ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
351
MUSTAQIL O’ZBEKISTONNING XALQARO GUMANITAR FAOLIYATI TARIXI
L.S.Zuxriddinova
Millat umidi universtiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17574910
Annotatsiya.
Mazkur
maqolada mustaqillikdan so’ng O’zbekistonning xalqaro
maydondagi gumanitar faoliyati keng yoritiladi. Unda mamlakatning insonparvarlik siyosati
xalqaro tashkilotlar xususan BMT, YUNESKO va YUNISEF bilan olib borayotgan hamkorligi
hamda gumanitar faoliyati tahlil qilinadi. Shuningdek, O’zbekistonning mintaqaviy tinchlik va
barqarorlikni ta’minlashidagi o’rni hamda xalqaro nufuzining mustahkamlanishiga xizmat
qilgan tashabbuslar haqida so’z yurutiladi.
Kalit so’zlar:
Gumanitar faoliyat, Xalqaro tashkilotlar, BMT, YUNESKO, YUNISEF,
Mintaqaviy tinchlik va barqarorlik.
Аннотация.
В статье рассматривается развитие международной гуманитарной
деятельности Узбекистана в годы независимости. Особое внимание уделяется
сотрудничеству страны с международными организациями, включая ООН, ЮНЕСКО и
ЮНИСЕФ, а также гуманитарным инициативам, направленным на укрепление мира и
стабильности в регионе. Показано, что гуманитарная дипломатия Узбекистана стала
неотъемлемой частью его внешней политики, основанной на уважении человеческих
ценностей, взаимопомощи и гармонии с национальными интересами государства.
Ключевые слова:
Международный организации, ООН, ЮНЕСКО и ЮНИСЕФ,
гуманитарная дипломатия.
Abstract.
This article explores the evolution of Uzbekistan’s international humanitarian
activities since gaining independence. It focuses on the country’s cooperation with global
organizations such as the United Nations, UNESCO, and UNICEF, as well as its humanitarian
initiatives that contribute to regional peace and stability. The findings reveal that Uzbekistan’s
humanitarian diplomacy has become an essential component of its foreign policy, built upon the
principles of human dignity, solidarity, and alignment with national interests.
Key words:
global organizations, United Nations, UNESCO, and UNICEF, humanitarian
diplomacy, foreign policy.
XX asrning oxirida O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, yangi davr – milliy
taraqqiyot va xalqaro hamkorlikning zamonaviy bosqichi boshlandi. Endi mamlakat nafaqat
siyosiy va iqtisodiy sohalarida, balki insonparvarlik va gumanitar yo’nalishlarda ham o’z o’rniga
ega bo’la boshladi.
Mustaqillik yillarida shakllangan tashqi siyosatning eng muhim jihatlaridan biri – bu
xalqaro gumanitar faoliyat, ya’ni tinchlik, inson qadri, madaniy meros, ta’lim va ijtimoiy
adolatni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar majmuasidir. Bugungi kunda dunyo keskin
o’zgarayotgan sharoitda gumanitar diplomatiya tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Urushlar,
migratsiya, ekologik muammolar, suv va oziq-ovqat xavfsizligi kabi global muammolar
insoniyatni birlashtiruvchi kuch - insonparvarlik g’oyasining qayta qadrlanishiga olib kelmoqda.
O’zbekistonning xalqaro gumanitar siyosati bevosita mamlakat konstitutsiyasida
belgilangan tamoyillarga tayanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
352
Ayniqsa 17-moddada ko’rsatilgandek, O’zbekiston xalqaro munosabatlarning to’la
huquqli ishtirokchisi sifatida suveren tenglik, kuch ishlatmaslik, hududiy yaxlitlikni xurmat
qilish va nizolarni tinch yo’l bilan hal etish kabi prinsiplarga amal qiladi. Aynan mana shu
konsitutsiyaviy tamoyillar O’zbekistonning insonparvar tashqi siyosatining asosi bolib,
mamlakatning tinchlikni saqlash, gumanitar yordam ko’rsatish va xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishdagi yo’nalishlarini belgilab beradi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston xalqaro hamjamiyat bilan faol aloqalar o’rnatib, o’z
nomini jahon maydonida mustahkamlay oldi. Mamlakat BMT, Islom Hamkorlik Tashkiloti,
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti kabi nufuzli
xalqaro tuzilmalarga a’zo bo’ldi. Shu orqali O’zbekiston o’z tashqi siyosatini nafaqat siyosiy
yoki iqtisodiy, balki insonparvarlik yo’nalishlarida ham faol olib bormoqda. O’bekistonning
tashqi siyosati “uyg’unlashuv strategiyasi” g’oyasiga tayanadi – ya’ni u o’z manfaatlarini
mintaqaviy barqarorlik va global tinchlik bilan uyg’unlashtirgan holda rivojlantirishni maqsad
qiladi.
1990-yillarning o’rtalaridan boshlab O’zbekistonning mintaqaviy xavfsizlik masalalariga
alohida e’tibor qaratdi. Ayniqsa, Afg’onistondagi beqarorlik, chegaraviy mojarolar va terrorizm
havfi mamlakat tashqi siyosatining muhim yo’nalishiga aylandi. Shu davrda O’zbekiston
Mazkaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy xavfsizlik tizimini yaratish, narkotrafik va noqonuniy
migratsiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha tashabbuslar ilgari surdi.
2000-yillarga kelib, Afg’onistondagi vaziyat o’zgargach, O’zbekiston xalqaro
hamjamiyat bilan hamkorlikda mintaqada tinchlikni tiklashga qaratilgan siyosat yurita boshladi.
Toshkent Afg’onistonda tinchlikni tiklashga qo’llab-quvvatlash, insonparvarlik
yordamini ko’rsatish, infratuzilmani tiklash va ta’lim loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok
etdi.
O’zbekistonning bu yo’nalishidagi siyosati siyosiy manfaatlaridan ko’ra, mintaqada
barqarorlik, o’zaro ishonch va inson faravonligini ta’minlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Shu orqali mamlakat Afg’oniston muammosini kuch ishlatish emas, balki diplomatik va
gumanitar yo’l bilan hal etish tarafdori ekanini amalda isbotlab kelmoqda.
O’zbekistonning xalqaro gumanitar faoliyatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT),
YUNESKO va YUNISEF kabi xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik alohida o’rin tutadi.
Mamlakat bu tashkilotlar bilan hamkorlik orqali insonparvarlik, madaniyat, ta’lim va
sog’liqni saqlash sohalarida bir qator muhim loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
YUNESKO bilan hamkorlik O’zbekitonning tarixiy merosini asrash va madaniy
diplomatsiyasini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz
kabi shahrlarning YUNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilishi mamlakatning boy
madaniy tarixini dunyo miqyosida tanitishga xizmat qildi.
Shuningdek, “Buyuk Ipak yo’li merosi “ va “Navro’z” kabi xalqaro loyihalar orqali
milliy qadriyatlarimiz jahon miqyosida targ’ib etilmoqda.
YUNESKO tomonidan ilgari surilgan “Madaniy xilma-xillikni asrash” tamoyili
O’zbekistonning xalqaro siyosatida ham o’z ifodasini topgan. Abdug’apporov (2023)
ta’kidlaganidek, “Til millatning umumiy xotirasi, qadriyatlari va an’analarini o’zida saqlovchi
katta kema”, degan g’oya bugungi kunda O’zbekitonning til siyosatida, xalqaro ilmiy
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
353
hamkorlikda va madaniy aloqalarda o’z aksini topmoqda. Shu bois, mamlakat nafaqat tarixiy
merosni asrash, balki milliy madaniyatni global muloqatda faol targ’ib etishga intilmoqda.
YUNISEF bilan hamkorlik esa O’zbekistonning bolalar, yoshlar va ayollar huquqlarini
himoya qilish, ta’lim sifatini hamda ijtimoiy tenglikni ta’minlash borasidagi gumanitar
faoliyatini
mustahkamlab kelmoqda. “Har bir bola maktabda” tashabbusi, onalar salomatligi
dasturlari, bolalar uchun xavfsiz internet loyihalari YUNISEF bilan hamkorlikda amalga
oshirilgan eng samarali dasturlardandir. Bu orqali O’zbekiston o’zining xalqaro obro’sini
insonparvar siyosat yurituvchi davlat sifatida mustahkamlamoqda.
O’zbekiston xalqaro gumanitar siyosatida ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishga
ham katta e’tibor qaratadi. Orol dengizining qurishi nafaqat mintaqaviy, balki global
miqyosidagi ekologik fojia sifatida e’tirof etilgan. Shu sababli O’zbekiston bu masalani butun
insoniyat manfaatlari doirasida ko’rib chiqib, BMT bilan hamkorlikda “Orolboyi mintaqasi –
ekologik innovatsiyalar hududi” rezolyutsiyasini ilgari surdi.
Bu tashabbus doirasida cho’l hududlarini ko’kalamzorlashtirish, suv resurslarini tejovchi
texnologiyalarini joriy etish, ekologik ta’limni rivojlantirish kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Abdug’apporov (2023) qayt etganidek, “gumanitar fanlari ekologiya bilan bog’lash
global muommolarga yaxlit yechim topishga yordam beradi” – bu g’oya O’zbektonning ekologik
siyosatida o’z aksini topgan.
O’zbekiston madaniy diplomatsiyasida sport ham muhim vosita hisoblanadi. Sport
xalqaro birdamlik, tinchlik va tenglikni targ’ib etuvchi kuch sifatida mamlakatning gumanitar
siyosatida o’z o’rniga ega. Arnold va hamkorlar (2023) ta’kidlaganidek, sport xalqlar o’rtasida
muloqot va o’zaro hurmatni rivojlantiruvchi universal til sifatida xizmat qiladi.
O’zbekiston yosh sportchilarining xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlari
mamlakatning ijobiy imijini kuchaytirish bilan birga, xalqaro hamkorlik va do’stlik ruhini
mustahkamlamoqda. Shuningdek, sport orqali yoshlar orasida sog’lom turmush tarzi, intizom va
ijtimoiy birdamlikni rivojlantirish ham mamlakatning gumanitar siyosatining ajralmas qismidir.
O’zbekistonning xalqaro gumanitar faoliyati insonparvarlik, tinchlik, madaniyat va
barqaror taraqqiyot g’oyalariga asoslanadi. Mamlakatning BMT, YUNESKO, YUNISEF bilan
olib borayotgan hamkorligi, Afg’oniston, Orolbo’yi va mintaqaviy xavfsizlik sohalaridagi
tashabbuslari bu siyosatning amaliy ifodasidir. Til, ta’lim, sport, ekologiya va madaniyat
uyg’unlashtirgan yondashuv O’zbekistonni nafaqat mintaqada, balki global miqyosda ham
insonparvarlik va barqaror rivojlanish timsoliga aylantirmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Rashidov A.M. O’zbekistonning xalqaro hamkorligi va gumanitar diplomatiyasi:
zamonaviy. – Xalqaro munosabatlar jurnali, 2022, №4(2), 416-432
2.
O’zbekistonning Respublikasi Konstitutsiyasi
3.
Abdug’apporov S. Gumanitar fanlar orqali barqaror taraqqiyot: til va sportning ijtimoiy
roli, - O’zbekiston Milliy universiteti ilmiy jurnali, 2023, №3(1), 1642-1653.
4.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. O’zbekistonning xalqaro gumanitar
tashabbuslari haqida hisobot. – Toshkent, 2023.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
354
5.
YUNESKO O’zbekiston vakolatxonasi. O’zbekiston va YUNESKO hamkorligi
to’g’risida hisobot. - Toshkent, 2022.
6.
YUNISEF O’zbekiston. Bolalar huquqlarini himoya qilish bo’yicha yillik hisobot. –
Toshkent, 2023.
