SPECIFIC FEATURES OF SERVING A SENTENCE OF DEPRIVATION OF LIBERTY BY WOMEN AND THE HISTORY OF ITS IMPROVEMENT

Abstract

This article analyzes the procedure for serving a sentence of deprivation of liberty by women in the Republic of Uzbekistan and its historical development step by step. The study covers the legal guarantees, privileges and conditions established for women within the framework of the 1926 Correctional Labor Code of the Uzbek SSR, the updated code of 1970 and the Criminal Code of 1997. In particular, the reliefs created for pregnant, lactating women and women with young children, the establishment of orphanages under colonies, and the possibility of mitigating punishment are highlighted. The article also analyzes the characteristics of women's crime, types of crimes, their differences from men's crime, and the growth trends in crimes of greed and violence committed by women in modern times. The author justifies the need to strengthen humane principles in this area and improve the criminal-executive system.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Irnazarov, S. . (2025). SPECIFIC FEATURES OF SERVING A SENTENCE OF DEPRIVATION OF LIBERTY BY WOMEN AND THE HISTORY OF ITS IMPROVEMENT. Modern Science and Research, 4(11), 259–263. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139009
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the procedure for serving a sentence of deprivation of liberty by women in the Republic of Uzbekistan and its historical development step by step. The study covers the legal guarantees, privileges and conditions established for women within the framework of the 1926 Correctional Labor Code of the Uzbek SSR, the updated code of 1970 and the Criminal Code of 1997. In particular, the reliefs created for pregnant, lactating women and women with young children, the establishment of orphanages under colonies, and the possibility of mitigating punishment are highlighted. The article also analyzes the characteristics of women's crime, types of crimes, their differences from men's crime, and the growth trends in crimes of greed and violence committed by women in modern times. The author justifies the need to strengthen humane principles in this area and improve the criminal-executive system.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

259

AYOLLAR TOMONIDAN OZODLIKDAN MAHRUM QILISH

JAZOSINI

O‘TASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNING

TAKOMILLASHTIRILISHI TARIXI

Shuxrat Irnazarov

Termiz Davlat universiteti

“Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17562938

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ayollar tomonidan ozodlikdan

mahrum qilish jazosi o‘tash tartibi va uning tarixiy rivojlanishi bosqichma-bosqich tahlil
qilinadi. Tadqiqotda 1926 yilgi O‘zSSR Ahloq tuzatish mehnat kodeksi, 1970 yilgi yangilangan
kodeks hamda 1997 yil qabul qilingan Jinoyat-ijroiya kodeksi doirasida ayollar uchun
belgilangan huquqiy kafolatlar, imtiyozlar va ularning sharoitlari yoritilgan. Ayniqsa,
homilador, emizikli ayollar va yosh bolali ayollar uchun yaratilgan yengilliklar, koloniyalar
qoshida bolalar uylari tashkil etilishi, jazoni yengillashtirish imkoniyatlari alohida ko‘rsatiladi.

Maqolada shuningdek, ayollar jinoyatchiligi xususiyatlari, jinoyatlarning turlari,

ularning erkaklar jinoyatchiligidan farqlari hamda zamonaviy davrda ayollar tomonidan sodir
etilayotgan ta’magirlik va zo‘ravonlik jinoyatlarining o‘sish tendensiyalari tahlil etiladi. Muallif
ushbu sohada insonparvarlik tamoyillarining mustahkamlanishi va jinoyat-ijroiya tizimini
takomillashtirish zaruriyatini asoslaydi.

Kalit so‘zlar:

Ayollar jinoyatchiligi, ozodlikdan mahrum qilish jazosi, jinoyat-ijroiya

qonunchiligi,ahloq tuzatish mehnat kodeksi, jazoni ijro etish koloniyalari, homilador va emizikli
ayollar huquqlari, O‘zbekiston Jinoyat-ijroiya kodeksi (1997), Jinoyat jazosi tarixiy bosqichlari.

SPECIFIC FEATURES OF SERVING A SENTENCE OF DEPRIVATION OF LIBERTY

BY WOMEN AND THE HISTORY OF ITS IMPROVEMENT

Abstract.

This article analyzes the procedure for serving a sentence of deprivation of

liberty by women in the Republic of Uzbekistan and its historical development step by step. The
study covers the legal guarantees, privileges and conditions established for women within the
framework of the 1926 Correctional Labor Code of the Uzbek SSR, the updated code of 1970
and the Criminal Code of 1997. In particular, the reliefs created for pregnant, lactating women
and women with young children, the establishment of orphanages under colonies, and the
possibility of mitigating punishment are highlighted. The article also analyzes the characteristics
of women's crime, types of crimes, their differences from men's crime, and the growth trends in
crimes of greed and violence committed by women in modern times. The author justifies the need
to strengthen humane principles in this area and improve the criminal-executive system.

Keywords:

Women's crime, imprisonment, criminal-executive legislation, correctional

labor code, penal colonies, rights of pregnant and lactating women, Criminal-executive Code of
Uzbekistan (1997), Historical stages of criminal punishment.

ОСОБЕННОСТИ ОТБЫВАНИЯ НАКАЗАНИЯ В ВИДЕ ЛИШЕНИЯ СВОБОДЫ

ЖЕНЩИНАМИ И ИСТОРИЯ ЕГО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ

Аннотация.

В статье анализируется порядок отбывания наказания в виде

лишения свободы женщинами в Республике Узбекистан и его историческое развитие шаг
за шагом.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

260

В исследовании рассматриваются правовые гарантии, льготы и условия,

установленные для женщин в рамках Исправительно-трудового кодекса Узбекской ССР
1926 года, обновленного кодекса 1970 года и Уголовного кодекса 1997 года. В частности,
освещаются послабления, созданные для беременных, кормящих женщин и женщин,
имеющих малолетних детей, создание детских домов при колониях, возможности
смягчения наказания. В статье также анализируются особенности женской
преступности, виды преступлений, их отличия от мужской преступности, тенденции
роста корыстно-насильственных преступлений, совершаемых женщинами в современное
время. Автор обосновывает необходимость укрепления гуманных принципов в этой сфере
и совершенствования уголовно-исполнительной системы.

Ключевые слова:

Женская преступность, лишение свободы, уголовно-

исполнительное законодательство, исправительно-трудовой кодекс, исправительные
колонии, права беременных и кормящих женщин, Уголовно-исполнительный кодекс
Узбекистана (1997 г.), Исторические этапы уголовного наказания.


O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligi rivojlanishining asosiy

bosqichlarida ayollarning ushbu turdagi jazoni o‘tashining huquqiy asoslari va sharoitlari tahlil
qilingan (ahloq tuzatish mehnat tizimi, jinoyat-ijroiya tizimi, jazoni ijro etish tizimi organlari
va muassasalari, ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etuvchi organlar), mavjud yondashuv va
ta’riflar o‘rganilgan. O‘zbekistonda ayollarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini
qo‘llashva ijro etishning xronologik evolyutsiyasini o‘rganib, ayollarga nisbatan jazoni ijro etish
sohasidagi respublika jinoyat-ijroiya qonunchiligi bir necha bosqichdan iborat bo‘lgan jiddiy
transformatsiyani boshdan kechirganligini ta’kidlanadi.

Birinchi bosqich,

1926 yil 16 iyunda O‘zSSR Oliy Soveti birinchi chaqiriq to‘rtinchi

sessiyasida O‘zbekiston tarixida ilk marotaba O‘zSSR Ahloq tuzatish mehnat kodeksi qabul
qilindi, natijada jazolarni ijro etish idoraviy normativ hujjatlar bilan emas, balki qonun bilan
tartibga

solina

boshlandi.

Mazkur

Kodeksda ayollar uchun ma’lum imtiyozlar

belgilaganligi ko‘rsatilgan.

Ikkinchi bosqich

, 1970 yil 24 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti ettinchi sessiyasida

qabul qilingan O‘zSSR Ahloq tuzatish mehnat kodeksida mahkuma ayollarga qo‘shimcha
huquqlar berilganligi nuqtai nazaridan, u O‘zSSRning 1926 yilgi AtMK ga nisbatan ancha liberal
bo‘lgan.

Uchinchi bosqich

1997 yil 25 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyatijroiya

kodeksining qabul qilinishi bilan boshlanib, unda ayollar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilgan
va hozirgi kunda ham amal qilmoqda. Dastlabki qonun hujjatlarining ayrim normalarida
ayollarningjazoni o‘tashiga ancha liberal munosabatda bo‘linganligi ta’kidlanadi.

Muallif, O‘zbekiston SSRning 1926 yilgi AtMKda «homilador va bolani ko‘krak suti

bilan ovqatlantiradigan ayollar ularning yashash joyidan boshqa joydagi ahloq-tuzatish mehnat
ishlariga jo‘natilishi mumkin emas»ligi, «tug‘ruqdan oldin va undan keyin, O‘zSSR mehnat
to‘g‘risidagi qonunlar kodeksida belgilangan muddatda ishlarga umuman jalb qilinmaydi, va
ushbu Kodeks bilan homilador va bolani ko‘krak suti bilan ovqatlantiradigan ayollar uchun
o‘rnatilgan barcha imtiyozlardan foydalanishi mumkin»ligini ko‘rsatgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

261

Mazkur kodeksda ilk marta yosh bolalarni onasi bilan ahloq tuzatish koloniyasidagi

maxsus jihozlangan xonalarda yoki alohida binolarda qoldirish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

O‘sha davrdagi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilib, koloniyada yonida to‘rt

yoshgacha farzandlarini qoldirish imkoniyati nafaqat ayollarga, balki erkaklarga ham berilgani
haqidagi norma mavjudligini ta’kidlab ushbu normaning ijobiy jihati sifatida insonparvarlik
prinsipiga mosligini ko‘rsilgan.

2-bosqich 1970 yilda O‘zSSR Ahloq tuzatish mehnat kodeksida mahkuma ayollarga

erkak mahkumlarga nisbatan qo‘shimcha huquqlarning berilganligi sababli u O‘zSSR 1926 yilgi
AtMKga nisbatan ancha «ilg‘or bo‘lgan». 1970 yilgi O‘zSSR AtMK 18-moddasida ilk marta
mahkum erkak va ayollarni alohida saqlash prinsipi mustahkamlangan, Kodeksda ozodlikdan
mahrum qilish jazosiga hukm qilingan ayollar jazoni: umumiy, qattiq rejimli ahloq tuzatish
koloniyalari va turmalarda o‘tashi belgilangan.

Shuningdek, ayollar ham erkaklar singari qonunda ko‘zda tutilgan hollarda jazoni manzil

koloniyalarda o‘tashi mumkin bo‘lgan (1970 yil O‘zSSR AMK 27-moddasi). Birinchi uch
turdagi muassasalarda ayollar uchun erkak mahkumlardan farq qiladigan jazoni o‘tash shartlari
joriy etilgan bo‘lsa, manzil koloniyalarda ayollar va erkaklar uchun sharoitlarda farq bo‘lmagan.

Tadqiqotchi, ayollarni koloniya va turmalarda saqlash xususiyatlari haqida to‘xtalib:
birinchidan, o‘sha davrda ayollarning jazoni o‘tash koloniyada ikki yoshgacha bo‘lgan

farzandi bilan birga bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lib, 1970 yilgi O‘zSSR AtMK 75-moddasi 4-
qismiga muvofiq ahloq tuzatish koloniyalari qoshida bolalar uylari tashkil qilingan. Biroq
moddada koloniyaning qaysi turida – erkak yoki ayollar uchun, umumiy yoki qattiq
rejimdagi koloniyada bolalar uyi tashkil etilishi aniq berilmagan.

Amaliyotda mahkuma ayollarni saqlash uchun mo‘ljallangan ahloq tuzatish koloniyalari

qoshida bolalar uyilarini tashkil etilgan.

Ikkinchidan, ayollarning ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashida ularning fiziologik

holati, ya’ni ularga ko‘proq (sifatliroq) ovqat berish hamda homiladorlik va tug‘ruq tufayli
ishdan ozod qilish nazarda tutilgan. 1970 yilgi O‘zSSR ATMK 75-moddasi 4-qismida
«homilador ayollar, ovqatlantiradigan onalarga... yaxshilangan yashash va maishiy sharoitlar
yaratiladi hamda oshirilgan ovqat normalari o‘rnatiladi. Tibbiy komissiya xulosasi bilan bu
shaxslarga qo‘shimcha oziq-ovqat posilka va yo‘qlovlar olishga ruxsat berilishi mumkin»ligi
mustaxkamlangan edi.

Uchinchidan, jazoni qattiq rejimli koloniyada o‘tashi tayinlangan ayollar uchun jazoni

o‘tash sharoitida yengillik belgilangan. Mazkur kodeks 70-moddasi 3-qismida «homilador
ayollar, shuningdek emizikli bolali ayolar qattiq rejimda saqlanishi mumkin emasligi»
belgilangandi.

Homilador, ahloq tuzatish koloniyalari qoshidagi bolalar uylarida bolalari mavjud

ayollarga nisbatan jarima izolyatori yoki kamera tipidagi xonalarga, turmada – karserga kiritish
va qattiq rejimga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi (1970 yil O‘zSSR AMK 67-moddasi 2 qismi)ni
ham qonunning ijobiy jihati sifatida ko‘rsatilgan.

Jinoyat-ijroiya qonunchiligi rivojining uchinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasining

yangi Jinoyat-ijroiya kodeksi (1997 y) qabul qilingan vaqtdan boshlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

262

Ushbu qonun bilan jazoni ijro etish rejimiga oid yangi huquqiy normalar joriy etildi,

xususan, ayollar jazoni ahloq tuzatish koloniyalarida emas, balki jazoni ijro etish koloniyalarida
o‘taydigan bo‘ldi.

Ko‘p sonli tadqiqotlarni o‘rganish ayollarning jinoiy hulq-atvori erkaklar jinoiy hulq-

atvoridan jinoyat sodir etish usuli va quroli, ularning ko‘lami, jinoiy xatti-harakatlarning
xususiyati, jinoyat qurbonini tanlash kabilar bilan farq qiladi. Bu ayollarning ijtimoiy
turmush sharoitlari va ijtimoiy roli o‘zgarib borayotganligi, g‘ayriijtimoiy hulq-atvori xususiyati
hamda jinoyatlarni sodir etish usullariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda ayollar jinoyatchiligiga munosib baho berish, jinoyatchi

ayol shaxsini tushunish va uning jinoiy hulq-atvorini izohlash amaliyotdan ortda asosladi.

Tadqiqotchi jinoyatlarning aksariyati erkaklar tomonidan sodir etilishini, shuningdek,

ayollarning jinoiy harakatlari odatda aynan erkak jinsidagi shaxslar bilan bog‘liqlikda sodir
etilayotganini ko‘rsatgan.

Muallifning fikriga ko‘ra, ayollar tomonidan ko‘proq iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar

sodir etiladi va ta’magirlik motiviga ega bo‘lib, faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish,
o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, o‘g‘rilik, firibgarlik, valyuta
qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish, bojxona to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzish, giyovandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish va boshqa
jinoyatlar shular jumlasidandir. Bu avvalo, mazkur jinoyatlar sodir etiladigan xo‘jalik
tarmoqlarida (savdo, umumiy ovqatlanish, moliya va kredit sohasi va hok.) ishlaydigan xodimlar
tarkibida ayollar ulushi ko‘pchilikni tashkil etishi, hamda turmushda rollarning an’anaviy
taqsimoti bilan izohlanadi.

Tadqiqotchi tomonidan ayollar jinoyatchilikning holatini tahlil qilib, quyidagi xulosalarga

kelingan.

1)

ayollar tomonidan sodir etilgan barcha jinoyatlarni ularning kasbiy faoliyati va oilaviy-

maishiy munosabatlari bilan bog‘liq ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh doirasida
ko‘proq ta’magirlik jinoyatlari; ikkinchi guruhda – zo‘ravonlik jinoyatlar sodir etiladi.

Birinchi guruhdagi jinoyatlar miqdori ikkinchi guruhdagidan ancha ziyoddir.

2)

ayollar jinoyatchiligining darajasi erkaklarnigidan ancha past, ammo so‘nggi yillarda

umumiy jinoyatchilikda uning ulushi ortib bormoqda. Ta’magirlik jinoyatchiligi darajasi
ayollarning iqtisodiyotning ma’lum sektorlarida bandligi, ular uchun u yoki bu moddiy
ne’matlarning qo‘lga kiritish osonligi bilan belgilanadi. Ayni vaqtda ular, bunday
huquqbuzarliklarni o‘z oilasi, farzandlari uchun erkaklarga nisbatan ko‘proq sodir etadi.

3)

hozirgi vaqtda ayollar o‘rtasida zo‘ravonlik jinoyatlari sonining nisbatan ortib

borayotganligi, hulqida agressiya va shafqatsizlik holatlari kuzatilmoqda, ular an’anaviy ravishda
«erkaklar» jinoyatlari deb aytilgan jinoyatlar: talonchilik, bosqinchilik hujumlari va x.k. sodir
etganligi jamiyatda alohida havotir uyg‘otishi shartdir.

4)

ayollar jinoyatchiligi, ular sodir etgan jinoyatlar soni, o‘ziga xosligi va tuzilishi,

jamiyatga, uning ma’naviy-ruhiy muhitiga ta’siri sababli, umumiy jinoyatchilikning alohida
mustaqil turini tashkil qiladi.



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

263

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Jinoyat-ijroiya kodeksi birinchi bo'lim 7-81 bob;

2.

Jinoyat kodeksi 46, 481, 83, 84'-moddalari;

3.

Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalari;

4.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi "Jinoyat-ijroiya

qonunchiligini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 4006-son Qarori;

5.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi "Ichki

ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha go'shimcha
chora-tadbirlar to'g'risida"gi 84-son Qarori;

6.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yildagi 3 fevraldagi "Sudlar

tomonidan jinoyat uchun jazotayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son Qarori;

7.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 19 fevraldagi "Jamoat

xavfsizligini ta'minlash

8.

departamenti Probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to'g'risida"gi

42-sonli buyrug'i;
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi "Muayyan
huqugdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi
jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni
amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 157-sonli buyrug'i.











References

Jinoyat-ijroiya kodeksi birinchi bo'lim 7-81 bob;

Jinoyat kodeksi 46, 481, 83, 84'-moddalari;

Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalari;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi "Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 4006-son Qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi "Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha go'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 84-son Qarori;

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yildagi 3 fevraldagi "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazotayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son Qarori;

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 19 fevraldagi "Jamoat xavfsizligini ta'minlash

departamenti Probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to'g'risida"gi 42-sonli buyrug'i;

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi "Muayyan huqugdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 157-sonli buyrug'i.