MUSTAQILLIK DAVRIDA OʻZBEKISTONDA MILLIY BAYRAMLAR VA ANʼANALARNING QAYTA TIKLANISH TARIXI

Annotasiya

Mazkur maqolada o‘zbek xalqining milliy bayramlari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, ularning paydo bo‘lishi xususidagi turli xil qarashlar, biz nishonlayotgan va ajdodlarimiz nishonlagan bayramlarning rivojlanish bosqichlari xususida so‘z boradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abduhakimova, G. . (2025). MUSTAQILLIK DAVRIDA OʻZBEKISTONDA MILLIY BAYRAMLAR VA ANʼANALARNING QAYTA TIKLANISH TARIXI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 129–134. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138918
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada o‘zbek xalqining milliy bayramlari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, ularning paydo bo‘lishi xususidagi turli xil qarashlar, biz nishonlayotgan va ajdodlarimiz nishonlagan bayramlarning rivojlanish bosqichlari xususida so‘z boradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

129

MUSTAQILLIK DAVRIDA OʻZBEKISTONDA MILLIY BAYRAMLAR VA

ANʼANALARNING QAYTA TIKLANISH TARIXI

Gulchehra Abduhakimova

Millat Umidi Universiteti.

Xalqaro biznes va moliya fakulteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17530963

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘zbek xalqining milliy bayramlari, o‘ziga xos urf-odat

va marosimlari, ularning paydo bo‘lishi xususidagi turli xil qarashlar, biz nishonlayotgan va
ajdodlarimiz nishonlagan bayramlarning rivojlanish bosqichlari xususida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Bayram, arxeologlar, etnograflar, ibtidoiy davr, zardushtiylik dini, folklor,

to‘y, unsur.

HISTORY OF THE RESTORATION OF NATIONAL HOLIDAYS AND TRADITIONS

IN UZBEKISTAN IN THE PERIOD OF INDEPENDENCE

Annotation.

This article discusses the national holidays of the Uzbek people, their unique

customs and rituals, various views on their emergence, and the stages of development of the
holidays that we celebrate and those celebrated by our ancestors.

Keywords:

Holiday, archaeologists, ethnographers, primitive era, Zoroastrian religion,

folklore, wedding, element.

ИСТОРИЯ ВОЗРОЖДЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНЫХ ПРАЗДНИКОВ И ТРАДИЦИЙ В

УЗБЕКИСТАНЕ В ПЕРИОД НЕЗАВИСИМОСТИ

Аннотация.

В статье рассматриваются национальные праздники узбекского

народа, их самобытные обычаи и обряды, различные взгляды на их возникновение, а
также этапы развития праздников, которые отмечаем мы и наши предки.

Ключевые слова:

Праздник, археологи, этнографы, первобытная эпоха,

зороастрийская религия, фольклор, свадьба, стихия.

Bayramlar eng qadimiy davrlardan boshlab inson hayotining eng muhim va tarkibiy

qismiga aylangan. Ularsiz insoniyat hayotini mutlaqo tassavur qilib bo‘lmaydi. Bayramlar xalq
hayotining eng yaxshi va go‘zal tomonlarini aks ettiruvchi ko‘zgudir. “Bayram xalqning shodlik
va xursandlik kuni”, - degan edi sharqning buyuk olimi Mahmud Koshg‘ariy. Darhaqiqat,
bayramlar yordamida hayotdagi xursandchilik, shodiyona, tantanavorlik holatini vujudga
keltirgan yirik voqealar, muhim sanalar, ulkan yutuqlar nishonlanadi. Bayram insoniyatning o‘zi
bosib o‘tgan yo‘llarni chuqur anglashi, qo‘lga kiritilgan g‘alabalardan mag‘rurlanishi, ertangi
kunga yaxshi umid bilan qarashiga yordam beradi.

Bayramlar insoniyat hayotida shu qadar mustahkam o‘rin egallaganki, ularni

nishonlamaydigan hech bir shaxs, oila, jamoa topilmaydi. Shuningdek, har bir millat va ellat
xalqning o‘z taraqqiyot tarixi jarayonida shakllangan bayramlari mavjud.

O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqining ham eng qadimiy davrlardan shakllana

boshlagan, asrlar bo‘yi avloddan-avlodga o‘tib, kamol topib, bebaho merosga aylangan
bayramlari ko‘p. Bu bayramlarning ma’lum qismi tarixning “sovuq shamollari” - bosqinchilar va
turli tarixiy shaxslar-hukmdorlar tazyiqiga uchrab, nohaq yo‘qotilgan, ayrim bayramlar esa


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

130

qarama-qarshiliklarni yengib, ko‘pgina fazilatlardan ajralsa-da, butunlay yo‘qolib ketmagan,
yana boshqalari esa xalq hayotidan mustahkam o‘rin olib, bizning zamonamizgacha yetib kelgan.

Azaldan do‘stparvar o‘zbek xalqining bayramlari qon-qardosh xalqlarning tarixiy-

madaniy aloqalari jarayonida shakllangan va rivoj topgan, boshqa xalqlar bayramlariga ta’sir
etgan va o‘z navbatida ular ta’sirida boyigan.

Xullas, eng qadimiy davrlardan xalq ommasi ehtiyoji bilan shakllana borgan, ijtimoiy

zarurat asosida rivoj topgan, muayyan vaqtlarda taqiqlangan, katta qarama- qarshiliklar,
to‘siqlarni yengib, boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan o‘zbek bayramlari uzoq va boy
tarixga ega. Biroq hanuzgacha o‘zbek xalq bayramlarining tarixi va hozirgi ahvoli maxsus
o‘rganilgan emas. O‘zbekiston hududida yashagan va yashayotgan avlodlar bayramlarining
paydo bo‘lishi, tarixiy rivojlanishi, hozirgi kuni, muammolari haqida ilmiy -ommabop kitoblar
va o‘quv qo‘llanmalari yaratish- tarixiy zaruriyatdir. Chunki xalq o‘z avlodlari nishonlab kelgan
va hozirgi paytda o‘zlari nishonlayotgan bayramlarining mohiyati va tarixini bilmog‘i kerak.

Ayniqa, bunday bilmlar va ma’lumotlar xalq bayramlari tashkilotchilari uchun juda

zarurdir. Ya’ni biz uchun. Shu maqsaddda bayramlarni paydo bo‘lish tarixi haqida qisqacha
ma’lumot berishga harakat qilaman. Agar tarixchi-madaniyatshunos olimlarning “bayram inson
bilan birga paydo bo‘lgan va rivojlangan” degan fikriga tayansak, bayramlar kurtaklarini eng
qadimiy paleolit davridan, ya’ni O‘rta Osiyoda odam zoti paydo bo‘la boshlagan 500ming yil
avvalgi vaqtdan izlasa bo‘ladi. Arxeologlar, tarixchilar, etnograflar, san’atshunoslar bergan
ma’lumotlarga qaraganda bayramlar eng qadimgi davrlardayoq mavjud bo‘lgan va ibtidoiy
odamlar hayotida muhim rol o‘ynagan. Bu fikrni madaniyatshunos olimlar ham e’tirof etishadi.

Masalan, D.M Genkinning fikricha, “bayramlarning chuqur ildizi insoniyatning

“go‘daklik davriga borib taqaladi” [1:44]. Yoki, M.M Baxtinning ta’kidlashicha “Bayram -
insoniyat madaniyatining boshlang‘ich shaklidir”[2:11]

Bayramlarning eng qadimiy davrlarda mavjud bo‘lganligi umuman tan olingan bo‘lsada,

biroq bu masalalar hanuzgacha maxsus o‘rganilmay kelinmoqda. Ammo hozirgacha bo‘lgan
manbaalarga tayanib, ilk bayram shakllarining paydo bo‘lishi haqida mantiqiy fikr yuritsa va ular
to‘g‘risida muayyan tasavvur hosil etsa bo‘ladi.

Ma’lumki, inson o‘z mehnati tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqqach, yashash

uchun kurash jarayonida qanchalik ongli mehnat qilsa, u shuncha muvaffaqiyatlarga erishgan.

Kurash va mehnatda erishilgan muvaffaqiyatlar esa xursandchilikni vujudga keltirgan. Bu

jarayon ibtidoiy odamlar ovchilik bilan kun ko‘rayotgan davrlarda yaqqol sodir bo‘la boshlagan.

Chunki arxeologlar qazilmalar va g‘orlardan topilgan ibtidoiy davrlarda chizilgan

suratlarda asosan hayvonlar, ov qilish, ovchilar raqsi, (ba’zan hayvonlar niqobida) kabi tasviriy
qadimiy tasvirlarning o‘z mehnati (ovi) natijasini tantana qilganliklaridan dalolat beradi.

Darhaqiqat, ibtidoiy odam mehnati qanchalik samarali tugasa, qorni to‘ygan, xursand

bo‘lgan va aksincha, mehnati natija bermasa, och qolgan, xafa bo‘lgan. Ovdan o‘lja bilan qaytish
va o‘z mehnatidan manfaatdor bo‘lish xursandchilik, shodiyona kayfiyatni yaratgan. Bu holatda
ovchilar ov jarayonini imo-ishora, maxsus harakatlar hamda o‘yin shaklida ifodalashga
urinishgan.

Yoki, G.B.Plexanov ta’biri bilan aytganda “O‘yin-mehnat farzandi”[3:69] bo‘lib vujudga

kelgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

131

Maxsus adabiyotlarning ko‘pida bayramlar bayram marosimlardan kelib chiqqan

deyiladi. Bu umuman olganda to‘g‘ri fikr. Ammo ko‘pgina marosimlar o‘z navbatida
kishilarning mehnat va kurashda erishgan yutug‘i va xursandchiligi, boshqacha qilib aytganda,
bayram holati asosida vujudga kelgan. Bunga ovchilik va dehqonchilik marosim-bayramlari
misol bo‘la oladi. Buning ustiga mehnatga bag‘ishlangan tantanalar faqat marosimdan tashkil
topib qolmay, balki unda o‘yinlar, musobaqalar uyushtirilib hatto shu tantana uchun maxsus
taomlar tayyorlangan. Shunday qilib, ibtidoiy davrda qadimiy odamlarning o‘zlari kabi judda
sodda bo‘lgan mehnat, hayot va dinga oid turli bayramlar shakllari vujudga kela boshlagandi.

Ana shu oddiy shakllar keyingi tarixiy davrlardagi bayramlarga asos va zamin bo‘la

oladi.

Miloddan ilgari 1-ming yilliklar boshida (ya’ni bundan 30-26 asrlar muqaddam) O‘rta

Osiyoda o‘troq dehqonchilikning rivoj topishi, ibtidoiy jamiyat yemirila borib, quldorlik
tuzumining vujudga kelishi, So‘g‘d, Xorazm, Baqtriya kabi davlatlarning paydo bo‘la boshlashi,
yangi diniy qarashlarning shakllana borishi munosabati bilan yangi davrga xos turmush tarzini
ifadalovchi an’ana, marosim va bayramlar ham yuzaga keldi.

Miloddan avvalgi, taxminan VII-V asrlarda (quldorchilik davrida) zardushtiylik dini

(zoroastrizm) O‘rta Osiyoda keng rivojlandi. Bu fikrni zardushtiylikning muqaddas “Avesto”
kitobi va uning ikkinchi “Bislard” qismidagi 2 bobdan iborat qo‘shiqlari, 3-“Yasna” qismidagi
72 bobli qurbonlik marosimi qo‘shiqlari va diniy marosimlarga xos rasm-rusmlar bayoni, 4-
“Yag‘t” qismidagi zardushtiylik xudolari va ma’budlariga bag‘ishlangan 22 qo‘shiq kabi
manbalar to‘la isbotlaydi. Ma’lumki, zardushtiylarning fikricha, dunyo asosini ikki qarama-
qarshi narsa- yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va qorong‘ulik, issiqlik va sovuqlik, hayot va
o‘lim o‘rtasidagi kurash tashkil qilgan. Shuning uchun dunyodagi barcha ijobiy hodisalarni
yaxshilik xudosi - “Axuramzda” va hamma salbiy narsalarni yomonlik xudosi - “Axriman”
irodasiga bog‘liq deb tushunishgan.

Zardushtiylar yaxshilik xudosiga yaxshilik qilishini, yomonlik xudosiga yomolik

qilmasligini iltimos qilib sig‘inishgan Zardushtiylar o‘z marosimlarida koinotning 4 unsuri -
quyosh( olov), suv, yer, havoni ulug‘lashgan, ularni dunyodagi eng muqaddas narsalar deb tan
olishgan. Olov quyoshning yerdagi shakli(zarrachasi) deb, unga alohida sajda qilishgan.

Shuningdek, olov barcha gunohdan tozalovchi sehrli kuch sanalgan va unga bag‘ishlab

maxsus otashxonalar qurishgan, unda turli bayram, marosimlar uyushtirishgan O‘rta Osiyo,
jumladan, O‘zbekiston hududida yashovchi xalqlarning bayramlarini o‘rganishda X-XI asrlarda
yashagan buyuk olim Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari
muhim rol o‘ynaydi. Beruniy o‘zining bu asarida qadimiy eroniylar, xorazmiylar, so‘g‘diylar,
rumliklar, yaxudiylar, suriyaliklar, xiristianlar, hindlar va boshqalarning taqvimidagi mashhur
kunlar, hayitlar va odatlar haqida tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho fikrlar
qoldirgan. Biz uchun eng muhimi shundaki, u O‘rta Osiyo, jumladan Xorazm va So‘g‘d
xalqlarining Islomgacha bo‘lgan yillik taqvim bayramlari haqida qiziqarli ma’lumot beradi.

Beruniy bergan ma’lumotlarga qaraganda, so‘g‘diylarda Mavsard oyining birinchi kuni -

Navro‘z va 28-kuni - Romush og‘am (otashxonalarda to‘planish hayiti); Naysanj oyining 12-
kuni - Mohirj; Basokanj oyining 7-kuni - Nikh og‘am; 15-kuni - Amsxvora(olov tegmagan
narsalarni yeyish hayiti) kabi bayramlar o‘tkazilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

132

“Navro‘z”ning kelib chiqishi haqida ko‘plab fikrlar, afsonalar, miflar mavjud. Masalan,

zardushtiylar davridagi ba’zi bir tushunchalarga qaraganda, yaxshilik xudosi Axuramazda bahor-
yozda, yomonlik xudosi Axriman kuzda va qishda hukmdorlik qilar emish. Bahorning birinchi
kunini yaxshilik xudosi yomonlik xudosi ustidan g‘olib chiqqan muqaddas sana deb uni bayram
qilishgan.

Bu sana aynan Navro‘zga to‘g‘ri kelgan.
Boshqa qadimiy afsonalarga qaraganda, Odam va Momo havo bilan uchrashgan kun

“Navro‘z bayrami” deb tan olingan emish.Firdavsiyning “Shohnoma”sida esa yangi yil
(“Navro‘z”)vujudga kelishi shoh Jamshid nomi bilan bog‘lanadi. Jumladan, Jamshid yurtga
yaxshilik qilish maqsadida odamlarni kasbga o‘rgatadi, temir eritib qurol yasatadi, ip yigirtirib
kiyim to‘qitadi, hammom, uy, saroylar bunyod qiladi, tabiblik sirlarini ochadi, kema yasatadi,
bog‘ bunyod qiladi. Nihoyat, “ishlari gurkirab, berganda “meva” bir kuni taxt yasatib, unda
osmonga ko‘tariladi. Bu haqda Firdavsiy quyidagilarni yozadi: Taxt ko‘kda charx urar misoli
quyosh, Farmondor o‘tirar, unda irg‘ab bosh. Barcha jam, odamlar qarar taxtiga, Jahon qoyil
bo‘lib shukuh-baxtiga.[4:67] Alisher Navoiyning “Tarixi mulki ajam” nomli asarida ham
Jamshidning buyuk kashfiyotlari so‘ngida ulug‘ Navro‘z ixtiro qilinganligi bayon qilnadi.

Beruniy keltirgan afsona bo‘yicha ham Navro‘z ulkan ishlar qilgan Jamshid shohga borib

bog‘lanadi: “Jamshid o‘ziga arava yasab olgach, o‘sha kuni aravaga chiqib oldi, jinlar va
shaytonlar uni havoga havoga ko‘tarib, bir kunda Dunbovandan Bobilga olib bordilar. Odamlar
bu ajoyib voqeani ko‘rgach, o‘sha kunni Hayit qildilar va Jamshidga (aravada uchishiga) taqlid
qilib arg‘imchoqlarda uchdilar” [5:254]. Bizgacha yetib kelgan qadimiy manbalardan shu narsa
ayonki, Eron, O‘rta Osiyo va Arabistonda “Navro‘z” bayramini o‘tkazish Ahamoniylar davrida
(mill. avv VI asrlar) keng tarqalgani ma’lum bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, “Navro‘z” deb nom
olgan bu bayramning tarixi XXIV asr va undan ham ortiq vaqtga egadir. Miloddan avval
qo‘llanila boshlangan zardushtiylik kalendari bo‘yicha fevral oyining birinchi kuni -“Kichik
Navro‘z” (yoki ommaviy Navro‘z) boshlangan, oltinchi kuni esa “Katta Navro‘z”(yoki Maxsus
Navro‘z) uyushtirilgan. Sosoniylar davrida esa bu ikki “Navro‘z” bitrlashtirilib, kichik va katta
“Navro‘z” o‘rtasidagi kunlar bayram deb e’lon qilingan. Vaqt o‘tishi bilan Navro‘z bayramini
nishonlash bir oygacha cho‘zilgan. Bu haqda Beruniy quyidagilarni bayon etadi: “keyingi
podshohlar bu oy, ya’ni Farvardin mohning barchasi (kunlari)ni hayitga aylantirib, ularni oltiga
taqsim qildilar. Birinchi besh kun podshohlar uchun, ikkinchisi ulug‘ kishilar uchun, uchinchisi
podshohlarning g‘ulomlari uchun, to‘rtinchisi xizmatkorlari uchun, beshinchisi xalq ommasi
uchun, oltinchisi cho‘ponlar uchun”.[6:257, 268] Tabiat qonunlariga ko‘ra, unda muntazam
o‘zgarish, yangilanish bo‘lib turadi nimadir rivojlanadi va o‘z vazifasini o‘tab bo‘lgan hodisalar
asta-sekin yo‘qola boshlaydi. Bu qonuniyat barcha xalqlar bayramlariga ham tegishlidir.
O‘zbekistonda ijtimoiy-madaniy hayot taraqqiyoti asosida yangi ijtimoiy, mehnat va madaniy
sohalarning vujudga kelishi, kishilarning zamonaviy ehtiyoji, davr talablari zaminida yangi
zamonaviy bayramlar yuzaga kelmoqda. Chunonchi, tabiatni himoya qilish ehtiyoji kuchayishi
natijasida “Tabiatsevarlar bayrami”, xalq madaniyatini takomillashtirish yo‘lida “Folklor
bayrami”, “Til bayrami”, oilaviy va shaxsiy hayotni farovonlashtirish maqsadida oltin, kumush
to‘ylar, qariyalar bayramlari, mahalliy joy hayotini yaxshilashga intilish zaminida ko‘cha
bayramlari, mahalla kunlari, qishloq va shahar bayramlari shakllanmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

133

Vaqt o‘tgan va hayot o‘zgargan sari ularning soni ham, turlari ham ko‘paymoqda. Biroq,

“songa doim sifat kerak” deganlaridek, bayramlar soni ko‘payishi, ularning sifatini oshirishni
taqazo qilmoqda. O‘zbekiston bayramlarini va bayram holatini vujudga keltiruvchi marosimlarni
tadqiq qilish natijasida ma’lum bo‘ldiki, hozirgi paytda respublikamizda mavjud bo‘lgan va
tashkil qilinadigan bayramlarning soni100dan oshiq ekan. Bu bayramlarning barchasi
ajdodlarimizning asrlar mobaynidagi katta kashfiyoti va tarixiy boyligidir. Chunki bu bayramlar
o‘tkinchi siyosiy hodisalar asosida emas, balki tabiiy ehtiyoj hayot va mehnat faoliyatlari
zaminida vujudga kelgan. Shuning uchun ham ular katta shodiyonalar bilan nishonlangan va
hozir ham, keyin ham nishonlanishi darkor.

Tarixiy xalq bayramlarini tiklash va taraqqiy ettirish murakkab ish bo‘lib, bilim tajriba,

ijodkorlik, vaqt, mablag‘talab qilishi muqarrardir. Shu bilan birga unutilgan bayramlarni tiklash
juda nozik va ijodiy jarayondir. Bu ishda aql-idrok bilan maslahatlashib harakat qilish talab
qilinadi. Shuni unutmaslik kerakki, xalq odatlarini hayotga qaytarmoq uchun albatta,
bayramlarni uyushtirish borasida xalq tajribasidan keng foydalanmoq kerak. Tarixdan ma’lumki,
ilgari diplomli bayram tashkilotchilari ssenariychilar, rejissyorlar bo‘lmasa ham xalq bayramlari
o‘ta qiziqarli o‘tgan. Chunki bayram ijodkori va bunyodkori xalqning o‘zi bo‘lgan, eng
qobiliyati va tashabbuskor kishilar tabiiy ravishda bayram tashkilotchilariga aylanib kelgan.
Shunday ekan, xalq

tashabbuskorligi va ijodkorligini erkin rivojlantirish yo‘li bilan bayramlarni yanada

maroqli va qiziqarli o‘tkazsa bo‘ladi. Yana shuni qayd etish kerakki, har bir bayram o‘ziga xos
an’analari tomoshlari, o‘yinlari, folklori(kuy, qo‘shiq, raqslari) kabilarga ega bo‘lmasa, ularning
barchasi bir xil shaklga ega bo‘lib qoladi. Turg‘unlik yillari ko‘pgina bayramlar shunday bo‘lib
qolgan edi. O‘zbek bayramlarini tiklash jarayonida har bir bayramning o‘z qiyofasini, ko‘rkini,
o‘ziga xos fayzini bunyod etish muhim ahamiyatga egadir. Xullas, xalqning o‘tmishi va
kelajagini hayot ko‘zgusi, quvonch va shodlik manbai bo‘lgan bayramlarsiz tasavvur qilish
qiyin. O‘zining go‘zal, zavqli, xushchaqchaq bayramlariga ega bo‘la olgan xalqning istiqboli
porloqdir. Zotan, ajdodlarimiz ming yillar davomida e’zozlab, avloddan-avlodga meros qilib
qoldirgan bayramlarni ehtiyotkorlik bilan oqilona tarzda tiklab, zamon ruhi bilan boyitib, istiqbol
yo‘lini belgilash va kelajak avlodlarga yetkazish muqaddas ish ekanligini unutmasligimiz lozim.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng, milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosni

asrab-avaylash va qadriyatlarni tiklash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga
aylandi. Sovet hukmronligi davrida ko‘plab milliy bayramlar, diniy marosimlar va urf-odatlar
cheklangan, ularning haqiqiy mazmuni va falsafasi to‘liq namoyon bo‘lishiga imkon berilmagan
edi. Mustaqillik esa bu merosni qayta tiklash va yangi avlodga yetkazish uchun keng imkoniyat
yaratdi.

Eng avvalo,

Navroʻz

bayrami o‘zining tarixiy va ma’naviy qadriga qaytdi. 1992-yildan

boshlab Navroʻz umumxalq bayrami sifatida rasmiy maqomga ega bo‘ldi va keng miqyosda
nishonlana boshladi. Navroʻzning asosiy qadimiy an’analari — sumalak tayyorlash, mehr-oqibat
va saxovat tadbirlari, tabiatni obodonlashtirish, ahillik va qo‘shnichilikni mustahkamlash kabi
qadriyatlar yana xalq hayotiga qaytdi.

Mustaqillikdan so‘ng

Ramazon hayiti

va

Qurbon hayiti

ham rasmiy davlat bayramlari

qatoriga kiritildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

134

Bu bayramlarning tiklanishi jamiyatda mehr-muruvvat, kechirimlilik, poklanish va ruhiy

yuksalish g‘oyalarini kuchaytirdi. Masjidlar faoliyatining kengayishi, ehson, sadaqa va jamoaviy
hayr ishlari keng ommalashdi.

Shuningdek, xalqning qadimiy urf-odatlariga asoslangan

folklor sayillari

,

milli o‘yinlar

,

ko‘pkari

,

kurash musobaqalari

,

Boysun bahori

kabi xalq festivallari ham qayta tiklanib,

o‘ziga xos madaniy-ma’naviy maktab sifatida shakllandi.

1-sentabr – Mustaqillik kuni

,

8-dekabr – Konstitutsiya kuni

,

9-may – Xotira va

qadrlash kuni

kabi yangi bayramlar esa milliy o‘z-o‘zini anglash, tarixiy xotirani hurmat qilish

va fuqarolik birdamligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Genkin O.M. Моссовые праздники. 1975. 44-bet.

2.

Baxtin.M.M Творчество Франсуа Рабле и народная культура средневековья и
Ренессанса-1965 11-bet.

3.

Plexanov. G. B. Искусство и общественная жизнь -1953ю 69-bet.

4.

Firdavsiy. Shohnoma (birinchi kitob) 1975, 67-bet.

5.

Abu Rahyon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik. Tanlangan

6.

asarlar. 1-tom, 254-bet.

7.

O‘sha manba:257,268-betlar.

Bibliografik manbalar

Genkin O.M. Моссовые праздники. 1975. 44-bet.

Baxtin.M.M Творчество Франсуа Рабле и народная культура средневековья и Ренессанса-1965 11-bet.

Plexanov. G. B. Искусство и общественная жизнь -1953ю 69-bet.

Firdavsiy. Shohnoma (birinchi kitob) 1975, 67-bet.

Abu Rahyon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik. Tanlangan

asarlar. 1-tom, 254-bet.

O‘sha manba:257,268-betlar.