30-AVGUST, 2024-YIL
4
PROFESSIONAL YURIDIK TA’LIM - INNOVATSION TA’LIM TIZIMINING YANGI
BOSQICHI
Jalilov Nodirbek Komil o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Uzluksiz ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
https://doi.org/10.5281/zenodo.13250781
Annotatsiya.
Ushbu maqolada uzluksiz professional ta’lim ixtiyoriylik tamoyiliga
asoslanganligi sababli ham xorijda sinovdan o‘tgan ta’limning jozibadorligini ta’minlash
prinsiplari amaliyotga joriy etilishi yoritilgan. Ushbu maqolada professional ta’lim -
mutaxasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosiy vositalari hamda Adliya vazirligi yuridik
texnikumlari faoliyati, bitiruvchilarning oliy ta’lim bilan qamrovi, ularning bandlik masalasi,
o‘quv jarayonlariga zamonaniy axborot texnologiyalarni qo‘llanishi, shuningdek rivojlangan
xorijiy davlatlarining tajribasi hamda ularni professional ta’lim muassasalariga tadbiq etishga
oid masalalar tahlil qilingan hamda bu borada tegishli takliflar ilgari surilgan.
Kalit so‘zlar:
professional ta’lim, yuridik texnikum, istiqbol, xorijiy tajriba, integratsiya,
bandlik, yangicha yondashuv, innovatsion hamda raqamlashtirilgan ta’lim texnologiyalari,
zamonaniy axborot-texnologiyalarni,
ta’lim tizimi, bakalavriat.
PROFESSIONAL LEGAL EDUCATION - NEW LEVEL OF INNOVATIVE
EDUCATION SYSTEM
Abstract.
In this article, due to the fact that continuous professional education is based on
the principle of voluntariness, the implementation of the principles of ensuring the attractiveness
of education tested abroad is highlighted. In this article, professional education is the main means
of preparing specialists for professional activities, as well as the activities of legal technical
schools of the Ministry of Justice, the coverage of graduates with higher education, their
employment, the use of modern information technologies in educational processes, as well as the
experience of developed foreign countries and their issues related to application to professional
educational institutions were analyzed and appropriate proposals were put forward in this regard.
Key words:
professional education, legal technical school, perspective, foreign experience,
integration, employment, new approach, innovative and digitized educational technologies,
modern information technologies, education system, bachelor's degree.
ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ ЮРИДИЧЕСКОЕ ОБРАЗОВАНИЕ – НОВЫЙ УРОВЕНЬ
ИННОВАЦИОННОЙ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация.
В
данной
статье
реализация
принципов
обеспечения
привлекательности образования, апробированных за рубежом, объясняется тем, что
30-AVGUST, 2024-YIL
5
непрерывное профессиональное образование основано на принципе добровольности. В
данной статье профессиональное образование является основным средством подготовки
специалистов к профессиональной деятельности, а также деятельность юридических
техникумов Министерства юстиции, охват выпускников высшим образованием, их
трудоустройство, использование современных информационных технологий в
Проанализированы образовательные процессы, а также опыт развитых зарубежных
стран и их вопросы, связанные с применением в профессиональных учебных заведениях, и
выдвинуты соответствующие предложения в этой связи.
Ключевые слова:
профессиональное образование, юридический техникум,
перспектива, зарубежный опыт, интеграция, трудоустройство, новый подход,
инновационные и цифровые образовательные технологии, современные информационные
технологии, система образования, бакалавриат.
Bugun voyaga yetayotgan navqiron avlodni intellektual salohiyatli, zukko qilib tarbiyalash,
ularga puxta bilim berish mutaxassislarning yuksak bilim darajasiga bevosita bog‘liqdir.
Barchamizga ma’lumki, XXI asr boshlarida kеchayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar,
dunyoning g’oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o’zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni
shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu esa ta’lim tizimida tub islohotlar qilishni talab etayapti desak
mubolag’a bo’lmaydi. Xozirgi kunda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning moddiy
texnik bazasi mustaxkamlanib, ta’lim sifati yuqori bosqichga ko’tarilib borilayotgan bir vaqtda
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimi ham yo’lga qo’yildi.
Yangi O‘zbekiston sharoitida demokratik qadriyatlarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini
shakllantirish yo‘lida inson iqtisodiy va siyosiy hayotning faol sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Bu esa, o‘z navbatida, yosh avlodni butun hayoti davomida o‘rganish va ta’lim olish qobiliyati
bilan qurollantirish zarurligini ko‘rsatadi. Uzluksiz ta’lim ijodiy, ijtimoiy faol hamda ma’naviy
boy shaxsni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta’limning yagona
tizimida esa, maktabga tayyorgarlik muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF‒80-son “Maʼmuriy
islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda
ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ishlab chiqilgan.
Ushbu Farmonga asosan, Vazirlik va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning 4 ta malaka
oshirish markazlari birlashtirilib, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
instituti tashkil etilmoqda;
30-AVGUST, 2024-YIL
6
TDYU hamda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida adliya
faoliyati sohalarini ilmiy-metodik va konsultativ jihatdan taʼminlanadi;
huquqni qo‘llash sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish hamda huquqiy
muammolarni joyiga chiqqan holda ilmiy tadqiq qilish tizimi joriy etiladi;
Namangan va Samarqandda yuridik litseylar tashkil etiladi;
2 080 ta maktabda “Huquq sinfi” va huquq fani chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini
tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi
joriy etiladi1.
Shu o‘rinda aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik
texnikumlari (keyingi o‘rinlarda – yuridik texnikum) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada
takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3666-son qaroriga muvofiq
tashkil etilgan.
Bugungi kunda yuridik texnikumlarda jami 5077 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Yuridik texnikumlarda Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit
Transfer and Accumulation System – ECTS) asosida «yurisprudensiya» mutaxssisligi bo‘yicha
malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqiladi.
Belgilansinki, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda
ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni
shakllantirishga qaratilgan «Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz
yoshlar bilan» g‘oyasi asosida adliya organlari va muassasalari, shu jumladan Toshkent davlat
yuridik universiteti va yuridik texnikumlar:
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish,
ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini
kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilishga;
adliya organlari va muassasalariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali
«Tengdoshimga huquqiy yordam» tadbirlarini o‘tkazib borishga;
huquqshunoslik kasbining obro‘si va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan
hurmat va faxr tuyg‘ularini shakllantirish, ularni huquqiy bilim olishga qiziqtirish bo‘yicha amaliy
tadbirlarni tashkil qilishga;
1
https://adliya.uz/posts/ozbekiston-respublikasi-prezidentining-2024-yil-24
30-AVGUST, 2024-YIL
7
yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik
maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy o‘quv kurslarini joriy etishga;
ta’lim muassasalarida «Huquqiy bilimlar oyligi»ni o‘tkazib borish va yoshlarning huquqiy
bilim olishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan turli huquqiy mavzulardagi seminar-treninglar va
tanlovlarni tashkil qilishga mas’ul hisoblanadi
2
.
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini har tomonlama rivojlantirish, ularning
huquqiy maqomini oshirish, ta’lim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish borasida keng ko‘lamli
ishlar olib borilmoqda.
REFERENCES
1.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 592 b
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini
yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son
qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may “Ma’muriy islohotlar doirasida
adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham
boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni.
5.
https://adliya.uz/posts/ozbekiston-respublikasi-prezidentining-2024-yil-24.
6.
O‘G‘Li, J. N. K. (2023). YANGI O ‘ZBEKISTONNING SHAROITIDA ADLIYA
VAZIRLIGI YURIDIK TEXNIKUMLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
MASALALARI. Ta’lim fidoyilari, 4(1), 136-141.
7.
O‘G‘Li, J. N. K. (2023). HUQUQBUZARLIKLARNING YAKKA TARTIBDAGI
PROFILAKTIKASINING USUL VA SHAKLLARI. Ta’lim fidoyilari, 12, 99-105.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.05.2024 yildagi PF-80-son
