ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
603
FORTEPANO CHOLG’USI VA UNING TARIXI
Ruyiyeva Ozoda Furqat qizi
Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7866868
Annotatsiya. Mazkur maqolada Fortepano cholg’usi va uning tarixi haqida so’z boradi
maqola davomida turli fikr va mulohazalar keltirilgan. Maqola turli rasmlar vositasida ochib
berilgan.
Kalit so’zlar: Fortepano ijrochiligi, yosh ijrochilar, fortepiano ijrochiligining asosiy
maktabi.
ФОРТЕПАНО И ЕГО ИСТОРИЯ
Аннотация. В этой статье рассказывается об инструменте фортепано и его
истории, на протяжении всей статьи представлены различные мнения и комментарии.
Статья раскрывается с помощью различных рисунков.
Ключевые слова: фортепианное исполнительство, юные исполнители, базовая
школа фортепианного исполнительства.
FORTEPANO AND ITS HISTORY
Abstract. This article talks about the fortepano instrument and its history, various opinions
and comments are presented throughout the article. The article is revealed by means of various
pictures.
Key words: piano performance, young performers, basic school of piano performance.
Musiqa san’atida Fortepano ijrochiligi eng ommalashgan turlardan biri sanaladi. Har bir
xalqning o‘z milliy cholg‘u sozlari bo‘lishi barchaga ma’lum. Bugungi kunda dunyoning barcha
xalqlari orasida eng ommalashgan umuminsoniy cholg‘u sozlari ham mavjud.
Bulardan biri – fortepiano cholg‘usidir. Ushbu cholg‘u uchun jahonning barcha taniqli
kompozitorlari qatorida O‘zbekiston kompozitorlari ham yorqin asarlar yaratdilar. Ular yosh
ijrochilar tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, fortepiano san’ati Klassisizm davrida paydo bo‘lib,
shakllana boshlagan va fortepiano cholg‘usi yaratilgan. I.S.Bax va uning o‘g‘illari, shogirdlari
klavir musiqasi uchun birinchi namunalarni yaratdilar.
Gaydn, Mosart, Betxovenlarning fortepiano ijodi bu cholg‘uni yuksaklarga ko‘tarilishida va
ommalashishida muhim o‘rin tutdi. London va Vena maktablari shakllandi. Klementi va Gummel
ijodi ravnaq topdi.
O‘z navbatida Parij maktabi ham paydo bo‘lib, Kalkbrener va Talberg ijod namunalari
tarqaldi. Shuningdek, Cherni ijrochilik mahorati maktabi shakllandi va bugungi kunda ham ushbu
namunalar fortepiano ijrochiligining asosiy maktabi sanaladi.
Romantizm davrida ham fortepiano ijrochilik san’ati yanada ravnaq topdi. Avstriya va
Germaniya romantizmiga Yevropaning barcha ijodkorlari ergasha boshlashdi. Shubert, Veber,
Mendelson, Shuman kabilarning fortepiano ijodi madaniyatlar tarixiga muhrlandi.
Shopen va List – ijrochi va pedagog sifatida dunyoga tanildilar. Ularning fortepiano
ijodlaridan namunalar dunyoning eng mohir sozandalari repertuarlaridan o‘rin oldi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
604
Yevropa milliy fortepiano maktablari. Nemis fortepiano maktabi XIX asr ikkinchi yarmida
milliy fortepiano maktablari shakllanishiga andoza bo‘ldi. Nemis fortepiano maktabi vakillari –
Brams va Reger, Fransiya fortepiano maktabi – Bize, Frank, Sen-Sans, Norveg-Chex fortepiano
maktablari – Grig, Smetana va Dvorjak kabilar milliy fortepiano maktablarinig namoyandalari
bo‘ldilar. Rus fortepiano musiqasi “Kuchli to‘da” hisoblanmish – Rubinshteyn, Chaykovskiy
ijodida o‘z aksini topdi.
XIX asr ikkinchi yarmida “fortepiano pedagogikasi” tushunchasi paydo bo‘ldi. Skryabin,
Metner, Raxmaninov fortepiano san’atlari – ijodiyot va ijrochilikdagi yangi yo‘nalishlar sifatida
nom qozondi. XX asrning 20–40-yillarida ham fortepiano ijrochiligida sezilarli pog‘onalarni
kuzatish mumkin bo‘ldi. 20-yillar yangi uslub yo‘nalishlarining faol rivojlanish davri bo‘lgan deb
ishnoch bilan ta’kidlash mumkin. S.Prokofev fortepiano ijodi o‘zgacha musiqiy til paydo
bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Ko‘plab sonata va konsertlar yaratildi. Prokofev nafaqat kompozitor, balki
pianinochi sifatida ham jahon ahliga tanildi.
Asr o‘rtalarida yangi uslub yo‘nalishlari shakllandi. Fransiyada impressionizm asosan
Debyussining kechki asarlarida namoyon bo‘ldi. Bu kompozitor o‘z ijodini yangilash yo‘lida
izlanishlar qildi, yangicha mavzularga murojaat qildi. Xususan, musiqiy ijodiyotga urush
obrazlarini kiritdi, bu “Oq va qora” deb nomlangan asarida yaqqol ko‘rindi. 12 ta etyud -
Debyussining kechki yo‘nalish qomusi, deb nom oldi.
XX asrning 2-yarmida fortepiano san’atida rivojlanish kuzatildi. Musiqiy avangardning har
xil oqimlari paydo bo‘ldi. A.Shyonbergning shogird va izdoshlari nafaqat butun dunyoda, hatto
O‘zbekistonda ham paydo bo‘ldi. Musiqa materialini umumiy (total) qator birlashtirilishiga
intilishning kuchayishi kuzatildi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
605
500 yillik tarixga ega klavir san’ati Uyg‘onish davrida vujudga kelib, XVIIXVIII asrlarda
gullab-yashnadi. XVIII asr boshida fortepiano cholg‘usi yaratilganidan so‘ng, fortepiano san’ati
rivojlanish davri boshlandi. Ushbu musiqa asbobi XVIII asrning boshlarida (1710 yilda) italiyalik
Kristofori tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda ohista va baland (kuchli va kuchsiz) 8 tovushlarni
chalish mumkin bo‘lgan. Shu bois asbobning nomi “fortepiano” deb nomlanib, italyan tilida
tovush kuchi nuqtayi nazaridan - “baland-past” ma’nolarini bildiradi. Asbobning klavishlarini
bosganda jaranglaydigan tovushlar esa klavishdan emas, balki asbobning ichida tarang tortilgan
simlardan yangraydi. Agar simlar vertikal (tikka) tortilgan bo‘lsa, bu – fortepiano cholg‘usi bo‘lib,
u hajm jihatidan kichikroq hamda katta bo‘lmagan xonalarda ijro etish uchun mo‘ljallangan. Agar
simlar gorizontal (yotiq) tortilgan bo‘lsa, bu – royal cholg‘usidir. Uning tovushlari balandroq va
jarangli bo‘lib, hajm jihatidan katta. Royal kontsert zallarida ijro etish uchun mo‘ljallangan.
Ma’lumki, har qanday cholg‘uni ijro etishni o‘rganishda avval cholg‘u oldida to‘g‘ri o‘tirib,
gavdani, oyoq-qo‘llarni erkin tutish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish muhimdir. Bu
ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi ijrochilik holatining to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi.
Fortepiano ijrochiligida 3 ta tayanch nuqtalari mavjud bo‘lib, bular oyoq holati, o‘rindiqda (stulda)
o‘tirish holati va “qo‘l holati” (barmoqlar)dir.
1.
Oyoq holati –- bir oz oldinga surilgan holda yerga yoki maxsus taxtachaga tayangan
bo‘lishi lozim.
2.
O‘rindiqda (stulda) o‘tirganda, butun o‘rindiqqa emas, balki uning yarmiga mustahkam
o‘tirish kerak. O‘rindiqning balandligi esa maxsus burama moslama yoki taxtachalar bilan
shogirdga moslashtirilgan bo‘lishi lozim. Uning balandligi shunday qo‘yilgan bo‘lishi kerakki,
unda tirsaklar klavishdan pastda emas, balki ular bir tekis balandlikda bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir.
3.
Barmoqlar uchinchi - eng muhim tayanch nuqtalardan biri sanaladi. Gavdani tik tutgan
holda qomatni biroz oldinga, cholg‘uga yaqin tutib, “qo‘l holati” (barmoqlar)ni qo‘yganda bilak
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
606
tepaga ko‘tarilmagan, tirsak tanadan 300 burchak ostida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Yelkalar
erkin holatda hamda o‘quvchining qaddi rostlangan bo‘lishi lozim. Qo‘llar yumaloq va klavishni
bosganda barmoqlar uchiga tayangan bo‘lishi kerak.
Har yili 8 noyabrda dunyoda Pianinochilar kuni nishonlanadi. Bayram hech qanday rasmiy
maqomga ega emas, ammo internet va musiqa jamiyatlari tufayli u tobora mashhur
bo‘lib bormoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Pianinochilar kunini nishonlash sanasini asoslash bo‘yicha
o‘zgarishlarni topish mumkin, ammo ularning barchasi afsonaviy xarakterga ega.
XVIII asrda paydo bo‘lgan fortepiano musiqasi tezlik bilan shuhrat qozondi va asrning
ikkinchi yarmida cholg‘u asbobining o‘zi keng tarqaldi, bu klavesin va klavikordning mantiqiy
rivojlanishi bo‘ldi.
Italiyalik Bartolomeo Kristofori pianino yaratuvchisi hisoblanadi. Mexanizmi o‘z taraqqiyot
yo‘lidan o‘tgan va asosan XVIII asrda shakllangan musiqa asbobi hozirda ikki xil ijro turiga ega:
royal va pianino.
Tarix dunyoga fortepiano musiqasining yorqin, ajoyib ijrochilarini berdi, ularning har biri
uning rivojlanishiga va musiqiy asarlarni ijro etish texnikasini takomillashtirishga hissa qo‘shgan.
Ularning har biri o‘ziga xos qobiliyatga, o‘ziga xos texnikaga ega bo‘lgan. Frederik Shopen,
Ferens List, Pyotr Chaykovskiy, Sergey Raxmaninov, Artur Rubinshteyn, Svyatoslav Rixter, Iosif
Gofman, Vladimir Gorovits, Emil Gilels, Yevgeniy Kisin va boshqa ko‘plab shaxslarning
ismlarini unutib bo‘lmaydi.
Bayramga kelsak, Rossiya, Belarus, Ukraina, Isroil, Xitoy va Avstriyada pianinochilar
kuniga bag‘ishlangan konsertlarni tashkil etish an’anasi asta-sekin rivojlanmoqda. Ushbu
bayramni nishonlayotgan mamlakatlar soni tobora ortib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, 8 noyabr asta-sekin xalqaro miqyosdagi haqiqiy kasb bayramiga
aylanib bormoqda, uni nafaqat pianinochilar, balki pianino musiqasi muxlislari, pianino chalish
sohasida o‘quvchilar, o‘qituvchilar va hattoki bu noyob musiqa asbobini yaratganlar ham
nishonlashlari mumkin.
REFERENCES
1.
Djamalova D., Utayeva N. “Fortepiano olamiga ilk qadamlar”, o‘quv qo‘llanma.
G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, Toshkent, 2016.
2.
Kisel E., Natanson B., Nikolayev A., Erejenskaya N. “Shkola igri na fortepiano”,
Izdatelstvo “Muzika”, Moskva, 1975.
3.
Azimov X.. Fortepiano darsligi. – T., “O‘qituvchi”, 1997.
4.
Shteynpress B., Yampolskiy I. “Enstiklopedicheskiy muzikalniy slovar”, Moskva, 1959.
5.
Hayitboyeva D. Notani varoqdan o‘qish va fortepiano ansambli. – T, “Uzbekiston”, 2010.
6.
Ташпулатова Д. Работа над этюдами Г.Мушеля в фортепианном классе. -T. 2011. 7.
Jahon va O‘zbekiston kompozitorlarinig asarlari. Turli yillar nashrlari.
