilarining bozorlariga erkin kira olish
tamoyili asosida, kelishilgan shartlarga muvofiq amalga oshirishadi. Masalan, bugungi kunda
O‘zbekiston hududiga chet davlatlardan kirib keladigan avtomobillarga turli xil davlat bojlari va
yig‘imlari mavjud. Ushbu yig‘imlar va bojlar nafaqat tadbirkorlarga balki fuqarolarga ham
iqtisodiy tomondan avtomobil xarid qilishda qiyinchiliklar olib keladi. Boshqa davlat tadbirkorlari
O‘zbekiston bozoriga kirishi uchun juda yuqori bo‘lgan bojxona to‘lovlari va yig‘imlari to‘lashi
zarur. Ushbu norma esa o‘ziga xos tarzda proteksionizm siyosatining yaqqol namunasi deb
bilishimiz mumkin. JSTga a’zolik esa avvalo barcha davlatlar bozorlariga erkin kira olish degani.

JST davlatlarga o‘z mahsulotlarini xorijiy bozorga kirishini yengillashtirish imkonini

beradi. Bozorga kirish imkoniyatlari yaxshilangani sababli, mahalliy ishlab chiqaruvchilar xalqaro
miqyosda o‘z mahsulotlarini sotish imkoniga ega bo‘lishadi va iqtisodiy ko‘lam kengayadi. JST
qoidalari asosida davlatlar savdoni ochiq va barqaror qilish orqali investitsiyalarni jalb qilish
imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu esa mahalliy kompaniyalar va xorijiy investorlar uchun qulay
muhit yaratadi va natijada yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Xususan, xorijiy investitsiyalar ko‘p
bo‘lganda, iqtisodiyotga ko‘proq kapital kiradi va infratuzilma rivojlanadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak,

bugungi kunda butun dunyoning 166 davlat JSTning a’zolari

hisoblanadi. Albatta a’zolik yuqorida keltirilganidek oson kechadigan jarayon emas, u ko‘plab ikki
tomonlama davlatlararo shartnomalar va kelishuvlarni amalga oshirishni talab qiladi. O‘zbekiston
ham barcha davlatlar bilan o‘zaro tijorat aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun shartnomalarni kelishib
imzolashi kerak. Har bir davlat o‘zining etnik hamda qadriyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga
xos shartlarni ma’lum qiladi, masalan Saudiya Arabistoniga shar’an harom qilingan mahsulotlarni
tijorat maqsadida olib kirish taqiqlangan bo‘lishi mumkin, bu ushbu davlatning qadriyatlari va
diniy e’tiqodidan kelib chiqib qaror qilingan. Xuddi shuningdek O‘zbekiston ham o‘z fuqarolari
va xalqining urf-odati, e’tiqodi va qadriyatlaridan kelib chiqib boshqa davlat bilan shartnomalar
imzolaydi va bugungi kunda deyyarli 20 ta davlat bilan kelishuvga erishdi. JSTga a’zolik
yuqoridagi Xitoy misoliga ko‘ra ham, har bir davlatga ijobiy iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga
katta hissa qo‘shadi. Yaqin yillar ichida O‘zbekiston ham JSTning a’zosi sifatida kirishi umid
qilinmoqda.


REFERENCES

1.

Evenett, Simon J., and Carlos A. Primo Braga.

WTO accession: lessons from experience

.

World Bank Group, 2005. – 2p

10

https://www.cambridge.org/core/books/china-and-the-wto/20-years-

on/1EBC40A5F9C0972D5DC8DBD97FD77ECA


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

117

2.

Bhattasali, Deepak, Shantong Li, and William J. Martin, eds.

China and the WTO: accession,

policy reform, and poverty reduction strategies

. World Bank Publications, 2004.

3.

Jahon savdo tashkiloti. Tarjimonlar jamoasi. Yuridik adabiyotlar publish – 2022-yil, 13-17-
betlar

4.

WTO Accession for countries and transition. The World Bank development research group –
1998y.

5.

The world trade organization. Amrita Narlikar. Oxfor university press – 2005y.

6.

https://www.cambridge.org

7.

https://www.spot.uz

8.

https://www.transparency.org

9.

https://www.wto.org

References

Evenett, Simon J., and Carlos A. Primo Braga. WTO accession: lessons from experience. World Bank Group, 2005. – 2p

Bhattasali, Deepak, Shantong Li, and William J. Martin, eds. China and the WTO: accession, policy reform, and poverty reduction strategies. World Bank Publications, 2004.

Jahon savdo tashkiloti. Tarjimonlar jamoasi. Yuridik adabiyotlar publish – 2022-yil, 13-17-betlar

WTO Accession for countries and transition. The World Bank development research group – 1998y.

The world trade organization. Amrita Narlikar. Oxfor university press – 2005y.

https://www.cambridge.org

https://www.spot.uz

https://www.transparency.org

https://www.wto.org