ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
108
BIOTEXNOLOGIYADA IN VITRO SHAROITDA O’SIMLIKLARNI
KO’PAYTIRISHNING STERILIZATSIYA JARAYONLARI
Valijon Maxmudov
Farg’ona Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti b.n.d
Tel: +99890550 01 46
Maxammadjonova Dilobarxon Abdumutallib qizi
Farg’ona Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti 2-kurs magistranti
maxammadjonovmuzaffar314@gmail.com
Tel: +99890 784 52 92
https://doi.org/10.5281/zenodo.7812835
Annotatsiya. In vitro sharoitda o’simliklarni ko’paytirish uchun sterillash jarayonlari. In
vitro ko’paytirishning o’simliklar uchun axamiyati.
Kalit so’zlar: biotexnologiya, in vitro, sterilizatsiya, ozuqa muxiti, kultura, avtoklav,
antibiotik.
ПРОЦЕССЫ СТЕРИЛИЗАЦИИ РАЗМНОЖЕНИЯ РАСТЕНИЙ IN VITRO В
БИОТЕХНОЛОГИИ
Аннотация. Процессы стерилизации для размножения растений in vitro. Значение
репродукции in vitro для растений.
Ключевые слова: биотехнология, in vitro, стерилизация, питательная среда,
культура, автоклав, антибиотик.
STERILIZATION PROCESSES OF IN VITRO PLANT PROPAGATION IN
BIOTECHNOLOGY
Abstract. Sterilization processes for breeding plants in vitro. Importance of in vitro
reproduction for plants.
Key words: biotechnology, in vitro, sterilization, nutrient medium, culture, autoclave,
antibiotic.
Tabiiy xolatda noyob o’simliklarni ko’paytirish bir qancha muammoloarga sabab
bo’lmoqda, chunki atrof muxitning ifloslanganlik darajasi, qurg’oqchilik o’simliklarning immun
tizimiga salbiy ta’sir etib, biz uchun kerakli bo’lgan sifatli maxsulotni olishning iloji bo’lmayapti.
Bu xolatda biologiya fanlari tarmoqlaridan biri bo’lgan biotexnologiya bu kabi muammolarni xal
qilibgina qolmasdan balki o’z yechimini topishga ham yordam berdi.
Biotexnologik usulda yaratilayotgan maxsulotlar tez hosil berishi, sifatliligi, ozuqa
moddalarga boyligi, har xil tashqi ta’sirlarga chidamliligi bilan hammaning e’tiborini o’ziga
qaratmoqda. Buning uchun o’simliklarga beriladigan su’niy ozuqalar, o’simlikni o’sishi va
rivojlanishini boshqaruvchi tabiiy fitoregulyatorlar, o’simlik vitamin va gormonlari hamda boshqa
moddalar ta’sirida kutilgan natijaga erishish mumkin. Ziravor o’simliklar biotexnologiyasi bu
ularni ko’paytrish sun’iy sharoitda hosil qilish yoki tezroq va sifatli hosil olishdan iborat.
Biotexnologiya standart jihozlardan va preparatlardan foydalanadi va iqlim sharoitiga
qaramasdan hamda ko’p maydon egallamagan holda jarayonlarni yil bo’yi
o’tkazishga asoslanadi. O’simliklardan ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni yaxshi
o’stirish uchun, o’stirishni ma‘lum shartlariga roiya qilish kerak, va har bir bajariladigan jarayon
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
109
sterillikka asoslanadi. Ozuqa muxit tayyorlanaigan xona, ozuqa muxitlari, asbob anjomlar va in
vitro uchun foyalaniladigan har bir peredmat quritish shkaflarida hamda avtoklavlarda sterillanadi.
Avtoklavlash 25-30 daqiqa 2 atom bosim ostida o’tkaziladi. Asbob uskunalarni
sterilizatsiyalash. Asbob-uskunalar (skalpellar, pintsetlar, ignalar va boshqalar) ni dastlabki
sterilizatsiyasi quritgich shkafda 2 soat140 qS harorat ostida quruq issiq harorat bilan o’tkaziladi.
Metall ob‘ektlarni avtoklavlash mumkin emas: bug’ ta‘sirida ular zanglab, o’tmas bo’lib qoladi.
Bevosita ishdan oldin va ish jarayonida asbob-uskunalar (pintsetlar, skalpellar, mikrobiologik
xalqalar) laminarboksda 96% li spirt solingan farfor stakanga qo’yiladi va spirtovka olovida
qizdirilgan xolda yana bir bor sterillanadi. Sterillangan asbob-uskunani faqat bir martalik
manipulyatsiya uchun ishlatilinadi. Yana ishlatish uchun uni qaytadan spirt bilan sterilizatsiyalab,
qizdirish kerak. Ozuqa muhitlarini sterilizatsiyalash. Tarkibida termolabil komponentlari
bo’lmagan ozuqa muhitlarini avtoklavlash yoki bir sutka interval bilan ikki martta qaynatish yo’li
bilan sterilizatsiyalanadi. Issiqga chidamsiz bo’lgan organik suyuqliklar bakteriyalardan poralar
diametri 0,45 mkm ga teng steril maydaporali bakterial filtrdan o’tkazish orqali tozalanadi.
Birinchi bosqich – dastlabki sterilizatsiya. Materialni qayta ishlash sharoiti ob‘ektga qarab
turli variantlarda bo’ladi. Saqlovchi organlar (masalan, kartoshka tugunaklari) oqova suvda
yaxshilab yuviladi, poya, ildiz yoki barg fragmentlari ham oqova suvda (vodoprovod suvida)
yaxshilab yuviladi va spirtga (70 % li eritmaga 1 daqiqaga) joylashtiriladi. Urug’larning dastlabki
sterilizatsiyasi – uning ifloslanganlik darajasiga bog’liq bo’lgan eng uzoq jarayon.
Ikkinchi bosqich – sterilizatsiya. Oldindan sterilizatsiyalangan to’qima yoki organlar
sterilizatsiyalovchi eritmaga joylashtiriladi. Sterilizatsiyalovchi moddalar bilan bog’liq bo’lgan
barcha ishlar aseptik sharoitda (laminar-boksda) olib boriladi.
Sterilizatsiyalovchi agen va uning ta‘sir qilish davomiyligi ob‘ektga qarab tanlanadi. SHu
bilan birga o’simlikning nafaqat tozalik darajasi ta‘minlanishi, balki uning hayotchanligi ham
saqlanib qolishi kerak. Eng effektiv va bezarar agentlardan biri bu kaltsiy yoki natriy gipoxlorid
(odatda faol xlor kontsentratsiyasi 0,5-1% ni tashkil qiluvchi eritmalari ishlatilinadi). SHuningdek,
ular bilan bir qatorda 2-10%li xloramin eritmasi, 0,11 % li sulema eritmasi, 5% li formalin
eritmasi, 10% li CuSO4 eritmasi, 5% li fenol eritmasi, 13-18% li vodorod peroksidi eritmasi, 70%
li etanol eritmasi va shu kabilardan foydalaniladi. Sterilizatsiya uchun xlortutuvchi oqartiruvchi
eritmalardan, masalan, ―Belizna‖ yoki dezinfektsiyalovchi vosita «Domestos»dan foydalanish
mumkin (1:2, 1:3 nisbatda aralashtirgan holda). Antibiotiklar bakteriyalar bilan zararlangan
o‗simlik materiallari uchun qo‗llaniladi (masalan, koronchatogallovыx o‗sma to‗qimalari).
Ko‗proq 10-80 mg/l kontsentratsiyada streptomitsin va tetramitsin, 200-400 mg/l – ampitsillin,
levomitsitin, kanomitsin va boshqalardan foydalaniladi.
Uchinchi bosqich – sterilizatsiyalovchi eritmadan ob‘ektni tozalab olish (poststerilizatsiya).
Bunda o’simlik materialini 3-4 qismga bo’lib steril distillirlangan suvda yuviladi va xar bir qismi
10-15 daqiqa ichida suvda turishi kerak.
To’qimalar kulturasida oziqa muhitini tanlash yoki rivojlantirish muvaffaqiyatga erishish
uchun muhimdir. Bitta oziqa muhiti barcha hujayralarning o’sishiga yordam bermaydi va bir
eksplantni har xil o’sish jarayonlarida ozuqani tez-tez almashtirish kerak bo’ladi. Bir manba
qidiruvi tegishli ozuqa muhitni tanlash uchun foydalidir. Ajratib olingan hujayra va to’qimalarni
sun‘iy oziqa muhitida, steril sharoitda (in vitro) o’stirish usuli ajratilgan to’qimalar kulturasi deb
nom oldi va ularni biotexnologiyada ishlatish mumkinligi sababli katta ahamiyat kasb
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
110
etdi.Biotexnologiya uzoq - uzoqlardan ma‘lum bo’lsada, alohida amaliy fan sifatida o’tgan asrni
ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat eng avvalo o’zi uchun o’ta zarur bo’lgan ya‘ni oziq-ovqat,
energetika, zahira (resurs), atrof –muhit muhofazasi va h.k. muammolarni tubdan yangi asosda
yechishi zarurligini sezganidan keyin mujassamlana boshlandi.
REFERENCES
.
1.
O‘.AHMEDOV .ERGASHEV, A.ABZAI.OV. M.YULCHIYEVA D:MUSTAFAKUL0V
Dorivor o’simliklar biotexnologiyasi Toshkent-2018
2.
Artiqova, Murodova Qishloq xo’jalik biotexnologiyasi Toshkent-2010
3.
Qishloq xo’jalik vazirligi tomonidan ДОРИВОР ВА ЗИРАВОР ЎСИМЛИКЛАРНИ
ЕТИШТИРУВЧИ ВА ТАЙЁРЛОВЧИ МУТАХАССИСЛАР УЧУН ҚЎЛЛАНМА
Toshkent – 2020
4.
R.B. Norboboyeva, D.Q.Nurmuxammedova, A.A Maxmudov O’simlik hujayra va
to’qimalar biotexnologiyasi. Toshkent-2019
5.
5.Ibrahim, A. S., El-Shihy, O. M., & Fahmy, A. H. (2010). Highly efficient Agrobacterium
tumefaciens-mediated transformation of elite Egyptian barley cultivars. American–
Eurasian Journal of Sustainable Agriculture, 4, 403–413.
6.
3.Li, J. F., Park, E., Arnim, A. G., & Nebenfuhu, A. (2009). The FAST technique: A
simplified Agrobacterium-based transformation method for transient gene expression
analysis in seedlings of Arabidopsis and other plant species. Plant Methods, 5, 6–21.
7.
4.Liu, G., & Godwin, I. (2012). Highly efficient sorghum transformation. Plant Cell
Reports, 31, 1–9.
8.
5.Lowe, B. A., Prakash, N. S., Way, M., Mann, M. T., Spencer, T. M., & Boddupalli, R.
S. (2009). Enhanced single copy integration events in corn via particle bombardment using
low quantities of DNA. Transgenic Research, 18, 831– 840.
9.
6.Ozawa, K. (2009). Establishment of a high efficiency Agrobacterium-mediated
transformation system of rice (Oryza sativa L.). Plant Science, 176, 522–527.
10.
C. Neal Stewart, Jr. Plant biotechnology and genetics:principles, techniques, and
applications John Wiley & Sons, Inc. 2008.—416 p.
11.
Nigel G. Halford. Plant Biotechnology Current and Future Applications of Genetically
Modified Crops, John Wiley & Sons Ltd, 2006.—317 p.
12.
http://www.jcbi.ru/
– Объединенный Центр вычислительной биологии и
биоинформатики, русскоязычный информационный сайт с вэб-адресами и краткой
характеристикой молекулярно-биологических баз данных
13.
http://beta.uniprot.org/ – SWISS-PROT|UniProt the protein sequence data bank, база
данных UniProt
14.
http://www.ebi.ac.uk/uniprot/ – база данных UniProt на сервере Европейского
института биоинформатики (European Bioinformatics Institute,EBI)
15.
http://www.expasy.org/sprot/ – базы данных Swiss-Prot, TrEmbl, UniProt на сервере
ExPASy (Expert Protein Analysis System) Швейцарского Института Биоинформатики
SIB
16.
http://www.rcsb.org/ – Protein Data Bank, база данных PDB.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
111
17.
http://www.ncbi.nlm.nih.gov/ (http://www.pubmed.com/) – сервер Национального
центра биотехнологической информации США (NCBI): базы данных GenBank, NCBI
Protein Database, UniGene, HomoloGene и др.
18.
http://cmm.info.nih.gov/modeling/ – сервер Центра моделирования
19.
молекул Национального Института Здоровья NIH, США
