OG’IR NUTQ NUQSONLI BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISHIDA KORREKTSIYA VA KOMPENSATSIYA O’RNI

Annotasiya

Ushbu tezisda og‘ir nutq nuqsonlari bolalarning psixik rivojlanishiga qanday ta'sir ko‘rsatishi. Nutq nuqsonlari yana qaysi o’rganlarga salbiy tasir qo’rsatishi va qanday oqibatlarga olib kelishi. Nutq nuqsonlari necha turga va necha darajaga bo’linishi. Og’ir nutq nuqsonli bolalarda korrektsiya va kompensatsiyaning o’rni va ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jo’raxo’jaev, M. ., & To’lanova, B. (2024). OG’IR NUTQ NUQSONLI BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISHIDA KORREKTSIYA VA KOMPENSATSIYA O’RNI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(11), 4–7. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48465
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tezisda og‘ir nutq nuqsonlari bolalarning psixik rivojlanishiga qanday ta'sir ko‘rsatishi. Nutq nuqsonlari yana qaysi o’rganlarga salbiy tasir qo’rsatishi va qanday oqibatlarga olib kelishi. Nutq nuqsonlari necha turga va necha darajaga bo’linishi. Og’ir nutq nuqsonli bolalarda korrektsiya va kompensatsiyaning o’rni va ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.


background image


Noyabr, 2024-Yil

4

OG’IR NUTQ NUQSONLI BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISHIDA

KORREKTSIYA VA KOMPENSATSIYA O’RNI

Jo’raxo’jaev Muhammadaziz Xalilxo’jaevich

Andijon davlat pedagogika institute katta o’qituvchisi.

To’lanova Buxadicha Dilmurodovna

Andijon davlat pedagogika instituti OLigofrenopedagogika yo’nalishi 101-guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14272705

Annotatsiya.

Ushbu tezisda

og‘ir nutq nuqsonlari bolalarning psixik rivojlanishiga qanday

ta'sir ko‘rsatishi. Nutq nuqsonlari yana qaysi o’rganlarga salbiy tasir qo’rsatishi va qanday

oqibatlarga olib kelishi. Nutq nuqsonlari necha turga va necha darajaga bo’linishi. Og’ir nutq

nuqsonli bolalarda korrektsiya va kompensatsiyaning o’rni va ahamiyati haqida qisqacha

ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlari:

kopmensatsiya, korrektsiya, og’ir nutq, psixik rivojlanish, duduqlanish,

dizartriya, rinolaliya.

РОЛЬ КОРРЕКЦИИ И КОМПЕНСАЦИИ В ПСИХИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ ДЕТЕЙ

С ТЯЖЕЛЫМИ РЕЧЕВЫМИ НАРУШЕНИЯМИ

Аннотация.

В данном тезисе рассматривается, как тяжелые речевые нарушения

влияют на психическое развитие детей. Также описывается, на какие еще области

оказывают негативное воздействие речевые дефекты и к каким последствиям они могут

привести. Приводится классификация речевых нарушений по видам и степеням. Кратко

изложена информация о роли и значении коррекции и компенсации у детей с тяжелыми

речевыми нарушениями.

Ключевые слова:

компенсация, коррекция, тяжёлое речь, психическое развитие,

заикание, дизартрия, ринолалия.

THE ROLE OF CORRECTION AND COMPENSATION IN THE PSYCHOLOGICAL

DEVELOPMENT OF CHILDREN WITH SEVERE SPEECH DISORDERS

Abstract.

This thesis explores how severe speech disorders affect the psychological

development of children. It also discusses which other areas are negatively impacted by speech

defects and the potential consequences they may cause. The classification of speech disorders by

types and levels is provided. Brief information is presented on the role and significance of

correction and compensation in children with severe speech disorders.

Keywords:

compensation, correction, severe speech, mental development, stuttering,

dysarthria, rhinolalia.


background image


Noyabr, 2024-Yil

5

Og‘ir nutq nuqsonlari bolalarning psixik rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Nutq

nuqsonlari nafaqat muloqot qilish qobiliyatini cheklaydi, balki bolalarning ijtimoiy moslashuvi,

hissiy holati, intellektual rivojlanishi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Shu sababli, bunday

bolalar bilan ishlashda korrektsiya va kompensatsiya jarayonlari muhim ahamiyatga ega.

Korrektsiya va kompensatsiya bolalarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga, ijtimoiy

hayotda muvaffaqiyatli ishtirok etishga va intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga

yordam beradi.

Korrektsiya:

Korrektsiya nutq nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan maqsadli ishlardan

iborat bo’lib. Uning asosiy yo‘nalishlari:

*Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish:

Til, lab va yumshoq tanglay mushaklarini mashq qildirish uchun maxsus mashqlar.

* To‘g‘ri talaffuzni shakllantirish:

Tovushlarni qo‘yish, ularni so‘zlarda, gaplarda va bog‘langan nutqda mustahkamlash.

* Bog‘langan nutqni rivojlantirish:

To‘liq gaplarni tuzishga va mantiqiy fikrlarni ifodalashga o‘rgatish.

* Nafas olish va ovoz ustida ishlash:

Nafas chiqarishni va intonatsiyani nazorat qilish uchun mashqlar.

Korrektsion ishlar odatda logoped va defektolog kabi mutaxassislar tomonidan

individual va guruhli usullar yordamida olib boriladi.

Kompensatsiya

- bolaning mavjud cheklovlarini yengish va boshqa qobiliyatlar orqali

nutq nuqsonlarini qoplashga qaratilgan bo’lib. Uning asosiy yo‘nalishlari:

*Muqobil muloqot usullaridan foydalanish:

Imo-ishoralar, belgilar, rasmlar yoki maxsus qurilmalardan foydalanish.

*

Kognitiv va hissiy sohalarni rivojlantirish:

O‘yinlar va ijodiy mashg‘ulotlar orqali xotira, diqqat va fikrlashni rag‘batlantirish.

*

Ijtimoiy ko‘nikmalarni qo‘llab-quvvatlash:

Atrofdagilar bilan muloqotni yaxshilash uchun guruhli faoliyatlarda ishtirok etish.

NUTQ NUQSONI –

adabiy tilda qabul qilingan nutq no’rmalaridan (shevadan tashqari),

qisman bo’lsa ham chetga chiqish nutq nuqsoni deyila.

Nutq nuqsonlari uch bosqichga bo’linadi:

Yengil nutq nuqsoni:

Faqat bir (1) dona nutqiy kamchiligi bo’lsa.

Og’ir nuqt nuqsoni:

Ikki (2) va undan ortiq nutqiy kamchiliklari bo’lsa.


background image


Noyabr, 2024-Yil

6

Sistemali nuqson:

Nutqning bir necha jihatlari birgalikda noto’g’ri shakillangan yoki

rivojlanishdan ortda qolgan bo’lsa.

Og’ir nutq nuqsonlarini uch (3) bosqichda bo’ladi. Ular:

1.

Duduqlanish

2.

Dizartriya

3.

Rinolaliya

Bularni kengroq o’rganib chiqadigan bo’lsak.

Duduqlanishda

nutqning sur’ati va oxangi buziladi. Bunda bola ayrim tovushlarni,

bo’g’inlarni yoki so’zlarni qayta-qayta va cho’zib aytishi mumkin. Asosan, qo’rquv va stress

oqibatida kelib chiqadi.

Dizartriyada

ovoz paychalari, lablar, til, yumshoq tanglay mushaklari zararlanganida,

dizartriya rivojlanishi mumkin. Bu esa nutqning notekkis, sust, sekin yoki aniq bo’lmagan

talaffuziga olib keladi. Asosan, markaziy nerv tizimi shikaslangan bo’lsa (miya falaji, miya

kasalliklari) oqibatida kelib chiqadi.

Rinolaliya

ovozning burun orqali noto’g’ri chiqishi natijasida paydo bo’lib. Bunda

tovushlar burun bo’shligidan o’tgan holda talaffuz qilinadi, bu esa ovozning eshitilishiga olib

keladi. Asosan, tanglay yorilishi, burun oxangi, g’alvir tanglay yoki yumshoq tanglayning

noto’g’ri rivojlanishi sababli kelib chiqadi.

Korrektsiya va kompensatsiyaning ahamiyati:

*Emotsional muammolarni kamaytirish:

Nutq nuqsonlari bo‘lgan bolalar ko‘pincha ishonchsizlik va izolyatsiya hissidan aziyat

chekishadi. Korrektsiya va kompensatsiya o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam beradi.

*

Ijtimoiy moslashuvni yaxshilash:

Korrektsion dasturlar atrofdagilar bilan muvaffaqiyatli o‘zaro aloqani rivojlantirishga

yordam beradi.

*

Kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish:

Nutqdagi to‘siqlarni bartaraf etish bola uchun o‘quv materialini yaxshiroq o‘zlashtirish va

bilish faoliyatida ishtirok etishga yordam beradi.

Xulosa:

Ushbu tezisda nutq nuqsonlarini kelib chiqish sabablari ko’rib chiqiladi.

Korrektsiya va kompensatsiyaning nutqiy kamchiligi bor bolalardagi o’rni va vazifalari

ko’rib chiqiladi. Og’ir nutqning bosqichlari va kelib chiqish sabablari ko’rib chiqiladi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

7

REFERENCES

1.

KORREKTSION PEDAGOGIKA VA LOGOPEDIYA. RAXMONOVA.V.S

2.

ANDIJON

DAVLAT

PEDAGOGIKA

INSTITUTI

KATTA O’QITUVCHISI

J.M.XALILXO’JAEVICH DARSLIKLARI.

Bibliografik manbalar

KORREKTSION PEDAGOGIKA VA LOGOPEDIYA. RAXMONOVA.V.S

ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KATTA O’QITUVCHISI J.M.XALILXO’JAEVICH DARSLIKLARI.