KASBIY TAʼLIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Abstract

In this article, the author expresses his thoughts on the reforms being implemented in our country to improve the system of training mid-level professional personnel, the training of qualified specialists who meet the needs of the labor market, and the implementation of international educational programs.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdunazarova, X. . (2025). KASBIY TAʼLIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Modern Science and Research, 4(11), 135–137. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139464
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the author expresses his thoughts on the reforms being implemented in our country to improve the system of training mid-level professional personnel, the training of qualified specialists who meet the needs of the labor market, and the implementation of international educational programs.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

135

KASBIY TAʼLIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Abdunazarova Xamidaxon Nosirjonovna

Fargʻona yuridik texnikumi

“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi oʻqituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17592341

Annotatsiya.

Ushbu maqolada muallif tomonidan mamlakatimizda oʻrta boʻgʻin

professional kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar, mehnat bozori
ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy
qilish borasida amalga oshirlayotgan islohotlar xususida fikrlar yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

kasbiy taʼlim, oʻrta boʻgʻin, agentlik, malakali kadrlar, mehnat bozori,

xorijiy dastur, akademik mustaqillik.

Аннотация.

В данной статье автор излагает свои мысли о реформах,

осуществляемых в нашей стране по совершенствованию системы подготовки
профессиональных кадров среднего звена, подготовке квалифицированных специалистов,
отвечающих потребностям рынка труда, а также внедрению международных
образовательных программ.

Ключевые слова:

профессиональное образование, среднее звено, агентство,

квалифицированные кадры, рынок труда, зарубежная программа, академическая
независимость.

Abstract.

In this article, the author expresses his thoughts on the reforms being

implemented in our country to improve the system of training mid-level professional personnel,
the training of qualified specialists who meet the needs of the labor market, and the
implementation of international educational programs.

Key concepts:

vocational education, middle level, agency, qualified personnel, labor

market, foreign program, academic independence.

Maʼlumki, yurtimizda olib borilayotgan tizimli islohotlarning maqsadi va

harakatlantiruvchi kuchi inson, uning barkamol rivojlanishi va farovonligini taʼminlash, shaxs
manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar hamda samarali mexanizmlarni
yaratishga qaratilgandir.

Ushbu oldimizga qoʻyilgan yuksak maqsadlarga erishish, jamiyatni rivojlantirish,

taraqqiyot va kelajak yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasi – bir soʻz bilan
aytganda, bularning barchasi, bugungi kunda eng dolzarb boʻlgan masala, yuqori malakali kadrlar,
yetuk mutaxassislar tayyorlash muammosi bilan uzviy bogʻliq ekanligi tabiiy.

Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-son

“Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim
dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni mamlakatimizda oʻrta boʻgʻin
professional kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlashni yaxshilash va
mehnat bozori ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassislarni yetishtirish borasida muhim qadam
boʻlganligini eʼtirof etish lozim.

Hujjatda kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari sifatida kasbiy

taʼlim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish va uning barcha darajalari boʻyicha kadrlar


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

136

tayyorlaydigan koʻp tarmoqli oʻquv muassasalari tizimini joriy etish, kasbiy taʼlim
tashkilotlarining akademik mustaqilligini taʼminlash, oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlarini
joriy etish, oʻquv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, kasbiy taʼlim sifati va
samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus elektron platforma ishlab chiqish kabilar
koʻrsatilgan. Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, kasbiy taʼlim tizimida amaliyotning
samaradorligini oshirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash orqali oʻquv dasturlari
ishlab chiqish, texnologiyalarni qoʻllash jadallashtiriladi.

1

Farmonda taʼlim muassasalari hamda xususiy sektor oʻrtasida samarali, tizimli hamkorlikni

rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bu esa oʻz navbatida, xususiy sektorning taʼlim
jarayonidagi ishtirokida, yaʼni kadrlar tayyorlash masalasida, innovatsion yondashuvlar va
texnologiyalarni tadbiq qilishda oʻziga xos ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish maqsadida moliyaviy resurslar

ajratilishi, infratuzilma hamda shart-sharoitlarning yaratilishi, oʻquv dasturlarini modernizatsiya
qilish va oʻquvchilarni zamonaviy talablar asosida tayyorlashning qoʻllab-quvvatlanishi ijobiy
samara berayotganligini yoshlarimizning mahalliy hamda xalqaro miqyosda eirishayotgan
yutuqlaridan ham ham koʻrib turibmiz. Zero, xalqaro tajribada mavjud samarali yondashuvlarni
milliy taʼlim tizimga tezroq moslashtirishda muhim asos boʻlib xizmat qiladi. Kasbiy taʼlim
faqatgina malakali ishchilar tayyorlashga qaratilgan boʻlib qolmay, balki milliy iqtisodiyotning
oʻsishi, innovatsion rivojlanish va mehnat bozorida barqarorlikni taʼminlashda ham yetakchi
omillardan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 8-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident rahbarligida oʻtkazilgan

yigʻilishda berilgan topshiriqlarga muvofiq kasbiy taʼlim sohasida institutsional yaxlitlikni
taʼminlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish
hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlari
tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida
kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul
boʻlgan Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etildi.

Kasbiy taʼlim agentligining vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berildi

2

:

-

texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy taʼlim sohasini boshqarishga masʼul

boʻladi;

-

kasbiy taʼlim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, oʻqitishning minimal muddatlari,

bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda oʻquv-metodik taʼminotga talablarni belgilaydi.

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab

olinmagan shaxslarni kasbga oʻqitadi.

-

Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan

buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga oʻqitadi.

Kasbiy taʼlim faoliyatini davlat taʼlim standartlari asosida tashkil qilgan texnikumlar va

oʻquv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) Agentlik tomonidan
beriladi.

1

L.Bozorov. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish — taraqqiyotning oʻziga xos tayanchi.

https://yuz.uz/news/kasbiy-talimni-

rivojlantirish--taraqqiyotning-oziga-xos-tayanchi

.

2

https://sputniknews.uz/20251025/kasbiy-talim-agentligi-tashkil-etildi-52971019.html


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

137

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar

hokimlari raisligida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi.

Kengash tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va

Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi hamda uning tarkibiga hududdagi yirik
tadbirkorlik subyektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar, vazirlik va idoralarning hududiy
boʻlinmalari rahbarlari kiritiladi.

Ular biznes, davlat va taʼlim sohalarioʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi, mahalliy

ehtiyojga mos kasbiy dasturlari ishlab chiqishga koʻmaklashadi. Ushbu islohotlar natijasida kasbiy
taʼlim tizimida barqaror boshqaruv, yagona standartlar hamda mehnat bozori ehtiyojlariga mos
kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa aholi bandligini oshirish va mamlakat
iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.

2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish oʻrinlariga bosqichma-bosqich Milliy

malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga
qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Soʻzimiz yakunida aytish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-

oktyabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada
takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
farmonida belgilangan maqsad va yoʻnalishlar xalqaro tajribalar bilan uygʻunlashgan holda
mamlakatimizda kasbiy taʼlimni rivojlantirish va mehnat bozorining ehtiyojlariga mos keladigan
kadrlar tayyorlashda muhim qadamlar qoʻyilishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-sentyabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni.

https://lex.uz/docs/5013007

.

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni.https://lex.uz/docs/7166588.

4.

https://sputniknews.uz/20251025/kasbiy-talim-agentligi-tashkil-etildi-52971019.html

5.

Oʻzbekistonda

Kasbiy

taʼlim

agentligi

tashkil

etiladi.

https://www.gazeta.uz/uz/2025/09/09/agentlik/

.

6.

L.Bozorov. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish — taraqqiyotning oʻziga xos tayanchi.

https://yuz.uz/news/kasbiy-talimni-rivojlantirish--taraqqiyotning-oziga-xos-tayanchi

.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-sentyabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/5013007.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni.https://lex.uz/docs/7166588.

https://sputniknews.uz/20251025/kasbiy-talim-agentligi-tashkil-etildi-52971019.html

Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi. https://www.gazeta.uz/uz/2025/09/09/agentlik/.

L.Bozorov. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish — taraqqiyotning oʻziga xos tayanchi. https://yuz.uz/news/kasbiy-talimni-rivojlantirish--taraqqiyotning-oziga-xos-tayanchi.