UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI ONA TILI DARSLARIDA YUQORI SINF O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Abstract

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darslarida 10-11-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning shakli, metod va vositalari tashkil etadi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
f
1663-1671
77

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Eshimbetov, O. (2025). UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI ONA TILI DARSLARIDA YUQORI SINF O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH. Modern Science and Research, 4(3), 1663–1671. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/76518
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darslarida 10-11-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning shakli, metod va vositalari tashkil etadi.


background image

1663

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI ONA TILI DARSLARIDA YUQORI SINF

O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Olimjon Eshimbetov

Ajiniyoz nomidagi NDPI katta o‘qituvchisi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori

PhD.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15115981

Annotatsiya

. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darslarida 10-11-sinf

o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning shakli, metod va vositalari tashkil

etadi.

Kalit so‘zlar:

Nutq, nutq odobi, so‘zlashuv uslubi, fikrlash, bilim, ko‘nikma, malaka.

DEVELOPMENT OF SPEECH COMPETENCES OF HIGHER-GRADE STUDENTS IN

MOTHER LANGUAGE LESSONS OF GENERAL SECONDARY EDUCATION

SCHOOLS

Abstract.

Forms, methods and means of developing speech competencies of 10-11th-

grade students in mother tongue lessons of general secondary education schools.

Keywords:

Speech, speech etiquette, conversational style, thinking, knowledge, skills,

competence.

РАЗВИТИЕ РЕЧЕВЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТАРШИХ КЛАССОВ НА УРОКАХ

РОДНОГО ЯЗЫКА В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ СРЕДНИХ ШКОЛАХ

Аннотация.

Формы, методы и средства развития речевых компетенций учащихся

10–11 классов на уроках родного языка в общеобразовательных школах.

Ключевые слова:

Речь, речевой этикет, стиль говорения, мышление, знания,

умения, компетенции.

Ajdodlarimiz azaldan fikrga mantiqiy yondashib aniq, to‘g‘ri, ta’sirli, tushunarli

so‘zlashga alohida e’tibor berganlar. So‘zning ma’nosiga diqqat qilish, ravon gapira olish,

so‘zlovchining nutqini hurmat bilan tinglash, o‘ylab fikr-mulohaza qilish, rost so‘zlash, ifodali

o‘qish, o‘z munosabatini erkin ifodalash, suhbat mavzusiga aloqador bo‘lmagan fikrlarni

aytmaslik kabilarga rioya qilish nutq odobining asosiy talablari sanalgan.

Nutqiy faoliyat jarayonidagi bu kabi odatiy talablar xalqimizning qadrlashga loyiq

an’anasi sifatida yillar davomida takomillashib kelmoqda. Nutqiy faoliyat turlari Kaykovus,

Farobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur,

Abdulla Avloniy asarlarining mazmun-mohiyatiga singdirilgan.

Kaykovusning “Qobusnoma” asarida keltirilgan “Tilingni yaxshi hunar bila o‘rgatg‘il va

muloyim so‘zdin boshqa narsani odat qilmag‘il.


background image

1664

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Nedinkim, tilga har nechuk so‘zni o‘rgatsang, shuni aytur, so‘zni o‘z joyida ishlatg‘il,

so‘z agar yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi so‘z bo‘lsa ham

yomon, nobop eshitilur. SHuning uchun behuda so‘zlamag‘ilki, foydasizdir” [9] – degan fikrlari

e’tiborlidir. O‘quvchilar ona tili darslarida muloyim so‘zlashni, so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llashni

o‘rganar ekan, ularda fikr tarkibi va qurilishi mazmundor va mantiqli so‘zlar bilan boyib boradi.

Farobiy foydali so‘zlashning ta’sirini quyidagicha izohlaydi: “…so‘zlash quvvati

shunday quvvatki, uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-

atvoridagi xunuk va go‘zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo‘lgan-bo‘lmagan

ishlarni ado etadi, shu bilan birga, zararli va foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni

fahmlaydi. YAxshi so‘z, ya’ni nutq kishiga obro‘ va baxt keltiradi. Ezgu so‘zli bo‘l:

So‘zlar ancha mujibi g‘aromat bo‘lmoq,

Til zabtidadur anga salomat bo‘lmoq” [4].

Shirinsuxanlik bilan murojaat qilish insonga obro‘, baxt keltiradi. O‘quvchilar yillar

davomida bu xususiyatni o‘zida mujassam qilib borishi ularda insoniy fazilatlar, nutq madaniyati

rivojining asosi bo‘ladi.

Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida ta’kidlashicha: “Fikr tarbiyasi

eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga

suyanilgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik,

g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur” [3]. Insonlarning jamiyatga, o‘z o‘rniga ega bo‘lishida,

yuksak salohiyatni egallashda tafakkurning, fikrning ijobiy ta’siri sezilarli darajadadir.

So‘nggi yillarda mustaqil fikrlash yoshlar tarbiyasining negizi sifatida mamlakatimizdagi

qonun va farmonlar mazmunida o‘z aksini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmonida “...o‘qitish metodikasini

takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich

tatbiq etish; xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va

innovatsion loyihalarni joriy etish” [1.] vazifalari ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy

kompetensiyalarini rivojlantirishga, ularni shaxs sifatida shakllantirishga, hayotiy faoliyatida

tarbiyaviy, madaniy, ma’rifiy jihatdan yondashib, ongli ravishda faol ishtirokini ta’minlashga

asos bo‘ladi.

Uzluksiz ona tili ta’limida nutqiy faoliyat turlarini shakllantirish va rivojlantirish

masalalari

atroflicha

o‘rganilgan bo‘lsa ham, 10-11-sinf o‘quvchilarining nutqiy

kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi etarli darajada takomillashtirilmagan.

SH.YUsupovaning dissertatsiyasida ona tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma

nutqini o‘stirish bo‘yicha “SHarhlash usuli”ni qo‘llashdan turli maqsadlar ko‘zlanishi nazarda


background image

1665

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

tutiladi. ”1. SHarhlash ona tili bo‘yicha o‘tilgan nazariy ma’lumotlarni idrok qilishga yordam

beradi. 2. SHarhlash nazariy ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llashni bildiradi. 3. Og‘zaki nutqni

o‘stirishga yordam beradi. 4. Orfoepik va orfografik normalar munosabatlarini

muvofiqlashtiradi. 5. Butun dars jarayonida o‘quvchilarda nazariy ma’lumotlar ta’kidlanadi”.

[18]

Metodist olimaning fikrlariga qo‘shilgan holda, quyidagicha izoh berish mumkinki, ona

tili darslarida sharhlash natijasida to‘g‘ri so‘zlash va to‘g‘ri yozish qoidalariga amal qilganligi

sinovdan o‘tadi. O‘quvchilarning talaffuzi, nutq texnikasiga e’tibor berishi orqali, olgan bilimini

amalda og‘zaki nutqida so‘zlay olishi muhim.

SH.YUldashevaning tadqiqot ishida o‘quvchilarning gapirish ko‘nikmalarini topshiriqlar

orqali rivojlantirish tadqiq qilingan [19]. O‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitish mazmunida

quyidagilar belgilangan:

1.Nutqiy-kommunikativ malaka, turli nutqiy vaziyatlarda fikr bayon eta olish, fikr

almashish, eshitilgan materialni idrok etish, o‘qish orqali axborot olish, fikrlarni yozma bayon

qila olish malakalari.

2.Til vositalarini nutqda qo‘llash uchun o‘zbek tili tizimidagi zarur bilimlarni (nutq

tovushlaridan to muomalaning eng kichik birligi – gapgacha) o‘zlashtirish, ya’ni grammatik

malaka.

3.O‘zbek xalqining milliy xususiyatlari, madaniyati hamda umuminsoniy qadriyatlar

bilan tanishtirish orqali hosil qilinadigan malaka” [20].

Ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarning grammatik malakalarini hosil qilish, nutq jarayonida

til vositalaridan o‘rinli foydalanish, xalqimizning yuksak madaniyati, milliy urf-odatlarini

mustahkamlash joiz. Bu vositalar orqali erkin muloqot qilish, nutqiy vaziyatlarda muomala

madaniyatiga rioya qilish ko‘nikmalari, savodli og‘zaki va yozma nutqni ifoda qilish shakllanib

boradi.

Nutqiy kompetensiyalarning tarkibiy komponentlarini boshlang‘ich sinf ona tili darslarda

shakllantirib borish maqsadga muvofiq. Darhaqiqat, o‘quvchilar tayanch sinflarga o‘tganda

ularning tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish va yozish kompetensiyalari ta’lim bosqichlarida

yillar davomida rivojlanib boradi. Yillar davomida ona tili mashg‘ulotlarida olgan bilim va

ko‘nikmalariga tayangan holda, turli matn turlarini tuzishga hamda xatosiz yozishga etarlicha

bilimga ega bo‘ladilar. SHu bilan birga, davlat tilida ish yuritish hujjatlarini mustaqil holda

namunaga qaramasdan mustaqil yozish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

D.Toshxo‘jaeva tomonidan darsdan tashqari tashkil qilinadigan tadbirlar orqali

o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalari o‘stirish muammolari o‘rganilgan [16].


background image

1666

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish darsdan tashqari tashkil

qilinadigan tadbirlarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi, chunki maktablarda o‘tkaziladigan

tadbirlarda o‘z tengquri tomonidan ifodali tarzda yoddan o‘qib eshittirilgan g‘azal, shohbaytlar

va she’rlar ularning tinglab tushunish, so‘zlash va eshitish kompetensiyalarining rivojlanishiga

sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.

G‘. Hamraevning ilmiy-tadqiqot ishida ”Agar darsni tashkil etish, xususan, ona tili

darslarida fonetika, orfoepiya, orfografiya mavzularini o‘qitish o‘qituvchining ixtiyoriga to‘liq

topshirib qo‘yilsa, o‘quvchilarning adabiy talaffuz hamda imloga oid ko‘nikmasi bir xil

bo‘lmasligi muqarrar. Talaffuz va imlo qoidalari esa, bir xillikni taqozo etadi. SHu ma’noda,

o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishni avtomatlashtirish masalasi juda dolzarb

bo‘lib qoladi” [22] -deyiladi. Ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish, asosan,

ona tili o‘qituvchisining darsni yuqori saviyada tashkil etishi bilan xarakterlanadi. Tinglab

tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish deyarli har bir ona tili darsida rivojlantirilib boriladi. Darsda

o‘qituvchining, birinchi galdagi, vazifalaridan biri, o‘quvchida nutqiy ko‘nikmalar hosil

bo‘lishini nazorat qilish, o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarning o‘sish darajalarining

“oqsayotganini” aniqlash va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatishdir. O‘quvchilarga

so‘zlarning imlosi bo‘yicha imlo lug‘at bilan ishlashni, ko‘chirib yozish mashqlarini bajarishda

o‘rganib, eslab qolishni uqtirish, so‘zlarning ma’noviy strukturasida izohli lug‘atlar bilan ishlash,

omonim va sinonim lug‘atlar bilan ishlashni o‘rgatishdir. Buning uchun u darsning yakunlovchi

qismida vaqt ajratsa, o‘qish va yozish mashqlariga alohida urg‘u bersa, nutqiy kompetensiyalar

takomillashadi. Albatta, bu jarayon o‘qituvchidan birgina darslik bilan chegaralanib qolmasdan

izlanishni, qo‘shimcha ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni talab qiladi.

O‘quvchilar boshlang‘ich sinflardan boshlab mustaqil ta’limni yo‘lga qo‘yib shakllantirib

borar ekan, keyinchalik 10-11-sinf o‘quvchilari bo‘lganlarida ularning so‘zlashi, turli

vaziyatlardan shirinsuxanlik bilan chiqa olish qobiliyatlari, o‘ylab, mulohaza qilib yuritish

ko‘nikmalari takomillashib boradi. 10-11-sinf o‘quvchilari vatanparvarlik, insonparvarlik,

odamiylik, oliyjanoblik, mehnatsevarlik kabi qator fazilatlar ifodalangan badiiy asarlarni va

she’rlarni o‘qib tahlil qilishsa, ularning nutqi sezilarli darajada rivojlanadi. Demak, nutqiy

kompetensiyalar darsliklarda, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy-tadqiqot ishlarida nutq, nutqiy

faoliyat turlari, nutq malakalari va nutqiy ko‘nikmalar deb nomlangan.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutqiy faoliyatning o‘qish va yozish ko‘nikmalari

ularning yoshi va aqliy rivojining takomilini inobatga olgan holda, bosqichma-bosqich

shakllantirilib boriladi. YOshlik chog‘laridan boshlab berilayotgan ilk saboqlarda o‘qish va

yozish ko‘nikmalari shakllantirilayotgan asosiy bilimlarning poydevoriga jiddiylik bilan

egallanishi va nazoratga olinishi zaruriy omildir.


background image

1667

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Ona tilini o‘qitishda bu malakalar keyinchalik yuqori sinflarda nutqiy kompetensiyalarni

rivojlanirish uchun o‘z ijobiy natijasini beradigan asosiy zamin vazifasini o‘taydi .

A.A.Abduazizovning “Tilshunoslik nazariyasiga kirish” darsligida nutq shakllarini

rivojlantirishda qo‘llaniladigan vositalar haqida mulohaza yuritilgan. “Nutq – bu tilning va

undagi belgilarning barcha qo‘llanilish holatlarini qamrab oladi. YOzma shaklda o‘qib berish

uchun tayyorlangan roman, qissa, hikoya va h.k. nutqqa tegishlidir” [2.]. Nutqning rivojlanishi

uchun xizmat qiluvchi bu vositalar o‘quvchining aqliy kamol topishi bilan birga, mustaqil

fikrlashiga va ijodiy yondashuv asosida fikrini erkin bayon qilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi

aytilgan.

Psixolog N.I.Jinkinning ta’kidlashicha, “Nutq – intellektni rivojlantiruvchi kanal. Til

qancha erta o‘zlashtirilsa, bilimlar shuncha oson va to‘liq o‘zlashtiriladi” [7]. Olimlar tomonidan

bildirilgan fikrlar turlicha talqin qilingan. Bizning fikrimizcha, nutqning belgilangan qoida va

talab asosida rivojlanishi bilimlar zaxirasining paydo bo‘lishida antrotsentrik faoliyatini

namoyon qiladi. Fikrlar xilma-xilligi bilimlar vositasida bosqichma-bosqich shakllanadi. Rus

olimi L.S.Vigotskiy botiniy nutqdagi fikrning so‘zga aylanishini “tafakkur grammatikasining

so‘z grammatikasiga aylanishi” deb ta’riflaydi [14]. Darhaqiqat, fikr sayqallanib etilgan tafakkur

bilan tashqi nutqqa aylanadi.

O‘quvchilar oila davrasida milliy tilda gapirishi, shevaga xos so‘zlarni erkin ishlatishi

tabiiy hol. Ular darsdan keyin tashkil qilinadigan to‘garaklarda adabiy tilda gapiradilar, fikrini

adabiy tilda tushuntirib, ba’zi o‘rinlarda izohlab etkazadi. Biroq bayramlarda, tadbirlarda ham

turli xududdan kelgan va boshqa millat vakillari ishtirokchilari qatnashayotganligini inobatga

olib, adabiy tilda gapirishlari to‘g‘ri deb o‘ylaymiz. SHuning uchun ona tili darslarida bilim,

ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga, shular negizida kompetensiyalarni rivojlantirishga e’tiborni

kuchaytirish kerak.

Bilim – o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma

o‘quvchining o‘rgangan bilimlarini tanish vaziyatlarda qo‘llay olishi yoki o‘zlashtirgan bilimlari

asosida muayyan amaliy harakatni bajara olish faoliyati; malaka

– o‘rganilgan bilim va

shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;

“Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmui bo‘lib, bolalarning

o‘ziga xos rivojlanish sohalarini birlashtiruvchi tushunchadir. Bu kompetensiyalar bolalarning

ma’nan mukammal shakllanishi va intellektual rivojlanishi uchun asos bo‘ladi” [6].

Kompetensiya – o‘quvchilarning muayyan bir sohada sermahsul faoliyatini mustaqil olib

borishi uchun oldindan tayyorlanadigan zaruriy talabdir.

“Kompetensiya” termini fanda ilk bor XX asrning 50-60-yillarida qo‘llangan. Inglizcha

“sompetense” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita chuqur bilimga asoslangan qobiliyat,


background image

1668

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

layoqatlilik darajasini anglatadi [12]. Kompetensiya so‘zining ma’nosiga qator izohlar va

ta’riflar berilgan, tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilingan.

Kompetensiya – (lot, compete – munosibman, loyiqman) u yoki bu sohadagi bilimlar,

tajribalar, shaxsning biron bir sohadan xabardorligi, shu sohani bilish darajasi [11].

N.SH.Turdiev va qator olimlar tomonidan tuzilgan “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida

o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” nomli

qo‘llanmasida “kompetentlilik”, “kompetensiya” tushunchalari tavsiflarida quyidagi holatlari:

bilimlar majmuining amalda qo‘llanilishi, shaxsning uquvi, xislatlari, fazilatlari; amaliy

faoliyatga tayyorgarlik o‘lchovi, muammolarni hal etish, amalda zarur natijalarni qo‘lga kiritish

layoqati, shaxsning professional faoliyatini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma, malakalar yaxlitligi;

faollashgan (amaliyotga tatbiq etilgan) o‘quv, bilim, tajribalar majmui, shaxsning maqsadli

yo‘naltirilgan emotsional iroda kuchi [17] sanab o‘tilgan. Kompetensiyalar egallangan bilimlar

zamirida ko‘nikmalar hosil qilinadi va ko‘nikmalar malakaga aylanadi. Kompetensiya bilim,

ko‘nikma, malakalarning yuqori darajasi, ya’ni layoqat sanaladi. Demak, kompetensiyalar

ma’lum bosqichlar davomida amaliyotga tatbiq etilgan ilmlar jamlanmasidir.

V.Xutmaxer Evropa kengashi tomonidan qabul qilingan “evropa yoshlari ega bo‘lishi

kerak

bo‘lgan”

beshta

tayanch

kompetensiyalarning

ta’riflarini

keltiradi.

Bu

kompetensiyalarning uchinchisi quyidagilardan iborat: og‘zaki va yozma muloqotga kirishish

bilan bog‘liq kompetensiyalar. Bunday kompetensiyalarga ega bo‘lmagan insonlar ijtimoiy

jihatdan izolyasiyalanib qolish xavfiga duchor bo‘ladilar[17].

Nutqda nutqiy birliklarni tanlay olishda amaliy ko‘nikmalar hosil bo‘ladi, lisoniy

qoidalardan nutqda foydalanadi. Metodik adabiyotlarda kompetensiyaning uch jihati ajratiladi:

lingvistik;

sotsiolingvistik;

pragmatik

kompetensiya

[17].

“Birinchisida

ijtimoiy

munosabatlarning so‘z va morfologik shakllarni ishlatishga ta’sirini bilgan holda muloqotda

ishtirok etish layoqati tushuniladi. Pragmatik kompetensiya nutqning emotsional-hissiy tomonini

anglatib, tabiatan lingvistik va nutqiy layoqatning yuqori darajasi hisoblanadi.

“Ma’lumki, tinglab tushunish murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Boisi so‘zlovchining

radio, magnitofon, televidenie orqali yoki muloqot paytida ifodalagan nutqini tinglovchi tezda

qabul qilib, mazmunini tushunib, xotirada saqlab qolishi lozim. Bunday nutqni qaytadan o‘qib

olish uchun imkon bo‘lmaydi. Tinglab tushunish gapirish bilan uzviy bog‘liq. Tinglab tushunish

ko‘nikmasi egallangan bo‘lsa, o‘quvchida gapirish ko‘nikmasi ham yaxshi rivojlanadi” [19].

Tinglab tushunish jarayoni o‘quvchidan diqqatni jamlash, e’tibor bilan eshitish,

tinglangan matnni qayta gapirish uchun eshitish me’yorlariga amal qilgan holda ma’lumot

mazmunini anglash hamda to‘g‘ri xulosa chiqarish kabi ko‘nikmalar rivoji bilan va inson xotirasi

bog‘liq.


background image

1669

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

SHuningdek, tinglab tushunish ko‘nikmasi og‘zaki nutq takomilida katta ahamiyatiga

ega.

“O‘quvchilar oldiga gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv malakalarini hosil

kilishdan iborat zamonaviy vazifalar qo‘yish, o‘quv dasturlari va darsliklar tuzilib ta’lim

jarayoniga tatbiq etish nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi muhim omildir. Bu davrda

tinglab tushunishni o‘rgatish masalalari ilk bor tadqiq qilindi. Nutq namunalari asosida

gapirishni o‘rgatish maqsadga muvofiq deb topildi” [10]. Hozirgi kunda o‘quvchilarda nutqiy

ko‘nikmalarni hosil qilish, amaldagi o‘quv dasturi va 2017-2020-o‘quv yillari mazmun va shakl

jihatdan yangi tuzilgan o‘quv dasturlari va “Ona tili” darsliklari o‘quvchilarning nutqiy

kompetensiyalarini sezilarli darajada rivojlantirishga xizmat qiladi. Xususan, 10-sinf “Ona tili”

[21] darsligida nutq uslublari turlariga oid nazariy ma’lumotlar, avvalo, matndan ko‘k rang bilan

ajratib yozilgan so‘zlarni qaysi uslubga aloqadorligini aniqlash, keyingi mashqda esa matndagi

ajratilgan so‘zlarni nutq uslublari bo‘yicha kitobiy, betaraf, so‘zlashuvga guruhlash, testda nutq

uslublari turlariga xos kichik matnlarning aralash berilganini topish, o‘quvchilarning matnga

so‘zlarni tanlab qo‘llash, matn turlarini tuzishni o‘rgatadi. O‘quvchilar dastavval ma’lumotlarni

tinglab tushunish va o‘qish orqali bilib oladilar. Ularda ma’lumotlar zahirasi paydo bo‘lgandan

keyin berilgan ma’lumotni qayta gapirib, yozma nutqida ifodalay oladi. Bu jarayonlar bir-biri

bilan bog‘liq ravishda ma’lum vaqt davomida rivojlanadi.

R.Yo‘ldoshevning fikricha, ”... gapirish birinchi navbatda so‘zlarni va ularning talaffuzini

bilish, fikr bayon qilish chog‘ida kerakli so‘zni xotiraga keltirib, grammatik jihatdan

shakllantirish, hosil bo‘lgan so‘z shakli taqozo etgan navbatdagi so‘zni xotiraga keltirish, uni

ham grammatik jihatdan shakllantirish, shu tariqa ongda yuzaga keladigan sintagmani aytishning

cheksiz zanjiri sodir bo‘ladi” [8]. Bu jarayon og‘zaki nutq rivojlanishi emas, balki yozish

ko‘nikmalari rivojida ko‘proq namoyon bo‘ladi. CHunki o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz

qilishidagi diksiya va intonatsiyaga etarlicha e’tibor bermaydi va gaplarni grammatik jihatdan

shakllantirmaydi, ularning ko‘pgina jumlalari, tez fursatda vujudga keladi, ayniqsa, matn yozish

jarayonida grammatik jihatdan shakllantirishga ma’lum vaqt beriladi, albatta, xatosiz gapirish

talab qilinadi.

O.B.Sirotnina “Nutq madaniyati – har qanday kommunikativ vaziyatda, eng avvalo,

xatosiz gapirishni anglatadi, to‘g‘ri fikrlash, to‘g‘ri so‘zlash madaniyat belgisi sifatida tan

olinmoqda” [15] deb ta’kidlaydi. Ona tili darslarida xatosiz gapirish, to‘g‘ri so‘zlash, fikrlash

muayyan muddat davomida rivojlantirib borilgan gapirish va so‘zlash ko‘nikmalariga bog‘liq

jarayon. Egallangan bilimlar qatorida hayotiy tajribalarga asoslanilgan nazmda va nasrda

yozilgan paremikalarning muhim aspektlari xatosiz so‘zlash va gapirishda o‘z aksini topadi.


background image

1670

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Nutqda fikrni rivojlantira borib, dastlab uning sxemasini tinglovchining aqliga etkazish,

keyin uning tasavvuriga yaqqol taqqoslarni taqdim etish kerak, “nihoyatda chiroyli lirik tasvirlar

bilan ehtiyotkorona uni tinglovchining yuragiga jo qiling, o‘shanda tinglovchi – asiringiz qochib

ketmaydi, hatto siz uni erkin qo‘yib yuborsangiz ham sizning abadiy itoatgo‘y mijozingiz bo‘lib

qoladi” [13]. Tinglovchiga chiroyli tasvirlar bilan tushuntirish suhbat jarayonining motivatsiya

berishi bilan qiziqligi o‘ziga tortadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjati. – T.: 2017 yil, 6-son, 70-modda.

2.

Abduazizov A.A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – T.:, 2010. –213 b.

3.

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axlok. –T.: 1992. – 9-b.

4.

Amirov R. Osobennosti sintaksisa kazaxskoy razgovornoy rechi. – Alma-Ata, 1972. – S. 6.

5.

Bakieva H.S. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil ta’lim orqali nutq va tafakkurni

rivojlantirish metodikasi. Ped.fan.nom. diss. –T.: 2019. –144b.

6.

Daliboeva SH.T. Kompetensiyaviy yondashuv maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual

rivojlantirish omili sifatida. NamDU ilmiy axborotnomasi.2020.1-son.-344b

7.

Jinkin N.I. Rech kak provodnik informatsii. – M.: Nauka, 1982. –159 s.

8.

Yo‘ldoshev R.A. O‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini ularni ko‘p

gapirtirish orqali o‘stirish metodikasi (Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar

misolida). – T.: Fan va texnologiya, 2012. – 216 b.

9.

Kalshanskiy G.V. Ot predlojeniya k tekstu //Suщnost, razvitie i funksii yazыka. – M.:

Nauka, 1987. S 67

10.

Lyaxovitskiy M.V. Metodika prepodavaniya inostrannыx yazыkov. – M.: 1981. – S. 98.

11.

Masharipova U. Innovatsion ta’lim sharoitida boshlangich sinf o‘quvchilarining nutq

madaniyatini shakllantirish metodikasi Ped. fan. dok. (PhD) diss... . –T.: 2018. –163b.

12.

Narzieva N. Formirovanie issledovatelskix kompetensiya u uchaщixsya na osnove

integrativnogo

podxoda//

XV

Mejdunarodnaya

nauchno-prakticheskaya

konferensiya.World science:problems and innovations. Msns» Nauka i prosveщenie». 30

noyabrya 2017. Penza, 2017. CHast 3. -S. 156-158.

13.

Razumova L., SHarov V. Lektor nutqining ta’sirchanligi. – T.: 1973. – 21.b.

14.

Salisheva Z.I. O‘zbek tili mashg‘ulotlarida talabalar monologik nutqini rivojlantirish

metodikasini takomillashtirish (rus guruhlarda). Ped. fan. nom. ...dis. avtoref. –T., 2019. –

11-b.


background image

1671

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

15.

Sirotnina O.B.Ustnaya rech i tipы rechevыx kultur. //Rusistika segodnya. -M.: 1995. -Vыp

4, S.3-21

16.

Toshxo‘jaeva D. Matn mazmunini o‘z so‘zlari bilan qayta hikoya qilishga o‘rgatishning

metodik asoslari: Ped. fan. nom. ...dis. – Toshkent, 2000. –130 b.

17.

Turdiev N.SH., Asadov YU.M., Akbarova S.N., Temirov D.SH. Umumiy o‘rta ta’lim

tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim

texnologiyalari T.:T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, 2015. – 160 b

18.

SHatilov S.F.Metodika obucheniya nemetskogo yazыku v sredney shkole.-M.,1986. – 43S.

19.

YUsupova SH.J. Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning

ilmiy-metodik asoslari: Ped. fan doktori … diss.- Toshkent: TDPI, 2005. –279 b

20.

YUldasheva SH.SH. Davlat tili ta’limida o‘quvchilar nutqiy malakalarini o‘stirishning

ilmiy-metodik asoslari. Ped. fan. nom. diss. –T.: 2008. –29 b.

21.

G‘ulomov A. va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Fan va texnologiya, 2012.- 380 b.

22.

Hamraev G‘.H. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining

metodik ta’minotini takomillashtirish: Ped. fan. dok. (PhD) diss.... – Samarqand: 2019. –

56 b.

23.

Qurbonova O.B. 10-11-sinf Ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini

rivojlantirish metodikasini takomillashtirish: Ped. fan. dok. (PhD) diss.... – Toshkent: 2021

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjati. – T.: 2017 yil, 6-son, 70-modda.

Abduazizov A.A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – T.:, 2010. –213 b.

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axlok. –T.: 1992. – 9-b.

Amirov R. Osobennosti sintaksisa kazaxskoy razgovornoy rechi. – Alma-Ata, 1972. – S. 6.

Bakieva H.S. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil ta’lim orqali nutq va tafakkurni rivojlantirish metodikasi. Ped.fan.nom. diss. –T.: 2019. –144b.

Daliboeva SH.T. Kompetensiyaviy yondashuv maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual rivojlantirish omili sifatida. NamDU ilmiy axborotnomasi.2020.1-son.-344b

Jinkin N.I. Rech kak provodnik informatsii. – M.: Nauka, 1982. –159 s.

Yo‘ldoshev R.A. O‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini ularni ko‘p gapirtirish orqali o‘stirish metodikasi (Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar misolida). – T.: Fan va texnologiya, 2012. – 216 b.

Kalshanskiy G.V. Ot predlojeniya k tekstu //Suщnost, razvitie i funksii yazыka. – M.: Nauka, 1987. S 67

Lyaxovitskiy M.V. Metodika prepodavaniya inostrannыx yazыkov. – M.: 1981. – S. 98.

Masharipova U. Innovatsion ta’lim sharoitida boshlangich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish metodikasi Ped. fan. dok. (PhD) diss... . –T.: 2018. –163b.

Narzieva N. Formirovanie issledovatelskix kompetensiya u uchaщixsya na osnove integrativnogo podxoda// XV Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya.World science:problems and innovations. Msns» Nauka i prosveщenie». 30 noyabrya 2017. Penza, 2017. CHast 3. -S. 156-158.

Razumova L., SHarov V. Lektor nutqining ta’sirchanligi. – T.: 1973. – 21.b.

Salisheva Z.I. O‘zbek tili mashg‘ulotlarida talabalar monologik nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (rus guruhlarda). Ped. fan. nom. ...dis. avtoref. –T., 2019. –11-b.

Sirotnina O.B.Ustnaya rech i tipы rechevыx kultur. //Rusistika segodnya. -M.: 1995. -Vыp 4, S.3-21

Toshxo‘jaeva D. Matn mazmunini o‘z so‘zlari bilan qayta hikoya qilishga o‘rgatishning metodik asoslari: Ped. fan. nom. ...dis. – Toshkent, 2000. –130 b.

Turdiev N.SH., Asadov YU.M., Akbarova S.N., Temirov D.SH. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari T.:T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, 2015. – 160 b

SHatilov S.F.Metodika obucheniya nemetskogo yazыku v sredney shkole.-M.,1986. – 43S.

YUsupova SH.J. Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslari: Ped. fan doktori … diss.- Toshkent: TDPI, 2005. –279 b

YUldasheva SH.SH. Davlat tili ta’limida o‘quvchilar nutqiy malakalarini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslari. Ped. fan. nom. diss. –T.: 2008. –29 b.

G‘ulomov A. va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Fan va texnologiya, 2012.- 380 b.

Hamraev G‘.H. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish: Ped. fan. dok. (PhD) diss.... – Samarqand: 2019. – 56 b.

Qurbonova O.B. 10-11-sinf Ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish: Ped. fan. dok. (PhD) diss.... – Toshkent: 2021