ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
524
SHAXS MA’LUMOTLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY VA TEXNIK
JIHATLARI
Karimjonova Laylo Abdumalik qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti.
Javoxir Eshonqulov
javoxireshonqulov0724@gmail.com
Ilmiy rahbar,
Toshkent davlat yuridik universiteti, Kiber huquq kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14231936
Annotatsiya.
Bugungi kunda shaxsga oid ma’lumotlar himoyasi har qachongidan ko‘ra
dolzarbroq hisoblanadi. Yildan yilga shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligini kuchaytirishga
qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar olib borilmoqda. Ushbu ilmiy maqolada shaxs ma’lumotlarini
himoya qilishning zamonaviy usullari, raqamli muhitda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash
mexanizmlari o‘rganildi.
Kalit so‘zlar:
shaxs ma’lumotlar, data protection, personal data, data privacy, keylogger,
fishing, soxta identifikatsiya.
LEGAL AND TECHNICAL ASPECTS OF PERSONAL DATA PROTECTION
Abstract.
Protection of personal data is more relevant today than ever before. Many
measures are being taken year after year to strengthen the security of personal data. This scientific
article examines modern methods of personal data protection and mechanisms for ensuring data
security in the digital environment.
Keywords
: Personal data, data protection, personal data, data privacy, keylogger,
phishing, false identification.
ЮРИДИЧЕСКИЕ И ТЕХНИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ЗАЩИТЫ ПЕРСОНАЛЬНЫХ
ДАННЫХ
Аннотация.
Защита персональных данных сегодня актуальна как всегда. Из года в
год принимается множество мер, направленных на усиление безопасности персональных
данных. В данной научной статье рассматриваются современные методы защиты
персональных данных и механизмы обеспечения безопасности данных в цифровой среде.
Ключевые слова
: Персональные данные, защита данных, личные данные,
конфиденциальность данных, кейлоггер, фишинг, ложная идентификация.
KIRISH
Hozirgi zamonaviy XXI asrda shaxs ma’lumotlarini himoya qilish dolzarb va muhim
ijtimoiy-huquqiy muammoga aylangan. Shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligi - bu individual
ma’lumotlarni noqonuniy kirishdan, o‘zgartirishdan, tarqatishdan va yo‘q qilishdan himoya
qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuasi hisoblanadi.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, internet
tarmog‘ining keng tarqalishi va axborot almashinuvi tezligining oshishi shaxsiy ma’lumotlarning
xavfsizligiga yangi xavf-hatar yaratmoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
525
Butun dunyoda 2007-yildan buyon
har yili 28-yanvar Xalqaro shaxsga doir ma’lumotlarni
himoya qilish kuni (Data Protection Day)
1
sifatida nishonlanadi va ayrim mamlakatlarda u
“Maxfiylik kuni” (Data Privacy Day)
2
degan nom bilan ham bayram qilinadi.
Bundan ma’lumki, shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasi xalqaro darajada ham muammo
sifatida e’tirof etilgan. Ko‘rinib turibdiki, axborot texnologiyalari va zamon rivojlanishi bilan
birgalikda shaxsga doir ma’lumotlar himoyasi ham yanada dolzarblashib bormoqda.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Shaxsga doir ma’lumotlar – inson haqidagi har qanday ma’lumotlardan iborat.
Shaxsga doir ma’lumotlar uch turga: umumiy ma’lumotlar, maxsus ma’lumotlar va
biometrik ma’lumotlarga bo‘linadi.
Umumiy ma’lumotlar qatoriga insonning ism-familiyasi, pasporti va boshqa shaxsiy
hujjatlaridagi qaydlar, tug‘ilgan sanasi va joyi, e-mail manzili, yashash, o‘qish va ishlash joylari,
oilaviy, ijtimoiy va mulkiy holati, qayerda ta’lim olgani, qaysi kasb egasi ekanligi, daromadi
qanchaligi kabi ma’lumotlar kiradi.
Transport vositasining davlat raqami, kommunal-turarjoy xo‘jaligining hisob raqami
kabilar esa shaxsga doir ma’lumot hisoblanmaydi. Chunki ulardan birinchisi – bevosita
avtomobilga tegishli bo‘lsa, ikkinchisi – uy-joyga taalluqlidir.
Maxsus ma’lumotlar deganda, shaxsning irqiy va milliy mansubligi, siyosiy, diniy va
falsafiy qarashlari, sog‘ligining holati, intim, ya’ni maishiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlar
tushuniladi. Biometrik ma’lumotlar – insonning shaxsini aniqlash imkonini beradigan fiziologik
va biologik xususiyatga ega shaxsiy ma’lumotlardir.
Masalan, shaxsning DNKsi, ovozi, ko‘z qorachig‘i, barmoq izlari, yuz qiyofasi, bo‘yi,
vazni bilan bog‘liq ma’lumotlar shular jumlasiga kiradi. Hozirgi kunda, yoshlar tomonidan turli
xil saytlarga kirish orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilish juda katta muammoga
aylanmoqda.
Misol uchun, 2013 – yilda tashkil etilgan “o‘lim guruhlari” ya’ni “ko‘k kit” o‘yini, o‘smir
yoshdagilardan o‘z shaxsiy ma’lumotlarini olish orqali, ularga turli havolalar yuborib ularga “ko‘k
kit” o‘yinini o‘ynashni taklif etadi.
Turli xil shartlar beriladi va so‘nggida o‘zini “qaramonlarcha” o‘ldirishni buyuradi, shartni
bajarishdan bosh tortsa o‘smirning IP manzilini aniqlab, uning uy manzilini bilib oladi va
yaqinlarini o‘ldirish bilan tadid qiladi. Shaxsning birgina o‘z shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etishi
shunday oqibatlarga olib keladi.
Yirik kompaniyalardan shaxsga doir ma’lumotlarning olib chiqib ketilishi, o‘tgan va
bugungi asr uchun ham yot emas. Tadqiqotlarga ko‘ra, 100 kishidan so‘rovnoma o‘tkizilganda
shuni bilib oldikki, ular asosan internet saytlariga kirayotganda yoki turli xil pullik va bepul
programmalardan foydalanayotganda, asosan ism va familiyasidan tashqari o‘z raqami va karta
raqamini ham kiritishlarini aytishdi.
https://privacy.web.cern.ch/news/news/did-you-know-28-january-data-protection-day
the 28th January, many organisations, national authorities, private companies and other actors organise activities to
raise awareness about the importance of data protection and to promote best practices.)
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
526
Bundan ko‘rinib turibdiki, ulardan 78 tasi o‘z ism familiyasini, 56 tasi o‘z shaxsiy telefon
raqamini , 23 tasi karta raqamini va 67 tasi passport raqamini kiritishlari aniqlandi. Ko‘rinib
turibdiki, shaxslarning o‘zi avvalo shaxsga oid ma’lumotlarini o‘zlari , bilmasdan va ba’zan bilib
oshkor qilishadi.
TADQIQOT NATIJALARI
O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlar haqidagi qonuni fuqarolarning
shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishga qaratilgan muhim hujjatdir. Ushbu qonun davlatga
shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va xavfsizligini ta’minlash kafolatini beradi. “Shaxsga doir
ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
3
, 5 – bobi “Shaxsga doir
ma’lumotlarni himoya qilish” haqida bo‘lsa, unda asosiy e’tiborni shaxs ma’lumotlarining
yaxlitligini saqlashga qaratadi va mulkdor yoki operatorlarga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Ularning asosiy vazifasi shaxsning o‘z hayotiga aralashuvdan himoyalanish huquqini
ta’minlash, ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etish va qonunga xilof ishlov berishning oldini
olishdan iboratdir. Xususan, qonun shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga qat’iy
cheklov qo‘yadi. Subyektning roziligisiz hech qanday ma’lumot uchinchi shaxslarga berilishi
mumkin emas. Shu bilan birga, ba’zi hollarda, aholini axborot bilan ta’minlash maqsadida va
subyektning yozma roziligi bilan ayrim shaxsiy ma’lumotlarni ochiq manbalariga kiritish mumkin.
Shaxsga doir ma’lumotlarga turli xil hujumlar haqida gaplashamiz.
Fishing
- elektron aldamchilik bo‘lib, foydalanuvchilarni soxta veb-sayt yoki xabarlar
orqali shaxsiy ma’lumotlarini berish uchun aldashdir. Bunday hujumlarda hakerlar
foydalanuvchilarni aldash orqali ularning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlaydilar. Fishing hujumlari
eng keng tarqalgan ijtimoiy muhandislik sxemalaridan biridir. Bunga odamlarni aldab o‘z
ma’lumotlarini bo‘lishishga mo‘ljallangan e-pochta xabarlari, SMS, ijtimoiy media yoki chat
orqali yuborilgan xabarlar kiradi va firibgarlar bu ma’lumotlardan jiddiyroq jinoyatlar sodir etish
uchun foydalanadilar.Shuningdek, zararli havola yoki biriktirmalar orqali qurilmalarda zarali
dastur o‘rnatish ham fishingning bir turi hisoblanadi.
3
O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni. 02.07.2019-yildagi O'RQ-547-son.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
527
Aksariyat fishing hujumlari qonuniy koʻrinishdagi va odatda siz ishonadigan manbadan
(masalan, davlat tashkiloti, bank yoki ijtimoiy media xizmatidan) kelgan umumiy ommaviy
xabarlar orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, ma’lum shaxslar yoki guruhlarga qaratilgan
fishing hujumlari ham mavjud va g‘araz niyatli odamlar o‘z vositalarini yanada takomillashtirib
va yanada makkor hiyla yo‘llarini topib boradilar.
4
Ular soxta elektron pochta, SMS yoki veb-
saytlar orqali shaxsiy ma’lumotlarni, bank ma’lumotlarini va parollarni o‘g‘irlashga harakat
qiladilar. 2022-yilda dunyo bo‘yicha 300,000 dan ortiq phishing hodisasi qayd etilgan. Har 39
soniyada 1 ta phishing hujumi sodir bo‘lmoqda.
Kompaniyalarga yetkaziladigan zarar yillik 12 mlrd dollardan oshgan
5
. Fishingning eng
keng tarqalgan turlari, Email Fishing, SMS Fishing (Smishing),Voice Fishing (Vishing),Web
Fishing va Clone Fishing deb ataladi. Shunday ekan, turli xil raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroqlarni
qabul qilish yoki begonalarga o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor etish shunday holatlarga olib
kelishi mumkin.
Soxta identifikatsiya
kiberjinoyatlarning eng xavfli va ko‘p tarqalgan turlaridan biridir.
Ushbu jarayon moddiy va ma’naviy ziyon yetkazishga qaratilgan murakkab psixologik va
texnik manipulyatsiya hisoblanadi. Hakerlar odatda identifikatsiyani qoplashning bir necha asosiy
usullaridan foydalanadilar. Ular birinchi navbatda, individual shaxsning shaxsiy ma’lumotlarini
to‘plashga harakat qiladilar. Buning uchun ijtimoiy tarmoqlar, ochiq axborot bazalari va boshqa
manbalardan foydalanadilar. Eng xavfli tomoni shundaki, soxta identifikatsiya faqat virtual muhit
bilan cheklanmaydi. Ayrim hollarda bu real moliyaviy operatsiyalar, yuridik dokumentlar va hatto
jinoyat sodir etishgacha borib yetishi mumkin.
Keylogger dasturlar
– 2005-yilda Florida shtatidagi bir ishbilarmon Bank of Americani
bankdagi hisob raqamidan 90.000 XNUMX AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganidan keyin sudga
berdi. Tekshiruv davomida tadbirkorning kompyuterida yuqorida aytib o‘tilgan Backdoor
Coreflood virusi yuqtirilganligi aniqlandi. Sizning bank operatsiyalaringizni Internet orqali amalga
oshirganingiz sababli, kiberjinoyatchilar sizning barcha maxfiy ma’lumotlaringizni olishdi.
6
Bu
kabi zararli dasturlarning eng xavfli va introspektiv turlaridan biri hisoblanadi. Ushbu dastur
foydalanuvchi kompyuterida yoki smartfonida maxfiy ravishda o‘rnatiladi va uning barcha
kiritilayotgan ma’lumotlarini qo‘lga kiritadi. Keylogger dasturlar kompyuter tugmachalar
bosilishini kuzatuvchi maxsus dasturiy ta’minotdir. Ular foydalanuvchi kiritayotgan har bir
belgini, parolni, chat yozishmalarini, bank ma’lumotlarini va boshqa maxfiy informatsiyalarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri hakerning server yoki elektron pochta manziliga uzatib boradi. Keylogger
dasturlarning asosiy maqsadi shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash. Ularning o‘rnatilish usullari
turlicha. Ba’zi hollarda hakerlar maxsus dasturlarni elektron pochta havolalari, USB-fleshkalar,
ochiq Wi-Fi tarmoqlari orqali tarqatadilar. Ba’zida esa ular kompyuter tizimining zaif
tomonlaridan foydalanib, keylogger dasturlarni yashirin ravishda o‘rnatib qo‘yadilar. Keylogger
dasturlarning eng xavfli tomoni shundaki, ular tizimda juda ko‘p vaqt saqlanishi va foydalanuvchi
bilmasdan ishlashi mumkin. Ba’zi dasturlar operatsion tizimga shu qadar chuqur kirib boradi-ki,
antivirus dasturlari ham ularni aniqlashda qiyinchilik chekadi.
https://cyber-star.org/uz/cs-articles/how-to-recognize-phishing-attacks-uz/
5
Cybersecurity and Privacy Law Report 2022. IBM Security Research //
https://citeia.com/uz/texnologiyadagi-innovatsiyalar/keylogger-nima
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
528
Biometrik
xavfsizlik
mexanizmlarini
takomillashtirish
orqali
foydalanuvchi
identifikatsiyasini yanada ishonchli qilish uchun ko‘z qorachig‘i, barmoq izi, ovoz va yuz tanish
kabi biometrik texnologiyalardan keng foydalanish kerak. Ushbu yondashuvlar soxta
identifikatsiya risklarini sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Keylogger dasturlar uchun esa,
kompyuter tizimlarni o‘zini-o‘zi himoya qiluvchi va zarar yetkazuvchi dasturlarni darhol
aniqlaydigan “immun tizim”ga o‘xshash dasturlarni ishlab chiqish lozim.
MUHOKAMA
Bugungi kunda turli xil ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram, Facebook, Instagramm) har xil
programmalar havolalari kelib turibdi. Ularning deyarli barchasi hakerlar tomonidan tashkil
etilgan bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish uchun “tuzoq” sifatida qo‘yilgan bo‘ladi. Bunday
“tuzoq”larga tushib qolmaslik uchun huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish,
atrofingizdagi jamiyatda sodir bo‘layotgan kiberhujumlardan boxabar bo‘lishingiz kerak.
Davlat tomonidan olib borilayotgan profilatika nazorat haftaliklari, seminar va turli xil
treninglar, qabul qilinayotgan qonunlar shaxslarning shaxsiy ma’lumotlariga nisnatan sodir etilishi
mumkin bo‘lgan ko‘plab kiberhujumlar uchun to‘siq vazifasini bajarmoqda. Kiberfiribgarlar
ma’lum harakatlarni amalga oshirish yoki ishonuvchan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini
qo‘lga kiritish uchun psixologik manipulyatsiya — ijtimoiy fikrni boshqarish uslubidan
foydalanishadi.
Ho‘sh qanday qilib bunga chek qo‘ysa bo‘ladi? Avvalo, noma’lum manbalardan kelgan
xabar va havolalarga ishonch bilan yondashmaslik kerak, shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlashingiz
va hech kimga bermaslik kerak. Kuchli himoyalangan va murakkab parollardan foydalanish zarur,
bir xil parollardan qochish kerak. Ikki bosqichli identifikatsiya tizimidan foydalanish esa shaxsiy
hisob uchun qo‘shimcha himoya bo‘ladi.
General Data Protection Regulation (GDPR)
7
- Yevropa Ittifoqi tomonidan 2018 yilda
qabul qilingan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha eng muhim qonunchilik hujjati
hisoblanadi. Ushbu qonun jimsoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlarini ishlov berish
jarayonlariga qat’iy tartib o‘rnatadi. Ushbu qonunchilik hujjatining asosiy maqsadi, fuqarolarning
shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, ma’lumotlarni ishlov berishda ochiqlik va shaffoflikni
ta’minlash va kompaniyalar tomonidan ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanishning oldini olish
hisoblanadi. GDPR nafaqat Yevropa davlatlariga, balki butun dunyo kompaniyalariga ta’sir qiladi
va ularni o‘z ma’lumotlar siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur etadi.
Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash masalasi bugungi raqamli davrdagi eng dolzarb
muammolardan biri bo‘lib, CCPA (California Consumer Privacy Act)
8
2018 yilda qabul qilingan
va 2020 yilda kuchga kirgan ushbu qonun AQSh Kaliforniya shtatida fuqarolarning shaxsiy
ma’lumotlarini himoya qilishga qaratilgan. CCPA kompaniyalarni ma’lumotlarni ochiq va shaffof
ishlov berishga, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlar ustidan nazoratini kuchaytrishga va
ma’lumotlarni noto‘g‘ri ishlov berishga chek qo‘yishga yo‘naltirilgan. Qonun buzilgan taqdirda
kompaniyalarga 100 dollardan 750 dollargacha, ayrim hollarda bir marta buzilganda 7,500
dollargacha jarima qoʻllanilishi mumkin.
7
General Data Protection Regulation (GDPR) 2016/679, European Union, 2018.
8
California Consumer Privacy Act (CCPA), California Civil Code Section 1798.100-1798.199, 2018.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
529
Shunday jarimalar natijasida, shaxslarning ma’lumotlariga qilinadigan kiberhujumlar
kamaymoqda. Rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan yangi himoya dasturlaridan ,
rivojlanayotgan mamlakatlar andoza olishi va o‘xshash himoya usullarini ishlab chiqishi lozim.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, shaxsiy ma’lumotlarni saqlash bugungi davrdagi eng dolzarb va
murakkab masalalardan biridir. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy
texnologiyalarning rivojlanishi bilan birga shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligiga tahdidlar
ham ortib bormoqda. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning bir necha muhim yo‘nalishlari
mavjud.
Birinchidan, qonuniy mexanizmlar - GDPR, CCPA kabi xalqaro hujjat va aktlar
fuqarolarning shaxsiy malumotlar ustidan nazoratini kuchaytiradi. Ikkinchidan, texnologik
yechimlar - biometrik identifikatsiya, ikki bosqichli autentifikatsiya tizimlaridan foydalanish
ma’lumotlar xavfsizligini oshiradi. Kiberhujumlarning eng asosiy turlari - phishing, soxta
identifikatsiya va keylogger dasturlar bo‘lib, ular shaxslarning ma’lumotlarini o‘g‘irlash va unga
ziyon yetkazishga qaratilgan. Bunday hujumlardan saqlanish uchun fuqarolarning huquqiy ongi
va madaniyatini oshirish, oddiy parollar va ochiq manbalardan ehtiyot bo‘lish zarur.
O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni shaxsiy
ma’lumotlarni himoya qilishning huquqiy asosini yaratadi. Kelgusida bunday qonunlarni yanada
takomillashtirish, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va texnologik yechimlarni joriy etish
asosiy masala bo‘lib qolmoqda.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
02.07.2019-yildagi O‘RQ-547-son.
2.
https://privacy.web.cern.ch/news/news/did-you-know-28-january-data-protection-day
now you know why on the 28th January, many organisations, national authorities, private
companies and other actors organise activities to raise awareness about the importance of
data protection and to promote best practices.)
3.
https://en.wikipedia.org/wiki/Data_Privacy_Day
(Data Privacy Day (known in Europe as
Data Protection Day))
4.
https://cyber-star.org/uz/cs-articles/how-to-recognize-phishing-attacks-uz/
5.
https://citeia.com/uz/texnologiyadagi-innovatsiyalar/keylogger-nima
qachon paydo bo‘ldi?)
6.
General Data Protection Regulation (GDPR) 2016/679, European Union, 2018.
7.
California Consumer Privacy Act (CCPA), California Civil Code Section 1798.100-
1798.199, 2018.
8.
Cybersecurity and Privacy
Law Report 2022.
IBM
Security Research //
9.
Eshonqulov, Javoxir. "SUV RESURSLARINI MUHOFAZA QILISH YO‘LIDAGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK TAHLILI."
Центральноазиатский
журнал образования и инноваций
2.11 Part 3 (2023): 47-52.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
530
10.
Javokhir Eshonkulov “Legal Foundations for the Application of Artificial Intelligence
Technologies in the Sports Industry”
American Journal of Education and Evaluation Studies
Том 1, No.7, 2024/10/4, 240-247
11.
Usmonova Sabina, Javoxir Eshonqulov “Huquqiy risklarni baholashda big
datatexnologiyasidan
foydalanish”
ISSN:2181-39062024
International
scientific
journal«MODERNSCIENCEАND RESEARCH»VOLUME 3/ ISSUE 11/ UIF:8.2 /
MODERNSCIENCE.UZ
