ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
331
SURXON VOHASI TOQCHI QAVMI AHOLISIORASIDA XALQ AMALIY BEZAK
SAN’ATI RIVOJLANISHI
Rahmonov Maxammad Habibullo o‘g‘li
Termiz davlat unversiteti
Jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchisi
Muhammad19940208@mail.ru
+99891 582 25 25
https://doi.org/10.5281/zenodo.13137244
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Surxon vohasi toqchi qavmi aholisining xalq amaliy bezak
san’ati va boshqalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Avlod, Panjob, Toqchi, po‘stak, supra, teri, telpak, poyabzal, kamarchilik,
meshlar, tulun, pichoq qin, kosa, ko‘za, qozon, chiroqdon, taqir gilam, “dig-diga” gilam, “g‘ajiri”
gilam, “oq enli” gilam.
THE DEVELOPMENT OF FOLK DECORATIVE ART AMONG THE RESIDENTS OF
TAKCHI TRIBE OF SURKHAN OASIS
Abstract
. This article provides information about the folk decorative art of the residents of
the Surkhan oasis and others.
Key words:
Avlod, Punjab, Taqchi, podskat, supra, leather, telpak, shoes, belts, meshes,
tulun, knife sheath, bowl, jug, pot, lamp, bare carpet, "dig-diga" carpet, "gajiri" carpet, "white
wide" carpet.
РАЗВИТИЕ НАРОДНО-ДЕКОРАТИВНОГО ИСКУССТВА У ЖИТЕЛЕЙ
ПЛЕМЕНИ ТАКЧИ СУРХАНСКОГО ОАЗИСА
Аннотaция.
В данной статье представлены сведения о народно-декоративном
искусстве жителей Сурханского оазиса и других.
Ключевые слова
: Авлад, Пенджаб, Такчи, подскат, супра, кожа, телпак, обувь,
ремни, сетки, тулун, ножны для ножей, миска, кувшин, горшок, лампа, голый ковер, ковер
«диг-дига», ковер «гадзири», ковер «белый широкий».
Amaliy san’at xalqimizni yuksak madaniyatga ega ekanligidan dalolat berib, milloddan
avvalgi 5-2 ming yilliklarda paydo bo‘lib, ajdodlarimiz kundalik turmush tarizi uchun zarur
bo‘lgan kiyimlar, uy-ruzg‘or anjomlarini tayyorlab .unga alohda e’tibor bilan qaraganlar. Ushbu
tayyorlangan buyumlar turli sabablar bilan saqlanib qolmaganligi to‘fayli faqat X1X asrga oid
amaliy san’at buyumlari saqlanib qolgan. O‘tgan davrga xos buyumlardan ayrimlari mavjud
bo‘lib, bular asosan tosh va sopol buyumlar hisoblanib, qo‘lda tayyorlangan. Respublikamiz
hududidan neolit davriga oid turli shaklga moslashtirib, uchburchak, ilon izi, to‘lqinsimon chiziqli
bosma, to‘lqinsimon va o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Taraqqiyotni rivojlangan bosqichi
bo‘lgan enolit va jez davrida miloddan avvalgi 3 ming yilliklar oxiri 2-ming yilliklar boshlarida
dumoloq, cho‘zinchoq, sillindir, konus shaklidagi yassi tubli idishlar ya’ni qozonlar, xum, tovoq,
piyolalar tayyorlashni o‘rganganlar. Kulolchilik sohasida charxni paydo bo‘lish natijasida bezak
usuli rivojlanib, gulsiz, bosma, chizma, bo‘yama usuli naqshlar yuzaga kelib, qora, to‘q qizil gulli
sopol buyumlar ko‘proq ishlab chiqarildi. Amaliy san’atni yangi turlaridan archa, taroqsimon,
uchburchak, romb, to‘rsimon, tasmali, nuqtali mavzularda kesma chiziqli, ilon izi, bo‘yoq dog‘lari
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
332
kabi usullar rivojlandi. Amaliy san’atni taraqqiy etishi tufayli jez, oltin, kumush taqinchoqlarni
asosini tashkil etuvchi bilaguzuk, uzuk, shokila, shakldor munchoqlar, ko‘zgu, bezanish
buyumlari, naqshli xalqasimon ramziylar, taqinchoqlar asosan chig‘anoq, tosh va qimmatbaho
toshlardan tayyorlangan. Amaliy san’at buyumlarini qimmatbaholari feruza, lojuvard, aqiq,
nefritdan turli shaklli munchoq, to‘g‘nog‘ich, shokila va boshqalardan iborat bo‘lgan buyumlar
tayyorlangan. Milodan avvalgi VI-IV asrlarda Shimoliy Baqtriya hududlaridan topilgan
Amudaryo xazinasida amaliy san’atni nozik durdonasi hisoblangan o‘ta nafsi gul va qush
ushlagan Anaxita tasviri bo‘lgan oval qalqonli tilla uzuklar shakli va nisbatlari talqini yunon-fors
san’ati bilan uyg‘unlashgan. O‘zbekistonda amaliy baliy san’atni gullagan davri milodan avvalgi
3 asr va milolliy 3 asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda gliptika va tanga tayyorlash ishda ajdodlarimiz
hind va rim madaniyati darajasiga yetib, muhr – tangalarda yunon-baqtriya shohlarini tasviri
tushirilgan. Ayniqsa, Kushon podsholigi davriga oid milodiy 1- asrga taalluqli zargarlik
buyumlari ichida Gerakl tasviri tushirilgan 3 ta silliq nayza, bo‘rtma gulli mazmunli sahnalar,
ma’budalarda mahalliy etnik qiyofalarni aks etishi, shisha va suyak buyumlarda fil va boshqa
buyumlarni yaratilishi amaliy san’timizni yuksak namunmsi hisoblanali. Amaliy san’atimizda
metalgi ishlov berish bo‘yicha katta tajriba to‘planib, oltin, kumush, jezlarga turli yunalishda
ishlov berib, kosa, ko‘za, qozon, chiroqdon va boshqa idishlar tayyorlanib, ularga hayotiy lavhalar
rasmli holatda tasvirlangan. Ushbu tasvirlarda afsonaviy ov, to‘y, raqqosalar jangchilar, milliy
kurashlar aks ettirilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, amaliy zargarlik san’ati har
tomonlama yuksak rivolanib davlatimiz tomonidan moddiy- ma’naviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlanmoqda. Mustaqillik yillarida amaliy zargarlik san’ati barqaror rivojlanib, “handasiy”
shaklli taqinchoqlar, olti qirrali oltin, kumushdan sirg‘alar, uzuklar, munchoqlar, shuningdek
qimmatbaho toshlardan –la’l, safsar, yoqut, feruza kabi buyumlardan tayyorlanib, xotin-
qizlarimizga taqdim etilmoqda. Amaliy san’atimizda to‘qimachilik yuksak rivojlanib, mahalliy
hunarmandlarimiz ip, ipakdan matolar tayyorlab, zarli pardalar, murrakab gulli rangdor to‘qilishli
zandonachi nafis matolar tayyorlab, O‘zbekistonni amaliy san’atini jahonga nomoyish etmoqdalar.
Boysun va Denov tumanlarida qadimiy matolar tiklanib, mahalliy hunarmandlar yul-yul nim-
shoyi, ”olacha”, ”janda”, beqasam, bo‘z, boysuncha atlas kabi matolarni tayyorlab bozor
rastalarida sotilmoqda. Qadimgi an’analarga tayanib, Boysun, Denov, Uzun, Sherobodda ipak
matolaridan “parchalar”, “baxmal”, ”shohi” ro‘mollar, ip kalavadan matolarni tayyorlash, ularga
bo‘yoq berish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Amaliy san’atimiz uchun zarur bo‘lgan bo‘yoqlarni
tayyorlash ishlariga alohida e’tibor berilib, qadimiy a’analar tiklanib katta yutuqlargi
erishilmoqda. Shuningdek, amaliy san’atimizning yuksak san’ati hisoblangan bosh kiyimlar,
rangdor do‘ppilar ham ziynatli qilib tayyorlanib, mustaqillik yillarida ushbu soha bilan
shug‘ullanuvchi san’at ustalari Boysun do‘ppilari, Denov bosh kiyimlari an’analarini qayta tiklab,
mahalliy milliy an’analarga xos bosh kiyimlarni yaratib, ularda tabiat ranglari, bayroqlar, milliy
etnik an’analar tasviri tushirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bosh kiyimlarda libos
kashtachiligi rivojlanib, Surxondaryolik ayollarning bosh kiyim-salla tikishdagi kashtachilik
san’ati qadimdan mashhur. Masalan, “Qo‘ng‘irot salla” kamalak rangida bo‘lib, bu ranglar “xasan-
xusan” deb nomlanib, sallaning tepasida “oy quchoq”, orqa qismida esa “soch pesh”
joylashtiriladi. Ayollar tomonidan kiyilgan bu bosh kiyimda “Oy quchoq” ma’lum ma’noda
ayollar uchun xamyon teri kissa vazifasini, “soch pesh” esa sochlarni o‘rab turish vazifasini
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
333
bajargan. Yosh kelinchaklar uchun tayyorlanadigan “Qo‘ng‘irot salla”lar asosan, to‘q, keksalar va
o‘rta yoshdagilar uchun och ranglardan tayyorlangan. Boysunda amaliy san’atning charmga ishlov
berish turi rivojlanib, rangli charmdan kitob muqovalarini bezash, qog‘ozlar uchun jildlar
tayyorlash, ot anjomlari, kiyim kechaklarning yangi nusxalari tayyorlanib, tayyorlangan charm
badiiy maxsulotlariga chinor tasviri, to‘p barg gullar, afsonaviy qaxramonlar, qushlar, raqslar,
etnografiyaga oid urf-odatlar aks ettirilmoqda. Amaliy san’atimizning yuksak durdonalaridan
hisoblangan kashtachilik san’ati Surxon vohasida mustaqillik yillarida qayta tiklanib, yuksak
natijalarga erishmoqda. Mahalliy bozorlarda xalqning talab ehtiyojlari asosida kashtachilik
buyumlari tayyorlanib, ular uchun Denov, Boysun, Sherobod, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on,
Sho‘rchi, Uzun, Sariosiyo tumanlarida bozor rastalarida alohida joylar ajratilgan. Shuningdek
kashtalar qo‘l va mashinada yaratilib, ularda quyosh, o‘simliklar, daraxt yaproqlari, sevgi
muxabbat ramzi, tabiatning muqaddas ramzlari alohida aks ettirilgan. Ayniqsa kashtachilar
tomonidan Surxon vohasi etnografiyasiga xos gullar nafisi, ranglar uyg‘unligi, bezak nusxalari aks
ettirilgan bo‘lib, bu bezaklar kashtachilar tomonidan do‘ppi, nimcha, chopon, yostiq jildlari va
boshqa buyumlarda o‘z aksini topgan. Surxon vohasiga xos “Oy yuzingga oyna bo‘lay” xalq
maqoli asosida chevarlik san’ati o‘zining latif va go‘zalligi bilan yuksak ma’naviyatimiz rivojiga
xissa qo‘shib, Surxon vohasida qizaloqlar, ayollar, katta yoshdagi keksa momolar uchun
kashtachilik alohida-alohida o‘ziga xos matolar tayyorlash bilan, turli rangdor munchoqlardan
bezatilgan ipak iplar asosida tikilgan kashta buyumlar bilan ajralib turgan. Masalan, “Taxta
jamalak”lar bo‘yi yetguncha, munchoqli jamalaklar esa bo‘yi yetgan qizlarga hamda
kelinchaklarga mo‘ljallangan. Jamaalaklar xalqimizning kashtachilik sohasidagi amaliy
san’atining yorqin namunalari hisoblangan. Surxon kashtachi chevarlari tomonidan yaratilayotgan
“oyna xalta”, “choy xalta”, “qoshiq xalta” kabi uy-ro‘zg‘or buyumlari xalqimizning orzulari,
estetik didlari asosida tayyorlanib, o‘zining yuksak ma’naviyatini tahlil etmoqda.
Surxon vohasiga “libosimga gul tikdim” amaliy bezak san’atida liboslar turli andozalarda
tayyorlanib, bular ichida hozirgi kunda keng tikilib tayyorlanayotgan ustki kiyimlar sifatida
tikilayotgan to‘n teri choponning bir necha turlari, ya’ni to‘n, chopon, jelak, guppi, po‘stin,
chakmon tayyorlash kiyim bichish va tikish yuqori andozalar asosida olib borilmoqda. Ayniqsa
amaliy san’atda ayollarga xos mos qadimiy “janda” matosini tiklaanishi va tayyorlanishi Boysun
tumani misolida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, Boysunlik ustalar qadimiy tabiiy bo‘yoqlar
tayyorlash uslubidan foydalanib, “janda” matosiga ishlov berishni yangi turlarini yaratmoqda.
“Janda” matosini tayyorlashda yong‘oq po‘chog‘idan qora va kulrang bo‘yoqlar, nok, olma, va tok
daraxtlaridan och sariq bo‘yoqlar, ro‘yan, anor o‘simlik va daraxtlardan qizil ranlar olinib, matoga
ishlov berish rivojlandi. Surxon amaliy bezak san’atiga xos ayollarning ustki liboslaridan, ayollar
choponi, chelagi, chegda, boshqa taashlanadigan kurta, ko‘ylaklar tayyorlash hozirgi kunda
mahalliy hunarmandchilikning yuksak san’atlaridan biri sanaladi. Surxon vohasga xos
kashtachilikning maxorati va san’ati so‘zanalarda o‘z aksini topib, so‘zanani tayyorlashda to‘q,
qizil, to‘q sariq, yoki qora sidirg‘a matolarga ipak ipi bilan tikiladigan har xil shakl o‘z ifodasini
topmoqda. Kashtachilar so‘zanani tikishda so‘zana markazini aylana teri doira shaklida chizib,
qolgan qismi “tarki gul”, “qo‘chqormez gul”, “oygul” kabi naqshlar asosida tayyorlaydilar.
Boysun so‘zanalarida naqshlar va o‘simliksimon kashtalar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, “lola”,
“dasta gul”, “shoh”, “bodomcha” nomlari bilan shuxrat qozonmoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
334
Shuni alohida ta’kidlaash kerakki, amaliy san’atda Surxon vohasiga xos Boysun, Denov,
Yurchi, Sherobodga xos ganj va yog‘och o‘ymakorligi, me’moriy bezaklari yanada rivojlanib,
qadimiy an’analar tiklanib, ganj va yog‘och o‘ymakorligi mahalliy ustalar tomonidan kulolchilik,
zargarlik, binokorlik sohalarida o‘z aksini topib, maishiy, me’moriy binolarni bezashda o‘z o‘rniga
ega bo‘lmoqda. Badiiy san’atimizning yuksak namunalaridan biri bo‘lgan gilamchilik Boysun,
Bandixon, Sherobod, Oltinsoy, Denov tumanlarida rivojlanib, gilamlarning qadimiy turlari
bo‘lgan taqir, kiygiz gilamlar qayta tiklanib, zamonaviy gul berish san’ati asosida qayta tiklandi.
Surxon vohasi gilamidagi naqshlar o‘zining didi mustahkamligi va tayyorlanish uslubi bilan
alohida joziba berib, bugungi kunda taqir gilam, “dig-diga” gilam, “g‘ajiri” gilam, “oq enli” gilam,
po‘stak kabi gilam turlari tayyorlanib, xalqimizning gilamga bo‘lgan talab va ehtiyoji qondirilib,
gilamlar uchun zarur bo‘lgan to‘qish, ip tayyorlash, o‘rish kabi jarayonlar qayta tiklanib, rivojlanib
bormoqda.
REFERENCES
1.
Головик. Кустарное промышленность Туркестана // Туркестанский сборник. Т. 512.
– С. 31 – 32.
2.
Tursunov S. va boshqa. O‘zbekiston tarixi va madaniyati- Surxondaryo etnografiyasi. – B.
94.
3.
Tursunov S. Boysun Akadem nashr. – B. 101.
4.
Qobilov E Surxon vohasi xo‘jaligi - Toshkent “Akademiknashr”. 2012. 259- bet.
5.
Ведомость заводам, мастерским и ремесленным заведением в Самаркандской
области за 1888 год// Сборник материалов для статистики Самаркандской области за
1887-1888г. –Самарканд.; 1890. – С. 39.
6.
Dala yozuvi Boysun tumani Avlod, Panjob, Sariosiyo va Alachopon qishloqlari 2021-2023
yillar
7.
To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK
TAVSIFI.
Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural
and social
sciences
,
2
(1), 43-51.
8.
Рахмонов, М. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.
История и культура центральной Азии
,
1
(1), 341-344.
9.
Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS.
Modern Science and Research
,
2
(4), 720-722.
10.
Rahmonov, M. (2024). ТOQCHI QAVMI AHOLISINING HUNARMANDCHILIGI VA
UY-RO ‘ZG ‘OR KASBKORLIGI.
Modern Science and Research
,
3
(5)
