SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARINING MAKTABGACHA PEDAGOGIKAGA QO‘SHGAN HISSALARI

Annotasiya

Ushbu maqolada Sharq va G‘arb mutafakkirlarining maktabgacha pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Kaykovus kabi Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi g‘oyalari hamda Komenskiy, Russo, Frebel, Montessori, Piaje kabi G‘arb pedagoglarining nazariyalari qiyosiy o‘rganilgan. Maqolada ikki yo‘nalishning umumiy va farqli jihatlari, ularning zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimidagi ahamiyati, integratsion yondashuvning samaradorligi yoritilgan. Natijada maktabgacha ta’lim konsepsiyasini takomillashtirishda Sharqning ma’naviy merosi va G‘arbning ilmiy-metodik yondashuvlari uyg‘unligining dolzarbligi asoslab berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
612-615
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Axrorova, D. (2025). SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARINING MAKTABGACHA PEDAGOGIKAGA QO‘SHGAN HISSALARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 612–615. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139640
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Sharq va G‘arb mutafakkirlarining maktabgacha pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Kaykovus kabi Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi g‘oyalari hamda Komenskiy, Russo, Frebel, Montessori, Piaje kabi G‘arb pedagoglarining nazariyalari qiyosiy o‘rganilgan. Maqolada ikki yo‘nalishning umumiy va farqli jihatlari, ularning zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimidagi ahamiyati, integratsion yondashuvning samaradorligi yoritilgan. Natijada maktabgacha ta’lim konsepsiyasini takomillashtirishda Sharqning ma’naviy merosi va G‘arbning ilmiy-metodik yondashuvlari uyg‘unligining dolzarbligi asoslab berilgan.


background image

612

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARINING MAKTABGACHA PEDAGOGIKAGA

QO‘SHGAN HISSALARI

Axrorova Dilbar

Qorako'l pedagogika texnikumi

Maxsus fan o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17664919

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Sharq va G‘arb mutafakkirlarining maktabgacha

pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Abu Nasr Forobiy,
Ibn Sino, Alisher Navoiy, Kaykovus kabi Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi g‘oyalari
hamda Komenskiy, Russo, Frebel, Montessori, Piaje kabi G‘arb pedagoglarining nazariyalari
qiyosiy o‘rganilgan. Maqolada ikki yo‘nalishning umumiy va farqli jihatlari, ularning
zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimidagi ahamiyati, integratsion yondashuvning samaradorligi
yoritilgan. Natijada maktabgacha ta’lim konsepsiyasini takomillashtirishda Sharqning ma’naviy
merosi va G‘arbning ilmiy-metodik yondashuvlari uyg‘unligining dolzarbligi asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

Sharq pedagogikasi, G‘arb pedagogikasi, maktabgacha ta’lim, Forobiy,

Ibn Sino, Komenskiy, Montessori metodikasi, o‘yin texnologiyalari, kognitiv rivojlanish, tarbiya,
pedagogik meros, bola psixologiyasi.

Maktabgacha ta’lim inson kamolotining eng nozik va mas’uliyatli bosqichi bo‘lib, bu

davrda bolaning shaxs sifatida shakllanishi, aqliy va ma’naviy rivojlanishi uchun mustahkam
poydevor yaratiladi. Sharq va G‘arb uyg‘onish davri mutafakkirlari asrlar davomida bolalar
tarbiyasiga oid qimmatli g‘oyalarni ilgari surib, bugungi zamonaviy maktabgacha
pedagogikaning nazariy asoslarini shakllantirganlar. Ularning pedagogik qarashlari bolaga
muhabbat, shaxsga hurmat, rivojlanish bosqichlarini inobatga olish, tarbiyaning uzluksiz va
kompleks bo‘lishi kabi tamoyillarga asoslangan holda takomillashib bormoqda.

Sharq mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Bahouddin

Naqshband, Ahmad Yassaviy, Kaykovus, Sa’diy Sherozi va boshqalar – o‘z asarlarida tarbiya
jarayonini insonparvarlik tamoyillariga asoslaganlar. Ayniqsa, Forobiyning “Fozil odamlar
shahri” asarida bola tarbiyasini jamiyat taraqqiyotining bosh omili sifatida talqin qilinadi. U yosh
avlodni aqliy, axloqiy va jismoniy rivojlantirish bir butun jarayon ekanini ta’kidlab, tarbiyaning
ilk bosqichdan boshlab izchil olib borilishi lozimligini qayd etadi. Ibn Sino esa “Tib qonunlari”
va “Donishnoma” asarlarida bolalarning jismoniy sog‘lig‘i, psixik rivoji, gigiyena
ko‘nikmalarini shakllantirishga oid fikrlar bildirib, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun
muhitning tozaligi, o‘yin orqali ta’lim berishning samaradorligini ko‘rsatib o‘tadi. Sharq
pedagogikasida, xususan, Kaykovusning “Qobusnoma” asarida esa bola tarbiyasida yumshoqlik,
izchillik, mehr-muhabbat va odob-axloq me’yorlariga amal qilish muhimligi uqtiriladi.

G‘arb mutafakkirlari — Y.A. Komenskiy, Jan-Jak Russo, Iogann Gert, Fridrix Frebel,

Mariya Montessori, Jan Piaje kabi pedagog va psixologlar maktabgacha ta’limning mustaqil
ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Komenskiyning “Buyuk
didaktika” asarida bola faoliyatida tabiatga moslik, o‘yin orqali o‘qitish, ko‘rgazmalilik
tamoyillari asoslangan bo‘lib, bugungi zamonaviy maktabgacha ta’lim standartlarining negizini
tashkil etadi. Russo esa “Emil yoki tarbiya haqida” asarida bolani erkin, mustaqil fikrlovchi
shaxs sifatida ko‘rish, uni tabiat bilan uyg‘un holda tarbiyalash, ortiqcha zo‘ravonlik va tazyiqni
rad etish g‘oyalarini ilgari surgan. Montessori tizimi maktabgacha ta’lim sohasida butunlay
yangi bosqichni boshlab berdi.


background image

613

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Uning “Montessori muhiti”, “o‘z-o‘zini boshqarish”, “kuzatish va mustaqillik”

tamoyillari bugungi kundagi ko‘plab davlatlarda maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy
pedagogik modeli sifatida qo‘llanilmoqda. Piajening kognitiv rivojlanish nazariyasi esa
maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkur bosqichma-bosqich rivojlanishini ilmiy asoslab,
o‘qituvchi va tarbiyachilarga har bir yosh davri uchun mos metodlarni tanlashga imkon yaratdi.

Sharq va G‘arb pedagogik qarashlarini umumiy jihatlari shundan iboratki, ular bolani

alohida shaxs sifatida ko‘rish, tarbiyada mehr-muhabbat, adolat, insonparvarlik, ijodkorlikni
rag‘batlantirish, o‘yin faoliyatini ta’limning asosiy shakli sifatida e’tirof etish, ta’lim-tarbiya
jarayonini bola rivojlanishiga moslashtirish g‘oyalarida mushtarakdir. Xususan, Frebelning
“bolalar bog‘chasi” konsepsiyasi bilan Sharq mutafakkirlarining “ilmning boshlanishi
bolalikdan” degan fikrlari bir-birini to‘ldiradi. Montessori tizimidagi mustaqillik g‘oyasi bilan
Navoiy ta’limni “botiniy uyg‘onish” jarayoni sifatida talqin qilishi o‘rtasida ham ma’naviy
yaqinlik mavjud. Piaje nazariyasidagi yosh davrlar bo‘yicha bosqichli rivojlanish tamoyillari Ibn
Sinoning bolaning psixofiziologik xususiyatlari haqidagi qarashlari bilan uyg‘unlashadi.

Demak, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining qarashlari bir-birini inkor etmay, balki

umumiy maqsad – barkamol insonni shakllantirish g‘oyasi atrofida birlashadi.

Zamonaviy maktabgacha ta’limda ana shu tarixiy tajribalar uyg‘unlashib, yangi

pedagogik yondashuvlar shakllanmoqda. Bugungi O‘zbekiston maktabgacha ta’lim
konsepsiyasida ham Sharqning ma’naviy-ma’rifiy merosi va G‘arbning ilmiy-pedagogik
yondashuvlari integratsiyasi asosida qo‘shma model yaratilmoqda. Jumladan, davlat o‘quv
dasturlarida Montessori elementlari, o‘yin texnologiyalari, rivojlanish psixologiyasi, shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim, axloqiy qadriyatlarni singdirish, milliy-ma’naviy merosni o‘rgatish kabi
yo‘nalishlar uyg‘unlashgan holatda qo‘llanilmoqda. Bu esa Sharq donishmandligi va G‘arb
innovatsion pedagogikasining samarali sintenzi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha pedagogikaning shakllanishi ming yillik tajribalar,

fanning turli bosqichlari va mutafakkirlarning ilmiy merosiga tayanadi. Sharq va G‘arb
olimlarining bola tarbiyasi haqidagi qarashlari nihoyatda boy, rang-barang va chuqur ma’naviy-
psixologik mohiyatga ega bo‘lib, bugungi zamonaviy ta’lim tizimi uchun ham beqiyos ahamiyat
kasb etadi. Bu g‘oyalar o‘z navbatida har bir tarbiyachi-pedagogning amaliy faoliyatida bolaga
mehr, shaxsga hurmat, mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash, rivojlanish qonuniyatlariga tayanish
kabi tamoyillarni kuchaytiradi. Shu bois Sharqning ma’naviy merosi va G‘arbning ilmiy-
pedagogik tajribasi uyg‘unligida qurilgan maktabgacha ta’lim nazariyasi hozirgi kunda barkamol
avlodni tarbiyalashning eng samarali yo‘lidir.

Maktabgacha ta’limga oid Sharq va G‘arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlari

ko‘plab ilmiy manbalarda keng yoritilgan. Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari
(Forobiy, 1993) bolani barkamol inson sifatida tarbiyalash, jamiyat taraqqiyotini yosh avlod
ma’naviyatiga bog‘lash g‘oyalarini ilgari suradi. Ibn Sinoning “Donishnoma” va “Tib qonunlari”
asarlari (Ibn Sino, 2000) esa bolalarning psixologik rivojlanishi, jismoniy sog‘lomlashtirish,
gigiyenik tarbiya va o‘yin faoliyatining ahamiyatini ilmiy asoslab bergan. Alisher Navoiyning
“Mahbub ul-qulub” hamda “Xamsa” asarlarida (Navoiy, 1999) insonparvar tarbiya, odob-axloq,
mehr-muruvvat, o‘zini anglash va shaxsiy komillik konsepsiyasi ustuvor o‘rin egallaydi.
Kaykovusning “Qobusnoma”si (Kaykovus, 1985) bolani yumshoqlik, sabr va izchillik bilan
tarbiyalash zarurligini uqtiradi. G‘arb pedagogikasida Y.A. Komenskiyning “Didactica Magna”
(Komenskiy, 1657) asari maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda ko‘rgazmalilik,
tabiatga moslik va izchillik tamoyillarining nazariy asosini yaratgan.


background image

614

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Jan-Jak Russоning “Émile ou de l’éducation” asari (Rousseau, 1762) bola erkinligi, tabiiy

rivojlanish, majburlashga qarshi bo‘lish kabi ilg‘or g‘oyalarni ilgari suradi. Fridrix Frebelning
“Kindergarten” tamoyili (Froebel, 1840) o‘yin faoliyatini ta’limning asosiy vositasi sifatida
e’tirof etib, maktabgacha ta’limning institut sifatida shakllanishiga sabab bo‘lgan. Mariya
Montessorining “Il Metodo Montessori” (Montessori, 1912) asari esa mustaqil faoliyat, muhit
orqali ta’lim, sezgi rivoji, shaxsning tabiiy imkoniyatlarini ochish g‘oyalarini ilgari surgan. Jan
Piaje (Piaget, 1952) va Lev Vygotskiy (Vygotsky, 1978)ning kognitiv va sosiokultural
rivojlanish nazariyalari esa bolalarning yosh davrlari psixologiyasi va ta’lim jarayoniga bo‘lgan
ta’sir mexanizmlarini chuqur ilmiy asoslab berdi.

Mahalliy olimlar — Q. To‘xliyev, N. Sayfullayeva, M. Usmonova, Z. Nishonova, S.

Rajabovlar maktabgacha ta’lim bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida Sharq pedagogik merosi
bilan G‘arb metodik ishlanmalarining integratsiyasi O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun muhim omil
ekanini ta’kidlashgan.

Sharq mutafakkirlari maktabgacha ta’limning ma’naviy-axloqiy asoslarini yaratgan

bo‘lsa, G‘arb olimlari ilmiy-nazariy va metodik asoslarini shakllantirgan. Har ikki yo‘nalishning
mushtarak jihatlari zamonaviy pedagogika taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim hisoblanadi.

Sharq pedagogik tafakkurida bola shaxsining eng muhim fazilati — uning ma’naviy

pokligi, axloqiy kamoloti va insoniy fazilatlaridir. Abu Nasr Forobiy bolani ilmga
rag‘batlantirish, unga dunyoqarashning to‘g‘ri shakllanishi uchun qulay muhit yaratish tarbiya
jarayonining bosh sharti ekanini ta’kidlaydi. Ibn Sino bolalar gigiyenasi, jismoniy harakatlar,
o‘yin faoliyati va psixofiziologik holatning rivojlanishdagi ahamiyatini yoritadi. Kaykovus va
Sa’diy bolani muloyimlik bilan tarbiyalash, unga kattalarning shaxsiy namunasi orqali ta’sir
etish, halollik, odob, hurmat kabi fazilatlarni singdirishning ustuvorligini e’tirof etadi. Sharq
mutafakkirlari boladagi tabiiy qobiliyatlar tug‘ma bo‘lsa-da, ularni rivojlantirish tarbiya orqali
amalga oshishini ta’kidlab, tarbiyachi shaxsning o‘rnini birinchi darajaga qo‘yadi.

G‘arb mutafakkirlari esa maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishini ilmiy asosda

o‘rganib, ta’limning metodik asoslarini yaratdi. Komenskiy o‘yin, ko‘rgazmalilik, ketma-ketlik
tamoyillariga tayanib, bolalar uchun maxsus metodik qo‘llanmalar ishlab chiqqan. Russo bola
tabiatiga mos pedagogik yondashuvni ishlab chiqib, majburlashni rad etgan. Frebel esa birinchi
bo‘lib “bolalar bog‘chasi”ni pedagogik muassasa sifatida tashkil etib, o‘yinchoqlarni tarbiyaviy
vosita sifatida ishlab chiqqan. Montessori bolaga erkin tanlash, mustaqillik, o‘z-o‘zini
boshqarish, muhit bilan o‘zaro ta’sir orqali o‘rganish imkoniyatini berib, zamonaviy
maktabgacha ta’limda inqilob yasadi. Piaje bolalarning bilish faoliyatini bosqichlar asosida
o‘rgangan bo‘lsa, Vygotskiy ijtimoiy muhit ta’limning asosiy omili ekanini isbotlagan.

Sharq va G‘arb qarashlarining umumiy jihatlari shundan iboratki, ular bolani shaxs

sifatida tan oladi, tarbiyada mehr-muhabbat va shaxsga e’tibor ustuvor hisoblanadi. Bola
rivojlanishining izchilligi, bosqichma-bosqichligi, o‘yin faoliyatining ahamiyati, tarbiyachi
shaxsining o‘rni barcha mutafakkirlar tomonidan tasdiqlangan. Farqi shundaki, Sharq
mutafakkirlari ko‘proq ma’naviy-axloqiy yondashuvni ilgari surgan bo‘lsa, G‘arb olimlari ilmiy-
nazariy asoslar yaratib, metodik vositalarni ishlab chiqqan.

Zamonaviy O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimi aynan mana shu ikki yo‘nalishning

uyg‘unlashuvi natijasida takomillashmoqda. Davlat o‘quv dasturlarida Montessori elementlari,
o‘yin texnologiyalari, rivojlanish psixologiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim kabi g‘arb
metodikalaridan foydalanilmoqda.


background image

615

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Shu bilan birga, Alisher Navoiy, Forobiy va Ibn Sino merosidagi odob-axloq, ma’naviyat,

sharqona qadriyatlar maktabgacha ta’limning mazmunini boyitmoqda. Bu integrativ yondashuv
bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashning eng samarali yo‘li sifatida e’tirof etilmoqda.

XULOSA

Sharq va G‘arb mutafakkirlarining maktabgacha pedagogikaga qo‘shgan hissasi inson

tarbiyasi, bola rivoji va ta’lim jarayoniga oid bebaho g‘oyalar majmuidan iboratdir. Sharq
donishmandlari ma’naviy poklik, odob-axloq, shaxs tarbiyasining ruhiyat bilan uyg‘unligini
asoslab bergan bo‘lsa, G‘arb olimlari maktabgacha yoshdagi bolalarning fiziologik va psixologik
rivojlanishini ilmiy asosda o‘rgangan, o‘yin, mustaqillik, rivojlanishga yo‘naltirilgan ta’limning
metodik asoslarini yaratgan. Bugungi maktabgacha ta’lim tizimi aynan shu ikki pedagogik
maktabning integratsiyasiga tayanib, yangi ta’lim modelini shakllantirmoqda. Bu esa yosh
avlodni har tomonlama yetuk, mustaqil fikrlovchi, ma’naviy barkamol shaxs sifatida
tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Abu Nasr Forobiy.

Fozil odamlar shahri

. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 1993. — 256 b.

2.

Ibn Sino.

Donishnoma

. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000. — 312 b.

3.

Ibn Sino.

Tib qonunlari

. — Toshkent: Adolat, 1998. — 458 b.

4.

Kaykovus.

Qobusnoma

. — Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,

1985. — 304 b.

5.

Alisher Navoiy.

Mahbub ul-qulub

. — Toshkent: Fan, 1999. — 198 b.

6.

Sa’diy Sheroziy.

Guliston

. — Toshkent: Yozuvchi, 1982. — 192 b.

7.

Komenskiy, Y.A.

Buyuk didaktika

(Didactica Magna). — Moskva: Pedagogika, 1982. —

384 s.

8.

Russo, J.-J.

Emil yoki tarbiya haqida

(Émile ou de l’éducation). — Moskva: Pedagogika,

1981. — 456 s.

9.

Frebel, F.

Inson tarbiyasi

(Erziehung des Menschen). — Moskva: Uchpedgiz, 1956. —

280 s.

10.

Montessori, M.

Montessori metodi

(Il Metodo Montessori). — Toshkent: O‘qituvchi,

2017. — 224 b.

11.

Piaget, J.

Bolalar tafakkurining rivojlanishi

(The Origins of Intelligence in Children). —

Nyu-York: International University Press, 1952. — 430 p.

Bibliografik manbalar

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 1993. — 256 b.

Ibn Sino. Donishnoma. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000. — 312 b.

Ibn Sino. Tib qonunlari. — Toshkent: Adolat, 1998. — 458 b.

Kaykovus. Qobusnoma. — Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1985. — 304 b.

Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. — Toshkent: Fan, 1999. — 198 b.

Sa’diy Sheroziy. Guliston. — Toshkent: Yozuvchi, 1982. — 192 b.

Komenskiy, Y.A. Buyuk didaktika (Didactica Magna). — Moskva: Pedagogika, 1982. — 384 s.

Russo, J.-J. Emil yoki tarbiya haqida (Émile ou de l’éducation). — Moskva: Pedagogika, 1981. — 456 s.

Frebel, F. Inson tarbiyasi (Erziehung des Menschen). — Moskva: Uchpedgiz, 1956. — 280 s.

Montessori, M. Montessori metodi (Il Metodo Montessori). — Toshkent: O‘qituvchi, 2017. — 224 b.

Piaget, J. Bolalar tafakkurining rivojlanishi (The Origins of Intelligence in Children). — Nyu-York: International University Press, 1952. — 430 p.