563
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
75 YILLIK ISROIL–FALASTIN MOJAROSI: XALQARO HUQUQ, FUQAROLIK
AHOLISINING HIMOYASI VA BMT ROLI
Doniyor Xolmirzayev
Termiz davlat universiteti,
Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi o‘qituvchisi.
Umidbek Xushboqov
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti
Yurisprudensiya ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi,
https://doi.org/10.5281/zenodo.17646563
Annotatsiya.
Isroil–Falastin mojarosi tarixiy rivojlanishi va xalqaro gumanitar huquq
normalarining buzilishi huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda 1949-yil Jeneva
Konvensiyalari, BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleya rezolyutsiyalari, Xalqaro Jinoyat
Sudi qarorlari hamda zamonaviy ilmiy manbalar asos sifatida qo‘llanilgan. Mazkur ish
BMTning vakolatlari, siyosiy cheklovlari va nizo jarayonidagi amaliyotini, shuningdek fuqarolik
aholisini himoya qilish va urush jinoyatlarini oldini olishdagi xalqaro huquqiy mexanizmlarni
batafsil o‘rganadi. Natijalar xalqaro institutlarning samaradorligi, mavjud bo‘shliqlar va
kelajakdagi huquqiy mexanizmlarning rivojlanish istiqbollarini ko‘rsatadi.
Kalit so’zlar:
Isroil–Falastin mojarosi, Tarixiy kontekst, Xalqaro gumanitar huquq,
Jeneva Konvensiyalari, BMT vakolatlari, Fuqarolik aholisini himoya qilish, Urush jinoyatlari,
Diplomatik choralar, Gumanitar yordam, Xalqaro huquq buzilishi.
Bugungi kunda Isroil va Falastin o’rtasidagi nizo xalqaro omma e’tiborini jalb qilishi
bilan birgalikda, millionlab insonlarning hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Ushbu mojaroning
kelib chiqish ildizi 1948 yilda BMT Bosh Assambleyasi qarori asosida Isroil davlatining tashkil
topishi bilan Falastin hududida siyosiy va ijtimoiy taranglikning oshishiga borib taqaladi.
Natijada minglab insonlar o’z yashab turgan uy-joyini tashab chiqib ketishga majbur
bo’lishgan. Tarixiy konteksdan yaqqol ko’rinib turibdiki xalqaro gumanitar huquq va inson
huquqlari dolzarbligini ko’rsatadi, chunki urush sharoitida tinch aholi, tibbiy va ta’lim obyektlari
hamda boshqa himoyalanishi kerak bo’lgan hududlar doimiy tahdid ostida qoladi.
Nega Isroil va Falastin bir biriga nisbatan siyosiy ziddiyatda?
Qariyb 75 yildan beri bu ikki suveren davlat o’zaro nizolashib kelmoqda. Aytish
mumkinki, ushbu qarama-qarshilik dunyodagi eng uzoq davom etib kelayotgan bahslaridan
biridir. Buning asosiy negizi esa ikki davlat o’rtasidagi hududning taqsimlanishidagi nohaqlik va
uning ortidagi siyosiy kuchlarning manfaatidir.
Isroil va Falastin o‘rtasidagi uzoq davom etayotgan siyosiy ziddiyat xalqaro huquq,
xususan hududiy daxlsizlik va suverenlik tamoyillari nuqtai nazaridan baholanadi. Xalqaro
huquq prinsiplari, jumladan BMT Nizomi 2-modda doirasida barcha suveren davlatlar hududiy
yaxlitligini hurmat qilishi shartligi belgilangan. Shu bilan birga, 1947-yil BMT Bosh
Assambleyasi tomonidan Falastin hududini ikki davlatga bo‘lish to‘g‘risida qabul qilingan qaror⁶
ham hududiy nizolarni huquqiy asos bilan tartibga solishga urinish sifatida baholanishi mumkin.
Ammo amalda, hududning notekis taqsimlanishi va siyosiy kuchlarning manfaatlar
to‘qnashuvi xalqaro huquq normalarining to‘liq ijrosini cheklaydi. Natijada, ikki davlat
o‘rtasidagi nizolar faqat siyosiy yoki tarixiy sabablarga emas, balki xalqaro huquq mexanizmlari
va ularning cheklangan samaradorligiga ham bog‘liq bo‘lib qoladi.
564
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Bu esa BMTning vakolatlari va xalqaro sudlar qarorlarining ijrosini huquqiy tahlil nuqtai
nazaridan dolzarb masalaga aylantiradi.
O’zi yahudiylarga nisbatan davlatlarning munosabati qanday bo’lgan, xususan
Rossiya bu borada qanday yo’l tutgan?
Tarixdan ma’lumki Rossiya imperiyasida 1791-yildan beri “Yahudiylar turar joy liniyasi”
faoliyat ko’rsatib keladi. Bu huquq orqali yahudiylar o’zlarining diniy konfessiya sifatida doimiy
yashash erkinligini qo’lga kiritgan. Ammo, ajratilgan joylardan tashqari ularga boshqa joylarda
yashash cheklab qo’yilgan. Xattoki, belgilangan teritoriyada ham ba’zi bir limitlar belgilangan.
Bu holat esa keyinchalik bekor qilingan (1917).
Bu paytda esa Falastin Usmonli turklar hukmronligi ostida bo’lgan. XIX asr oxiridi aynan
yahudiylar masalasi keskin tus olgan. Bunga asosiy sabab sifatida Yevropada faoliyat
yuritayotgan sionizmga (Quddusda joylashgan Sion tepaligi nomidan olingan). Bibliyadagi
rivoyatlarda aytilishicha, o’sh ajoyda Dovud podshohning qarorgohi va Yaxvaning turar joyi
bo’lgan. O’sha kezlarda vujudga kelgan siyosiy sionsitik harakatlar esa Falastinda milliy yahudiy
davlatini tuzishga undagan.
Birinchi jahon urushi arafasida Falastinda 85 mingga yaqin yahudiy istiqomat qilgan.
Ular asosan oxirgi o’n yillikda ko’chib kelganlardan iborat ekanligi qayd etilgan. 1881-
yildan yahudiy migratsiyasining dastlabki to’lqini kirib kela boshlagan. Keyinroq bu protses
Alekandr II ning o’ldirilishidan keyin ham yanada jadallashdi. 1903-yilda esa ikkinchi to’lqin
Kishinyovdagi pogrom (bir millat yoki din vakillariga nisbatan sodir etilgan ommaviy
zo‘ravonlik va talon-taroj) tufayli paydo bo’lgani aytiladi. O’sha voqeada 49 ta odam o’ldirilgan,
yahudiylar egalik qiladigan minglab uy va do’konlar talon taroj qilinib yoqib yuborilgan.
1
1909-
yilda esa Falastinda ilk yahudiy shahri vujudga keldi. Dastlab shaharda 800 ta odam yashagan.
Birinchi jahon urushi paytida Usmonli Imperiyasi Germaniyani qo’llab-quvvatlash
maqsadida minglab Yahudiylarni mintaqadan quvib chiqaradi. Bir qancha urishlar natijasida
Britaniya Falastinning katta porsiyasini egallashga muvaffaq bo’ladi. Falastinda yashovchi
yahudiy ko’chmanchilarning yordami bilan nazorat inglizlarga olib beriladi. Germaniyadan farqli
ravishda, Inglizlar yahudiylarga nisbatan iliq munosabatda bo’ladi hamda 1917-yilda milliy uytni
tiklashga ko’mak berishini vada beradi.
Yahudiylarga nisbatan Rossiya imperiyasi va keyinchalik boshqa Yevropa davlatlari
tomonidan yuritilgan siyosatni huquqiy jihatdan baholash shuni ko‘rsatadiki, bu hududiy
cheklovlar va diniy asosdagi migratsion siyosatlar xalqaro huquqda bugungi kunda tan
olinmaydigan bir nechta normaning buzilishiga teng bo‘ladi. 1791-yildan joriy etilgan
“Yahudiylar turar joy liniyasi” amalda aholini diniy mansubligiga qarab ajratish tizimi bo‘lib,
keyinchalik xalqaro huquqda shakllangan tenglik tamoyili, kamsitmaslik prinsipi va erkin
yashash huquqiga mutlaqo zid edi. O‘sha paytda bu huquqiy normalar hali xalqaro darajada
mustahkam bo‘lmagan bo‘lsa-da, zamonaviy nuqtayi nazar bilan qaralganda, mazkur cheklovlar
inson huquqlari bo‘yicha zamonaviy konvensiyalar — xususan, 1948-yilgi Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi, 1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi pakt
standartlariga bevosita zid bo‘ladi.
XIX asr oxirida Yevropada kuchaygan sionistik harakatlar ham o‘z mohiyatiga ko‘ra
xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga tayanardi, lekin bu jarayon Falastin hududida
yashayotgan mahalliy arab aholisining huquqlari bilan to‘qnash keldi.
1
Daryo,
Dunyoni qaritgan 75 yillik nizo: Falastin-Isroil urushining tarixi va sabablari
565
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Xalqaro huquqda “xalqning o‘z taqdirini belgilash huquqi” ikki asosiy prinsipni o‘z
ichiga oladi: birinchisi xalqning siyosiy mustaqillikka bo‘lgan talabi, ikkinchisi boshqa
xalqning mavjud suvereniteti yoki demografik tarkibini buzmaslik talabi. Falastindagi yahudiy
migratsiyasi, ayniqsa 1881-yildan keyingi to‘lqinlar, aynan mana shu muvozanatning buzilishiga
olib keldi. Migratsiya o‘zi xalqaro huquqda taqiqlanmagan, ammo agar migratsiya boshqa etnik
guruhning hududiy, siyosiy yoki demografik xavfsizligiga tahdid solsa, bu BMT Nizomining 1-
moddasidagi tinchlikni saqlash prinsipiga zid bo‘ladi.
1903-yilgi Kishinyov pogromi esa umuman boshqa huquqiy kategoriya davlatning o‘z
fuqarolarini himoya qilish majburiyati bilan bog‘liq. Pogrom davlatning faol ravishda zulm
o‘tkazishi yoki bevosita aralashmagani uchun ham, xalqaro huquqda “davlatning loqaydligi
natijasida sodir bo‘lgan jinoiy kamsitish” sifatida baholanadi. Bugungi kunda bu kabi hodisalar
genotsidga undash, ommaviy zo‘ravonliklar, etnik guruhga qarshi tizimli kamsitish kabi
jinoyatlar kategoriyasiga tushadi va xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasiga kiradi. Rossiya
imperiyasining bunday voqealarning oldini olmasligi, zamonaviy huquqiy standartlarga ko‘ra,
davlatning o‘z aholisini himoya qilish bo‘yicha asosiy majburiyatlarini bajarmaganlik sifatida
talqin qilinadi (R2P Responsibility to Protect doktrinasi).
XX asr boshida Falastinning Usmonli imperiyasi qo‘lidan Britaniya nazoratiga o‘tishi
ham xalqaro huquqiy statusni murakkablashtirdi. Britaniyaning 1917-yilgi Balfur deklaratsiyasi
bir tomondan yahudiylar uchun “milliy uy”ni barpo etishni qo‘llab-quvvatlasa, ikkinchi
tomondan Falastindagi arablarning mavjud fuqarolik va diniy huquqlarini “kamsitmaslik” sharti
bilan majburiyat yukladi. Bu huquqiy jihatdan muvozanatsiz hujjat bo‘lib, undagi majburiyatlar
o‘zaro zid edi: yahudiylarga milliy uy berish arablarning demografik va siyosiy ustunligiga
bevosita ta’sir qilardi. Natijada, Balfur deklaratsiyasi xalqaro huquqda “bir xalq manfaatini
himoya qilish orqali boshqa xalqning asosiy huquqlarini kamsitish” tamoyiliga ziddir.
Shuningdek, Usmonli imperiyasining Birinchi jahon urushi davridagi yahudiylarni
mintaqadan quvib chiqarishi ham zamonaviy xalqaro huquq bo‘yicha jiddiy buzilish hisoblanadi.
Aholining majburiy deportatsiyasi ayniqsa etnik yoki diniy mansubligi asosida bugungi
kunda insoniyatga qarshi jinoyat bo‘lib, xalqaro odat huquqi tomonidan taqiqlangan. O‘sha
davrda xalqaro jinoiy huquq shakllanmagan bo‘lsa-da, keyinchalik 1949-yilgi Jeneva
konvensiyalari bunday amaliyotni qat’iy taqiqladi.
Britaniyaning Falastin ustidan mandati davrida yahudiy ko‘chmanchilarga ko‘rsatgan iliq
munosabati esa yana bir huquqiy masalani keltirib chiqaradi. Mandat tizimi BMTning (avval
Millatlar Ligasi) “isroflanayotgan xalqlarning manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish” talabini
yuklardi. Ammo Falastin mandatining amalda yahudiy migratsiyasini rag‘batlantirishi arab
aholisining siyosiy vakilligini cheklagan. Bu xalqaro huquqshunoslar tomonidan “mandat
tizimidan bir tarafning siyosiy loyihasini ilgari surish uchun foydalanish” deb baholanadi.
Natijada, Rossiya imperiyasidagi kamsitish siyosati, Yevropa davlatlaridagi pogromlar,
Falastindagi migratsiya to‘lqinlari va Britaniya mandati tufayli shakllangan demografik
o‘zgarishlar bugungi kunda davom etayotgan Isroil–Falastin mojarosining huquqiy ildizini
yaratgan. Zamonaviy xalqaro huquq bu hodisalarni tenglik, kamsitmaslik, xalqning o‘z taqdirini
belgilash huquqi, deportatsiya taqiqlanishi, davlatning fuqarolarni himoya qilish majburiyati kabi
tamoyillar asosida keskin baholaydi.
Falastinning bo’linishi
Falastinga yahudiylarning tobora ko’chib kelishiga arablarning keskin qarshiligiga
duchor bo’ladi. Germaniyada kuchaygan fashistik rejim tufayli yahudiylar oqimi ortib bordi.
566
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Keyinchalik Britaniya 1939-yilda ularning immigratsiyasiga cheklovlar joriy etadi. Bu
esa yangi nuanslarni keltirib chiqaradi. Natijada yahudiylar arablarga ham, Britaniya
ma’muriyati vakillariga ham hujum qildi. Yahudiylar britaniyaliklarning bu qarorini “Xiyonat”
deb qabul qilishdi. Ikkinchi jahon yakunidan keyin ham Buyuk Britaniya o’rnatgan cheklovlarni
to’xtatishni istamadi. Shu sabablar Falastinda mojarolarning avj olishida davom etaverdi. Vaziyat
shu darajada keskinlashdiki, Britaniya o’z qo’shinlarini jo’natishga majbur qildi. Britaniya
mojarolarni to’xtatishga bir necha barobar urindi. Nihoyat arab va yahudiylarni 1946-yilda bir
stol atrofida to’plash uchun konfrensiya tashkil etdi. Afsuski, bu ham hech qanday samara
bermadi. Keyingi yili Britaniya Falastin uchun mandatdan voz kechdi. Muammoni hal qilishda
ko’mak so’rab, BMT ga murojaat qilishga majbur bo’ldi.
BMT Bosh Assambleyasi Falastinni ikki davlat – yahudiy va arab davlatlariga bo’lish
to’g’risida 1947-yil 29-noyabrda qaror chiqaradi. Shu bilan birga Quddus borasida nizolar kelib
chiqamsligi uchun uni xalqaro Shahar maqomi berildi.
1948-yil 14-may Isroil Mustaqillik deklaratsiyasini imzolagan sana hamda Yahudiy
davlatining tashkil etilganligi bilan tarixda qoldi. Lekin yangi tashkil etilgan davlatda ertasi kuni
Misr, Transiordiya, Suriya, Livan va Iroq bostirib kirdi. Shunday qilib, Nizo Falastin hududidan
tashqariga chiqib Isroil va arab davlatlari o’rtasidagi keng darajadagi qarama-qarshilik keltirib
chiqardi. Urush oqibatida yuz minglab begunoh arablar Isroilni tark etishdi, shu bilan bir qatorda
taqibga uchragan arablar bu yerga ko’chib kela boshladi. Natijada Isroil aholisi dastlabki o’n
yilda 800 ming kishidan 2 millionga yetdi. Urush nafaqat Yahudiylar davlati tashkil topishi bilan
balki yangi hududlarga ega bo’lishi bilan yakunlandi.
Vaqt o’tgan sayin Isroil rivojlandi. 6-kunlik 1967-yildagi urush oqibatida Sahrqiy
Quddus, Golan tepaliklari, Iordan daryosining G’arbiy Sohilining katta qismi, Ga’zo sektori
(2005-yildan boshlab Falastin nazoratiga o’tgan), Sinay yarimoroli (1979-yilda Isroilning tan
olishi va sulh evaziga Misrga qaytarib berildi).
75-yildan ham bir qancha arab davlatlari jumladan, Eron va Saudiya Arabistoni Isroilni
suveren davlat sifatida tan olmayabdi.
Falastinda yahudiylar immigratsiyasining ortib borishi va arab aholisi bilan
to‘qnashuvning kuchayishi asr boshidan boshlab xalqaro huquqning bir nechta asosiy
prinsiplariga ziddiyatli holda shakllangan. Britaniyaning 1939-yilda yahudiy migratsiyasiga
qo‘ygan cheklovlari aslida Millatlar Ligasi tomonidan mandatar davlatga yuklangan
majburiyatlar ya’ni hududdagi barcha aholining manfaatlarini teng ko‘rish bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lib, Britaniya bu qaror orqali arab aholisining demografik xavfsizligini himoya
qilishga intildi. Biroq, huquqiy nuqtayi nazardan, Britaniyaning ushbu qarori yahudiylar
tomonidan “xiyonat” sifatida qabul qilinishi ularning kollektiv o‘z taqdirini belgilash huquqining
to‘silishi deb talqin qilindi. Aslida esa mandat tizimi na yahudiylarning, na arablarning to‘liq
mustaqilligi uchun emas, balki hududni barqaror va evolyutsion boshqarish uchun mo‘ljallangan
edi. Shuning uchun Britaniya pozitsiyasi xalqaro huquqda “mandatar davlatning betaraflik
majburiyati” doirasida baholanishi mumkin.
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Britaniyaning Falastindagi vaziyatni nazorat qila
olmasligi va qattiq qarama-qarshiliklarni bartaraf eta olmasligi uni BMTga murojaat qilishga
majbur qildi. Bu holat xalqaro huquqda birinchi marta bir hududning siyosiy taqdiri global
tashkilot tomonidan hal etilishi jarayoniga asos soldi. BMTning 1947-yildagi 181-sonli
rezolyutsiyasi Falastinni ikki davlatga yahudiy va arab davlatlariga ajratishni taklif qildi.
567
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Bu rezolyutsiya o‘z mohiyatiga ko‘ra xalqning o‘z taqdirini belgilash huquqini ikki turli
xalq o‘rtasida taqsimlashga urinish edi. Ammo qaror majburiy kuchga ega bo‘lmagan Bosh
Assambleya rezolyutsiyasi bo‘lgani uchun arab davlatlari tomonidan tan olinmadi. Shundan
kelib chiqib, ajratish rejasi xalqaro huquqiy jihatdan keskin bahsli bo‘lib qolmoqda: yahudiylar
uni xalqaro legitimlik sifatida qabul qildi, arablar esa uni aholi soni va yer taqsimoti bo‘yicha
adolatsiz deb bildi. Amalda esa BMTning ajratish rejasi xalqaro tashkilotning suveren hududni
qayta taqsimlash bo‘yicha eng keskin aralashuvlaridan biri bo‘ldi.
1948-yilda Isroilning mustaqillik e’lon qilishi bilan vaziyat yangi huquqiy bosqichga
o‘tdi davlat suvereniteti masalasi. Mustaqillik e’lon qilingach, qo‘shni arab davlatlarining harbiy
aralashuvi xalqaro huquqda “davlatning mavjud bo‘lish huquqiga tajovuz” sifatida tasniflanadi.
Biroq arab davlatlari o‘z pozitsiyasini BMT rezolyutsiyasining adolatsizligi va Falastin
arablarining vakillik huquqi buzilgani bilan asoslagan. Natijada, 1948-yil urushi nafaqat hududiy
o‘zgarishlarga, balki falastinlik qochqinlar masalasining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 750
mingdan ortiq arablarning o‘z uylarini tark etishi xalqaro gumanitar huquqda “majburiy
ko‘chirish” yoki “aholini ommaviy evakuatsiya qilish” kategoriyasiga kiradi. Bugungi kunda bu
holat Falastin mojarosining eng asosiy va eng og‘ir huquqiy muammolaridan biri bo‘lib turibdi,
chunki qaytish huquqi hali ham xalqaro maydonda tan olinmagan.
1967-yilgi olti kunlik urush esa xalqaro huquqni yanada murakkablashtirdi, chunki Isroil
Sharqiy Quddus, G‘arbiy sohilda ko‘plab hududlar, Golan tepaliklari va G‘azo ustidan nazorat
o‘rnatdi. Bu holat 1907-yilgi Gaaga qoidalari va 1949-yilgi IV Jeneva konvensiyasi bo‘yicha
“bosib olingan hudud” maqomini yaratadi.
Bosib olingan hududda fuqarolarning himoyasi, demografik tarkibni o‘zgartirish taqiqi,
aholini ko‘chirish yoki yangi aholi punktlarini barpo etish — bularning barchasi qat’iy
cheklangan.
Ammo Isroilning bu hududlarda aholi punktlari qurishni davom ettirishi xalqaro huquq
ekspertlari tomonidan Jeneva konvensiyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi sifatida baholanadi.
BMT Xavfsizlik Kengashining 242-sonli rezolyutsiyasi ham Isroildan bosib olingan
hududlardan chiqishni talab qilgan, lekin bu qaror amalga oshirilmagan.
Bugungi kunda ham Eron, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlarning Isroilni suveren
davlat sifatida tan olmasligi xalqaro diplomatik tan olish masalasiga taqaladi. Xalqaro huquqda
tan olish bu davlatning mavjudligiga siyosiy baho berish bo‘lib, majburiy emas; biroq tan
olinmaslik mojarolarni hal qilishni murakkablashtiradi va mintaqada doimiy notinchlik
holatining davom etishiga xizmat qiladi. Ko‘pchilik arab davlatlarining Isroilni tan olmasligi
xalqning o‘z taqdirini belgilash huquqi buzilgan degan tarixiy hujjatlarga suyanadi.
Falastinning taqdiri
Yaqin Sharqda Isroil tashkil topguniga qadar hech qanday arab davlati mavjud
bo’lmagan. BMT tomonidan maxsus ajartilgan hududlar avval Misr va Iordaniyaga tegishli
bo’lgan. Mintaqada yashovchi arablar manfaatini himoya qilish uchun 1964-yilda Arablar
ligasining qarori bilan “Falastin ozodlik tashkiloti” (FOT) tuzildi. Keyinchalik boshqa arab
davlatlari ham qo’llab-quvvatladi. Milliy Kengashning 1988-yil 15-noyabrdagi sessiyasida
suveren Falastin davlati tuzilishi e’lon qilindi.
Shundan so’ng Isroil Falastin ma’muriyatiga Tel-Aviv tomonidan ba’zi hududlarni
nazorat qilishga ruxsat berdi. Shundan so’ng, 1993-yilda FOT va Isroil o’rtasida birin-ketin
Oslo-1 va Oslo-2 shartnomalari imzolandi.
568
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Ayni muammolar 1999-yilga kelib tugatilishi prognoz qilinayotgan edi, lekin amalda
unday bo’lib chiqmadi. 2000-yillarda voqealarning avj olishi fonida, 2003-yilda Isroil va Falastin
o’rtasida devor qurish boshlandi.
Bugungi kunda BMT ga a’zo 138 ta davlat Falastinni tan oladi. Biroq, Falastin BMT ning
to’la huquqli a’zosi bo’la olmaydi, chunki Xavfsizlik Kegashining doimiy a’zolari Buyuk
Britaniya, AQSH, Fransiya tan olmaydi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqidagi ba’zi davlatlar va
Yaponiya ham tan olmagan.
Falastin davlatining huquqiy maqomi va uning xalqaro maydondagi tan olinishi masalasi
zamonaviy xalqaro huquqning eng murakkab va ko‘p qirrali masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Mintaqada arab davlatining bo‘lmagani haqidagi tarixiy fakt Falastin xalqining
mavjudligini inkor etmaydi; aksincha, xalqaro huquqda davlatning mavjudligi uchun uchta
asosiy element doimiy aholi, aniq belgilangan hudud va samarali hukumat talab etilishi
ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, Falastin ushbu elementlarning bir qismini to‘liq amalga oshira
olmaganligi sababli davlatchilik jarayoni uzluksiz mojarolar bilan to‘qnash kelib keldi. 1964-
yilda Falastin Ozodlik Tashkilotining tuzilishi arab davlatlari tomonidan falastinlik xalqning “o‘z
taqdirini belgilash huquqi”ni tan olgan kollektiv siyosiy akt sifatida talqin qilinadi. Bu
tashkilotning 1974-yilda BMT tomonidan “Falastin xalqining yagona rasmiy vakili” sifatida tan
olinishi esa xalqaro huquqda muhim burilish bo‘lib, FOT falastinliklarning xalqaro subyekt
sifatida tan olinishi uchun asos yaratdi.
1988-yilda Falastin Milliy Kengashining suveren davlat tuzilishini e’lon qilishi xalqaro
huquqda “deklarativ model”ga asoslanadi. Ya’ni, davlatning mavjudligi boshqa davlatlarning tan
olishi bilan emas, balki xalqning o‘z mustaqilligi haqidagi deklaratsiyasi bilan boshlanishi
mumkin. Biroq, mustaqillikni e’lon qilishning o‘zi yetarli emas davlat o‘z hududi va aholisini
real boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Falastin hududining katta qismi Isroil nazorati
ostida bo‘lgani sababli, davlat suvereniteti to‘liq shakllanmagan deb baholanishi xalqaro huquq
nazariyasida keng tarqalgan.
1993 va 1995-yillardagi Oslo-1 va Oslo-2 kelishuvlari Falastinning xalqaro-huquqiy
maqomini yanada murakkablashtirdi. Bu kelishuvlar Falastin ma’muriyatiga cheklangan
darajada ichki o‘zini o‘zi boshqarish huquqini bergan bo‘lsa-da, Isroilning xavfsizlik, chegaralar,
Quddus maqomi va mustamlaka punktlar ustidan to‘liq nazorati saqlanib qoldi. Oslo kelishuvlari
xalqaro huquqda vaqtinchalik ma’muriy tartib bo‘lib, ular falastinliklarga to‘liq suverenitet emas,
balki “cheklangan avtonomiya”ni bermoqda. Shu sababli, Oslo jarayoni ko‘pincha tanqid
qilinadi u mojaroni muzlatdi, lekin hal qilmadi.
2003-yilda Isroil tomonidan devor qurilishi esa Jeneva konvensiyalari bo‘yicha keskin
bahsli masalani yuzaga chiqardi. 2004-yilda Xalqaro sud (ICJ) o‘zining maslahat xulosasida
devorning Falastin hududi ichiga kirib borishi xalqaro gumanitar huquqni buzishi, aholini
majburiy ajratish, yerlarni tortib olish va iqtisodiy erkinliklarni cheklash orqali falastinliklarning
asosiy huquqlarini poymol qilishini ta’kidladi. Isroil esa bu harakatni o‘zining “o‘zini himoya
qilish huquqi” bilan asoslaydi. Biroq xalqaro huquqda o‘zini himoya qilish huquqi bosib olingan
hududlarda demografik tarkibni o‘zgartirish yoki fuqarolar erkinligini keskin cheklashni
oqlamaydi.
Tan olish masalasiga kelsak, bugungi kunda BMT a’zosi bo‘lgan 138 davlat tomonidan
Falastinning tan olinishi xalqaro maydonda unga de-fakto siyosiy subyekt sifatida
yondashilayotganini ko‘rsatadi. Ammo BMTning to‘la huquqli a’zoligiga ega bo‘lishi uchun
Xavfsizlik Kengashining roziligi talab qilinadi.
569
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning qarshiligi tufayli Falastin BMT a’zoligidan
chetda qolmoqda. Bu holat xalqaro huquqda “tan olishning siyosiy tabiati” degan konsepsiyani
ochiq ko‘rsatadi davlatning mavjudligi huquqiy kategoriya bo‘lsa-da, uni tan olish siyosiy qaror
bo‘lib qoladi. Yevropa Ittifoqi davlatlarining bir xil pozitsiyada emasligi, Yaponiya va
AQSHning tan olmasligi Falastinning xalqaro-huquqiy maqomini to‘liq shakllantirishga
to‘sqinlik qilmoqda.
Bugungi kunda Falastin o‘z davlatchilik elementlarining bir qismini amalga oshirgan
bo‘lsa-da, hududiy yaxlitlik, suveren boshqaruv va xalqaro tan olish borasida to‘liq davlat
maqomiga ega emas. Bu esa mojaroni xalqaro huquqning suverenitet, o‘z taqdirini belgilash va
bosib olingan hududlar bo‘yicha qo‘llaniladigan normalar doirasida doimiy bahs mavzusi bo‘lib
qolishiga olib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Geneva Convention Relative to the Protection of Civilian Persons in Time of War (IV
Geneva Convention), 1949.
2.
UN General Assembly Resolution 181 (II), “Future Government of Palestine”, 29
November 1947.
3.
UN Security Council Resolution 242 (1967), “Land for Peace”.
4.
UN Security Council Resolution 338 (1973).
5.
Rome Statute of the International Criminal Court, 1998.
6.
Hague Convention (IV) Respecting the Laws and Customs of War on Land, 1907.
7.
Morris, Benny.
The Birth of the Palestinian Refugee Problem
. Cambridge University
Press.
8.
Rashid Khalidi.
The Iron Cage: The Story of the Palestinian Struggle for Statehood
.
Beacon Press.
9.
Ilan Pappé.
The Ethnic Cleansing of Palestine
. Oneworld Publications.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Isroil–Falastin
mojarosiga oid rasmiy bayonotlari, 2023–2024.
11.
www.un.org – United Nations Official Website.
12.
www.icj-cij.org – Xalqaro Sud rasmiy sahifasi.
