378
DAVLAT FUNKSIYALARI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI
Kenjayeva Muxarramxon Do‘ltaboy qizi
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Davlat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi
1-bosqich 30-23-guruh o‘quvchisi
Telefon: +998501033871
avitsennamobile@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10408843
Annotatsiya. Ushbu maqolada davlat funksiyalari tushunchasi, turlari,ularning mohiyati
haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: davlat funksiyasi, ichki funksiyalar, iqtisodiy funksiya, ijtimoiy funksiya,
siyosiy funksiya, huquqiy tartibotni muhofaza qilish, tinchlikni taʼminlash, ekologik funksiyasi,
tashqi funksiyalari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, mudofaa funksiyasi.
CONCEPT AND ESSENCE OF STATE FUNCTIONS
Abstract: This article will talk about the concept, types of state functions,their essence.
Key concepts: state function, internal functions, economic function, social function, political
function, protection of legal order, peace enforcement, environmental function, external functions,
cooperation with other states and international organizations, defense function.
ПОНЯТИЕ И СУЩНОСТЬ ФУНКЦИЙ ГОСУДАРСТВА
Аннотация. В данной статье речь пойдет о понятии, видах функций государства,их
сущности.
Ключевые понятия: государственная функция, внутренняя функция, экономическая
функция, социальная функция, политическая функция, защита правопорядка, обеспечение
мира, экологическая функция, внешние функции, сотрудничество с другими государствами
и международными организациями, оборонная функция.
Keyingi yillarda davlat qurilishi va boshqaruvi sohalarida juda katta ijobiy islohotlar amalga
oshirilib, Yangi O‘zbekistonni jahonning taraqqiy etgan davlatlari qatoridan munosib o‘rin olishi
uchun beqiyos o‘zgarishlar va yutuqlarga erishilmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida davlatimiz oldida o‘z davlatchiligini barpo etishdek
yuksak vazifa turganligi borasida Birinchi Prezident I. A. Karimovning: “Mustaqillikka erishgan
har bir mamlakat o‘z tarakkiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andozasini ishlab
chiqishga intiladi. Ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan
379
munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy eʼtiqodi, ruhiyati va xulq – atvor normalari
shuni taqozo etadi”
,- degan fikrlari yodga olish mumkin.
Davlat – siyosiy hokimiyat tashkiloti bo‘lib, muayyan hududda turli sinfiy, umuminsoniy,
diniy, milliy va boshqa manfaatlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Tarixdan maʼlumki, davlat paydo bo‘lganidan buyon jamiyat taraqqiyotining turli
bosqichlarida rivojlanib bordi va davlat funksiyalarining mazmuni va tizimi ham o‘zgarib borgan.
Misol uchun, ilk bor davlat kelib chiqqan paytdagi funksiyalardan ularning tizimi o‘z mazmuni va
hajmi jihatdan ancha farq qiladi. Bu hol birinchi navbatda jamiyat rivojlanishining mazkur
bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va vazifalari bilan bog‘liqdir. Yaʼni masalan,
davlatning hozirgi davrda tan olinayotgan tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish
funksiyasi Quldorlik davlatida bo‘lmaganligini ko‘rish mumkin, sababi bunga hali ehtiyoj ham
bo‘lmagan. U paytda insonning hayot kechirishi uchun tabiiy shart-sharoitlar yetarli va zararsiz
bo‘lgan.
Davlatga uning funksional faoliyati tomonidan yondoshuv birinchidan, davlat tushunchasini
chuqurroq bilib olishga, uni jamiyat hayotidagi tarixiy ahamiyati va rolini ko‘rishga yordam
beradi.
Ikkinchidan, davlat faoliyati mohiyatini, uning mexanizmini konkret tarixiy sharoitlarda
ilmiy nuqtai nazardan chizib berishga imkoniyat tug‘dirdi.
Uchinchidan, sifatli davlat boshqaruvini amalga oshirish uchun davlatning tashkiliy
tizimlarini mukammallashtirish maqsadlariga xizmat qiladi.
Davlat funksiyalari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish uning mazmun-mohiyati, jamiyatda tutgan
o‘rni va ijtimoiy vazifasini yana-da chuqurroq anglab olishga xizmat qiladi. Har qanday davlatning
mohiyati, eng avvalo, uning faoliyatida, funksiyalarida o‘z ifodasini topadi. Davlatning faoliyat
sohalari xilma-xil bo‘lganligi bois, uning faoliyati bosh yo‘nalishlarini alohida ajratish zarurati
kelib chiqqan. Ana shu bosh yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladigan faoliyatda davlatning mohiyati
mujassam bo‘ladi, amalga oshiriladi va rivoj topadi hamda ular davlatning mavjud bo‘lish tarzini
ifoda etadi.
Davlat funksiyalari - bu davlatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan
davlat faoliyatining asosiy (bosh) yo‘nalishlaridir. Davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishi
1
Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosiy, mafkura. 1
-
tom, T., “O‘zbekiston”, 1996, 44
-bet.
380
uchun maʼlum bir vazifalarni hal qilishi lozim, bu esa o‘z
, ushbu vazifalarni bajarishga
qaratilgan tegishli funksiyalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Falsafada funksiya deganda biron-bir obyekt xususiyatlarini maʼlum munosabatlar
tizimidagi tashqi ifodasi tushuniladi. Funksiya – vakolat doirasidan kelib chiquvchi faoliyatdir.
Chunki “funksiya” lotin tilidan olingan bo‘lib, “faoliyat” degan maʼnoni anglatadi.
Davlat funksiyalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bular davlat funksiyalarida
mamlakat ichki va xalqaro maydondagi amaliy faoliyati namoyon bo‘ladi; davlat funksiyalari
uning tarixiy taraqqiyotidagi maqsad va vazifalariga mos ravishda yuzaga keladi va rivojlanib
boradi; davlat funksiyalarida jamiyat hayotida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
maʼnaviy sohalardagi o‘zgarishlar va islohotlar aks etadi.
Tabiiyki, davlat funksiyasini uning alohida organlari funksiyalaridan farqlash lozim.
Davlat mexanizmiga kiruvchi barcha davlat organlari va tashkilotlarining har biri o‘z vakolatlari
doirasida davlat faoliyatining muayyan sohalarida o‘z funksiyalarini amalga oshiradi.
Ko‘ramizki, ilmiy yuridik adabiyotlarda davlat funksiyalarini tasniflashda bir xil
yondashuv mavjud emas. Buning sababi taraqqiyotning turli bosqichlarida turgan davlatlar mavjud
obyektiv sharoitdan kelib chiqqan holda o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarning mohiyatiga
mos ravishda faoliyat yuritishidan kelib chiqishidadir.
Davlatning ichki funksiyalar davlatning ichki vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan bo‘lib,
davlatning jamiyat hayoti ustidan rahbarligini amalga oshirishga qaratilgan faoliyatining asosiy
yo‘nalishlarini namoyon qiladi.
Tashqi funksiyalar esa xalqaro-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida ishtirok
etayotgan davlatning davlatlararo miqyosdagi vazifalarni hal qilishi bilan bog‘liqdir.
Davlatning asosiy ichki funksiyalari sifatida iqtisodiy funksiya, ijtimoiy funksiya, siyosiy
funksiya, huquqiy tartibotni muhofaza qilish, tinchlikni taʼminlash, ekologik funksiyasi kabilarni
sanab o‘tish mumkin:
Davlatning asosiy tashqi funksiyalari qatoriga boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar
bilan hamkorlik hamda mudofaa funksiyasi kiritish o‘rinli.
Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy,
2
https://fayllar.org/nurmat-saburov-shazod-sajdullaev.html?page=22.
3
Davlat va huquq nazariyasi / Masʼul muharrir M.Axmedshayeva. Darslik. –
Toshkent: TDYUU, 2019.
–
46 b.
4
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
381
ijtimoiy va dunyoviy davlat deb belgilab qo‘yildi. Demak, bu jumlalar davlatimizning
funksiyalarini ko‘rsatib beradi.
Suveren davlat – o‘z hududida to‘la-to‘kis mustaqil hukmronlik va mutlaq yurisdiksiyaga
ega bo‘lish demakdir.
Demokratiya esa xalq hokimiyatini ifoda etib, davlat boshqaruvida saylanish va o‘z
vakillarini saylash orqali barchaning teng huquqli ishtiroki taʼminlanishini ko‘zda tutadi.
Huquqiy davlatda barcha jarayonlar qonuniy asoslar asosiga quriladi va davlat
xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy ko‘z bilan qarash talab
etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng bo‘ladi, davlat
hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga bo‘ysunadi va qonunlarning muqarrar ijrosini
taʼminlaydi.
O‘zbekiston o‘zini ijtimoiy davlat
deb eʼlon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib
turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu – mavjud resurslarni
ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo‘l
qo‘ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli taʼlim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy
himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo‘llovga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-
quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi.
Boshqacha aytganda, eng kambag‘al oilaning bolalarida ham sog‘-salomat o‘sib-ulg‘ayib, yaxshi
taʼlim olib, farovonlikka erishish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Dunyoviy davlatda davlat va din bir-biridan ajratilgan bo‘ladi. Davlat diniy eʼtiqodidan
qatʼi nazar barchaga bir xil munosabatda bo‘ladi, dinga oid masalalarda neytral pozitsiyani
egallaydi.
So‘zimiz yakunida aytish mumkinki, uning funksiyalari ham davlatning mohiyatida kelib
chiqish belgilanadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosiy, mafkura. 1-tom, T., “O‘zbekiston”,
1996, 44-bet.
3.
https://fayllar.org/nurmat-saburov-shazod-sajdullaev.html?page=22.
4.
Davlat va huquq nazariyasi / Masʼul muharrir M.Axmedshayeva. Darslik. –Toshkent: TDYUU,
2019. – 46 b.
5.
Najimov M., Saydullayev Sh. Davlat funksiyalari: O‘quv qo‘llanma –T.:TDYUI, 2004. -37 b.
