“THE IMPORTANCE OF THE PRESUMPTION OF INNOCENCE IN CRIMINAL JUSTICE”

Abstract

This article briefly explains what the presumption of innocence is, where it first originated, and why the presumption of innocence is necessary.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xamdamov, T. (2025). “THE IMPORTANCE OF THE PRESUMPTION OF INNOCENCE IN CRIMINAL JUSTICE”. Modern Science and Research, 4(11), 225–227. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139125
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article briefly explains what the presumption of innocence is, where it first originated, and why the presumption of innocence is necessary.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

225

“JINOYAT SUDIDA AYBSIZLIK PREZUMPSIYASINING AHAMIYATI”

Xamdamov Temurmalik Azizbek o’g’li

Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17554631

Annotatsiya.

Ushbu maqola orqali aybsizlik prezumpsiya nima ekanligini va aybsizlik

prezumpsiya ilk bor qayerda paydo bo’lganligini, aybsizlik prezumpsiya nega kerak ekanligini
qisqacha yoritib berilgan

Kalit so’zlar:

Ayibsizlik prezumbsiyasi, “samоsud”, Konsitutsiya, Oliy sud, Yevropa

konvensiyasi.

«ЗНАЧЕНИЕ ПРЕЗУМПЦИИ НЕВИНОВНОСТИ В УГОЛОВНОМ

СУДОПРОИЗВОДСТВЕ»

Аннотация.

В данной статье кратко раскрывается, что такое презумпция

невиновности, где она впервые появилась и зачем она необходима.

Ключевые слова:

Презумпция невиновности, «самосуд», Конституция, Верховный

суд, Европейская конвенция.

“THE IMPORTANCE OF THE PRESUMPTION OF INNOCENCE IN CRIMINAL

JUSTICE”

Annotation.

This article briefly explains what the presumption of innocence is, where it

first originated, and why the presumption of innocence is necessary.

Keywords:

Presumption of innocence, “vigilantism”, Constitution, Supreme Court,

European Convention.


Aybsizlik

prezumpsiyasi-bu

gumonlanuvchining, ya’ni jinoyat sodir etishda

ayblanayotgan shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan isbotlanmaguniga
qadar ushbu shaxsning aybsiz deb topilishidir. Bu prinsip davlatimizda oliy qadiryat hisoblangan
inson sha’nini himoya qilish uchun ham asosiy vosita bo’lib xizmat qilmoqda. Bazi insonlar hali
aybi sudda isbotlanmagan shaxsga nisbatan tuxmat va bo’xtonlar yog’dirishadi, hamda, hozirda
jamiyatimizga tanish bo’lgan bir tushuncha ham mavjud. Bu “Samosud” tushunchasidir, ya’ni
noqonuniy sud qilish va jazo tayinlash, hozirda ko’pchilik insonlar ushbu hatti-harakatning
qurboniga aylanishmoqda bunday qonunbuzarliklarga chek qo’yish uchun esa aybsizlik
prezumpsiyasi eng yaxshi chora hisoblanadi.

Shu sababdan bu prinsip O’zbekiston Respublikasining asosiy qomusi bo’lgan

Konsitutsiyasining 28- moddasida ham shunday ko’rsatilgan: ”Jinoyat sodir etishda
ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko’rib chiqilib, uning aybi
aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanilmaydi”[1]. Ushbu prinsip nafaqat O’zbekistonda balki
boshqa davlatlar qonunchiligida ham ajralmas xususiyatga ega. Masalan: xalqaro
munosabatlarda asosiy qonunlardan biri bo’lib kelayotgan Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasining 11-moddasida “Jinoyat sodir etishda ayblangan har bir inson himoya uchun
barcha imkoniyatlar ta’minlangan holda, ochiq sud muhokamasi yo’li bilan aybi qonuniy tartibda
aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir” [2] deb ko’rsatilgan. Shuningdek, Inson
huquqlari hamda asosiy erkinliklarini himoya qilish to’grisidagi Yevropa konvensiyasida hamda
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Paktda ham mazkur prinsip alohida qoida


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

226

sifatida ko’rsatilganini ta’kidlash joiz. Biroq bu prinsip O’zbekiston qonunchiligida
Konsitutsiyadan tashqari bir qator qonunlarda ham qayd etib o’tilgan.

Masalan: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi 2-

bandiga muvofiq, odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning
huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, sud hukmlari sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: Sudlar hukm chiqarishda, Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va JPKda belgilangan sudning hukmi qonuniy, asosli va
adolatli boʻlishi, faqat sudlar tomonidan, oshkoralik, jinoyat ishlarini hayʼatda va yakka tartibda
koʻrib chiqilishi, sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi, odil sudlovni fuqarolarning qonun va
sud oldida tengligi asosida, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada
tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga oʻz ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda va
tarjimon yordamidan foydalanishini taʼminlash, taraflarning oʻzaro tortishuvi, dalillarning
bevosita va ogʻzaki usulda tekshirilishi, aybsizlik prezumpsiyasi asosida chiqarilishi va ish
boʻyicha haqiqiy holatni aniqlash toʻgʻrisidagi jinoyat protsessining muhim prinsiplariga amal
qiladilar. Ushbu prinsiplardan har qanday asoslarga koʻra cheklanish, hukmni qonuniy emas deb
topishga asos boʻladi. [3]

Albatta, bu qonun kecha yoki bugun paydo bo’lgani yo’q, aybsizlik prezumpsiyasining

ilk belgilari qadimgi yahudiy qonunlarida boʻlgan. Shuningdek, Qadimgi Rim huquqi bilan
bogʻlangan boʻlib, XII-asr Italiya huquqida aybsizlik prezumpsiyasi rasman amal qilgan. Bu
davrda aybsizlik prezumpsiyasining qoʻllanishi bugun talqin etiladigan darajada keng
boʻlmagan. Yaʼni, hamma ham bu huquqdan foydalana olmagan. Prezumpsiyaning bu shakli
tanlov prezumpsiyasi deb atalgan. Undan faqat sharafli, namunali hayot kechirgan hamda yaxshi
xulq-atvori bilan tanilgan insonlar, asosan, jamiyatning obroʻli vakillari foydalana olgan, xolos.

Tanlov prezumpsiyasining mazkur cheklangan funksiyasi Kontinental Yevropa

maktabida shakllangan. Bunga qarshi oʻlaroq, aybsizlik prezumpsiyasining barcha uchun teng
boʻlishi kerakligi haqidagi nazariya Kanonikal huquqda vujudga kelgan. Mazkur maktab
vakillari oʻz qarashlarini inson fitratan gunohsiz boʻladi, shuning uchun prezumpsiyani barchaga
qoʻllash kerak, deya asoslashgan. XV-asrga kelib, Italiyaning oʻzida aybsizlik
prezumpsiyasining barcha uchun teng umumiy prinsip ekanligi eʼtirof etila boshlangan.

Shuningdek, Anglo-Amerikan huquq maktabida ham aybsizlik prezumpsiyasi parallel

tarzda rivojlanib borgan. Aybsizlik prezumpsiyasining bugungi kundagi qiyofasi Uygʻonish
davriga kelibgina aniq shaklga ega boʻldi. U qonuniy prinsip sifatida ilk marotaba 1789-yilda
qabul qilingan Inson huquqlari toʻgʻrisidagi Fransiya deklaratsiyasida oʻz ifodasini topdi. XVIII-
asrning 2-yarmida aybsizlik prezumpsiyasi har bir insonga kafolatlangan asosiy konstitutsiyaviy
huquq sifatida toʻla eʼtirof etildi. Uning zamonaviy qonun tizimlarida qatʼiy oʻrnatilishi XIX-
asrda yuz berdi. Lekin barcha jabhalarda inson huquqlari toʻla eʼtirof topgan XX asrda ham
aybsizlik prezumpsiyasini inkor qiluvchi tuzum va davlatlar mavjud edi. Masalan, 30-yillarda
Italiya va Germaniyada hukm surgan fashistlar diktaturasi bu prinsipni rasman inkor etdi.

Ikkinchi jahon urushi davrida mazkur davlatlarda millionab odamlarning sudsiz, hukmsiz

qatl etilgani tarixiy haqiqatdir. [4]


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

227

Aybsizlik prezumsiyasi o’z natijasini ko’rsatganini isbotlash uchun Fransiyadagi bir

mashhur ishni ko’rib chiqsak — bu Dreyfus ishidir.

1894-yilda Alfred Dreyfus ismli yahudiy millatiga mansub fransuz harbiy ofitseri xiyonat

qilganlikda

,

ya’ni Germaniyaga harbiy sirlarni yetkazganlikda noto‘g‘ri ayblangan. Maxfiy

harbiy sudda soxta dalillar va milliy hamda diniy kamsitishlar asosida uni aybdor deb topishgan.

Dreyfus umrbod qamoq jazosiga hukm qilinib, uzoqdagi Shayton oroliga (Devil’s Island)

surgun qilingan.

O‘sha paytda jamoatchilik va harbiy rahbariyat Dreyfusni boshidanoq aybdor deb bilgan

.

Ammo keyinchalik asl aybdor boshqa ofitser ekani aniqlangan. Shunga qaramay,

ko‘pchilik bu haqiqatni tan olishni istamagan. Shu vaqtda yozuvchi Emil Zola o‘zining mashhur
“Men ayblayman” (“J’Accuse”) nomli ochiq xatini yozib, Dreyfusga adolatli sud jarayoni
o‘tkazilishini talab qilgan. U bu orqali har bir inson aybi isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanadi
degan prinsipni himoya qilgan.

Yillar davom etgan tergov va jamoatchilik bosimidan so‘ng, 1906-yilda Dreyfus to‘liq

oqlangan

.

Bu voqea Fransiyada va butun dunyoda inson huquqlari, adolat va sud mustaqilligi

haqidagi qarashlarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Dreyfus ishi shuni ko‘rsatdiki, aybsizlik
prezumpsiyasi insonni nohaq ayblovlardan, davlatning suiiste’mol qilishidan va jamoatchilik
bosimidan himoya qiladi

.

Bu prinsip har qanday adolatli sud tizimining asosiy tamoyillaridan

biridir.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bu prinsip insonlarning sha’nini himoya qiladi,

insonning jamiyatdagi o’rnini himoya qiladi va jamiyat a’zolarining turli xil o’zboshimjaliklar
asosida chiqarishi mumkin bo’lgan har qanday tuxmat va bo’xtonlarning oldini oladi. Mana nima
uchun bu prinsip jamiyatimiz uchun zarur!

Foydalanilgan manbalar

1.

O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi.www.lex.uz

2.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. https://constitution.uz

3.

O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi qonun.www.lex.uz. 29.07.2021

4.

4www.wikepediya

References

Презумпция невиновности, «самосуд», Конституция, Верховный суд, Европейская конвенция.