ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
67
O‘QUVCHILARDA 4K KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Mambetova Toydıq Maxmudovna
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi
Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14048677
Annotatsiya. Ushbu maqola maktab o‘quvchilarda XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy
ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Milliy qadriyatlarni saqlagan holda o‘quvchilar
nafaqat fanlarni o‘rganadi, balki o’zida ko‘nikmalarni ha’m shakillantirib borishi zarur. Bu
albatta davr talabidir. Maqola, zamonaviy bilimlar asosida o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarni
4K tamoyili asosida rivojlantirishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar: XXI asr ko‘nikmalari, 4K yondashuvi, kollaboratsiya, kommunikativlik,
kreativ fikrlash, kritik (tanqidiy) fikrlash, zamonaviy yondashuvlar.
DEVELOPING 4K SKILLS IN STUDENTS
Abstract. This article is aimed at developing students' life skills necessary in the 21st
century. While preserving national values, students should not only study subjects, but also develop
their skills. This is definitely a requirement of the period. The article is aimed at developing the
skills of the XXI century among students based on modern knowledge on the principle of 4K.
Key words: 21st century skills, 4K approach, collaborationism, communicativity, creative
thinking, critical (critical) thinking, contemporary approaches.
РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ РАБОТЫ С 4K У УЧАЩИХСЯ
Аннотация. Данная статья направлена на развитие у школьников жизненных
навыков, необходимых в XXI веке. Сохраняя национальные ценности, учащиеся должны не
только изучать предметы, но и формировать у себя навыки. Это определенно требование
периода. Статья направлена на развитие навыков XXI века у учащихся на основе
современных знаний по принципу 4К.
Ключевые слова: Навыки XXI века, подход 4K, совместная работа,
коммуникативность, креативное мышление, критическое (критическое) мышление,
современные подходы
Prezidentimiz boschiligida amalga oshirilayotgan ishlar, albatta xalqimizning
dunyoqarashi, ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Taraqqiyot hamma
vaqt ham bir tekisda rivojlanmaydi, chunki u oʻz yoʻlida qarama-qarshiliklarga, ziddiyatlarga boy
boʻladi. Ana shunday vaziyatda oʻz yolini togʻri tanlay olishi uchun kelajak avlodimizni bugundan
togʻri taʻlim tarbiya bilan mashgʻul qilishimiz kerak.
Bugungi kunda darsliklar ha’m 4K tamoyili asosida ishlab chiqilgan. Bu tamoyilning
asosiy vazifasi quruq ma’lumotlarni yodlatish yoki shunchaki o‘qish/yozishni o‘rgatish bilan
cheklanilmaydi.
Aslida 4K modeli o’z nomi bilan to’rtta ko‘nikmani o’zida mujassam etadi.
Ular
kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash, kritik (tanqidiy) fikrlashdir. Ularga aloxida
tariflar ha’m bor.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
68
Kollaboratsiya:
o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantiriradi. Bu
o‘quvchilarga hamkorlik
qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash
ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Kommunikativlik:
O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni
tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga
o‘rganadi.
Kreativ fikrlash:
O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni
qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish
ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kritik (tanqidiy) fikrlash:
Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy
baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy
fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi.
O‘qituvchilar ko’pincha bunday ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun bizda hali sharoit yoq
deb takidlaydi. Aslida esa "4K" modeliga asoslangan innovatsion yondashuv maktablarda qo‘llash
uchun alohida sharoitlar talab etmaydi. Masalan, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyati savol-
topshiriqlar bilan, muloqot ko‘nikmasi esa savol-topshiriqlar va mashg‘ulotlar orqali
rivojlanadi.Shuning uchun ha’m maktablarda bu usullarni ishlatish uchun sharoit yo‘q deb aytish
noto‘g‘ri. O‘qituvchi o‘zining pedagogik mahoratidan kelib chiqqan holda darsni tashkillashtirish
juda katta ahmiyat kasb qiladi. O‘quvchilarning dunyoqarashi, fikrlashi o‘sishida o‘qituvchilar
bilim berish, balki olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat.
Yangi innovatsion yondashuv natijasini o‘quvchining dunyoqarashi, fikrlashi o‘sishida
ko‘rish mumkin. XXI asr o‘quvchisi portretida XXI asr ko‘nikmalari bo‘lishi kerak. Innovatsion
yondashuvni qo‘llashdan asosiy maqsad ham shu. Qolaversa, ta’limning asosiy maqsadi –
o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan
iborat.
O‘quvchi yosh avlod shiddat bilan rivojlanib borayotgan taraqqiyot davrining munosib
vakillari bo‘lishi uchun jahon andozalariga mos keluvchi yuksak bilim va idrokni o‘zida
mujassam qilgan bo‘lishi kerak. Avvalambor, o‘qituvchi o‘qitish uslubini tubdan o‘zgartirsa,
darslarda qoshimcha texnologiyalardan va albatta dunyo mamlakatlari tajribasidan ham
foydalanishsa samarali natija beradi. Xalqaro standartlarga javob bera oluvchi kadrlarni
yetishtirishda jahon reytingida o`z o`rniga ega bo`lgan ta`lim tizimini yaratish muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu borada dunyo mamlakatlari tajribasidan ham keng foydalanilmoqda. Bu XXI asr
ko‘nikmalarini o‘quvchilarimizda rivojlantirish juda katta ahmiyat kasb qilmoqda. Ularga
muammolarni hal etish, birgalikda ishlash va yechim toppish imkoniyatini beradi.
4K ko‘nikmalari bir-biriga chambarchas bog‘liq. Bolalar kelajakda muvaffaqiyatga
erishishi uchun to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun
o‘qituvchilar avvalombor o‘zlari shu ko‘nikmalarni o‘zida mujassam qilishlari zarur. O‘qituvchilar
o‘z darslarida o‘qitishning noan‘anaviy usullari va innavatsion pedagogik texnologiyalar hamda
ularni qo‘llash orqali ta‘lim sifatini oshirishga e‘tibor qaratishlari kerak.
O‘quvchilarni innavatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan
qurollantirish hamda olgan bilimlarni amalda qo‘llash uchun imkon yaratish kerak.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
69
REFERENCES
1.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2023. – B. 217.
2.
Rashidxo’jayev M.M. Ta‘lim sohasidagi xalqaro hamkorlik va uning huquqiy
asoslari//O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI. 8-son. 20.05.2022
3.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. (2008). Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
amaliyotgajoriy qilish. - T.: «Fan va texnologiyalar».
