FIZIKA FANINI OʻQITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Abstract

Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda AKT ning oprni haqida va unga aloqodor mavzular yuzasidan qisqacha ma‘lumotlar bayon qilingan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Nabiyev , F., & Nabiyev , F. (2024). FIZIKA FANINI OʻQITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Modern Science and Research, 3(8), 41–42. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/36644
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda AKT ning oprni haqida va unga aloqodor mavzular yuzasidan qisqacha ma‘lumotlar bayon qilingan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

41

FIZIKA FANINI OʻQITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Nabiyev Fazliddin

Andijon davlat pedagogika instituti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13312152

Annotatsiya.

Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda AKT ning oprni haqida va unga

aloqodor mavzular yuzasidan qisqacha ma‘lumotlar bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

AKT, pedagogika, texnika fanlari, no‘nanaviy dars.

USE OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN

TEACHING PHYSICS

Abstract.

In this article, I have presented brief information about the role of ICT in teaching

physics and related topics.

Key words:

ICT, pedagogy, technical sciences, non-traditional lesson.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ ФИЗИКЕ

Аннотация.

В этой статье я представил краткую информацию о роли ИКТ в

преподавании физики и смежных тем.

Ключевые слова:

ИКТ, педагогика, технические науки, нетрадиционный урок.

Bugungi kunda ta’lim muassasalarining zamonaviy texnik vositalar, axborot

kommunikatsion texnologiyalar va o`quv laboratoriya jihozlari bilan qaytadan ta’minlanishi
talabalarning bilim samaradorligini oshirishga muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Bu esa, o`z
navbatida pedagog–o’qituvchilar zimmasiga yana bir qo’shimcha ma’suliyat yuklaydi. Bugungi
kun o’qituvchisi endi nafaqat o`z fanini mukammal bilishi, balki zamonaviy texnik vositalar
bo`yicha ham zaruriy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari zarurdir[1].

Shuningdek bugungi kun o’qituvchisi an’anaviy o`qitish usullarini yanada takomillashtirib,

fizika fanini o`rgatishda yangi pedagogik innovatsion texnologiyalarni o`quv jarayoniga izchil
qo`llashi va jadal rivojlanib, shakllanib borayotgan o`qitish usullaridan muntazam xabardor bo`lib
turishi muhimdir[2].

Aksariyat hollarda, fizika fanini o`qitishda ma’ruza usuli qo`llaniladi. Bu usul ayrim

o`quvchilarning darsda faolligini susaytiradi va talabalarning diqqatini shu mavzuga va u bilan
bog’liq bo’lgan fizik jarayonlarni tushunishga jalb qilish qiyin ekanligi ma’lum. O`qitishning har
xil metodlari ishlab chiqilgan va bu jarayon davom etmoqda[4].

Endilikda, bizning nazarimizda mavzuni bayon qilishda va yoritib berishda ko`proq

axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish o`qitish samaradorligini yanada
yaxshilaydi va oshiradi. Shunday ekan, fizika va texnika fanlarini o`qitishga e’tiborni jalb
qiladigan ayrim xulosalar to`g`risida fikr yuritamiz.

O`rganilayotgan mavzularga doir materiallarni elektron variantlarini internetga, xususan,

professor-o’qituvchini shaxsiy veb sayti, telegram boti yoki youtube platformasiga joylashtirish
ham o`qitish sifat va samaradorligini oshirish omillaridanbiridir.

O`quvchi mustaqil o`rganish jarayonida internetdan foydalanib berilgan topshiriqlarni

bajarishga izlanish olib boradi, yoki ma’lum uzrli bir sabablarga ko`ra, darsga qatnasha olmagan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

42

talaba elektron manbalardan kerakli ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo`ladi. Bu oʻquvchiga
qulaylik yaratish bilan birga undagi bo`shliqni to`ldirish imkonini beradi. An’anaviy darsda
aksariyat hollarda o’qituvchi gapiradi.

Bu esa talabalarning faolligini susaytiradi. Noan’anaviy dars esa asosan talabani darsda

mustaqil faol ishlashga, erkin fikrlashga va muloqotda bo`lish imkonini beradi. Axborot –
kommunikatsion texnologiyalarning texnik vositalari yordamida dars o`tish berilgan qisqa vaqtdan
unumli foydalanishga sharoit yaratib beradi. Man’anaviy darslarni ko`rgazmali vosita sifatida
plakatlardan foydalanib kelingan bo`lsa, hozirga kelib rivojlanib borayotgan kompyuter slayd,
multimedia vositalar kabi zamonaviy axborot – kommunikatsion texnologiyalari keng tadbiq
etilmoqda. An’anaviy darsdan farqli ravishda tasvir va tovush uyg`unligi o`quvchining faolligini
va ularning o’tilayotgan mavzuga qiziqishini oshiradi hamda berilayotgan ma’lumotlarning uzoq
muddatga xotiralarida saqlanib qolishiga hizmat qiladi.

Eng muhimi, har bir o`quvchini mustaqil ishlashga va fikrlashga undaydi. Fizika va texnik

fanlarni o`qitishda axborot – kommunikatsion vositalardan unumli foydalanish va uni dars
jarayonida qo`llash uchun eng birinchi o`rinda pedogog– o`qituchilarning o`zlari texnik vositalar
bilan ishlash ko`nikmalariga ega bo`lishi zarur. Bir so`z bilan aytganda, o’qituvchi muntazam
ilmiy, ilmiy – ijodiy izlanishda bo`lishi kerak. Aks holda, o’qituvchining mehnat samarasi talabaga
javob bermay qoladi. Axborot –kommunikatsion vositalarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki,
bunda faqatgina dars jarayonida emas, darsga tayyorgarlik jarayonida ham o’qituvchining eng
yaqin va qulay ko`makchisidir.

Bu jihatlari bilan ushbu texnik vositalar o’qituvchi faoliyati samaradorligini oshirishga

hissasi beqiyos kattadir. Xulosa o`rnida shuni qayd qilish kerakki, darsda texnik vositalardan
foydalanish talabaning o`zlashtirish koeffitsentini bir necha barobar oshiradi. Biz har bir pedogog–
o`qituvchilarning o`quv platformalarda yoki o`quv jarayoniga ta’sir qiladigan, foydalansa
bo`ladigan platformalarda shaxsiy kabineti bo`lishi va ushbu kabinetdagi kontentlardan o`quv
jarayonida foydalana olishi zarur.

Bu qaysidir ma’noda ijtimoiy tarmoqlar bo`lishi ham mumkin. Ilmiy asoslarga ko`ra, inson

taxminan 70 foiz ma’lumotlarni ko`rish va kuzatish orqali oladi. Xususan, fizika va texnika
fanlarini o`rganishda axborot –kommunikatsion vositalarni keng joriy etish har bir o’qituvchining
kundalik uslubiga aylanishi zarur deb o`ylaymiz. Shundagina, biz tayyorlab jamiyatga yetkazib
berayotgan kadrlarimiz bugungi kun talabiga javob bera oladigan raqobatbardosh mutaxasislar
bo`lib shakllanadi deb o`ylaymiz.

REFERENCES

1.

Yusupov, F. T. O. G. L., Rakhmonov, T. I, T. D. X., & Sherqoziyevich, X. D.(2021). Use
of vernier digital laboratory in lessons and lesson activities. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 86-94

2.

Sulaymonov, X. M., & Yuldashev, N. K. (2021). Elektric conductivity and Strain
sensitivity of semiconductor polycrystalline thin films. ScientificTechnical journal, 3(1),
6-18.

3.

Полвонов, Б. З., et al. “Диагностика полупроводниковых материалов Mетодом
поляритонной люминесценции.” General question of world Science. 2019.

References

Yusupov, F. T. O. G. L., Rakhmonov, T. I, T. D. X., & Sherqoziyevich, X. D.(2021). Use of vernier digital laboratory in lessons and lesson activities. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 86-94

Sulaymonov, X. M., & Yuldashev, N. K. (2021). Elektric conductivity and Strain sensitivity of semiconductor polycrystalline thin films. ScientificTechnical journal, 3(1), 6-18.

Полвонов, Б. З., et al. “Диагностика полупроводниковых материалов Mетодом поляритонной люминесценции.” General question of world Science. 2019.