ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
487
XALQARO OMMAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLARDA JAVOBGARLIK
Doniyor Xolmirzayev
Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti
“Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi mudiri
Muxtor Norqulov
Termiz davlat universiteti Akademik litseyi
“Ijtimoiy-gumantar fanlar” kafedrasi mudiri
Sayfiddin To‘rayev
Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14674741
Annotatsiya. Inson qonunlar va huquqiy normalar ustuvor bo‘lgan jamiyatda yashar ekan,
u o‘z huquq va erkinliklari orqali ijtimoiy munosabatlarga faol kirishadi. Ushbu munosabatlar
davomida tabiiy ravishda turli nizolar yuzaga kelishi mumkin. Chunki, har bir shaxs o‘ziga
yuklatilgan huquqiy majburiyatlarni har doim ham subyektiv yoki obyektiv sabablarga ko‘ra to‘liq
bajara olmaydi yoki bajarishni istamaydi. Shuningdek, insonlarning huquqbuzarlikka moyilligi
yoki uni sodir etishga xohishi borligini ham e’tirof etishimiz kerak. Bu kabi huquqbuzarliklar, o‘z
navbatida, javobgarlikning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Xalqaro ommaviy-huquqiy
munosabatlarda ham nizolar va nizoli holatlar yuz berib turadi. Bunday holatlarda xalqaro
ommaviy huquq subyektlari ham insonlar kabi huquqiy oqibatlar va javobgarlikka tortilish tartib-
qoidalariga duch keladi. Ushbu maqola doirasida xalqaro ommaviy-huquqiy munosabatlarda
subyektlarning javobgarligi va uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib beriladi.
Kalit so’zlar: Inson qonunlar, huquqiy normalar, jamiyat, xalqaro ommaviy-huquqiy
munosabatlar, huquqiy majburiyatlar, huquqbuzarlik, javobgarlik.
RESPONSIBILITY IN INTERNATIONAL PUBLIC-LEGAL RELATIONS
Abstract. As long as a person lives in a society where laws and legal norms prevail, he
actively enters into social relations through his rights and freedoms. Naturally, various conflicts
may arise in the course of these relations. Because not every person, for subjective or objective
reasons, can or does not want to fully fulfill the legal obligations imposed on him. We must also
recognize that people have a tendency to commit offenses or a desire to commit them. Such
offenses, in turn, give rise to liability. Disputes and conflict situations also occur in international
public-legal relations. In such cases, subjects of international public law, like people, are faced
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
488
with legal consequences and procedures for liability. This article will shed light on the
responsibility of subjects in international public-legal relations and its specific features.
Keywords: Human rights, legal norms, society, international public legal relations, legal
obligations, tort, responsibility.
ОТВЕТСТВЕННОСТЬ В МЕЖДУНАРОДНЫХ ПУБЛИЧНО-ПРАВОВЫХ
ОТНОШЕНИЯХ
Аннотация. Живя в обществе, где господствуют законы и правовые нормы, человек
посредством своих прав и свобод активно участвует в общественных отношениях. В ходе
таких отношений естественным образом могут возникать различные конфликты.
Потому что не каждый человек всегда может или хочет в полной мере выполнять
возложенные на него юридические обязательства по субъективным или объективным
причинам. Мы также должны признать, что у людей есть склонность совершать
преступления или желание их совершать. Подобные нарушения, в свою очередь, влекут за
собой ответственность. В международных публично-правовых отношениях также
возникают споры и конфликтные ситуации. В таких случаях субъекты международного
публичного права подлежат тем же правовым последствиям и процедурам
ответственности, что и физические лица. В статье рассматривается ответственность
субъектов международных публично-правовых отношений и ее особенности.
Ключевые слова: Права человека, правовые нормы, общество, международные
публично-правовые отношения, правовые обязательства, деликт, ответственность.
Kirish
Jamiyatda turli munosabatlar shakllangani sayin, ularni tartibga solish bilan bog‘liq norma
ijodkorligi jarayoni kuchayib boradi. Shu asnoda, jamiyatda insonlarda huquq, erkinlik, qonuniy
manfaatlar bilan bir qatorda majburiyat va burch kabi tushunchalarning mavjudligi qonun
ustuvorligi va adolat tamoyillariga mos kelishini ko‘rishimiz mumkin.
Huquq tizimi rivojlanib, faqat shaxslar emas, balki yuridik shaxslar, muassasalar va
tashkilotlarning ham huquq va majburiyatlari shakllana boshladi. Hozirgi kunda davlatlar va
xalqaro tashkilotlar ham jahon miqyosida sezilarli o‘ringa ega bo‘lib bormoqda. Bu holatning
sababi – subyektlar doirasining kengayishi va huquq tizimining faqat xususiy huquq bilan
cheklanib qolmay, ommaviy huquqni ham qamrab olishidir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
489
Shu bilan birga, ommaviy huquqni tartibga solish va aniq huquq hamda majburiyatlarni
belgilash bugungi kunda dolzarb masalaga aylangan.
Jamiyatdagi fuqaroviy-ijtimoiy munosabatlarda davlat, yuridik shaxs va jismoniy shaxslar
huquq subyekti sifatida qatnasha oladi. Xalqaro ommaviy huquqiy munosabatlar esa quyidagilarni
o‘z ichiga oladi: davlatlararo munosabatlar, davlatlar va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar
o‘rtasidagi munosabatlar, davlatlar va davlatlarga o‘xshash tuzilmalar o‘rtasidagi munosabatlar,
davlatlar va mustaqillik uchun kurashayotgan xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda xalqaro
tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar.
Xalqaro huquqda javobgarlikning mohiyati
Xo‘sh, Xalqaro ommaviy huquqda javobgarlik deganda nimani tushunamiz?
Xalqaro-
huquqiy javobgarlik
– bu xalqaro huquq normalarini yoki o‘z xalqaro majburiyatlarini buzgan
xalqaro huquq subyekti uchun yuzaga keladigan yuridik oqibatdir. Bunday javobgarlik nafaqat
mazkur normalar va qoidalarni tiklash, balki yetkazilgan zararni qoplashni ta’minlashning yuridik
vositalaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro huquqning shartnomaviy yoki odat normalarini buzish oqibatlari huquqbuzar
davlatga, zarar ko‘rgan davlat yoki davlatlar guruhiga, shuningdek boshqa davlatlar va xalqaro
tashkilotlarga ta’sir qilishi mumkin. Xalqaro huquq subyektining javobgarligi, odatda, u
tomonidan sodir etilgan xalqaro huquqbuzarlik natijasida yuzaga keladi.
Xalqaro huquq nazariyasiga ko‘ra, xalqaro huquqbuzarlik – bu xalqaro huquq subyekti
tomonidan xalqaro huquq normalarining yoki o‘zining xalqaro majburiyatlarining buzilishi
natijasida boshqa xalqaro huquq subyekti yoki subyektlari guruhiga yoxud butun xalqaro
hamjamiyatga moddiy yoki nomoddiy zarar yetkazuvchi harakati yoki harakatsizligidir. Masalan,
agressiya akti, suverenitetni noqonuniy cheklash, hududiy yaxlitlik va siyosiy mustaqillikka
tajovuz qilish, shartnomaviy majburiyatlarni buzish shunday huquqbuzarliklar sirasiga kiradi.
Javobgarlik, odatda, xalqaro huquq subyekti tomonidan huquqqa zid harakat bilan
yetkazilgan zarar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud bo‘lganda yuzaga keladi. Shunday qilib,
xalqaro huquqbuzarlikning xalqaro-huquqiy javobgarlikka olib keluvchi tarkibiy elementlari
quyidagilardan iborat:
1. Subyektning xalqaro huquq normalarini buzuvchi harakati yoki harakatsizligi.
2. Huquqbuzarlikning mazkur subyekt bo‘yniga qo‘yilishi.
3. Xalqaro huquqning boshqa subyekti yoki subyektlari guruhiga zarar yetkazilishi.
Xalqaro sudlarning roli
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
490
Xalqaro sudlar davlatlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilishda va xalqaro huquqni buzish
holatlarida muhim rol o‘ynab, to‘g‘ri hukm chiqaradi. Xalqaro Jinoyat Sudi qarorlari shaxsiy
javobgarlikni belgilashda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, shaxslar, davlat rahbarlari yoki harbiy
qo‘mondonlar jinoyatlar uchun javobgar bo‘lishi mumkin. Xalqaro tashkilotlar tomonidan
chiqarilgan qarorlar, masalan, xalqaro jinoyatlarni sudga oshirish, ekologik jinoyatlar yoki inson
huquqlarini buzish holatlarida davlatlarning javobgarligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlari urush jinoyatlari yoki tinchlikni buzish holatlarida
davlatlarni jazolash va xalqaro huquqni ta’minlashda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Ushbu
qarorlar xalqaro jazolarni amalga oshirish va javobgarlikni belgilash uchun bir qancha
mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi. Urush qurbonlarini himoya qilishga doir 1949-yilgi
Jeneva konvensiyalari va boshqa konvensiyalar urush olib borish vositalari va usullarini tartibga
soluvchi normalar buzilgan holatlarda javobgarlikni davlat organlari yoki harbiy tuzilmalarga
yuklaydi. Davlatlar ushbu konvensiyalar va bitimlarda belgilangan urush qonunlari va odatlarining
o‘z davlat organlari, harbiy qo‘mondonlari va askarlari tomonidan aniq bajarilishini ta’minlash
uchun barcha qonunchilik, ma’muriy va boshqa choralarni ko‘rishi shart.
Xalqaro huquq subyektlarining xalqaro-huquqiy javobgarligi nafaqat xalqaro huquq
normalari yoki shartnomaviy majburiyatlarni buzganlik uchun, balki xalqaro huquqqa zid
bo‘lmagan harakatlar natijasida zararli oqibatlar kelib chiqishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Masalan, bunday holatlar xalqaro huquq bilan taqiqlanmagan yuqori xavfli manbalardan
moddiy zarar yetkazilganda yuzaga keladi. Yuqori xavfli manbalarga yadroviy energetik
qurilmalar o‘rnatilgan kemalar yoki koinotga uchirilgan fazoviy obyektlar kiradi. Ushbu obyektlar
ochiq dengizda kemalar qatnovi erkinligi doirasida faoliyat olib boradi.
Davlatlar xalqaro huquqbuzarlik sodir etishi yoki ma’lum xalqaro-huquqiy faoliyat
natijasida zarar yetkazishi uchun javobgar bo‘lishi mumkin. Masalan, bunday javobgarlik xalqaro
kosmik huquq, dengiz huquqi yoki ekologik huquqda ko‘tariladigan masalalarga taalluqlidir.
Davlatlarning javobgarligi 1967-yilgi Kosmik fazoni, Oy va boshqa osmon jismlarini tadqiq qilish
va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlar faoliyati tamoyillari to‘g‘risidagi shartnomada, 1972-
yilgi Kosmik jismlar sababli yetkazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik to‘g‘risidagi
konvensiyada, 1964-yilgi Yadro zararlari uchun fuqarolik javobgarligi bo‘yicha Vena
konvensiyasida va 1982-yilgi Dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyada aniq belgilab qo‘yilgan.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari
Davlatlarning xalqaro maydondagi javobgarligi ikki turga bo‘linadi: moddiy va siyosiy.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
491
Siyosiy javobgarlik.
Siyosiy javobgarlikning eng keng tarqalgan turi sanksiya hisoblanadi.
Sanksiya – huquqbuzar davlatga nisbatan qo‘llanadigan majburlov chorasidir. Xalqaro
tinchlik va xavfsizlikka tahdid solganlik uchun sanksiyalar va ularni qo‘llash tartibi BMT
Nizomining 39-, 41- va 42-moddalarida belgilangan.
Moddiy javobgarlik.
Moddiy javobgarlik davlat tomonidan moddiy zarar yetkazishga olib
keluvchi xalqaro majburiyatning buzilishi bilan yuzaga keladi. Moddiy javobgarlik quyidagi
shakllarga ega:
1. Reparatsiya
Reparatsiya – yo‘qotilgan foyda uchun pul yoki boshqa moddiy kompensatsiya shaklida
qoplanadi. Javobgar davlat huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zararni qoplashi shart, lekin uning
o‘rnini dastlabki holatni tiklash yo‘li bilan qoplay olmaydi. Kompensatsiya buzilgan vaziyatga
qo‘shimcha bo‘lib, maqsadi to‘liq zararni qoplashdir. Masalan, 1945-yilgi Yalta konferensiyasi
qaroriga ko‘ra, Germaniyadan olinadigan reparatsiya 20 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan.
2. Repressaliya
Repressaliya – bir davlat tomonidan ikkinchi davlatga nisbatan qo‘llanadigan majburlov
harakatidir. Bu harakat ikkinchi davlatning huquqqa zid faoliyatiga qarshi amalga oshiriladi va
buzilgan huquqlarni tiklashga qaratiladi. Biroq repressaliya yetkazilgan zarar bilan mos kelishi va
majburlov qoniqarli bo‘lishi lozim. 1980-yillarda AQShning Liviyaga nisbatan repressiya
choralarini qo‘llashi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. AQSh Liviyaning xalqaro terrorchilikni
qo‘llab-quvvatlaganini iddao qilib, iqtisodiy sanksiyalar joriy etgan va harbiy zarbalar bergan.
3. Restitutsiya
Restitutsiya – xalqaro huquqqa zid ravishda tortib olingan va urush hududlaridan olib
chiqib ketilgan mulkni asl holiga qaytarishdir. Restitutsiya, shuningdek, huquqbuzarlik sodir
bo‘lganidan avvalgi moliyaviy ahvolni tiklashni nazarda tutadi.
Restitutsiya quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
• Vayron qilinganlarni tiklash.
• Mulk yoki hududni qaytarish.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Germaniya tomonidan yahudiylarga va boshqa jabrlangan
millatlarga yetkazilgan zararning qoplanishi va o‘g‘irlangan madaniy boyliklarning qaytarilishi
restitutsiyaning yorqin misolidir.
4. Satisfaksiya
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
492
Satisfaksiya – davlatning xalqaro majburiyatlarini buzish natijasida yetkazilgan zarar
uchun beriladigan siyosiy yoki moddiy qoniqishdir. 2002-yilda Kanada o‘z hududida yaponiyalik
diplomatni noto‘g‘ri hibsga olgani uchun rasmiy uzr so‘ragan, Bu qoniqish (satisfaksiya)
mexanizmining siyosiy ko‘rinishidir.
5. Substitutsiya va retorsiya
Bu shakllar xalqaro huquqni tiklash va zarar qoplash usullaridan bo‘lib, maqsad zarar
ko‘rgan davlatning manfaatlarini himoya qilishdir.
Xalqaro ommaviy-huquqiy javobgarlikdagi muammolar
Xalqaro huquqda yirik huquqbuzarliklar, jumladan genotsid va insoniyatga qarshi
jinoyatlarga nisbatan yetarli jazo choralarining qo‘llanilmasligi dolzarb muammo bo‘lib
qolmoqda. Misol sifatida Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari keltirilishi mumkin. BMTning
ko‘plab rezolyutsiyalariga qaramay, bu harakatlar davom etmoqda.
Dalillar:
• 2023-yilda Isroil armiyasining G‘azo hududida harbiy harakatlar olib borishi ko‘plab
xalqaro tashkilotlar tomonidan qoralangan. Amnesty International bu harakatlarni inson huquqlari
buzilishi sifatida baholagan.
• BMT tomonidan chiqarilgan rezolyutsiyalar faqat tavsiyalar ko‘rinishida qolib
ketmoqda, bu esa xalqaro huquqning amaliyotdagi zaifligini ko‘rsatadi.
Takliflar:
1. Urush jinoyatlarini sodir etgan davlatlarga nisbatan xalqaro jazo choralarini
kuchaytirish.
2. Xalqaro sudlarning qarorlarini bajarish mexanizmlarini kuchaytirish va davlatlararo
tenglikni ta’minlash.
3. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning qarorlarini majburiy kuchga ega qilish.
Xalqaro huquqda javobgarlik – bu davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni
barqarorlashtiruvchi asosiy vositalardan biridir. Repressaliya, restitutsiya, satisfaksiya va boshqa
choralar davlatlararo nizolarni hal qilishda samarali qo‘llanilishi mumkin. Ammo xalqaro huquq
amaliyotidagi ikkiyuzlamachilik va sust javobgarlik mexanizmlari bu tizimning zaif tomonlarini
ko‘rsatadi.
Amaliy va qat’iy javobgarlik choralari nafaqat huquqbuzarliklarni bartaraf etish, balki
kelajakda bunday holatlarning oldini olish uchun ham muhimdir. Xalqaro hamjamiyatning
birgalikdagi harakati huquq va adolatni tiklashda hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
493
Xulosa
Ushbu maqola doirasida xalqaro huquqda javobgarlik, uning turlari, asoslari va
shakllanishi bilan bog‘liq muhim aspektlar yoritildi. Oddiy kundalik ijtimoiy munosabatlarda
huquq, erkinlik va majburiyatlar qanchalik muhim bo‘lsa, xalqaro maydonda javobgarlikning ham
ahamiyati shunchalik katta. Xalqaro huquqda huquq va majburiyatning mavjudligi, ularning
buzilgan holatlarida javobgarlikning amalga oshirilishi xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro
ishonch hamda hamjihatlikni mustahkamlaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
